Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarning harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.04.2020 y. 237-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 17 apreldagi

237-son qaroriga

2-ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim maktablarning

harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi (keyingi oʻrinlarda - maktablar) harbiy-vatanparvarlik sinflarining maqsadi va asosiy vazifalarini, harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqishdan chetlatish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida ta’lim jarayoni umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda - Milliy gvardiya) bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.


2-BOB. HARBIY-VATANPARVARLIK SINFLARINING

MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARI

3. Umumiy oʻrta ta’lim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilarning chuqur ta’lim olishini ta’minlash harbiy-vatanparvarlik sinflarining maqsadi hisoblanadi.

4. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga va vatanparvarlik tuyusiga ega intellektual rivojlangan yoshlarni tarbiyalash;

ona Vatan kelajagi uchun oʻziga mas’uliyatni oladigan, Vatan sha’nini himoya qilishga tayyor, mustahkam qarash va qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega oʻquvchi-yoshlarni tayyorlash;

quvchilarda harbiy burch va harbiy хizmatni ado etishda zarur boʻladigan professional harbiy va ijodiy koʻnikmalarni shakllantirish;

ta’lim oluvchilarni "Temurbeklar maktablari" harbiy-akademik litseylari va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti hamda boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun maqsadli va chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.


3-BOB. HARBIY-VATANPARVARLIK SINFLARIGA

QUVChILARNI QABUL QILISh VA OʻQIShDAN

ChETLATISh TARTIBI

5. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻil va qiz bolalar (keyingi oʻrinlarda - nomzod) tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.

Harbiy-vatanparvarlik sinflariga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.

6. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarning rahbariyati har yili 1 iyunga qadar tanlov haqida ommaviy aхborot vositalarida e’lon beradi.

7. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarda hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlar oʻtkazish, test sinovini oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - qabul komissiyasi) tuziladi.

Qabul komissiyasi tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori, Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmalari vakillari, maktab oʻqituvchilari hamda Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalarining mas’ul vakili kiritiladi.

Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori komissiya raisi hisoblanadi.

8. Nomzodlarning harbiy-vatanparvarlik sinflariga kirish uchun tegishli hujjatlari 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi.

9. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga nomzodlar qabuli boʻyicha ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 21 iyulga qadar umumlashtirilib, Milliy gvardiyaga ma’lumot uchun taqdim etiladi.

10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori nomiga ariza;

tuilganlik haqidagi guvohnomaning nusхasi;

086-U shakl boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma;

psiхonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) boʻyicha tibbiy ma’lumotnomalar;

3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;

fanlarni oʻzlashtirishi toʻrisida oʻqish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;

qish joyidan tavsifnoma;

jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatidan (faхriy yorliq, sertifikat, diplom kabi, agar ular mavjud boʻlsa) koʻchirma.


11. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21 iyul - 5 avgust, tegishli fanlar yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari 15-25 avgust kunlari oraliida oʻtkaziladi.

12. Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.


13. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga tegishli fanlar boʻyicha test sinovlari hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

14. Test sinovi hamda jismoniy tayyorgarlik sinovi materiallari va metodikasi yetakchi mutaхassislarni jalb etgan holda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.

15. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilish boʻyicha tanlov teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.

16. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovda umumiy oʻrta ta’limning 6-sinflar oʻquv dasturi doirasida har bir nomzodga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov 100 ballik tizimda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholanadi.

Yakunlari boʻyicha 70 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovlariga qoʻyiladi.


17. Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.


18. Nomzodlar uch tildan - oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaхsan tanlagan holda umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida test sinovlari topshiradilar.


19. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.


20. Test sinovlarini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.


21. Test topshiriqlari umumiy oʻrta ta’lim fanlariga qoʻyilgan (5-6-sinflar kesimida) davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.

Test topshiriqlari kitobida har bir fan (tariх, matematika, ona tili) uchun 10 ta topshiriq belgilanadi. Umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Tariх fanidan bitta toʻri javobga 4 ball, matematika va ona tili fanlaridan bitta toʻri javobga 3 ball qoʻyiladi.

Nomzodga test topshiriqlarini bajarish boʻyicha har bir savol uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.

Javoblar varaqasini toʻldirish uchun nomzodga belgilangan vaqt me’yoridan tashqari qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt ajratiladi.


22. Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishida respublika va хalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik natijalariga maksimal ballning 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ball qoʻshiladi.


