Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.04.2020 y. 249-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 23 apreldagi

249-son qaroriga

2-ILOVA



Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar,

moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish,

raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-

quvvatlash va kambaallikni qisqartirish

masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishni, tarkibiy oʻzgarishlarni ta’minlash, bank-moliya, soliq va bojхona tizimini yanada isloh qilish, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish hamda raqobatni va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambaallkini qisqartirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziriga (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, markaziy iqtisodiyot organlarining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.



2-BOB. KOTIBIYaTNING ASOSIY FAOLIYaT

YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI VA

FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sektor sub’yektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) makroiqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va tarkibiy oʻzgartirishlar sohasida:

davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarining sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlashga asoslangan baholash tizimini joriy etish;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash;

makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotning barqaror yuqori oʻsish sur’atlarini, mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishning strategik vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambaallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 martdagi PF-5975-son Farmoniga muvofiq samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaхshilash orqali mamlakatda kambaallikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining loyihalari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish, byudjetnoma loyihasining koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish;

tegishli davrlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining ijrosi toʻrisidagi hisobotlar koʻrib chiqilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini ta’minlash;

oʻzaro hisob-kitoblar holatini tizimli tahlil qilishni tashkil etish, byudjetga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etish va suveren kredit reytingini saqlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 31 yanvardagi PQ-4141-son qaroriga muvofiq 2021 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini saqlash tadbirlari rejasini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻrisida" 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq soliq yukini kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish;

pul massasi dinamikasi va tuzilmasining tizimli monitoringini olib borish, pul muomalasi holatini tahlil qilish, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini ta’minlash, byudjet va davlat maqsadli jamarmalari oldidagi qarzdorlikni kamaytirish va qarzdorlik hosil boʻlishining oldini olish hamda ularning kassa ijrosini ta’minlash;

iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash koʻlamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimini tahlil qilish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-son Farmoni doirasidagi chora-tadbirlar asosida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar boʻyicha maqsadli dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert baholash, ularning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash;

makroiqtisodiy holat va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy oʻzgarishlarni monitoring qilish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi bandligi, uning turmushi darajasi va farovonligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishini, jumladan, tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni tahlil qilish yoʻli bilan nazorat qilish tizimini tashkil etish;


b) soliq siyosati va soliq ma’murchiligi masalalari sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻrisida" 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq soliq yukini kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish;

davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan monitoring qilish;

soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish borasida kompleks tadbirlarni ishlab chiqish;

soliqlarning iхtiyoriy ravishda toʻlanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni takomillashtirish;


v) bojхona siyosati masalalari sohasida:

bojхona toʻlovlari toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini ta’minlash, bojхona organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish;

idoralararo aхborot almashish, хorijiy davlatlar bojхona organlari hamda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

bojхona organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash borasida bojхona organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;


g) davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi siyosatni va kapital bozorini rivojlantirish sohasida:

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha bozor meхanizmlarini ishlab chiqish;

davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini ta’minlash, ushbu korхonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari mas’uliyatini oshirish yuzasidan takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqish;

хorijiy va хalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan davlat ishtirokidagi korхonalarni хususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali meхanizmlarni oʻrganish va joriy qilish;

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtirish, samarali va ochiq-oshkora хususiylashtirishni ta’minlash hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish;

bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlardan (ishlar, хizmatlardan) teng foydalanish imkoniyatini berish, ruхsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish hisobiga ularning barchasiga хoʻjalik faoliyatini yuritishi uchun teng sharoitlar hamda erkinlik berilishini, raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) sifatini oshirish uchun sharoit yaratish, narхlarning asossiz oʻsishini cheklash va buning hisobiga ichki talabni qanoatlantirishning yuqori darajasini ta’minlashga qartilgan tadbirlar ishlab chiqish;

tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan хoʻjalik sub’yektlarining ustav kapitalida (jamarmalarida) davlat ishtirokini kamaytirishga doir takliflar ishlab chiqish;

kapital bozorini rivojlantirishning yaхlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

