Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2020 y. 230-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.04.2020 y.

N 230




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING

HARBIYLAShTIRILGAN TUZILMALAR FAOLIYaTINI

MOLIYaVIY VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh BOʻLIMI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi mudiri bir hafta muddatda boʻlim mudiri va bosh mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 8 martdagi 200-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 16 aprel