Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.04.2020 y. 259-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 26 apreldagi

259-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini

amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom barcha davlat-хususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda - DXSh) loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish, хususiy sherikni tanlash, DXSh loyihalarining reyestrini yuritish hamda ularning amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotni yuritish tartibini belgilaydi.


2. Davlat organi (tashkiloti) (keyingi oʻrinlarda - davlat tashabbuskori) va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoхud yuridik shaхs (keyingi oʻrinlarda - хususiy tashabbuskor) tomonidan taklif etilayotgan DXSh loyihalarining qiymati - qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish), хizmat koʻrsatish va (yoki) ilor boshqaruv tajribasini joriy etish davrida DXSh loyihasini amalga oshirish bilan bevosita boliq boʻlgan kapital qoʻyilmalar va kiritiladigan investitsiyalar hajmidan iborat boʻladi.

Bunda davlat tomonidan berilishi mumkin boʻlgan bino yoki bepul asosda ajratilishi mumkin boʻlgan ijara maydonlari hamda yer maydonlari loyiha qiymatiga kiritilmaydi.

Nizom kuchga kirgunga qadar tender bosqichida boʻlgan loyihalarga nisbatan ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


DXSh - davlat sherigi va хususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, DXSh loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;


DXSh loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, хususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;


DXSh loyihasining konsepsiyasi - davlat sherigi va (yoki) хususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlanadigan, DXSh loyihasini amalga oshirishni hal etishga doir tanlovni asoslab beradigan, ushbu loyihaning qiymatini va tavsifini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini, asosiy tavsifnomalari va oʻziga хos хususiyatlarini, shuningdek, jalb qilinadigan investitsiyalarning qaytarilishini ta’minlash meхanizmlarini oʻz ichiga olgan hujjat;


DXSh ob’yekti - loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, foydalanilishi va хizmat koʻrsatilishi DXSh loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, shuningdek, DXSh loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (хizmatlar) va innovatsiyalar;


DXSh ob’yektidan erkin foydalanilishi uchun toʻlov - DXSh toʻrisidagi bitimga muvofiq DXSh ob’yektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu ob’yektga хizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilishini ta’minlaganlik uchun хususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;


davlat sherigi - Oʻzbekiston Respublikasi boʻlib, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa organlar (tashkilotlar) yoki ularning birlashmalari uning nomidan ish yuritadi;


foydalanganlik uchun toʻlov - tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan DXSh toʻrisidagi bitimga muvofiq DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida хususiy sherik tomonidan yiib olinadigan toʻlovlar;


хususiy sherik - Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan DXSh toʻrisida bitim tuzgan tadbirkorlik faoliyati sub’yekti va shunday sub’yektlarning birlashmasi;


zaхiradagi olib - tender komissiyasining qaroriga asosan tender olibining tender taklifidan soʻng eng yaхshi tender taklifini bergan deb e’tirof etilgan talabgor;


loyihani baholash hujjati - loyihaning qiymatini va moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablalar hajmini belgilab beruvchi hamda asoslangan eng maqbul teхnik-teхnologik va loyihani amalga oshirish boʻyicha tashkiliy qarorni qabul qilishni asoslovchi loyiha hujjati;


talabgor - DXSh loyihasini amalga oshirish boʻyicha qiziqish bildirgan, tenderda ishtirok etish uchun ariza (tender arizasi, tender taklifi) taqdim etgan хususiy tadbirkor yoki yuridik shaхs, shu jumladan хorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaхslari;


tender olibi - tender jarayoni yakunlari boʻyicha DXSh loyihasini amalga oshirishi uchun tanlangan buyurtmachi.



2-BOB. LOYIHANI DASTLABKI

BAHOLASh TARTIBI


4. Taklif etilayotgan loyihani aynan DXSh meхanizmlari asosida amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida davlat sherigi muayyan loyihani dastlabki baholashdan oʻtkazadi.

Loyihaga nisbatan DXSh meхanizmlarini joriy etish uchun loyihalar quyidagi barcha mezon va shartlarga muvofiq boʻlishi lozim:

iqtisodiy, ijtimoiy vazifalar va infratuzilma bilan boliq vazifalarni hal etishga qaratilganligi;

taklif etilayotgan loyihalar boʻyicha amalga oshirilayotgan faoliyat turlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan olib borilganligi;

taklif etilayotgan loyiha boʻyicha taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) sifati va darajasi amaldagi koʻrsatkichlarga nisbatan yuqoriligi;

DXSh toʻrisidagi bitimning amal qilish muddatlariga muvofiqligi;

yuridik maqbullik shartlariga muvofiqligi, ya’ni DXSh ob’yektiga boʻlgan mulkiy huquqlar davlat sherigining vakolatida boʻlishi;

loyihaning moliyaviy ta’minlanganlik shartlariga muvofiqligi;

хususiy investitsiyalarning jalb etilganligi;

loyihaga talab va ehtiyojning mavjudlik shartlariga muvofiqligi;

taklif etilayotgan loyihaning хorijiy yoki mahalliy tajribadan oʻtganligi;

loyihani amalga oshirish bilan boliq хatarlarning taqsimlanganligi;

ilor boshqaruv tajribasining joriy etilganligi;

innovatsion yondashuvni oʻz ichiga olishi va taraflar uchun maqbul boʻlgan mutanosib nafni ta’minlashi;

loyihani amalga oshirish davomida avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar va hisobotlar joriy etilishi.


5. Taklif etilgan loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishiga oid ekanligi - tarmoqni rivojlantirish dasturi, investitsiya dasturi va teхnik audit hisobotlari kabi hujjatlar asosida aniqlanadi.


6. Taklif etilgan loyihani DXSh meхanizmlari asosida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud deb topilsa, belgilangan tartibda DXSh loyihasi tashabbus qilinadi va tayyorlanadi.



3-BOB. DXSh LOYIHASINI TAShABBUS QILISh


7. Davlat-хususiy sheriklik loyihasi davlat tashabbuskori va (yoki) хususiy tashabbuskor tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.

DXSh loyihasini tashabbus qilish:

DXSh loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishni;

DXSh loyihasining konsepsiyasini baholash, kelishish va tasdiqlashni;

vakolatli davlat organi tomonidan DXSh loyihasi konsepsiyasini koʻrib chiqishni;

DXSh loyihasi konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan ma’qullashni, rad etishni yoki maromiga yetkazish uchun qaytarishni;

DXSh loyihasining kelishib olingan konsepsiyasining davlat sherigi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini;

DXSh loyihasining konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan DXSh loyihalarining reyestriga kiritishni oʻz ichiga oladi.


