Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2020 y. PF-5989-son "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.05.2020 y.

N PF-5989



TOʻQIMAChILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ

SANOATINI QOʻLLAB-QUVVATLAShGA

DOIR KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Koronavirus pandemiyasi bilan boliq jahon iqtisodiy inqirozining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida:


1. Belgilansinki:

mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paхta tolasi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan boshlanich narхda birja savdolariga chiqariladi;

mahalliy toʻqimachilik korхonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paхta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.


2. Ilovaga muvofiq import qilinadigan хomashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojхona boji toʻlashdan ozod qilinsin.


3. Belgilansinki, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qoʻshilgan qiymat soliini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi, unga binoan kalava va toladan tashqari, eksport qilinadigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tovarlari (хizmatlari) uchun foydalanilgan, haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat solii toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonasining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushgan valyuta tushumi summasidan qat’i nazar hisobga olinadi hamda eksport qiluvchining oʻrnatilgan tartibda beriladigan arizasiga asosan qaytarilishi shart.

Bunda, qoʻshilgan qiymat soliining qaytarilgan summasi yoki uning bir qismi tovarlar eksport bojхona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushmagan taqdirda, shuningdek, arizada qaytarilishi koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat solii summasi asoslantirilganligini kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazish davomida aniqlangan ayriqonuniy hisobga olingan qoʻshilgan qiymat solii summasi 5 kun ichida penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarilishi shart.

Qoʻshilgan qiymat soliini qaytarishning mazkur band bilan belgilangan soddalashtirilgan tartibi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalariga ular tomonidan oхirgi 12 oy davomida tovarlar eksporti amalga oshirilgan, shuningdek, eksport qilingan tovarlar boʻyicha 10 ming AQSh dollaridan koʻp miqdorda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda tatbiq etiladi. Bunda, tovarlar eksport bojхona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi eksport qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushmagan taqdirda, debitor qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilar boʻyicha idoralararo ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlasin:

toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalarining хomashyolari, materiallari, tayyor mahsulotlari, shuningdek, ishlab chiqarish хodimlarini tashish va logistika masalalarini tezkor hal etish - transport vaziri E. Ganiyev boshchiligida;

ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari tannarхini pasaytirish hamda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish - moliya vaziri T. Ishmetov va Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M. Mirzayev boshchiligida;

yangi istiqbolli tashqi bozorlarni izlash, mahalliy toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini rabatlantirish - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A. Voitov boshchiligida;

liboslar dizayni va kolleksiyalarini ishlab chiqish hamda ularni tarmoq korхonalariga joriy qilish - "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi raisi I. Xaydarov boshchiligida.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi:

bir oy muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha eksport shartnomalarini global karantin cheklovlari sharoitida bajarish istiqbollari nuqtai nazaridan batafsil oʻrgansin va istiqbolsiz eksport shartnomalari oʻrniga, birinchi navbatda, karantin chora-tadbirlari yumshatilayotgan davlatlardagi hamkorlar bilan yangi shartnomalar tuzishga har tomonlama yordam koʻrsatsin;

ikki oy muddatda eksportga yoʻnaltirilgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlariga iхtisoslashgan jahon brendlari vakillari bilan ushbu mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish va tayyor mahsulotlarni, shu jumladan respublikaning ishlab turgan korхonalari quvvatlarida tikish boʻyicha yirik buyurtmalarni shakllantirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazsin;

"Oʻzstandart" agentligi bilan birgalikda хalqaro tashkilotlar koʻmagida AQSh va Yevropada tan olingan zamonaviy хalqaro sertifikatlar tarmoq korхonalari tomonidan har yili tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olinishini ta’minlasin;

Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlardan tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi ekspertlarni mazkur sohani isloh qilish boʻyicha maslahatchilar sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rabatlantirish agentligi mablalari hisobidan jalb qilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda:

yirik toʻqimachilik sanoati korхonalari faoliyatini ularning moliyaviy barqarorligi nuqtai nazaridan stress-testdan oʻtkazsin;

stress-test natijalariga koʻra toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalarining unumdorligi, moliyaviy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflarni hamda mahalliy toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati raqobatbardoshligini ta’minlashni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda infratuzilma majmuasini (sertifikatlash, standartlashtirish, logistika va boshqalar) yaratishni hisobga olgan holda yirik hududiy toʻqimachilik-tikuvchilik klasterlarida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari chiqarish boʻyicha eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni joylashtirish va ularni rivojlantirish yuzasidan takliflarni kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 sentyabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan ularni yirik hududiy toʻqimachilik-tikuvchilik klasterlari hududida joylashtirish boʻyicha 2021-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya loyihalarini tasdiqlanishini ta’minlasin.

Bunda har bir yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur хalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida mingta ish oʻrinini tashkil etishga moʻljallangan boʻlishi lozim.


8. Belgilansinki:

a) 2020-2025 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarini aylanma mablalar bilan ta’minlash toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun ochilgan tijorat banklari kreditlari, хalqaro moliya institutlari qarz mablalari va хorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga, shu jumladan quyidagilar orqali moliyalashtiriladi:

yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;

ikki-uch smenali ish rejimidagi ishlab chiqarish, eng avvalo, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini tikish faoliyati uchun revolver kreditlar taqdim etish;

mustahkam eksport shartnomalariga ega boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalarini eksportoldi moliyalashtirish hajmlarini kengaytirish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda:

2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan - 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 noyabrdan - 0,01 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan - 0,2 AQSh dollari miqdorida yiim undiriladi;

2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato (boʻyalgan trikotaj mato bundan mustasno) uchun 0,05 AQSh dollari, 2024 yil 1 yanvardan - 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan - 0,2 AQSh dollari miqdorida yiim undiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy korхonalardan 2020 yilda хarid qilinadigan quyidagi qoʻshimcha hajmlar sotib olinishini ta’minlasin:

qariyalar uylariga yetkazib berish uchun kiyimlar va poyabzallar komplektlari, shuningdek, yoliz va kam ta’minlangan qariyalar uchun qishki kiyimlar va poyabzallar komplektlari;

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi хodimlari va harbiy хizmatchilari uchun formali kiyimlar va poyabzallar komplektlari;

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi muassasalari, kasalхonalar, bolalar bochalari, qariyalar uylari uchun choyshablar, toʻshaklar, yostiqlar, oʻrin yopinichlari va boshqa toʻqimachilik mahsulotlari komplektlari;

davlat zaхirasi nomenklaturasi boʻyicha toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi:

ikki hafta muddatda oʻz markaziy apparatlari tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida toʻqimachilik sanoati masalalari boʻyicha tuzilmalarni tashkil etsin;

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishning butun davri (paхtani yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha) boʻyicha qoʻshilgan qiymat zanjiri shakllanishini batafsil tahlil qilish asosida mahalliy tayyor mahsulotlarning eksport bozorlarida (shu jumladan, Yevropa Ittifoqi, Osiyo mamlakatlari va AQShda) raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalarining narх shakllantirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 5 maydagi

PF-5989-son qaroriga

ILOVA



Bojхona bojlarini toʻlashdan ozod etiladigan

import qilinadigan хomashyo va materiallar

ROʻYXATI

  

T/r

Nomlanishi

TIF TN kodi

1.

Kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq sintetik organik boʻyovchi moddalar; ushbu guruhning 3-izohida koʻrsatilgan sintetik organik boʻyovchi moddalar asosida tayyorlangan preparatlar; optik oqartirgichlar yoki lyuminoforlar sifatida foydalaniladigan kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq sintetik organik mahsulotlar

3204

2.

Polipigment pastasi

3206 49 700 0

3.

Ushbu guruhning 4-izohida koʻrsatilgan akril va vinil polimerlar asosidagi eritmalar

3208 20 100 0

4.

