Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 y. 237-F-son "Vazirlar Mahkamasining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 1 dekabrdagi 959-son qaroriga muvofiq hamda "Jizzaх viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi 81-son qarorining ijrosini ta’minlash toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

08.05.2020 y.

N 237-F




Vazirlar Mahkamasining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 1 dekabrdagi 959-son qaroriga muvofiq hamda "Jizzaх viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi 81-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ XK va "Frontier Technology Corporation" kompaniyasi (AQSh) oʻrtasida 2019 yil 12 dekabrda tuzilgan HXC-JZK-2019-016-COH shartnomaga asosan "Frontier Technology Corporation" tomonidan "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ XKga materiallarning oqim analizatorida qoʻllaniladigan, TIF TN kodi 2844 40 200 0 boʻlgan va tarkibida Kaliforniy (izotop Cf-252) sun’iy radioaktiv kimyoviy elementi mavjud ikkita ionlashtiruvchi nurlanish manbaining yetkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mazkur farmoyishning 1-bandiga asosan "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ XKga maхsus tovarlarni import qilish uchun belgilangan tartibda litsenziya bersin.


3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 8 may