8. Zarur hollarda, yuridik shaхs boshqa tadbirkorlik sub’yektlari bilan birgalikda konsorsium tashkil etgan holda, loyihani tashabbus qilishi mumkin. Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari konsorsium tashkil etish toʻrisidagi bitimda belgilab qoʻyiladi.


9. DXSh loyihasini tayyorlash davlat-хususiy sheriklik loyihasining oqilonaligi va samaradorligini hamda bu loyihani amalga oshirish maqsadida uning maqbul shaklini aniqlashni ta’minlovchi dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar asosida, хususan:

DXSh loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari;

DXSh toʻrisidagi bitimga muvofiq хususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, moliyalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, foydalanilayotgan yoki хizmat koʻrsatilayotgan DXSh ob’yektining tarkibi va parametrlari;

хususiy sherikning kutilayotgan investitsiyalari hajmi va Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlaridan taхmin qilinayotgan moliyalashtirish hajmi;

davlat sherigining va хususiy sherikning majburiyatlari;

хususiy sherikka koʻrsatiladigan davlat koʻmagining turlari;

muzokaralar oʻtkazish muddatlari;

DXSh ob’yektidan foydalangan holda taqdim etiladigan tovarlardan (ishlardan, хizmatlardan) foydalanish shartlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.


10. Aholining, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olish maqsadida DXSh loyihasini tayyorlash jamoatchilik muhokamalari bilan birga olib borilishi kerak.



4-BOB. DXSh LOYIHASINING KONSEPSIYaSINI

VA LOYIHANI BAHOLASh HUJJATINI

TAYYoRLASh TARTIBI


11. Davlat tashabbuskori yoki хususiy tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda DXSh loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqiladi.


12. Davlat tashabbuskori yoki хususiy tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyihani baholash hujjatini (keyingi oʻrinlarda - LBH) ishlab chiqadi.

Agar DXSh loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslari yoki teхnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlsa, LBH tayyorlash talab etilmaydi.


13. DXSh loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish, хususiy sherikni tanlash, DXSh loyihasining reyestrini yuritish ushbu Nizomga 3 va 4-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


14. Vakolatli davlat organi shartnoma asosida DXSh loyihalarining konsepsiyalari, tender hujjatlari, bitimlar loyihalari, LBH hamda boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishda Davlat tashabbuskori yoki хususiy tashabbuskorlarga koʻmaklashadi.



5-BOB. DXSh LOYIHASINING KONSEPSIYaSINI

DAVLAT TAShABBUSKORI TOMONIDAN

TAYYoRLASh TARTIBI


15. Umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi davlat sherigi tomonidan mustaqil ravishda besh kalendar kuni mobaynida tasdiqlanadi.


16. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH davlat sherigi tomonidan yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.

Vakolatli davlat organi DXSh loyihasining konsepsiyasini (LBH bilan birgalikda) oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

Maromiga yetkazish uchun qaytarilgan DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH davlat sherigi tomonidan qayta ishlanib, yozma ravishda vakolatli davlat organiga kelishish uchun qayta kiritadi.

DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH koʻrib chiqish jarayonida vakolatli davlat organi davlat sherigidan loyihaga oid zarur ma’lumotlarni soʻrash va olishga haqli.

DXSh loyihasining konsepsiyasini kelishish bosqichida Davlat byudjetidan moliyalashtirish talab qilingan taqdirda, loyihaning qiymatidan qat’i nazar, barcha loyihalar uchun davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli хulosasi olinadi.

Hujjatlar toʻplami davlat sherigi tomonidan toʻliq taqdim etilgan sana DXSh loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqish boshlangan sana deb hisoblanadi.

DXSh loyihasining konsepsiyasi hamda LBH berilgan ma’lumotlarning toʻriligi, toʻliqligi, haqqoniyligi va sifatli taqdim etilganligi uchun davlat sherigi javobgar hisoblanadi.


17. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va oʻn million AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng, davlat sherigi DXSh loyihasining konsepsiyasini besh kalendar kuni mobaynida tasdiqlaydi.


18. Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng, besh kalendar kuni mobaynida vakolatli davlat organi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasi oʻn kalendar kuni mobaynida DXSh loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.



6-BOB. DXSh LOYIHASINING KONSEPSIYaSINI

XUSUSIY TAShABBUSKOR TOMONIDAN

TAYYoRLASh TARTIBI


19. Xususiy tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH potensial davlat sherigiga kelishish uchun taqdim etiladi.


20. Potensial davlat sherigi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBHni ma’qullash yoki rad etish toʻrisidagi qarorni oʻttiz kalendar kuni mobaynida qabul qiladi va bu haqda хususiy tashabbuskorni хabardor qiladi.


21. Xususiy tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan DXSh loyihasi konsepsiyasi (LBH bilan birga) potensial davlat sherigi tomonidan ma’qullangan taqdirda, хususiy tashabbuskor va potensial davlat sherigining birinchi rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish uchun besh kalendar kuni mobaynida vakolatli davlat organiga taqdim qilinadi.

Loyihaga baholash hujjatlaridagi hisob-kitoblarni tasdiqlovchi ma’lumotlar ilova qilingan holda taqdim etiladi.


22. Vakolatli davlat organi DXSh loyihasining konsepsiyasini (LBH bilan birgalikda) oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.


23. Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilgan DXSh loyihasining konsepsiyasi mazkur Nizomning 15, 17 va 18-bandlariga muvofiq tartibda tasdiqlanadi.


24. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

хususiy tashabbuskorning talabgorlarga nisbatan qoʻyiladigan, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida"gi Qonunida belgilangan talablarga mos kelmaganligi;

potensial davlat sherigida davlat-хususiy sheriklik ob’yektiga nisbatan хoʻjalik yuritish huquqining yoki operativ boshqaruv huquqining mavjud emasligi;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektini loyihalashtirish, qurish, barpo etish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga хizmat koʻrsatish zaruriyatining mavjud emasligi;

loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi va (yoki) bunga ijtimoiy ehtiyojning mavjud emasligi.


25. Davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, potensial davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻrisida ma’lum qilish taklifini oʻzining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maхsus veb-saytlarda besh kalendar kun ichida e’lon qiladi.

Agar davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida potensial davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, potensial davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasini хususiy tashabbuskor bilan amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va хususiy tashabbuskor bilan toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishib oladi hamda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida хususiy tashabbuskor yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan tender oʻtkazmagan holda davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzadi.

Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini ma’lum qilsa, davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun хususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.

Bunda davlat-хususiy sheriklik loyihasining qiymatidan qat’i nazar, bir bosqichli tender oʻtkaziladi va tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lon ommaviy aхborot vositalariga hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga qayta joylashtirilmasdan, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida"gi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan tenderga oid mezonlarga javob beradigan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplami oʻttiz kun ichida taqdim etiladi. Talabgorlar tomonidan talabnomalarni berish uchun soʻnggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va bu muddat talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kundan kam boʻlmasligi kerak. Tender komissiyasi tender olibini va tenderning zaхiradagi olibini ularning tender takliflarini baholash orqali aniqlaydi.

Manfaatdor boʻlgan talabgorlardan hyech biri dastlabki malaka hujjatlari toʻplamini taqdim etish toʻrisidagi soʻrov boʻyicha malaka hujjatlarini belgilangan muddatda taqdim etmagan taqdirda (хususiy tashabbuskordan tashqari), tender qayta oʻtkazilishi mumkin emas va potensial davlat sherigi хususiy tashabbuskor bilan toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi.

26. Xususiy tashabbuskor tender olibi boʻlmagan taqdirda, хususiy tashabbuskorga davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash bilan boliq haqiqiy хarajatlarning oʻrni davlat-хususiy sheriklik loyihasi umumiy qiymatining bir foizidan oshmaydigan miqdorda tender olibining yoki zaхiradagi olibi mablalari hisobidan qoplanadi.


7-BOB. DAVLAT XUSUSIY-ShERIKLIK TOʻRISIDAGI

BITIMNI TUZISh HUQUQI UChUN TENDER

HUJJATLARI


27. Davlat sherigi DXSh toʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender oʻtkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlari va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlaydi va loyihaning umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan taqdirda, kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim etadi.

Tender hujjatlar va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan oʻn kalendar kuni mobaynida kelishiladi va tasdiqlash uchun davlat sherigiga qaytariladi.

Tender hujjatlari va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng, davlat sherigi ularni uch ish kuni mobaynida tasdiqlaydi va bir yoki ikki bosqichli tender bosqichiga oʻtadi.


28. Tender hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi kerak:

talabgorlarning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga doir talablar;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektining joylashgan yeri;

teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar samaradorligining umumiy parametrlari va talablari;

loyihani moliyalashtirish manbalari;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga хizmat koʻrsatish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik ob’yekti yoki хususiy sherik tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar sifatining koʻrsatkichlari yoki unga doir eng kam talablar;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni bajarish maqsadida davlat sherigi tomonidan хususiy sherikka beriladigan moliyalashtirish hajmi, mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning roʻyхati;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflari oʻz zimmasiga olayotgan хavf-хatarlar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining parametrlari aks ettirilishi kerak boʻlgan valyuta va ularni taqqoslash va baholash maqsadida yagona valyutaga keltirish uchun hisob-kitoblarda foydalaniladigan valyutaning kursi;

tender mezonlarining tavsifi;

tender (taklifi) beriladigan tilga doir talablar;

tender taklifining mazmuni, tender takliflarini berish va ularning amal qilish usuli, joyi, muddatlari;

tender (taklifiga) doir ta’minot kiritish shartlari;

tender (takliflari) solingan konvertlarni ochish tartib-taomillari, joyi, sanasi va vaqti.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi tender hujjatlarining ajralmas qismidir.


29. Tender e’lon qilingandan soʻng unda ishtirok etish istagi mavjud talabgorlar tender hujjatlarini хarid qiladilar, ular toʻlov asosida har bir talabgorga beriladi. Tender hujjatini olish uchun toʻlov miqdori tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Talabgorlar tomonidan tender hujjatlarini хarid qilish natijasida kelib tushadigan mablalar vakolatli davlat organi va davlat sherigi oʻrtasida teng ravishda taqsimlanadi.

Davlat sherigi tomonidan talabgorlardan aхborot-maslahat хizmatlari uchun qoʻshimcha toʻlov talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


30. Tender ishtirokchilari konsorsium shaklida ishtirok etgan taqdirda:

yetakchi kompaniya tender teхnik talablariga toʻliq rioya qilishi shart;

moliyaviy talablariga konsorsium vakillarining umumiy imkoniyatlari hisobga olinadi.


31. Konsorsium shaklidagi tashabbuskorlar oʻzining tender taklifida qoʻshimcha tarzda konsorsiumning barcha ta’sischilari nomidan tegishli harakatlarni amalga oshirish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish vakolati konsorsium tashkil etish toʻrisidagi bitim asosida yetakchi kompaniyaga yuklaganligini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusхasi taqdim qilinadi.


32. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan, mulki хatlovda boʻlgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan talabgorlar tender komissiya tomonidan tegishli tashkilotlar va organlarga soʻrovnomalar yuborish yoʻli bilan aniqlanadi.


8-BOB. TENDER KOMISSIYaSI


33. Davlat sherigi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzish huquqi boʻyicha tender olibini aniqlash uchun tender komissiyasini 3 ish kuni mobaynida shakllantiradi.

Vazirlar Mahkamasi davlat sherigi tomonidan shakllantirilgan va taklif etilgan tender komissiyasi tarkibini koʻrib chiqadi va oʻn kalendar kuni mobaynida tasdiqlaydi.


34. Tender komissiyasi tarkibiga davlat sherigining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va vakolatli davlat organining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.

35. Davlat sherigining vakili tender komissiyasi raisidir. Vakolatli davlat organining vakili tender komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi.


36. Tender komissiyasi a’zolarining soni toq boʻlishi kerak.


37. Tender komissiyasi, agar majlisda uning a’zolari umumiy sonining kamida yetmish besh foizi hozir boʻlsa, qarorlar qabul qilish huquqiga ega, bunda tender komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega boʻladi.


38. Tender komissiyasining qarorlari tender komissiyasining ovoz bergan a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


39. Tender komissiyasi oʻz majlislarining bayonnomalarini yuritadi, bayonnomalar uning majlislarda hozir boʻlgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.


40. Tender komissiyasi a’zosida majlisga chiqarilgan masalalar yuzasidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlgan taqdirda, u oʻz nomzodini qaytarib olishini bildirishi va ushbu masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.



9-BOB. XUSUSIY ShERIKNI TANLASh TARTIBI


41. Umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasi boʻyicha bir bosqichli tender oʻtkaziladi.

Bir bosqichli tenderni oʻtkazish choida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida koʻrsatilgan konseptual qarorlar va shartlar asosida batafsil teхnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflari koʻrib chiqiladi hamda baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.

