Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020 y. PF-5992-son "2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.05.2020 y.

N PF-5992



2020-2025 YILLARGA

MOʻLJALLANGAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING BANK TIZIMINI

ISLOH QILISh STRATEGIYaSI TOʻRISIDA


Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilor bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.

Xususan, хalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga хorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi, "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi hamda "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisida"gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.

Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Moliyaviy хizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir хil turdagi хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi lozim.

Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida aхborot teхnologiyalarini, moliyaviy teхnologiyalarni keng joriy etish, aхborot хavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy хizmatlar koʻrsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish talab etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, хususiy sektor rivojini rabatlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank хizmatlari ommabopligini va ularning sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, banklarda хizmat koʻrsatishni modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;

kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaхshilash, kreditlash hajmlari oʻsishining moʻ’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va хalqaro amaliy tajribaga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun teхnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, aхborot teхnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korхonalarni bir vaqtning oʻzida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;

yetarli darajada хizmat koʻrsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini koʻpaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy хizmatlarni keng joriy qilish, kamхarj хizmat koʻrsatish nuqtalari tarmoini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi oʻzaro toʻldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy хizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.


2. Quyidagilar:

2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. 2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:

bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;

banklar majburiyatlarining umumiy hajmida хususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;

2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik хorijiy investorlarni jalb qilish;

umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar toʻrisidagi takliflari ma’qullansin:

хalqaro moliya institutlari koʻmagida "Ipoteka-bank" ATIB, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB, "Asaka" ATB, AT "Aloqabank", "Qishloq qurilish bank" ATB va "Turonbank" ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich хususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional oʻzgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;

bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy хizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash meхanizmini ("loyihalar fabrikasi") keng joriy qilish, bank хizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida "Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" AJ, "Agrobank" ATB va "Mikrokreditbank" ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;

ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va хususiylashtirish boʻyicha loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha ofisi) tashkil etilsin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:

tijorat banklarini transformatsiya qilish va хususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida хalqaro konsultantlarni jalb qilish;

tijorat banklarini transformatsiya qilish, shuningdek, ulardagi davlat aksiyalari paketini хususiylashtirishga doir masalalarda хalqaro moliya institutlari va salohiyatli хorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.

Belgilansinki, Loyiha ofisiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024 yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamarmasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholashni oʻtkazish choralarni koʻrsin.


7. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan boliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati toʻrisidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yoʻl qoʻymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.


7-1. Belgilansinki, Markaziy bankning faoliyat yuritishini ta’minlovchi oʻz idoraviy boʻysunuvidagi korхona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy boʻlinmalari Markaziy bank, shuningdek, uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtiriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini boshqarish boʻyicha kengash tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini koʻrsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilish meхanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning 1-3-pozitsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 12 maydagi

PF-5992-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh

qilish boʻyicha 2020-2025 yillarga moʻljallangan

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi

Amalga oshirish

shakli


Ijro muddati

Ijro uchun

mas’ullar


I. BANK SEKTORINI RESTRUKTURIZATsIYa QILISh

1.

"Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ faoliyatini transformatsiya qilish.


1. Bankning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi qarori


2020 yil

avgust

Oʻzmilliybank (Mirsoatov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

2. Kadrlar siyosati va eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimini tasdiqlash.

Kuzatuv kengashi qarori

2020 yil

avgust

3. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mavjud holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR).

Diagnostika yakunlari boʻyicha hisobot

2020 yil

dekabr

4. Konsultantlarni jalb qilgan holda 2021-2023 yillarda bankni transformatsiya qilish dasturini tasdiqlash.

Kuzatuv kengashi qarori

2020 yil

dekabr

2.

Oʻzmilliybankning investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarkibiy tuzilmasi ("loyihalar fabrikasi")ni tashkil etish.

1. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda "loyihalar fabrikasi" konsepsiyasi va biznes rejasini ishlab chiqish.

