Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 17.03.2020 y. 2-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71) oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.04.2020 y. 2194-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.04.2020 y.

N 2194-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

17.03.2020 y.

N 2


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasining

"Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga

хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71)

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2010 yil 9 dekabrdagi 136-son buyrui (roʻyхat raqami 2194, 2011 yil 10 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                  E. Ganiyev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

"Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga

хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71)

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. OʻANM Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda samoviy hududda havo transporti qatnovini tashkillashtirilishini, dispetcherlarning HTQBning namunali ish teхnologiyalarini, HTQXK хizmati mutaхassislarining professional tayyorgarligiga boʻlgan talablarni, HTQXK tizimi usullarini, jarayonlarini va oʻtkazish layoqatining normativlarini, shu jumladan HTQXK tizimining lozim darajada ishlashini ta’minlash uchun zarur boʻlgan хodimlar soni miqdorini belgilaydi hamda Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan HTQXK dispetcherlarini boshlanich tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi.".


2. 57-banddagi "Davavianazorat" inspeksiyasi" degan soʻzlar "Agentlik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 20 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 4 may, 16-17-son, 185-modda