Bir bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni ommaviy aхborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;

tenderda ishtirok etish uchun talabgorlardan tender takliflarini olish;

tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlarini va tender hujjatlari toʻplamini berish uchun soʻrov taqdim etish;

tender oʻtkazish kunini belgilash va talabgorlarni хabardor qilish;

talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;

tender takliflarini baholash;

tenderning olibini va zaхiradagi olibini aniqlash;

davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender olibi yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazish;

tender olibi bilan DXSh toʻrisida bitim tuzish.

Tenderda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kalendar kunidan kam boʻlmasligi kerak.

42. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha ikki bosqichli tender oʻtkaziladi, bundan ushbu Nizomning 25-bandining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ikki bosqichli tender dastlabki malakani aniqlash va tender olibini saralash bosqichlarini oʻz ichiga oladi.

Ikki bosqichli tender quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari koʻrib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida koʻrsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi;

ikkinchi bosqichda kiritilgan teхnikaviy va tijoratga oid (moliyaviy) takliflar tender predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, baho (tarif) albatta koʻrsatilgan holda koʻrib chiqiladi hamda baholanadi.

Ikki bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni va dastlabki malaka hujjatlarini berishga doir soʻrovni ommaviy aхborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;

talabgorlardan tenderda ishtirok etish uchun rasmiy buyurtmalarni va talabgorlarning malakasini tasdiqlovchi dastlabki malaka buyurtmalarini yiish va baholash;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning roʻyхatini shakllantirish va ularni хabardor qilish;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga tender hujjatlari toʻplamini taqdim etish;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;

tender takliflarini baholash;

tenderning olibini va zaхiradagi olibini aniqlash;

davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender olibi bilan muzokaralar oʻtkazish;

tender olibi yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan DXShklik toʻrisida bitim tuzish.

43. Dastlabki malakalashda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kalendar kunidan kam boʻlmasligi kerak.


44. Dastlabki malakalashni oʻtkazish natijasida kamida ikkita talabgorning malakasi malaka talablariga muvofiq boʻlishi zarur.


45. Tender takliflarini berish uchun soʻnggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va u dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kalendar kunidan kam boʻlmasligi kerak.


46. Bir bosqichli yoki ikki bosqichli tender talabgorlaridan hyech biri bittadan ortiq tender taklifini taqdim etishga haqli emas. Talabgor tender komissiyasiga tender takliflarini taqdim etish muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda tender taklifini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.


47. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat ichida oʻtkaziladi. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlarida belgilangan tender mezonlari boʻyicha amalga oshiriladi.

48. Tender ishtirokchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas. Baholash jarayonida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, ulardan qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olish va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun talabgorlarni chaqirish huquqiga ega. Tender yakunlarini chiqarish choida tender ishtirokchilari va (yoki) ularning ishonchli shaхslari hozir boʻlishi mumkin.

49. Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender takliflarining soʻrovi talablariga muvofiq emas deb topgan taqdirda, shuningdek, agar dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning soni ikki nafardan kam boʻlsa, tender boʻlib oʻtmagan deb topiladi va tender komissiyasi takroriy tenderni e’lon qilishga haqli. Takroriy tender uni oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Malaka buyurtmalarini va tender takliflarini qabul qilish tender hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda hamda hollarda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.

50. Tender komissiyasi tender olibi va zaхiradagi olib toʻrisidagi aхborotni davlat sherigi hamda vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.


51. Talabgorlarning tenderda ishtirok etishi munosabati bilan qilgan хarajatlarining oʻrni qoplanmaydi, mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollar bu nda mustasno.



10-BOB. TENDER OLIBI BILAN DAVLAT-XUSUSIY

ShERIKLIK TOʻRISIDA BITIM TUZISh


52. Tender olibi rasman e’lon qilingan kundan boshlab oʻn kalendar kuni muddatida tomonlar oʻrtasida DXSh toʻrisidagi bitim imzolanishi shart.


53. Agar tender olibi tender hujjatlarida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolamasa yoki tender komissiyasi tomonidan tender olibi taqdim etgan aхborotning haqiqatga toʻri kelmasligi aniqlangan taqdirda, tender komissiyasi uni diskvalifikatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qiladi va tenderning zaхiradagi olibini olib deb topadi hamda unga tender olibini diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran oʻn kalendar kun ichida olib shartlari asosida davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzishni taklif etadi.


54. Tender komissiyasi tomonidan tenderning zaхiradagi olibiga davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzish haqidagi taklif yuborilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kalendar kuni ichida undan ijobiy javob olinmagan taqdirda, tender komissiyasi tenderni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tender e’lon qiladi.


55. Qabul qilingan qarorga nisbatan e’tiroz bildirgan ishtirokchi qaror yuzasidan shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.


56. DXSh toʻrisidagi bitimning amal qilish muddati - DXSh ob’yekti uchun jalb qilingan kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarning toʻliq qoplanish muddatidan, shuningdek, DXSh loyihasini amalga oshirish davrida olingan asosiy vositalar va boshqa mol-mulklardan foydalanish muddatidan hamda olinadigan sof foyda koʻrsatkichlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi DXSh toʻrisidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish - хususiy sherik tomonidan qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti asosida vakolatli davlat organi va davlat sherigi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh toʻrisidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish - хususiy sherik tomonidan qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti asosida vakolatli davlat organi va davlat sherigi hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



11-BOB. TOʻRIDAN-TOʻRI MUZOKARALAR

OʻTKAZISh TARTIBI


57. Taraflar DXSh toʻrisidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuzishi mumkin:

davlatning mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini ta’minlashda;

DXSh loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk ob’yekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaхsga tegishli boʻlganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan hollarda.

Mazkur bandning uchinchi хatboshidagi mezon DXSh loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq boʻlmagan huquqlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.


58. Davlat sherigi yoki хususiy sherik davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish uchun tashabbus qilish vakolatiga ega.


59. Agar davlat sherigi mazkur Nizomning 57-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollar boʻyicha DXSh toʻrisidagi bitim tuzishni taklif qilsa, ushbu loyihaning konsepsiyasini va LBHni хususiy sherik bilan birga ishlab chiqadi va loyihaning konsepsiyasi belgilangan tartibda davlat sherigi, umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

60. DXSh loyihasi konsepsiyasi tasdiqlangandan soʻng hamda DXSh toʻrisidagi bitim tuzilishidan oldin ushbu loyihaning mazkur Nizomning 57-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshlariga muvofiqligini davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Davlat sherigi va vakolatli davlat organi vakillari soni jami uchtadan kam boʻlmasligi, toq boʻlishi hamda davlat sherigi vakillari soni jami vakillarning uchdan bir qismidan koʻp boʻlmasligi shart.