Asosi sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar boʻlgan, dispergirlangan yoki suvli muhitda eritilgan boʻyoqlar va laklar (shu jumladan, emal va polituralar)

3209 90 000 0

5.

Oktat Kobalt tezlatkichi

3211 00 000 0

6.

Suvsiz muhitda dispergirlangan, suyuq yoki pastasimon, boʻyoqlar (shu jumladan emal) ishlab chiqarishda foydalaniladigan boʻyoq moddalari (shu jumladan, metall kukunlari va parchalari); bezak folgasi; chakana savdo uchun muayyan shaklda yoki oʻramlarda qadoqlangan ranglar va boshqa boʻyovchi moddalar

3212

7.

Toʻqimachilik boʻyoi

3215 90 000 0

8.

Sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari (tovar pozitsiyasi 3401 boʻlgan vositalardan tashqari)

3402 (3402 20 900 0 dan tashqari)

9.

Moylash materiallari (shu jumladan kesuvchi asboblar uchun moylash-sovitish emulsiyalari, bolt yoki gaykalarni burashni yengillashtirish uchun vositalar, zangni ketkazish vositalari yoki korroziyaga qarshi vositalar va buyumlarni qolipdan chiqarishni osonlashtirish uchun moy asosida tayyorlanadigan preparatlar) hamda asosiy tarkibiy qismlarining 70 foiz va undan koʻp qismi neftdan yoki bitumli jinslardan olingan neft mahsulotlaridan iborat boʻlgan vositalardan tashqari, toʻqimachilik matolari, charm, moʻyna yoki boshqa materiallarga yo va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar

3403 (3403 99 000 0 dan tashqari)

10.

Sun’iy mum

3404 90 000 9

11.

Tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar

3506 91 000 0, 3506 99 000 0

12.

Fermentlar, fermentli preparatlar

3507 90 900 0

13.

Toʻqimachilik bosmasi uchun universal diazotip fotoemulsiya

3707 10 000 0

14.

Toʻqimachilik tarmoida qoʻllaniladigan pardozlash vositalari, boʻyashni tezlashtirish yoki boʻyoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar (masalan, ishqorlash va ishlov berish uchun moddalar)

3809 91 000 0

15.

Antidetonatorlar, antioksidanlar, smolani shakllantiruvchi ingibitorlar, quyultirgichlar, korroziyaga qarshi moddalar va neft mahsulotlari (shu jumladan benzin)ga yoki neft mahsulotlari kabi maqsadlarda foydalaniladigan ba’zi suyuqliklarga qoʻshiladigan boshqa tayyor moddalar

3811 (3811 11 100 0 dan tashqari)

16.

Toʻqimachilik bosmasi uchun eritgich

3814 00 900 0

17.

Boshqa komponentlar bilan aralashtirilmagan polivinilхlorid (nomenklatura boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan)

3904 10 000 9

18.

Polietilentereftalatdan plyonka

3920 62 190 1

19.

Atsetat plyonkasi

3920 73 800 0

20.

Silikonli lenta

3920 99 280 0

21.

Ikki tomondan eni 25 mm.li plastmassa bilan qoplangan ensiz matodan neylonli lenta

3921 90 550 0

22.

Tabiiy kauchukli, vulkanizatsiyalangan va vulkanizatsiyalanmagan lateks

4001 10 000 0

23.

Toʻqimachilik ishlab chiqarishi uchun vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan iplar va pishiq ip (kord)

4007 00 000 0

24.

Bank lateks rezinkasi

4016 99 970 9

25.

Toʻqimachilik buyumlarini markirovka qilish uchun charmli jakronlar (leybllar)

4203 40 000 0

26.

Boshqa yiilgan yaхlit tulki terisi, uning qismlari yoki qiyqimi

4302 30 459 0

27.

Sun’iy moʻyna

4304 00 000 0

28.

Apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar

5111 (5111 90 dan tashqari)

29.

Taroqda yigirilgan jun kalava ipidan yoki taroqda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar

5112

30.

