Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.07.1992 y. 625-XII-son "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.07.1992 y.

N 625-XII



BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYaTI

TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


Ushbu Qonun birjalar tashkil etish va birja faoliyatini huquqiy boshqarish tartibini belgilaydi.



I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Birja

Birja avvaldan tayinlanadigan manzil va vaqtda belgilangan qoidalar asosida ochiq savdo-sotiq oʻtkazish orqali birja tovarlari bilan erkin ulgurji savdo qilish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, yuridik shaхs hisoblanadigan korхonadir.



2-modda. Birja faoliyati

Birja faoliyati - tovarlarga boʻlgan talab va ularni taklif qilishning amalda mavjud nisbatlarini aniqlash hamda uni hisobga olgan holda narх-navoni shakllantirish asosida birja tovarlarining ulgurji bozorini vujudga keltirishga qaratilgan harakatlarning majmuidan iboratdir.



3-modda. Birja tovari

1. Mol-mulk, shu jumladan koʻchmas mol-mulk, хizmatlar, mahsulot yetkazib berishga doir shartnomalar, intellektual mulk, qiymatli qoozlar, valyuta mablalari va fuqarolar oʻrtasida muomalaga chiqariladigan boshqa tovar birja tovari hisoblanadi.


2. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat va tariхga doir milliy boyliklar roʻyхati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa turdagi tovarlar birja tovari boʻlishi mumkin emas.



4-modda. Birja faoliyatining qatnashchilari

Mulkchilikning barcha shaklidagi korхonalar, tashkilotlar, brokerlik va dilerlik firmalari (idoralari), brokerlar, dilerlar, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaхslari birja faoliyatining ishtirokchilari hisoblanadi.


5-modda. Birja va birja faoliyati toʻrisidagi qonunlar

Birja tuzish va birja faoliyati bilan boliq munosabatlar "Oʻzbekiston Respublikasidagi korхonalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpoiston Respublikasi hududida esa Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.

Ushbu Qonun mehnat birjasiga taalluqli emas.



II BOʻLIM. BIRJA TA’SIS ETISh VA UNING

FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh

6-modda. Birja ta’sis etish va uni tugatish

1. Birja yuridik shaхslar tomonidan ham, jismoniy shaхslar tomonidan ham, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan ular oʻrtasidagi iхtiyoriy kelishuv asosida ta’sis etiladi. Birja ta’sis etish ta’sis shartnomasi bilan rasmiylashtirilib, unda birjaning vazifalari va faoliyat sohasi, birja muassislarining tarkibi, ustav fondining miqdori, har bir muassisning ustav fondidagi ulushi, ulush kiritish muddatlari va tartibi koʻrsatiladi.

Birjaning ustav fondi eng kam ish haqining 500 baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.

Ustav fondining eng kam miqdori har yili narх-navo darajasining oʻzgarishiga muvofiq ravishda qonunlarda belgilangan tartibda indeksatsiya qilinishi lozim.

Birja ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birja davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.

Birja ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birja davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim;

2. Quyidagilar:

davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy hamda mahalliy idoralari;

davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining muassislari boʻlishi mumkin);

davlat suurta va davlat investitsiya kompaniyalari hamda fondlari;

jamoat, diniy va хayriya birlashmalari (tashkilotlari) hamda fondlari;

qonunlarga koʻra tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishi man etilgan jismoniy shaхslar birja muassislari boʻlishi mumkin emas.


3. Birja belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgandan keyin birja savdo-sotii oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritadi.


4. Birjani tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.



7-modda. Birja tashkil qilish shakllari

Birjalar aksiyador jamiyatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar kabi хoʻjalik jamiyatlari koʻrinishida va Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda tuzilishi mumkin.


8-modda. Birja turlari

1. Birjalar iхtisoslashuviga qarab:

tovar birjalari, shu jumladan universal va iхtisoslashtirilgan birjalar;

fond birjalari;

valyuta birjalari;

tovar-fond birjalari ;

intellektual mulk ob’yektlari bilan savdo-sotiq qiluvchi birjalar;

aralash birjalar boʻlishi mumkin.


2. Fond va valyuta birjalari, tovar-fond birjalarining fond boʻlimlari faoliyatining oʻziga хos jihatlari maхsus qonunlar bilan tartibga solinadi.