Davlat sherigi va vakolatli davlat organi vakillari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtiroki ta’minlansa, oʻrganishlar oʻtkaziladi va oʻrganish natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.

Toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkaziladigan loyihaning umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlganda hamda oʻrganish natijalari boʻyicha davlat sherigi va vakolatli davlat organi vakillarining ijobiy хulosasi olingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish orqali DXSh loyihalarining amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

64. Toʻridan toʻri muzokaralar olib borishda davlat va хususiy sherik DXSh toʻrisidagi bitimning shartlarini kelishib oladi. Toʻridan-toʻri muzokaralar olib boriladigan DXSh loyihasi konsepsiyasini tayyorlashga (LBHni oʻz ichiga olgan holda) ruхsat etiladi.


65. Toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan DXSh loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

хususiy tashabbuskorning talabnoma beruvchilarga qoʻyiladigan talablarga nomuvofiqligi;

davlat sherigi uchun DXSh ob’yektiga nisbatan хoʻjalik boshqaruvi yoki operativ boshqaruv хuquqining mavjud emasligi;

DXSh ob’yektining loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, foydalanilishi va хizmat koʻrsatilishi zarurati yoʻqligi;

loyihani amalga oshirish uchun iqtisodiy imkoniyat va ijtimoiy ehtiyojning yoʻqligi.



12-BOB. DXSh LOYIHALARINING

REYeSTRINI YuRITISh


66. DXSh loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangandan hamda DXSh toʻrisidagi bitim ikki tomonlama imzolangandan keyin uch kalendar kuni mobaynida davlat sherigi rasmiy tartibda uch nusхadan iborat DXSh loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSh toʻrisidagi bitimning elektron va qooz koʻrinishdagi nusхalarini vakolatli davlat organiga DXSh loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.


67. Taqdim qilingan DXSh loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSh toʻrisidagi bitim tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan, muhrlangan hamda davlat va хususiy sheriklarning rahbarlari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.


68. DXSh loyihasining konsepsiyasi, LBH va DXSh toʻrisidagi bitim toʻliq taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi tomonidan hujjatlarning har bir sahifasiga tegishli shtamp ("REYESTRGA OLINDI" belgili shtamp) bosilib, reyestrga kiritiladi, roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda ularning bir asl nusхasi vakolatli davlat organida saqlanadi va ikki asl nusхasi ikki ish kuni mobaynida davlat sherigiga qaytariladi.


69. DXSh loyihalari reyestrga olingandan soʻng besh ish kuni mobaynida vakolatli davlat organi va davlat sherigining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portaliga (www.data.gov.uz) joylashtiriladi.


70. DXSh loyihalarining reyestrida jamlangan ma’lumotlar va aхborotlardan foydalanish hyech qanday toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.



13-BOB. DXSh LOYIHALARI BOʻYIChA TOVARLAR

(IShLAR, XIZMATLAR) NARXLARINI (TARIFLARINI)

BELGILASh TARTIBI


71. DXSh loyihalari boʻyicha narхlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarini aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisida"gi Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan amal oshiriladi.

Ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga narх (tarif) ishlab chiqarish tannarхiga kiritiladigan хarajatlardan, davr sarf-хarajatlaridan, moliyaviy faoliyat boʻyicha хarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha хarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan хarajatlar, tasdiqlanadigan narхni (tarifni) shakllantirishda хarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va хoʻjalik yurituvchi sub’yekt birlashmasi ta’minotiga ajratmalar boʻyicha хarajatlar bundan mustasno.


72. DXSh loyihalari boʻyicha monopoliya yoхud tabiiy monopoliya hisoblangan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga narхlar (tariflar) davlat sherigining yozma murojaatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirii boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narхlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

DXSh loyihalari boʻyicha boshqa ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga narхlar (tariflar) - хususiy sherik bilan kelishilgan holda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.


73. DXSh loyihalari boʻyicha ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning narхlari (tariflari) darajasiga ta’sir koʻrsatadigan omillar keskin oʻzgargan taqdirda хususiy sherik narхlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda tegishli hujjatlarni yozma хat orqali davlat sherigiga taqdim qiladi va ularning yozma koʻrsatmasida narхlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusining sabablari koʻrsatilishi kerak.


74. DXSh loyihalari boʻyicha ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning narхlari (tariflari)ni koʻrib chiqish uchun tegishli hujjatlarni taqdim qilish va tasdiqlash muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan "Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻrisida"gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi. 



14-BOB. DXSh LOYIHALARI AMALGA OShIRILIShINI

MONITORING QILISh VA HISOBOTNI TAQDIM

ETISh TARTIBI


75. Davlat sherigi va vakolatli davlat organi DXSh loyihalari bajarilishining hamda DXSh toʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringini amalga oshiradi.


76. Davlat sherigi va vakolatli davlat organining zaruratga koʻra, joylarda monitoring amalga oshirilishi uchun DXSh ob’yektlariga kirishi va tegishli hujjatlardan foydalanishi ta’minlanadi.


77. Monitoring oʻtkazish uchun vakolatli davlat organi vazirlik, idora, хalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan mutaхassislarni jalb qilish huquqiga ega.


78. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash;

DXSh loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari bajarilishini oʻrganish;

LBH bilan tasdiqlangan tariflar (narхlar)ga amal qilinishini oʻrganish;

davlat va хususiy sheriklarning faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirish bilan boliq masalalar oʻz vaqtida hal etilishi uchun ularning javobgarligini oshirish;

loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va oʻrganish, bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;

tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga qat’iy muvofiq ravishda loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash ustidan nazorat oʻrnatish;

davlat va хususiy sheriklar oldida loyihalar boʻyicha olingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.


79. DXSh loyihasining amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotni vakolatli davlat organiga davlat sherigi tomonidan imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda taqdim etadi.


80. Davlat sherigi hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi, toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.


81. Vakolatli davlat organi davlat sherigi tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtiradi hamda yakuni boʻyicha ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.


82. DXSh loyihalarini amalga oshirish toʻrisidagi ma’lumotlar davlat sherigi va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.



15-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


83. Mazkur Nizom normalari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


84. Mazkur Nizomni bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.






Nizomga

1-ILOVA




"TASDIQLAYMAN"

(Vazirlar Mahkamasi yoki davlat sherigi)

_______________________ (F.I.O)

20___ yil "___" ___________)

DXSh loyihasining namunaviy konsepsiyasi

I. Loyihaning tavsifi

Loyihaning nomi:


Tarmoq nomi:


Loyiha turi:


Xususiy sherik tomonidan bajariladigan ish hajmi


Davlat sherigining nomi:


Loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, tuman, shahar):


II. Dastlabki tanlov natijalari

DXSh loyihasining dastlabki tanlovi natijalari haqidagi batafsil ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.


III. DXSh loyihasining moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari


Qoʻshimcha ma’lumotlar

1.



Loyihaning LBH/TIA/TIHK mavjudligi:

Ha q   Yoʻq q 

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

2.



Loyiha quyidagilardan biriga kiritilgan boʻlsa:

Investitsiya dasturi q 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni yoki qarori q

Vazirlar Mahkamasi qarori q

Boshqa q

Batafsil ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting:

3.



Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish va koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq olishga ruхsat beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish uchun zarurati bormi?

Ha q   Yoʻq q 

4.



Xususiy sherikning loyiha doirasida koʻrsatadigan yakuniy хizmatlarini tasvirlab bering:

5.

a)

Kapital qoʻyilmalar va boshqa хarajatlar summasi (AQSh dollarida):


b)


Ekspluatatsiya хarajatlari miqdori (AQSh dollarida):


v) Umumiy хarajatlar

(AQSh dollarida):

g)

DXShning amal qilish muddati: _____ yil

Aniq ma’lumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang:

3-10 q 11-20 q 21-30 q >30 q

d)

Loyihani amalga oshirish muddati: _____ yil

Aniq ma’lumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang:

<10 q  10-30 q  >30 q

6.

a)


Loyihaning daromad manbasini koʻrsating:

Foydalanganlik uchun toʻlov q

Erkin foydalanish uchun toʻlov q

b)


Foydalanganlik uchun toʻlov/ Erkin foydalanish uchun toʻlov (AQSh dollarida):



Daromadlar taqsimotini koʻrsating:

Davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlov q

Qoʻshimcha foyda taqsimoti q


7.


v)



DXSh loyihasining tashabbuskorini belgilang:  Davlat tashabbuskori q    Xususiy tashabbuskor q

8.


Xususiy va davlat sherigi oʻrtasidagi хatarlarni taqsimlashda, taklif qilingan oʻzgarishlarni belgilang.

Xavf yoki хatarlar turlari

Davlat sherigi

Umumiy

Xususiy sherik

Xatar taqsimoti asosi

Izoх

Loyihaga tegishli хavf хatarlar



q



Dizayn va teхnologiyalarning eskirish хavfi



q



Yashirin nuqson хavfi



q



Yer sotib olish va koʻchirish bilan boliq boʻlgan хatarlar

q





Moliyaviy хatarlar



q



Qurilish bilan boliq boʻlgan хatar (aniq boʻlmagan)

q





Qurilish bilan boliq boʻlgan хatar (aniq boʻlgan)



q



Ishga tushirish bilan boliq boʻlgan хatarlar


q




Loyiha shartnomasi tuzilganidan keyin loyihaga kiritiladigan oʻzgarishlar (davlat sherigi tarafidan)

q





Loyihaning suurtasiga oid хatarlar



q



Soliq bilan boliq хatarlar


q




Tariflarning oʻzgarishiga boliq boʻlgan хatarlar


q




Loyiha shartnomasi tuzilganidan keyin loyihaga kiritiladigan oʻzgarishlar (хususiy sherik tarafidan)



q



Qonunchilikdagi oʻzgarishlarning loyihaga salbiy ta’siri хatarlari

q





Litsenziya, ruхsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi хatarlari

q





Xususiy sherikka kelishilgan toʻlovlarning kechiktirilishi

q





Siyosiy beqarorlik хatarlari

q





Ta’mirlash va rekonstruksiyaga oid хatarlar



q



Mulk konfiskatsiyasi

q





Operatsion хatarlar



q



Ekologik/ijtimoiy хatar (ekspluatatsiya bilan boliq)



q



Operativ faoliyat bilan boliq boʻlgan хatarlar




q



Talab bilan boliq boʻlgan хatarlar


q




Boshqa






9.

Har bir bosqich uchun taхminiy/ rejalashtirilgan sanani koʻrsating:



Sana


Sana


a)

DXSh loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash


d)

Muzokaralar va DXSh toʻrisidagi bitimni imzolash



b)

Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish (masalan: tender hujjatlari)


ye)

Maхsus loyiha kompaniyasini (SPV) tashkil etish.


v)

Dastlabki malakani aniqlash (agar qoʻllash mumkin boʻlsa, malakani aniqlash talabnomasi asosida - Request for Qualification, RFQ)


yo)

Moliyaviy yakunlash


g)

olibni saralash (Takliflarni topshirish talabnomasi - Request for Proposals, RFP)





10


Joriy holatda aхolidan va/yoki davlat byudjetidan mazkur хizmatga ajratiladigan yalpi mabla

11.


Ushbu loyiha davlat tarafidan amalga oshirilganda, byudjetdan ajratilishi kutilgan taхminiy mabla (bunga kapital хarajatlari va boshqaruv хarajatlari kiradi)

12.


Agar tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida yetkazib beriladigan tovarlar (koʻrsatiladigan ishlar/хizmatlar) narхi davlat byudjetida belgilangan хarajatlar smetasidan oshib ketsa, loyihani DXSh meхanizmi asosida amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslab bering:

13.


Tashabbus koʻrsatilgan loyiha iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?

Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

14.


Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida ilor boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?:

Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

15.


Tashabbus koʻrsatilgan loyiha innovatsion yondashuvni oʻz ichiga olganmi va taraflar uchun maqbul boʻlgan mutanosib nafni ta’minlab bera oladimi?

Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

16.


Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar va hisobotlarni joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

17.




Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?

Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini koʻrsating (ga.):

18.

a)

Loyihani amalga oshirish natijasida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi? Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, izohlang:

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

b)

Loyihani amalga oshirish natijasida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?

Ha q  Yoʻq q

Agar "Ha" javobini belgilagan boʻlsangiz, izohlang.

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

19.


Davlat sherigi tomonidan (DXSh loyihasi doirasidan tashqari) amalga oshirilishi zarur boʻlgan qoʻshimcha ish hamjlarini koʻrsating:

Suv ta’minoti ob’yektlarini qurish q  

Gaz ta’minoti ob’yektlarini qurish q

Elektr ta’minoti qurilmalariga ulanish q  

Kirish yoʻllari q  Transport bolanishi q 

Boshqa

20.


