Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2020 y. PQ-4687-son "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.04.2020 y.

N PQ-4687




MUBORAK RAMAZON OYINI MUNOSIB

TARZDA OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Xalqimiz asrlar davomida ezgulik, saхovat, sabr-qanoat, mehr-shafqat oyi sifatida nishonlab kelgan muborak Ramazon oyi bu yil butun dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat davom etayotgan oir bir davrga toʻri kelmoqda. Ana shunday qiyin sharoitda ham muqaddas dinimiz buyurgan ibodat amallarini uyda, oila davrasida ado etib kelayotgan yurtimiz moʻmin-musulmonlari ushbu fazilatli oyni Yaratganning cheksiz rahmati va mafiratining belgisi sifatida, ertangi kunga katta ishonch va хursandchilik bilan kutib olmoqda.

Muborak Ramazon oyining jamiyatimizdagi ma’naviy-ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, hozirgi murakkab sinov va mashaqqatlarni хalqimiz, butun jahon ahli bilan oʻzaro birlik va hamjihatlikda yengib oʻtishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, barikenglik, shukronalik kabi olijanob oyalarini keng tarib etish, diniy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa jamoat tashkilotlari oʻzaro hamkorlikda Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida oʻtkazilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Ayniqsa, yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan boliq tashkiliy chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga mavjud epidemiologik sharoitdan kelib chiqib, diniy-ma’rifiy ruhdagi onlayn suhbat va ma’ruzalar tashkil etish, bu yilgi Ramazon oyini uy sharoitida oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 21 aprel


"Xalq soʻzi", 2020 yil 21 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 4 may, 16-17-son, 173-modda