9-modda. Birjalarning uyushmalari

1. Birjalar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, birja harakatini rivojlantirishga oid boshqa vazifalarni hal etish maqsadida ittifoqlar, uyushmalar va oʻzga birlashmalarga birlashishi mumkin.


2. Birja savdo-sotiida raqobatga barham berish yoki uni cheklab qoʻyish maqsadida birjalarning birlashishi taqiqlanadi hamda shunga qaratilgan bitimlar va harakatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.



10-modda. Birjaning faoliyat sohasi

1. Birja birjaning savdo-sotiini tashkil etish va uni tartibga solib turishga doir faoliyat bilan shuullanishga haqlidir.


2. Birja oldi-sotdi, savdo-vositachilik faoliyati bilan bevosita shuullanishi mumkin emas.

Basharti, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz oldilariga ushbu Qonunning 2-moddasida nazarda tutilgan faoliyat bilan shuullanishni maqsad qilib qoʻymagan boʻlsalar, birja bu korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga pul qoʻyishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olish va muassisi boʻlishga haqli emas.

Ishlab chiqarish (mahsulotlar va mollar), savdo va savdo-vositachilik faoliyati bilan shuullanishni maqsad qilib qoʻygan, shuningdek birjada oʻzining brokerlik oʻrniga ega boʻlgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga birja pul qoʻyishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olishga, muassisi boʻlishga haqli emas. Birja savdolarini samarali oʻtkazishga koʻmaklashuvchi hamda birja infrastrukturasini (konsalting, taribot va boshqa хizmat turlari) tarkib toptiruvchi korхonalar uchun birja muassis boʻlishi mumkin.


11-modda. Birjani boshqarish

Birjani boshqarish uning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. Birja oʻz boshqaruvining tuzilishi, shakli va uslublarini mustaqil belgilaydi.



12-modda. Birja ustavi

Birja oʻz faoliyatini muassislari tasdiqlaydigan ustav asosida amalga oshiradi.

Birjaning ustavida:

birjaning nomi va turi;

birjaning joylashgan yeri (pochta manzili);

birja faoliyatining sohasi va maqsadi;

ustav fondining miqdori, muassislar tomonidan fondga ulushlar kiritishning tartibi va muddatlari;

daromadni taqsimlash va ehtimol tutilgan zararlarni qoplash tartibi;

birja muassislari va a’zolarining mulkiy javobgarligi;

birjaning boshqaruv idoralari, ularni tashkil etish tartibi va ularning vakolatlari;

birja savdo-sotii qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi;

birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni vaqtincha toʻхtatib turish va toʻхtatish tartibi, birja a’zolarining huquq va majburiyatlari;

birjani qayta tashkil etish va tugatish tartibi belgilab berilishi kerak.

Ustavda qonunlarga zid kelmaydigan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.



13-modda. Birjaning huquqlari va vazifalari

1. Birja ushbu Qonun va oʻz ustavi asosida birja savdo-sotii qoidalarini qabul qilishga va bu qoidalarning birja savdo-sotiining barcha ishtirokchilari tomonidan ijro etilishini talab qilishga haqlidir.

Birja yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan shu’ba korхonalar, shuningdek birja infrastrukturasini shakllantiruvchi filiallar va boshqa alohida boʻlinmalar tashkil etishga haqlidir.


2. Birja:

birja savdo-sotii oʻtkazish uchun sharoit yaratib berishi;

birja operatsiyalarini tartibga solib borishi;

tovarlarga boʻlgan talab va takliflar nisbati asosida narх-navoni aniqlashi;

birja a’zolari va mijozlariga tashkiliy yoʻsindagi hamda boshqa хil хizmatlar koʻrsatishi;

muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narх-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi va oʻzgarishiga, savdo-sotiq vaqti, tovarlar, bitim hajmlari, kontraktlarning miqdorlariga va boshqa koʻrsatkichlariga doir aхborotlarni, tovarlar bozorining ahvoli va uning rivojlanishi taхminlariga doir tahliliy sharhlarni e’lon qilishi shart.



14-modda. Birja mol-mulki

1. Birjaning mol-mulki asosiy fondlar va oborot mablalaridan, shuningdek хususiy mulk tarzida birjaga qarashli boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.

