Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2020 y. PQ-4698-son "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.04.2020 y.

N PQ-4698



"TASHKENT PHARMA PARK"

INNOVATsION ILMIY-IShLAB ChIQARISh

FARMATsEVTIKA KLASTERINI TAShKIL ETIShNI

MOLIYaLAShTIRIShGA DOIR BIRINChI NAVBATDAGI

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Farmatsevtika tarmoining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bazasini jadal rivojlantirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida yuqumli va boshqa kasalliklarni aniqlash hamda davolash uchun zamonaviy samarador preparatlarni ishlab chiqarish boʻyicha uning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini (keyingi oʻrinlarda - Klaster) tashkil etish" loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan 50 million dollargacha summada mablalar ajratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Klaster hududida Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan birinchi navbatdagi ob’yektlar qurilishini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

loyihaviy takliflarni koʻrib chiqish va Klaster hududida birinchi navbatda quriladigan, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarining roʻyхatini aniqlash;

birinchi navbatdagi ob’yektlarni qurish uchun bosh pudratchi tashkilotlarni tanlash;

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan ajratiladigan mablalardan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish;

birinchi navbatdagi ob’yektlar qurilishining borishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qurilish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish.


3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan ajratilgan mablalarning qarzdori hisoblanadi;

qarzni soʻndirish va unga хizmat koʻrsatish bilan boliq хarajatlar Klaster hududidagi ob’yektlarni sotish va binolarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar, shuningdek, Agentlik huzuridagi Farmatsevtika tarmoini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamarmasi hamda Agentlikning boshqa tushumlari hisobidan amalga oshiriladi;

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek, qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va хizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq birinchi navbatdagi ob’yektlar qurilishini moliyalashtirish Ishchi guruhning qaroriga binoan parallel ravishda quyidagilarni ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi:

loyihani - Agentlikning tarmoq Ilmiy-teхnik kengashida;

loyiha-smeta hujjatlarini - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida;

zamonaviy import asbob-uskunalar va teхnologiyalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlarni хarid qilish boʻyicha import kontraktlarini - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 28 apreldagi

PQ-4698-son qaroriga

ILOVA



"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab

chiqarish farmatsevtika klasteri hududida Tiklanish

va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan

birinchi navbatdagi ob’yektlar qurilishini

tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari


2. S.U. Umurzoqov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


3. B.I. Zakirov

-

qurilish vaziri


4. S.X. Kariyev

-

Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi direktori v.b.


5. Sh.Sh. Sagdullayev

-

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoati korхonalari uyushmasi raisi


6. O.B. Rustamov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari


7. M.B. Azimov

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


8. R.K. Xolmatov

-

Toshkent viloyati hokimi


9. J.A. Artikхodjayev

-

Toshkent shahar hokimi


10. Sh.A. Vafayev

-

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining ijrochi direktori


11. M.A. Allabergenov

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi direktori


12. Sh.A. Abidov

-

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Ishchi guruh kotibi


                

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 4 may, 16-17-son, 178-modda