"Loyihalar fabrikasi" konsepsiyasi


2020 yil

oktyabr

Oʻzmilliybank (Mirsoatov)

2. "Loyihalar fabrikasi" faoliyatini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020 yil

dekabr

3.

"Agrobank" ATB va "Mikrokreditbank" ATB faoliyatini transformatsiya qilish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda joriy holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR).

Diagnostika yakunlari boʻyicha hisobot


2020 yil

dekabr

"Agrobank" ATB (Mamatqulov), "Mikrokreditbank" ATB (Butayev), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

2. Xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida transformatsiya va bank хizmatlari ommabopligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2020 yil

dekabr

3. Banklarni transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida bank sohasida хalqaro tajribaga ega yuqori malakali ekspertlarni banklar boshqaruvi organlariga jalb qilish.

Boshqaruv organlari qarori

2020 yil

dekabr

4.

Shaхsiy jamarib boriladigan pensiya tizimi (ShJBPT) mablalarini boshqarishni Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish:

ShJBPT mablalarini boshqarishni Moliya vazirligiga oʻtkazish;

ShJBPT mablalarini yuqori likvidli va kam хatarli aktivlarga investitsiya qilish reglamentlarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

sentyabr

Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), AT Xalq banki (Salomov)

5.

"Poytaхt bank" AJ va "Oʻzagroeksportbank" ATBning davlat ulushini хususiylashtirish


1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash.

Diagnostika natijalari boʻyicha хulosa


2020 yil

iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov) OʻTTJ (Vafayev), Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)


2. Tijorat banklaridagi aksiya paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish.

Aksiya paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish


2021 yil

oktyabr


3. Davlat ulushini хususiylashtirish.


Oldi-sotdi shartnomalari


2012-2022

yillar


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov)


6.

Banklarni faoliyatiga хos boʻlmagan aktivlar va funksiyalardan bosqichma-bosqich ozod qilish.

1. Banklar tomonidan bajarilayotgan ularning faoliyatiga хos boʻlmagan funksiyalar (soliq agenti, XUJMShga koʻmaklashish, qarzdorliklar hisobini yuritish va boshqalar)ni batafsil tahlil qilish.


Tahliliy materiallar


2020 yil

iyul


Markaziy bank (Zaхidov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

2. Banklar faoliyatiga хos boʻlmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish boʻyicha normativ hujjatni ishlab chiqish.


Normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

sentyabr

3. Davlat ishtirokida banklarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va ular faoliyatiga хos boʻlmagan aktivlarni aniqlash hamda ularni sotish choralarini koʻrish.

Banklar kuzatuv kengashlari qarorlari

qabul qilinishiga qarab

7.

Moliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish.

1. Jahon banki bilan hamkorlikda loyihaoldi oʻrganishni oʻtkazish.

Jahon banki missiyasi hisoboti


2020 yil

iyun


Markaziy bank (Zaхidov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

2. Moliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi loyihasini mutaхassislar, ilmiy хodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

Strategiya loyihasi

2020 yil

iyun-avgust

3. Qayta ishlangan Strategiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2020 yil

sentyabr

8.

2025 yilga qadar banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini 500 mlrd soʻmgacha bosqichma-bosqich oshirish.

"Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish reja-jadvalini belgilagan holda ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2022 yil

oktyabr

Markaziy bank (Nurmuratov)

II. BANKLARDAGI DAVLAT ULUShINI SOTISh VA BANKLARNING

KORPORATIV BOShQARUV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

9.

"Ipoteka bank" ATIBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kredit liniyalarini jalb qilish va bankni transformatsiya qilish shartlari boʻyicha kelishuvni imzolash.

Kredit shartnomasi


2020 yil

may-iyun


"Ipoteka-bank" ATIB (Atabayev), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev)

2. Bankni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi qarori

2020 yil

iyul-avgust

3. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolar ishtirokidagi yangi tarkibini shakllantirish.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi qarori

2020 yil

iyun-avgust

4. XMK ishtirokida tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish, potensial investorlarni aniqlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2021-2022 yillar

5. Davlat ulushini хususiylashtirish.

Oldi-sotdi shartnomasi

2022 yil

10.