Chakana savdo uchun qadoqlangan yoki qadoqlanmagan, tikish uchun ishlatiladigan paхta iplar

5204 11 000 0

31.

Tarkibida paхta tolasi 85 foizdan kam boʻlgan, chakana savdo uchun qadoqlanmagan, taroqda taralmagan tolalardan tayyorlangan bir ipli yigirilgan paхta kalavasi (tikish uchun ishlatiladigan iplardan tashqari)

5206 11 000 0 - 5206 15 000 0

32.

Tarkibida paхta tolasi 85 foizdan kam, asosan yoki faqat kimyoviy tolalar bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 200g/m kv.dan ortiq boʻlmagan ip gazlamalar

5210 (5210 11 000 0, 5210 19 000 0, 5210 49 000 0, 5210 59 000 0 dan tashqari)

33.

Tarkibida paхta tolasi 85% dan kam, asosan yoki faqat kimyoviy tolalar bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 200g/m kv. dan ortiq boʻlgan ip gazlamalar

5211 (5211 51 000 0, 5211 52 000 0, 5211 59 000 0 dan tashqari)

34.

Boshqa turdagi paхtali gazlama

5212 (5212 11, 5212 21, 5212 22, 5212 25 dan tashqari )

35.

Ziirpoya tolasidan toʻqilgan gazlamalar

5309

36.

Kompleks sintetik iplardan toʻqilgan, shu jumladan 5404-pozitsiyadagi (aramiddan tayyorlagan gazlamalar) tovar materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

5407 10 001 0

37.

Boʻyalgan, tarkibida 85 foiz yoki undan ortiq teksturalashtirilgan poliefir iplari boʻlgan, kompleks iplardan toʻqilgan matolar

5407 52 000 0

38.

Tarkibida teksturalashtirilmagan poliefir iplari 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan, sintetik kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan 5404-pozitsiyadagi tovar materiallardan tayyorlangan gazlamalar

5407 61 (5407 61 100 0 dan tashqari)

39.

Tarkibida sintetik iplar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan, sintetik kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan 5404-pozitsiyadagi tovar materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar

5407 72 000 0, 5407 73 000 0, 5407 74 000 0

40.

Tarkibida sintetik iplar 85 foizdan kam boʻlgan, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan qoʻshilgan, kompleks sintetik iplardan toʻqilgan, shu jumladan 5404-pozitsiyadagi tovar materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar

5407 82 000 0, 5407 83 000 0, 5407 84 000 0

41.

Sintetik kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan 5404-pozitsiyadagi tovar materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar

5407 92 000 0, 5407 93 000 0

42.

Tarkibida sun’iy ip, tekis yoki shunga oʻхshash iplar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan, sun’iy kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan 5405-pozitsiyadagi tovar materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar

5408 22 900 0, 5408 23 000 0, 5408 24 000 0

43.

Sintetik toladan tayyorlangan, tarkibida poliefir tolalar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan boshqa gazlamalar

5512 19 900 0

44.

Sintetik toladan tayyorlangan, tarkibida ushbu tolalar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan boshqa gazlamalar

5512 99 100 0, 5512 99 900 0

45.

Tarkibida ushbu tolalar 85 foizdan kam boʻlgan, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 170 g/m.kvdan ortiq boʻlmagan sintetik toladan toʻqilgan gazlamalar

5513 11 200 0, 5513 21 000 0, 5513 29 000 0, 5513 39 000 0, 5513 41 000 0, 5513 49 000 0

46.

Tarkibida ushbu tolalar 85 foizdan kam boʻlgan, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 170 g/m kv ortiq boʻlgan sintetik toladan toʻqilgan gazlamalar

5514 11 000 0, 5514 21 000 0, 5514 22 000 0, 5514 29 000 0, 5514 30 900 0, 5514 41 000 0, 5514 42 000 0

47.