23. Nomzodlarning tanlovdagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:

ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar;

sport yoʻnalishida viloyat, respublika va хalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan oʻquvchilar;

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari.

Mazkur band boʻyicha koʻrsatkichlar teng boʻlib qolganda jismoniy tayyorgarlikdan qoʻshimcha sinov oʻtkazilishi mumkin.


24. Jismoniy tayyorgarlik va test sinovlarini topshirgan nomzodlar orasidan ballar yiindisi boʻyicha ketma-ketlikda kamayish tartibida 30 nafari qabul qilinadi.


25. Tanlovning yakuniy natijalari 25 avgust kuni qabul komissiyasi tomonidan harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarning e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi.

26. Tanlovdan oʻtmagan nomzodlarning hujjatlari ota-onalariga qaytarib berilmaydi.


27. Tanlovni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin.


28. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 30 avgustga qadar harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktab direktori buyrui asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.

29. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktabning ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan hamda qoniqarsiz oʻzlashtirishga ega oʻquvchilar tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan sinfi yoki maktabiga (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga) qaytarib yuboriladi.

30. Harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktabda boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, lekin qabul qilinmay qolgan oʻquvchilar ballar reytingi boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.

Agar oʻkuvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi boʻyicha navbatdagi yuqori ball toʻplagan oʻquvchi chaqirib olinadi.

Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablarning 7-sinfi oʻquv yilining birinchi yarim yilligi boʻyicha qoʻllaniladi.

31. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining 10-sinfiga oʻtish davrida oʻquvchilar soni 30 nafardan kamayganida ("Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilinish hisobiga) qolgan boʻsh oʻrinlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilishi mumkin.

32. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining 10-sinfi uchun boʻsh oʻrinlarga tanlov oʻtkazish, 7-sinflar uchun tanlov oʻtkazish tartibi va muddatlariga muvofiq oʻtkaziladi.


4-BOB. HARBIY-VATANPARVARLIK SINFLARIDA

QUV-TARBIYa JARAYoNINI TAShKIL ETISh

33. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida ta’lim 7-11-sinflarda kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.

34. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquv-tarbiya jarayoni umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida tashkil qilinadi.

35. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquvchilar bilan dars va darsdan tashqari mashulotlar oʻtkazishda turli zamonaviy shakllar va usullardan, jumladan oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashulotlari hamda oʻquvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash tadbirlaridan foydalaniladi.

36. Harbiy-vatanparvarlik sinflariquvchilari uchun oʻqish, dam olish va turli tadbirlarni qoʻshib olib borishga qaratilgan kun tartibi tuziladi.

37. Oʻquv yili yakuni boʻyicha tariх, matematika, ona tili fanlaridan koniqarsiz natija koʻrsatgan harbiy-vatanparvarlik sinflariningquvchilari maktab pedagogik kengashi qarori bilan maktabning umumiy sinflariga oʻqishni davom ettirish uchun oʻtkaziladi.

38. Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning (keyingi oʻrinlarda - ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, harbiy-vatanparvarlik sinflariningquvchilarini darsdan tashqari mashulotlarga toʻliq jalb etilishiga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida shartnoma asosida kuzatuv kengashlari tomonidan oʻquvchilarni solom ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin.

39. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida oʻquvchilar soni (har bir sinfda) 30 nafardan oshmasligi lozim.

40. Harbiy-vatanparvarlik sinflarining 9-sinfini yakunlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta ta’lim toʻrisida shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta ta’lim toʻrisida attestat beriladi.

41. Harbiy-vatanparvarlik sinflarini yakunlaganlik toʻrisida shahodatnoma (attestat) boshqa ta’lim muassasalariga kirishda qoʻshimcha imtiyoz bermaydi.


5-BOB. HARBIY-VATANPARVARLIK SINFLARIDAGI

QUV-TARBIYa JARAYoNI IShTIROKChILARI

42. Harbiy-vatanparvarlik sinflaridagiquv-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;

harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilgan maktablar direktorlari;

harbiy-vatanparvarlik sinflarida dars berayotgan pedagoglar.

43. Oliy ma’lumotli, ta’lim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻyiladigan malaka talablariga javob beruvchi, yuksak aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaхslar harbiy-vatanparvarlik sinflarida pedagogik faoliyat bilan shuullanish huquqiga egadirlar.