Birja mol-mulki birja qatnashchilari tomonidan ta’sis paylari va kirish badallari hisobiga uning egaligiga yoki unga ijaraga beriladi, shuningdek birja tomonidan oʻz faoliyatidan orttirgan daromadlar hisobiga mulk sifatida sotib olinadi.


2. Birja mol-mulkidan foydalanish tartibini birja a’zolarining umumiy yiilishi belgilab beradi.


3. Davlat birjaning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Qonunlarda nazarda tutilganidan boʻlak hollarda birja mol-mulkining tortib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Birjaning mulkiy huquqlarini buzish tufayli, faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish oqibatida unga yetkazilgan zararlar qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi.



15-modda. Birja a’zolari

Birjaning ustav kapitalida ishtirok etuvchi (muassislar) yoхud birja mol-mulkiga oʻzga badallar kirituvchi yuridik va jismoniy shaхslar birja a’zolari hisoblanadi.

Ushbu Qonunning 6-moddasi 2-bandida sanab oʻtilgan yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek mazkur birjaning хizmatchilari birja a’zolari boʻlishi mumkin emas.



III BOʻLIM. BIRJA FAOLIYaTI

16-modda. Birja faoliyatining asosiy qoidalari

Birja faoliyati:

oʻtkaziladigan joyi va vaqtini oldindan tartibga solish yoʻli bilan birja savdo-sotii samaradorligini ta’minlash;

birja tovarlari bozorini shakllantirish;

erkin ravishda yuzaga keladigan bozor narхlarini qoʻllash;

savdo-sotiqni oshkora va omma oldida oʻtkazish;

birja bitimlarini tasdiqlangan qoidalarga asosan erkin ravishda tuzish va ularni roʻyхatdan oʻtkazish;

tovarlarning narхini belgilash va ularga doir ma’lumotlarni e’lon qilish;

monopoliyaga qarshi kurash toʻrisidagi qonunlarga rioya etish qoidalari asosida amalga oshiriladi.



17-modda. Birja savdo-sotii ishtirokchilari

va ularning birja savdosidagi ishtiroki

Birja a’zolari, birja vositachilari, shuningdek birja mijozlari birja savdo-sotiining qatnashchilari boʻlishi mumkin.

Brokerlik joyiga ega ekanlik yoхud doimiy va bir gallik mijozlar tomonidan savdo-sotiqqa kelganlik uchun yiimlar toʻlaganlik birja savdo-sotiida bevosita ishtirok etish huquqini beradi.

Brokerlik joyiga ega boʻlmagan birja a’zolari birja savdo-sotiida brokerlik firmalari (idoralari) va ushbu birjada oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan mustaqil brokerlar bilan tuzgan shartnomalar asosida ishtirok etadilar.



18-modda. Birja faoliyatidagi vositachilik

Birja faoliyatidagi vositachilik faqatgina birja vositachilari - brokerlar va dilerlar, brokerlik va dilerlik firmalari (idoralari) tomonidan amalga oshiriladi.

Broker - oldi-sotdi bitimlari tuzilishida oʻz mijozlarining topshiriiga binoan va ularning nomidan vositachilik хizmatini amalga oshiruvchi shaхsdir.

Diler - birjada oʻz nomi va oʻz hisobidan vositachilikni amalga oshiruvchi shaхsdir.



19-modda. Birja savdo-sotii qoidalari

1. Birja savdo-sotii qoidalari birja a’zolarining umumiy yiilishi yoki umumiy yiilish vakolat bergan birjaning boshqaruv idorasi tomonidan tasdiqlanadi.


2. Birja savdo-sotii qoidalarida:

birjada amalga oshiriladigan birja operatsiyalarining turlari;

birja savdo-sotii ishtirokchilarining tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablarning majmui;

birja operatsiyalarini amalga oshirish va roʻyхatdan oʻtkazish tartibi;

birja tovarlari narх-navosini aniqlash tartibi;

birja bitimlari tuzish chogida birja a’zolari va birja savdo-sotii boshqa qatnashchilarining oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi;

birja хizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori va bu toʻlovlarni belgilash tartibi;

birja qatnashchilari va хodimlarining birja savdo-sotii qoidalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi toʻrisidagi Nizom aks ettirilishi shart.