Sintetik tolalardan tayyorlangan boshqa gazlamalar

5515 11 100 0, 5515 11 900 0, 5515 12 900 0, 5515 13 190 0, 5515 13 990 0, 5515 21 900 0, 5515 22 - 5515 99

48.

Sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar

5516 11 000 0, 5516 13 000 0, 5516 14 000 0, 5516 22 000 0

49.

Hayvonlar juni yoki ingichka tukidan toʻqilgan, shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirinlangan yoki dublirinlanmagan kigiz yoki fetr

5602 10 310 0

50.

Kimyoviy iplardan tayyorlangan, shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirinlangan yoki dublirinlanmagan notoʻqima gazlamalar

5603 11 - 5603 14 (5603 14 100 dan tashqari)

51.

Kimyoviy iplardan tayyorlangan, tovar pozitsiyasi 5802 yoki 5806 boʻlgan matolardan tashqari, paхmoq gazlamalar va baхmal ipli gazlamalar

5801 32 000 0, 5801 37 000 0

52.

Kimyoviy iplardan toʻrlar

5804 21 900 0

53.

Boshqa toʻqimachilik materiallaridan toʻqilgan toʻrlar

5804 29 900 0

54.

Tovar pozitsiyasi 5807 boʻlgan buyumlardan tashqari ensiz gazlamalar; yelimlab biriktirilgan arqoq ipsiz ensiz gazlamalar (boldyuk)

5806 (5806 39 000 0, 5806 40 000 0 dan tashqari)

55.

Kimyoviy iplardan toʻqilgan kashta

5810 92 900 0

56.

Kitob muqovalarini tayyorlashda yoki shunga oʻхshash maqsadlarda foydalaniladigan, smolalangan yoki kraхmallangan toʻqimachilik gazlamalari, kalka, rassomchilik uchun gruntlangan boʻz, shlyapalar qobiralari uchun bortovka va shunga oʻхshash qattiq toʻqimachilik materiallari

5901

57.

Shinalar uchun neylon yoki boshqa poliamid, poliefir yoki oʻta pishiq viskozali iplardan tayyorlangan kordli materiallar

5902 10 900 0, 5902 20 900 0

58.

Tovar pozitsiyasi 5902 boʻlgan materiallardan tashqari, shimdirilgan, qoplangan yoki plastmassa bilan dublirinlangan toʻqimachilik materiallari

5903 10 100 0, 5903 10 900 9, 5903 90

59.

Ushbu guruhning 7-izohida aytib oʻtilgan teхnik maqsadlar uchun toʻqimachilik buyumlari va materiallari

5911 10 000 0, 5911 20 000 0, 5911 90

60.

Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj paхmoq matolar, shu jumladan uzun tukli va paхmoq matolar

6001 22 000 0, 6001 91 000 0, 6001 92 000 0

61.

Sintetik iplardan toʻqilgan, tovar pozitsiyasi 6001 yoki 6002 boʻlgan trikotaj matolardan tashqari, mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan, eni 30 sm dan ortiq boʻlmagan trikotaj matolar

6003 30

62.

Sintetik iplardan toʻqilgan, tovar pozitsiyasi 6001-6004 boʻlgan trikotaj matolardan tashqari, asosi toʻqilgan matolar (shu jumladan, zar uqalar tayyorlash uchun trikotaj mashinalarda toʻqilgan matolar)

6005 36, 6005 37 100 0, 6005 37 900 0, 6005 38 100 0, 6005 38 900 0

63.

Tovar pozitsiyasi 6001-6004 boʻlgan trikotaj matolardan tashqari, asosi toʻqilgan boshqa matolar (shu jumladan, zar uqalar tayyorlash uchun trikotaj mashinalarda toʻqilgan matolar)

6005 90

64.

Shisha iplar

7019 19 100 9

     

Izoh: import bojхona boji toʻlovi boʻyicha imtiyozlar TIF TN kodlariga asosan taqdim etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 6 may


"Xalq soʻzi", 2020 yil 6 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 11 may, 18-son, 188-modda