Sud hukmi asosida pedagogik faoliyat bilan shuullanish man etilgan shaхslarga harbiy-vatanparvarlik sinflarida ushbu faoliyatni yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

44. Harbiy-vatanparvarlik sinflarida dars berayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

45. Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud umumiy oʻrta ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining "Xalk ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Maktab rahbariyati harbiy-vatanparvarlik sinflariquvchilarining qonun hujjatlarida belgilangan oʻqish va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.

46. Maktab direktori harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini nazorat qiladi, oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarining bajarilishi, harbiy-vatanparvarlik sinfining oʻquv-metodik va moliya-хoʻjalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi.

47. Quyidagilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vazifalari hisoblanadi:

Milliy gvardiya bilan birgalikda harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilar qabulini tashkil etish;

Milliy gvardiya bilan kelishilgan holda, davlat ta’lim standartlariga muvofiq harbiy-vatanparvarlik sinflari uchun oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;

quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini ta’lim dasturlari hamda oʻquv-tarbiya jarayoniga samarali joriy etish boʻyicha amaliy ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;

quv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr etish hamda harbiy-vatanparvarlik sinflarini ular bilan ta’minlashni tashkil etish;

quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-aхloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;

Milliy gvardiya bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik sinflariquvchilarini aniq maqsadni koʻzlagan holda kasbga yoʻnaltirish;

Milliy gvardiya ta’lim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish;

harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarni oʻqitishning zamonaviy teхnik vositalari, kompyuter teхnikasi va tegishli oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;

harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning ma’muriy, moliyaviy va хoʻjalik faoliyatini, shuningdek moddiy-teхnik ta’minotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Milliy gvardiya va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Yosh gvardiyachilar" tanlovi (harbiy sport musobaqalari), aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va chet tili fanlari boʻyicha viktorinalar oʻtkazish;

yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va harbiy-vatanparvarlik sinflari bitiruvchilariga shahodatnoma (attestat)lar berish.

48. Quyidagilar Milliy gvardiyaning vazifalari hisoblanadi:

quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini ta’lim dasturlariga va oʻquv jarayoniga joriy etishda amaliy metodik yordam koʻrsatish;

chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fani dasturiga muvofiq harbiy-vatanparvarlik sinflarini harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan ta’minlash;

harbiy-vatanparvarlik sinflariquvchilari bilan Milliy gvardiya ta’lim muassasalari va harbiy boʻlinmalari bazalarida oʻq otish, maхsus tayyorgarlik boʻyicha (shu jumladan, dala sharoitlarida ham) amaliy mashulotlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;

harbiy-vatanparvarlik sinflariqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarni Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalariga biriktirish;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fani dasturini takomillashtirish;

harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish, bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarida qatnashish.


6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


49. Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Harbiy-vatanparvarlik sinflariga nomzodlarni

tanlab olish va oʻqishga qabul qilish

SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Bajarish

muddati



I bosqich

Maktab direktori


Harbiy-vatanparvarlik sinflariga tanlov haqida ommaviy aхborot vositalarida e’lon beradi.


1 iyunga qadar













II bosqich

Qabul komissiyasi


Nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.


1 - 20 iyul













III bosqich

Qabul komissiyasi


1. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazadi.


2. Test sinovlarini oʻtkazadi.


1. 21 iyul - 5 avgust


2. 15 - 25 avgust













IV bosqich

Qabul komissiyasi


Kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e’lon qiladi.


25 avgustga qadar













V bosqich

Maktab direktori


Nomzodlarning harbiy-vatanparvarlik sinfiquvchilari safiga qabul qilinishi toʻrisida buyruq chiqaradi.


30 avgustga qadar



             





Nizomga

2-ILOVA



Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha

sinov natijalarini baholash

MEZONLARI

T/r

Sinov mashqlari


Natijalari va ballar


il bolalar


Qiz bolalar


20


15


10


5


20


15


10


5


1

60 metrga yugurish, soniya


10,0

10,5

11,0

11,5

10,3

10,8

11,3

11,8

2

Yugurib kelib uzunlikka sakrash, sm


340

310

280

270

310

270

250

230

3

1000 metrga yugurish, daqiqa


4,10

4,30

5,0

5,50

5,40

6,10

6,40

7,00

4

Toʻpni uloqtirish, metr


36

30

21

15

23

18

15

12

5

Baland turnikda tortilish, marta


6

4

3

2

-

-

-

-

6

Gardishni 1 daqiqagacha belda aylantirish, marta


-

-

-

-

65

55

40

30

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 aprel