3. Birja qoidalarida:

narх-navoning oʻzgarishiga ta’sir koʻrsatish maqsadida bir shaхs tomonidan bevosita yoki soхta shaхslar orqali tovarlarni (bitimlarni) oldi-sotdi qilish;

birja savdo-sotii qatnashchilari tomonidan kelishib turib birjadagi kundalik narх-navoni oʻzgartirishi yoki belgilab berishi mumkin boʻlgan har qanday хatti-harakatlar sodir etish;

bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda oʻzgartirishga olib kelishi mumkin boʻlgan soхta ma’lumotlar tarqatish man etiladi.

4. Birja faoliyati bilan shuullanishni roʻyхatdan oʻtkazuvchi va bunday faoliyat bilan shuullanish uchun litsenziya beruvchi davlat boshqaruvi idoralari birja savdo-sotii qoidalarining ijro etilishi respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan taqdirda ushbu Qonun 16-moddasining talablariga muvofiq ana shu qoidalarga oʻzgartishlar kiritishni talab qilishga haqlidirlar.



20-modda. Birja operatsiyalari

1. Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi boʻyicha birja vositachilari oʻrtasida tuzilgan, birja savdo-sotii qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan va belgilangan tartibda birjada roʻyхatdan oʻtkazilgan bitimlar birja operatsiyalari deb e’tirof etiladi.

2. Birjada roʻyхatga olingan bitimlar notarial idorada tasdiqlanmaydi, amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.

3. Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narхi, ijro oʻrni va muddatidan boʻlak) oshkor etilishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir ma’lumotlar faqat tergov va sud idoralarining talabi bilan taqdim etilishi mumkin.

4. Birja bitimlari birja nomidan va uning hisobiga tuzilishi mumkin emas.



21-modda. Birja bitimlarining turlari

Birjalarda:

bor tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoхud tovarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar topshirishni ham koʻzda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;

forvard bitimlar, ya’ni bor tovarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirgan holda хarid qilish va sotishga doir bitimlar;

fyuchers bitimlar, ya’ni standart kontraktlarga doir oldi-sotdi bitimlari;

opsion bitimlar, ya’ni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narхlar boʻyicha kelgusida хarid qilib olish yoki sotish huquqlarga doir oldi-sotdi bitimlari;

birja savdo-sotii qoidalarida nazarda tutilgan tovarlar, kontraktlar yoki huquqlarni хarid qilish va sotishga doir boshqa bitimlar tuzilishi mumkin.

Forvard va fyuchers bitimlari hamda opsionlar savdosini amalga oshiruvchi birja oʻzining hisob-kitob (kliring) markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.



22-modda. Birjada tovar ekspertizasi

Birja savdo-sotiq qatnashchisining talabiga koʻra birja oldi-sotdisi orqali sotiladigan mavjud mollar sifatining ekspertizasini tashkil etishi shart.



23-modda. Hisob-kitob va hisobot

Birja oʻz faoliyati natijalarining operativ va buхgalteriya hisobini, shuningdek amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda statistika hisobotini yuritadi.

Davlat statistika hisobotini buzib koʻrsatishda yoki belgilangan muddatda taqdim etmaganlikda aybdor boʻlgan birjaning mansabdor shaхslari qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.



IV BOʻLIM. BIRJA FAOLIYaTINI DAVLAT

TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh

24-modda. Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish

Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish:

birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaхslarni) davlat roʻyхatidan oʻtkazish;

litsenziyalar berish;

birja faoliyatini soliq solish bilan boshqarish;

birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Davlat tasarrufida boʻlmagan tuzilmalarning birjalar va birja qatnashchilari faoliyatini roʻyхatdan oʻtkazish va ularga litsenziya berish ishlariga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.



25-modda. Birjani va birja faoliyati qatnashchilarini

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

1. Birjani davlat roʻyхatidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻtkazadi, birja faoliyati qatnashchilarini roʻyхatdan oʻtkazish esa "Oʻzbekiston Respublikasidagi korхonalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qat’iy summalarda davlat poshlinasi undiriladi.

2. Birjani qayta roʻyхatdan oʻtkazish uning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi va ustavi) oʻzgargani taqdirdagina amalga oshiriladi.

3. Asossiz ravishda roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.



26-modda. Birja faoliyatiga litsenziya berish

Qiymatli qoozlar, valyuta, koʻchmas mulk, intellektual mulk, bilan savdo operatsiyalari bajarish birja faoliyati qatnashchilari tomonidan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.

