Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/12-11-son, Moliya vazirligining 13-son, Transport vazirligining 8-son, Markaziy bank Boshqaruvining 120-V-6-son "Temir yoʻl transportida yuruvchi yoʻlovchilar qoʻl yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojхona nazorati va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 20.03.2020 y. Qarori (AV tomonidan 07.05.2020 y. 619-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.05.2020 y.

N 619-6

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

20.03.2020 y.

N 01-02/12-11


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.03.2020 y.

N 13


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRLIGINING

20.03.2020 y.

N 8

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

20.03.2020 y.

N 120-V-6


QARORI



Temir yoʻl transportida yuruvchi yoʻlovchilar

qoʻl yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining

bojхona nazorati va rasmiylashtirish tartibi,

shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son "Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

M. Azimov

Moliya vaziri

T. Ishmetov

Transport vaziri

E. Ganiyev

Markaziy bank raisi

M. Nurmuratov





Qarorga

ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan 1999 yil 15 yanvarda, Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 22 yanvarda, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK tomonidan 1999 yil 13 yanvarda va Markaziy bank tomonidan 1999 yil 22 yanvarda tasdiqlangan Temir yoʻl transportida yuruvchi yoʻlovchilar qoʻl yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojхona nazorati va rasmiylashtirish tartibi (roʻyхat raqami 619, 1999 yil 5 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 3-son).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK, Moliya vazirligi va Markaziy bankning 2005 yil 7 iyuldagi 01-02/12-17, 42, 64, 120-V-1-son "Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 619-1, 2005 yil 15 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 28-29-son, 216-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DATK, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2009 yil 18 fevraldagi 01-02/12-3, 95-yur, 25, 120-V-2-son "Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 619-2, 2009 yil 25 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 102-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2013 yil 12 sentyabrdagi 01-02/12-17, N-7/250-13, 85, 14/9-son "Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 619-3, 2013 yil 30 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 40-son, 530-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2014 yil 10 noyabrdagi 01-02/12-23, 390-N, 72, 619-V-4-son "Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 619-4, 2014 yil 17 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 47-son, 561-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2016 yil 28 sentyabrdagi 01-02/12-35, 405-N, 71, 120-V-5-son "Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 619-5, 2016 yil 17 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 42-son, 492-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 2 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 11 may, 18-son, 196-modda