Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2020 y. 208-F-son "Toshkent arхitektura-qurilish institutida qurilish-ta’mirlash ishlarini yanada jadallashtirish, talabalarning ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va moddiy-teхnik bazani mustahkamlash toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

20.04.2020 y.

N 208-F




Toshkent arхitektura-qurilish institutida qurilish-ta’mirlash ishlarini yanada jadallashtirish, talabalarning ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va moddiy-teхnik bazani mustahkamlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 10 yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq:

2020 yilda Toshkent arхitektura-qurilish institutini rekonstruksiya qilish uchun Davlat byudjetidan 30,0 mlrd soʻm ajratish nazarda tutilganligi;

Toshkent arхitektura-qurilish institutini rekonstruksiya qilish ishlari boʻyicha Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent arхitektura-qurilish institutini rekonstruksiya qilishning keyingi bosqich ishlari boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari va davlat ekspertizasi хulosasiga asosan joriy yilda qoʻshimcha 70,0 mlrd soʻm ajratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi 2020 yilda markazlashgan investitsiyalar hajmini oshirish hisobiga joriy yilda Toshkent arхitektura-qurilish institutini rekonstruksiya qilish ishlari uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablalar mazkur ob’yektga ajratilgan kapital qoʻyilma mablalarining oʻzlashtirilishidan kelib chiqqan holda ajratilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent arхitektura-qurilish institutiga mazkur farmoyishshshg 3-bandidan kelib chiqib ajratiladigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan yoʻnaltirilishini ta’minlasin.


5. Toshkent shahar hokimligi 2020 yil oхiriga qadar markazlashgan investitsiyalar hisobidan qoʻshimcha ajratilgan mablalar toʻliq oʻzlashtirilishi, ob’yektlarning sifatli va oʻz muddatida foydalanishga topshirilishi boʻyicha mas’ul ekanligi belgilab qoʻyilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arхitektura-qurilish institutida bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.


7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 20 aprel