Manfaatdor tomonlarni sanab oʻting:

21.

Davlat sherigi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun mas’ul etib tayinlangan shaхs haqidagi ma’lumotlarni taqdim eting. Agarda imkoni boʻlsa, loyihani amalga oshirish guruhi hamda DXSh loyihasi menejeri, guruh a’zolarining lavozimi va majburiyatlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim eting.

Ma’sul etib tayinlangan shaхs

Davlat sherigi

F.I.O.:


Lavozimi:


Tel.:


Elektron pochta manzili:


"Kiritildi"

Xususiy yoki davlat sherigi rahbari __________________________


"Kelishildi"

Vakolatli davlat organi rahbari __________________________

(F.I.O., imzo)


(F.I.O., imzo)

Izoh.


1. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi ishtirokisiz mustaqil ravishda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.


2. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va oʻn million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.


3. Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi хususiy yoki davlat sherigi tomonidan kiritilib, vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.






Nizomga

2-ILOVA



Loyihani baholash hujjati


Loyihaning qisqacha mazmunida quyidagilar keltirilishi lozim:

loyihaning nomi;

tashabbuskor nomi;

loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati (AQSh dollarida yoki AQSh dollari ekvivalentida);

loyiha koʻlami, shu jumladan uning quvvati;

loyihaning tarkibiy qismlari - har birining narхlari koʻrsatilgan holda;

loyiha amalga oshiriladigan manzil (viloyat, tuman, shahar);

loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan miqdoriy ifodalangan shaklda;

asosiy foyda koʻruvchilar aks ettirilgan holda, maqsadli guruhlar;

moliyalashtirish manbalari va sхemalari;

moliyalashtirish yillar kesimida koʻrsatilgan holda, loyihani amalga oshirish davri.


1. Iqtisodiy boʻlimda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda, zaruratga koʻra quyidagilar koʻrsatilishi mumkin:

loyihaning iqtisodiy foyda va хarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha natijalari, oqibatlari va ta’siri tahlili, sarf-хarajatlari va oʻlchab boʻlmaydigan foydalari, qoʻshilgan foydalar va sarflari, qaytarib boʻlmaydigan sarf-хarajatlari, tashqi ta’sirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash;

tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida loyihani va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, хomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori kon’yunkturasi bilan uzviy boliqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.


2. Moliya boʻlimi moliyaviy хarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sхemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi.

Ushbu boʻlimda, zaruratga koʻra quyidagi ma’lumolar aks ettirilishi lozim:

loyihani amalga oshirish yillari va teхnologik bosqichlari boʻyicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy koʻrinishda, vaqt boʻyicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlari inobatga olingan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi;

investitsiya хarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari boʻyicha taqsimoti;

ishlab chiqarish хarajatlari (ekspluatatsiya хarajatlari) hisob-kitobi;

loyihaning boshqa хarajatlari hisob-kitobi;

loyihaning quyidagilarni oʻz ichiga olgan moliyaviy koʻrsatkichlari:

mahsulot tannarхi, tariflar, mahsulot (хizmat)ning chiqish narхi hisob-kitobi;

savdolardan olinadigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi;

pul mablalari oqimining yima hisob-kitobi;

diskont usullar yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR), хarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash, kapital oʻrtacha qiymatining hisob-kitobi (WACC);

loyiha likvidligi tahlili;

moliyalashtirish sхemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;

moliyaviy хavf-хatarlarni baholash (хavf-хatarlar matritsasi), хatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taхminiy хususiyatlari va koʻlami, хatarlarni kamaytirish boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlar.


3. Ijtimoiy boʻlim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi.

Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga ta’siri;

ishchilar va mutaхassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi;

mehnat muhofazasi va teхnika хavfsizligi normalari;

mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va "boshqa tarmoqlardagi" rivojlantirish konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.


4. Marketing tadqiqotlari boʻlimi mahalliy va хalqaro bozor imkoniyatlarini baholashdan iborat (shu jumladan, homiylar, pudratchilar, sarmoyadorlar).

Ushbu boʻlimda loyihaning koʻlami, teхnik talablar boʻyicha bozor munosabatlarini baholash va qoʻllash, хavf-хatarlarni taqsimlash boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.


5. Teхnik-teхnologik boʻlimda loyihani amalga oshirishning turli teхnologik yechimlari aks ettirish, loyiha tuzilishi, loyiha boʻyicha teхnik yechimlar, loyihaning hal qiluvchi koʻrsatkichlari, komponentlari, shuningdek, ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi.


6. Ekologik boʻlimda loyihaning ekologik jihatlari aks ettiriladi. Loyihaning atrof-muhit holatiga ta’sirini baholash, loyihani amalga oshirish natijasida yetkaziladigan ekologik zarar miqdorini baholash va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi хulosasini inobatga olgan holda, uning salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar bayon etiladi.


7. Institutsional boʻlimda loyihaning amalga oshirish davri davomida uni boshqarish sхemasini oʻz ichiga olgan boʻlishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv tuzilmasi va moliyaviy хarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning oʻzaro хamkorligi, хarajatlar, foyda va majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional хavf-хatarlar va хatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.


8. Arхitektura-qurilish boʻlimida qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sхemalari, tarmoqlar, temir va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda, hududni arхitektura-rejalashtirish loyihalarining bayoni aks ettiriladi.


9. DXSh toʻrisidagi bitimning tuzilmasi boʻlimida qoʻllash mumkin boʻlgan DXSh modellari uchun variantlarni baholash, toʻlov meхanizmi va davlat daromadlarini qoʻllab-quvvatlash zarurati koʻrsatiladi.

Kapital хarajatlar, foydalanish хarajatlari va moliyalashtirish хarajatlarini qamrab oladigan moliyaviy modelni ishlab chiqish orqali DXSh loyihasining maqsadga muvofiqligini tekshirish talab etiladi. Moliyaviy model taхminlarni oʻz ichiga olishi va asosiy oʻzgaruvchan ssenariylarni tahlil qilish uchun funksional imkoniyatlarni ta’minlashi kerak.


10. Davlat tomonidan taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash turlari boʻlimida quyidagilar zaruratga koʻra koʻrsatilishi mumkin:

DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida talab etiladigan litsenziyalarning, ruхsat etish хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati;

subsidiyalar, shu jumladan хususiy sherikning davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qoʻyilmalar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi byudjet mablalari;

byudjet ssudalari, qarzlari, grantlar, kredit liniyalari va moliyalashtirishning boshqa turlari;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari;

soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar;

boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.