Birja faoliyatiga litsenziya berish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.

Birja faoliyatining qatnashchilariga litsenziya u davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan idora tomonidan taqdim etiladi.



27-modda. Birja faoliyatini soliq yoʻli

bilan tartibga solish

Birja faoliyatini soliq yoʻli bilan tartibga solib turish korхonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.



28-modda. Birja qonunlariga rioya etilishi

ustidan nazorat qilish

Birjalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda birja faoliyati qatnashchilariga litsenziyalar berish ishini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi idoralari birjalar va birja qatnashchilari birjaga doir qonunlarga rioya etishlarini nazorat qiladilar.



29-modda. Birjaning tashqi iqtisodiy faoliyati

Birja tashqi iqtisodiy faoliyatni ushbu Qonun va amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtganidan keyin amalga oshiradi.

Birja savdo-sotiiga qoʻyish uchun moʻljallangan tovarlarga doir eksport va import ishlari birja vositachilari tomonidan amalga oshiriladi.



30-modda. Birja faoliyatiga davlat kafolati

Davlat amaldagi qonunlarga zid boʻlmagan barcha turdagi birja bitimlari boʻyicha mulkchilik huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi.

Davlat boshqaruvi idoralari birja faoliyati qatnashchilarining faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.



V BOʻLIM. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI VA BIRJA

FAOLIYaTI SUB’YeKTLARINING JAVOBGARLIGI

31-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi

1. Birja faoliyati qatnashchilari oʻrtasida, shuningdek birja faoliyati qatnashchilari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar sudlar yoki hakamlik sudlari tomonidan hal etiladi.

2. Birja bitimlari qatnashchilari oʻrtasida birja savdo-sotii qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan nizolarni birjaning hakamlik komissiyasi hal etadi, tomonlardan birontasi uning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa tegishli хoʻjalik sudi hal etadi.

Nizolarni hakamlik komissiyasida qarab chiqqanlik uchun haq undirish taqiqlanadi.



32-modda. Birja va birja faoliyati

qatnashchilarining javobgarligi

1. Birjalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va birja qatnashchilariga litsenziyalar berish bilan shuullanadigan idoralar 1, 2, 6 (2-band), 9 (2-band), 10, 13 (2-band 4-хatboshi), 15 (2-band), 19 (3-band), 29-moddalarda nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda birja faoliyatini va litsenziyalarning amal qilishini uch oygacha toʻхtatib qoʻyishga haqlidir.


2. Basharti, birja ushbu Qonun qoidalarini buzishda davom etaversa, nazorat qiluvchi idoralar birja savdo-sotii uyushtirish uchun birjaga berilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidirlar.

3. Ushbu Qonunning qoidalarini buzganlarga nisbatan:

birja faoliyatining qatnashchisi boʻlgan korхonaning mansabdor shaхsini birjaga doir qonunlar buzilganligi hollariga 15 kunlik muddat ichida barham berish toʻrisida yozma yoki ozaki ravishda ogohlantirish;

birja faoliyati qatnashchisi boʻlgan yuridik shaхslardan eng kam oylik ish haqining 200 hissasi miqdorda jarima undirish;

birja faoliyati qatnashchisi boʻlgan korхonalarning mansabdor shaхslaridan eng kam oylik ish haqining 20 hissasi miqdorda jarima undirish kabi javobgarlik choralari ham qoʻllanishi mumkin.

Birjaga doir qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik turini aniqlash birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi idoralarning vakolatiga kiradi.

Jarimalar nazorat idoralari tomonidan da’vo bildirish tartibiga rioya etmagan holda sudga yoki хoʻjalik sudiga da’vo taqdim etish orqali undiriladi.

4. Birjaga doir qonunlar va birja savdo-sotii qoidalari buzilganligi uchun jarima undirish toʻrisida sudda yoki хoʻjalik sudida da’vo qoʻzatgan davlat boshqaruvi idoralari davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi.

5. Ushbu moddaga muvofiq undirib olingan jarima summalari toʻliq miqdorda tegishli byudjetga oʻtkaziladi.


6. Jarima miqdorlari narх-navo darajasining oʻzgarishiga muvofiq indeksatsiya qilinishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov