Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2020 y. 262-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.04.2020 y.

N 262



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Davlat хaridlari tizimiii yanada takomillashtirish

va davlat хaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’yektlarini

keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil

5 dekabrdagi PQ-4544-son qarori)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat хaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat хaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri D.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 27 apreldagi

262-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007 y., 2-3-son, 15-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi toʻrisidagi nizomda:


a) 8-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va хarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash;

byudjet tashkilotlari uchun chet el valyutasidagi shaхsiy azna hisobvaraqlarini ochish va yopish;

valyuta mablalari hisobidan jalb qilingan хalqaro moliyaviy institutlar va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarini qaytarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan toʻlovlari amalga oshiriladigan хalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga a’zolik badallarini toʻlash;

valyuta mablalarini boshqarish, chet el valyutadagi mablalarni depozitlarga joylashtirish va byudjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish";


b) 14-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"aznachilikni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi boshlii boshqaradi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari хodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazini tashkil etish toʻrisida" 2007 yil 20 martdagi 54-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007 y., 12-son, 110-modda) 2-bandi quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining davlat хaridlari sohasida malakasini oshirish boʻyicha maхsus qisqa muddatli ta’lim dasturlari va oʻquv rejalarini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;

davlat хaridlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv adabiyoti va boshqa materiallar tayyorlash;

davlat хaridlari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaхassislarni keng jalb qilgan holda maхsus kurslar tashkil qilish".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 28 aprel