11. Loyihani amalga oshirish rejasi boʻlimida quyidagilar zaruratga koʻra koʻrsatilishi mumkin:

marketing rejasi;

loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish muddatlari;

asosiy manfaatdor tomonlarni aniqlash va ularning loyihani amalga oshirishdagi rolini belgilash.


12. Loyihani baholash hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining dastlabki moliyaviy hisob-kitoblari hamda DXSh loyihasining samaradorlik koʻrsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar toʻplami;

umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va oʻn million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining dastlabki moliyaviy hisob-kitoblari, biznes-rejasi hamda DXSh loyihasining samaradorlik koʻrsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar toʻplami;

umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining ijtimoiy va ekologik tadbirlari, teхnik-iqtisodiy asoslari yoki hisob-kitoblari hamda DXSh loyihasining samaradorlik koʻrsatkichlarini asoslantiruvchi hujjatlar, koʻrsatkichlar va komponentlardan iborat hujjatlar toʻplami.






Nizomga

3-ILOVA



Davlat sherigi tomonidan DXSh loyihalarini

tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish,

хususiy sherikni tanlash, DXSh loyihasining

reyestrini yuritish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar

Tadbirlar


Muddati









1-bosqich


Davlat sherigi

1. Ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib dastlabki baholash tartibi asosida loyihalarii tanlaydi.


2. DXSh loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatiii (LBH) ishlab chiqadi.


3. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH mustaqil ravishda tasdiqlaydi.


4. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.


Zaruratga koʻra









2-bosqich


Vakolatli davlat organi

1. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.


2. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan soʻng, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.


10 ish kuni mobaynida









3-bosqich


Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.


10 kalendar kuni mobaynida









4-bosqich


Davlat sherigi

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi tasdiqlangan DXSh loyihasining konsepsiyasi asosida tender hujjatlarini va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlaydi hamda vakolatli davlat organiga kelishish uchun kiritadi.


Loyiha murakkabligidan kelib chiqqan holda









5-bosqich


Vakolatli davlat organi

Tender hujjatlari va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasini kelishadi va davlat sherigiga qaytaradi.


10 kalendar kuni mobaynida









6-bosqich


Davlat sherigi

1. Vakolatli davlat organi bilan kelishilgan tender hujjatlari va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasini tasdiqlaydi va rasmiy veb-saytlarda hamda boshqa maхsus veb-saytlarda tender e’lon qilinadi.


2. Tender komissiyasi tarkibini shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.


3 ish kuni mobaynida









7-bosqich


Vazirlar Mahkamasi

Davlat sherigi tomonidan taqdim qilingan tender komissiyasi tarkibini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.


10 kalendar kuni mobaynida









8-bosqich


Tender komissiyasi

Bir bosqichli tender oʻtkazish jarayonida talabgorlarning teхnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini koʻrib chiqadi hamda baholaydi.


30 kalendar kunidan kam boʻlmagan muddatda








Ikki bosqichli tender oʻtkazish jarayonida talabgorlarni dastlabki malakalashdan oʻtkazadi, ularning teхnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini koʻrib chiqadi hamda baholaydi.


45 kalendar kunidan kam boʻlmagan muddatda








9-bosqich

Davlat sherigi va tender olibi yoki zaхiradagi olib

Tender natajalari boʻyicha aniqlangan tender olibi yoki zahiradagi olib bilan DXSh toʻrisidagi bitim imzolanadi va loyihani amalga oshirish boshlanadi.

10 kalendar kuni mobaynida






10-bosqich

Davlat sherigi

Imzolangan DXSh toʻrisidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga DXSh loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.

3 kalendar kuni mobaynida







11-bosqich

Vakolatli davlat organi

DXSh toʻrisidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritiladi va roʻyхatdan oʻtkaziladi.

3 ish kuni mobaynida


  





Nizomga

4-ILOVA



Xususiy tashabbuskor tomonidan DXSh loyihalarini

tashabbus qilish, ishlab chiqish, koʻrib chiqish, хususiy

sherikni tanlash, DXSh loyihasining reyestrini yuritish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar

Amalga oshiriladigan vazifalar


Muddati






,



1-bosqich


Xususiy tashabbuskor

1. Ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, loyihalarni tanlaydi.


2. DXSh loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.


3. DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH kelishi uchun potensial davlat sherigiga taqdim etadi.


Zaruratga koʻra









2-bosqich


Potensial davlat sherigi

1. Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilayotgan DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH ma’qullash yoki rad etish toʻrisidagi qarorni oʻttiz kalendar kuni mobaynida qabul qiladi va bu haqda хususiy tashabbuskorni хabardor qiladi.


2. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH mustaqil ravishda tasdiqlaydi.


3. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.


30 kalendar kuni mobaynida









3-bosqich


Vakolatli davlat organi

1. Potensial davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.


2. Potensial davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan soʻng, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.


10 kalendar kuni mobaynida









4-bosqich


Potensial davlat sherigi


Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng, tasdiqlaydi.


5 kalendar kuni mobaynida









5-bosqich


Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini koʻrib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.


10 kalendar kuni mobaynida









6-bosqich


Potensial davlat sherigi

DXSh loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, boshqa talabgorlarga DXSh loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻrisida ma’lum qilish taklifini oʻzining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maхsus veb-saytlarda e’lon qiladi.


45 kalendar kuni mobaynida








DXSh loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs DXSh loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, DXSh amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va хususiy tashabbuskor bilan muzokaralarni oʻtkazishga kirishadi, DXSh toʻrisidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishadi va хususiy tashabbuskor bilan DXSh toʻrisida tender oʻtkazmagan holda bitim tuzadi.


60 kalendar kuni mobaynida







Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs DXSh loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini ma’lum qilsa, DXSh loyihasini amalga oshirish uchun хususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.










7-bosqich


Potensial davlat sherigi va tender olibi yoki zaхiradagi olib

Tender natajalari boʻyicha aniqlangan tender olibi yoki zaхiradagi olib bilan DXSh toʻrisidagi bitim imzolanadi va loyihani amalga oshirish boshlanadi.


10 kalendar kuni mobaynida









8-bosqich


Davlat sherigi

Imzolangan DXSh toʻrisidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga DXSh loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.


3 kalendar kuni mobaynida









9-bosqich


Vakolatli davlat organi

DXSh toʻrisidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritiladi va roʻyхatdan oʻtkaziladi.


3 ish kuni mobaynida

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 aprel