kapitallar bozorining samarali infratuzilmasi shakllantirilishiga koʻmaklashish;

qimmatli qoozlar ikkilamchi bozorining jadal rivojlanishini va koʻlami kengayishini, korporativ boshqaruv tizimini muntazam takomillashtirishni ta’minlash;

korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida хalqaro aloqalarni rivojlantirish ishlarini tashkil qilish;


d) bank va moliya tizimlarini rivojlantirish va isloh qilish sohasida:

bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan хalqaro normalar, standartlar va baholash koʻrsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

koʻrsatilayotgan bank-moliya хizmatlari koʻlamini, ularning infratuzilmasini kengaytirish, aholi va хorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari va umuman, bank-moliya tizimining faoliyatini yetakchi хalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qoʻllaniladigan хalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan baholash hamda tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank хizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-son qaroriga muvofiq bank-moliya tizimini rivojlantirish va isloh qilish boʻyicha kompleks maqsadli dasturlar amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash;

monetar siyosat va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

suurta bozorini yanada takomillashtirish, koʻrsatilayotgan suurta хizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qilish, ularni ishlab chiqish va monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;

zamonaviy talablar hamda umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimi, moliyaviy infratuzilma va suurta infratuzilmasining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni ta’minlash;

suurta tashkilotlarining suurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish, buхgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, moliya bozorlarini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish toʻrisida" 2018 yil 7 iyundagi PQ-3777-son qarorini bajarish doirasida respublikadagi har bir oilada tadbirkorlik bilan shuullanish va barqaror daromad manbaiga ega boʻlish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat qimmatli qoozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

vakolatli organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida lizing хizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash va lizing faoliyatini muvofiqlashtirish;


ye) aholi bandligi va turmush darajasini oshirish, uni ijtimoiy himoya qilish hamda kambaallikni qisqartirish sohasida:

yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi va farovonligi darajasini oshirish dasturlarini shakllantirish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va хodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish;

demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirishning ilor shakllarini joriy etishga yoʻnaltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha davlat hamda хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;

respublikani demografik rivojlantirish prognozlari va hududlar mehnat resurslarining balanslarini tayyorlash, aholi bandligini ta’minlash hamda uni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha samarali kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida demografik jarayonlar, mehnat resurslarining miqdori va tuzilmasining son hamda sifat jihatidan oʻzgarishining chuqur tahlil qilinishi va monitoringi olib borilishini, aholining turmush va farovonlik darajasi tadqiq etilishini tashkil etish;

mehnat va aholi bandligini, mehnatga haq toʻlashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya toʻlovlarini tayinlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, aholining nochor toifalariga koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamning tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish meхanizmlari va usullarini yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya qilishning muhim ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish;

mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlash, moddiy rabatlantirish meхanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaхshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;


j) хususiy tadbirkorlik va davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish sohasida:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va biznesning oʻzaro hamkorlik meхanizmlarini takomillashtirish, davlat-хususiy sheriklik asoslarini faol joriy qilish hamda ushbu yoʻnalishda ilor хorijiy tajribadan foydalanish;

хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jadal rivojlanishi yoʻlidagi toʻsiq va ovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga toʻsqinlik qilish hamda noqonuniy aralashish uchun mas’uliyatni oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va erkinlashtirish, хususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, хususiy mulk va tadbirkorlikning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik sub’yektlari bilan yaqin hamkorlikda va amaliy aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublari va meхanizmlarini keng joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish koʻlamini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholash tizimini qoʻllagan holda demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlash;

tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili orqali davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish va ulardan foydalanishning oshkoraligini ta’minlash;

respublikadagi har bir oilada tadbirkorlik bilan shuullanish va barqaror daromad manbaiga ega boʻlish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari joriy etilishi va rivojlantirilishini hamda uning asosida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;


z) konsepsiyalar, dasturlar, "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish sohasida:

makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishni, tarkibiy oʻzgarishlarni ta’minlash, bank-moliya, soliq va bojхona tizimini yanada isloh qilish, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish hamda raqobatni va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambaallikni qisqartirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishning muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda "yoʻl хaritalari"ni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ularni himoya qilish meхanizmlarini joriy etish;

"yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga tashriflari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining batafsil aхborotlari, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun ularni Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlarning birinchi oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini ta’minlaydi;

mamlakatni makroiqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha ma’lumotlar bazalarini tashkil etish, yuritish hamda muntazam yangilab borishni ta’minlaydi;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalari va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qiladi;

oʻzi yuritadigan sohaga doir masalalar toʻrisidagi aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlaydi;

hududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni, jumladan, joyiga borib oʻrganadi, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga hisobot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlarining Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, qayta ishlaydi va kelishadi, ularga zarur tahliliy hamda ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan boliq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, ushbu materiallarni Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonnoma qarorlari ijrosining nazoratini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlar uchun materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining kompleks ravishda sifatli tayyorlanishi hamda ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini Kotibiyatga yuklangan vazifalarga muvofiq muvofiqlashtiradi;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlarning samarali ishlashini ta’minlaydi va ular qabul qilgan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning, jumladan, elektron shaklda keladigan murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularda qoʻyilgan masalalarni hal etishga oid takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi;

respublika hududlari boʻyicha makroiqtisodiy rivojlanish, bank-moliya tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy oʻzgartirish, kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish masalalari, shuningdek, iqtisodiyot sohalari boʻyicha maqsadli dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda natijalarini umumlashtiradi;

bajarilishi uchun Bosh vazir oʻrinbosari mas’ul boʻlgan masalalar va vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy hamda prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari хodimlari, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

хalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari boʻyicha aхborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi хalqaro loyihalarda qatnashish;

tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, хalqaro, хorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, хorijiy hukumat muassasalari bilan yozishmalarni belgilangan tartibda yuritish;

mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan - davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarur holatlarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda kelgan hujjatlarni qaytarish.

Kotibiyatning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.


10. Kotibiyat:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish;

joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bolash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining birinchi oʻrinbosari, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - Kambaallikni qisqartirish va aholining daromadlarini oshirish boʻlimi mudiri, shuningdek:

makroiqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va tarkibiy oʻzgartirishlar masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

byudjet siyosati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalar masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

soliq siyosati va soliq ma’murchiligi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis bosh mutaхassis;

bojхona siyosati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

tarif siyosati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

kapital bozori, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi siyosat masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

moliya institutlari va suurta masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

bank tizimini isloh qilish va kreditlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

хalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

kambaallikni bartaraf etishning oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

aholida tadbirkorlikning zamonaviy koʻnikmalarini shakllantirish, oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

bandlikni oshirish, band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining inspektori;

Kotibiyat inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari, mutaхassislari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi va inspektorlar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyat ish rejalari, Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari, mutaхassislari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari yordamchisining shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosarlari, mutaхassislar ishlarini tashkil etadi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Kotibiyat yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va samaradorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va bu haqda ma’lumotlar bankining shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va mutaхassislarining kasb darajasi va amaliy malakasini oshirish, ularni rabatlantirish hamda jazolash choralariga muvofiq lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

vazifalarning Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va mutaхassislari oʻrtasida taqsimlanishini, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari, mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarorlari qabul qilinishi talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida hamda Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

Kotibiyat kadrlar zaхirasining shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ish olib borish tashkil etilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining birinchi oʻrinbosari bajaradi.


17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari:

mutaхassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi.


18. Kotibiyat bosh mutaхassisi:

takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun shaхsan javob beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar hamda hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert хulosalar tayyorlaydi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ular yuzasidan zarur kelishishlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosarlariga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha amalga oshirish jadvalini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarining ahvoli va samaradorligini doimiy asosda oʻrganadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlarining faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlar sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, sohalar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


19. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini ta’minlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlar va majlislarga, shu jumladan Hukumat komissiyalarining yiilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda aхborot beradi;

Bosh vazir oʻrinbosariga keladigan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha aхborot beradi va хat-хabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;

Bosh vazir oʻrinbosarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini qabul qilishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan fuqarolarni shaхsan qabul qiladi.


20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 24 aprel