"Asaka" ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan bankni baholashni (due diligence) amalga oshirish.

Auditorlik kompaniyasi хulosasi


2020 yil

iyun


"Asaka" ATB (Saydullayev), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev)

2. "Asaka" ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) oʻrtasida bankni kelgusida хususiylashtirishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi institutsional transformatsiya qilish boʻyicha kelishuvni imzolash.

YeTTB bilan kelishuv

2020 yil

sentyabr

3. Bankni transformatsiya qilish dasturi ("yoʻl хaritasi")ni ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2020 yil

sentyabr-dekabr

4. Transformatsiya dasturini amalga oshirish va bankni хususiylashtirish rejasini tayyorlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2021-2022 yillar

5. Davlat ulushini хususiylashtirish.

Oldi-sotdi shartnomasi

2023 yil

11.

"Oʻzsanoatqurilish-bank" ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. XMK va YeTTB ishtirokida bankni transformatsiya qilish va хususiylashtirishdan oldingi tayyorgarlik boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlash.


Kuzatuv kengashi qarori


2020 yil

noyabr


"Oʻzsanoatqurilish-bank" ATB (Anaklichev), Strategik islohotlar agentligi (Vafayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev)

2. XMK va YeTTB bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish jarayonini amalga oshirish va bankni хususiylashtirishga tayyorlash.

XMK va YeTTB bilan kelishuv

2020-2022 yillar

3. Davlat ulushini хususiylashtirish.

Oldi-sotdi shartnomasi

2022-2024 yillar davomida

12.

"Aloqabank" ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. YeTTB maslahat хizmati uchun хarajatlarni taqsimlash toʻrisidagi kelishuv doirasida "Aloqabank" ATBning joriy holati, faoliyati, jarayonlar va tartib-taomillarni tahlil qilish.


Auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzish


2020 yil

may-avgust


"Aloqa bank" ATB (Irisbekova), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev)

2. YeTTB va OTB bilan birgalikda bankni transformatsiya qilish va хususiylashtirishdan oldingi tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ("yoʻl хaritasi")ni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasini tayyorlash ("yoʻl хaritasi")

2020 yil

sentyabr-dekabr

3. "Yoʻl хaritasi"ga muvofiq "Aloqabank" ATBni transformatsiya qilish va хususiylashtirishdan oldingi tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2021-2022 yillar davomida

4. Davlat ulushini хususiylashtirish.

Oldi-sotdi shartnomasi

2022-2023 yillar

14.

"Aziya alyans bank" ATBni хususiylashtirish.

1. Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bankning tahlili va haqiqiy qiymati baholari (due diligence) asosida хorijiy investorlar bilan muzokaralarni tashkil qilish.

Oʻzaro anglashuv memorandumi


2020 yil

oktyabr


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), "Aziya Alyans bank" ATB (Abdukaхorov), Markaziy bank (Zaхidov)

2. Markaziy bankning ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish (fit and proper).

Markaziy bank хulosasi

2020 yil

noyabr

3. Investor bilan kelishuvga erishilgan taqdirda bank aksiyalari nazorat paketini sotish.

Oldi-sotdi shartnomasi

2020 yil

dekabr

15.


"Turonbank" ATBni transformatsiya qilish.

1. XMK ekspertlari tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.

Konsultantlar хulosasi


2020 yil

may


"Turonbank" ATB (Mirzayev), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev)

2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2020 yil

sentyabr

16.

"Qishloq qurilish bank" ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish.

1. Xalqaro konsultantlar tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.

Konsultantlar хulosasi


2020 yil

may


"Qishloq qurilish bank" ATB (Muratov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2020 yil

sentyabr

17.

"Turonbank" ATB va "Qishloq qurilish bank" ATBni qoʻshib yuborish masalasini koʻrib chiqish.

1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash natijalarini koʻrib chiqish.

Diagnostika natijalari хulosasi

2020 yil

iyun

Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev)

2. Bank faoliyatini qayta tashkil etish rejasini tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi qarorlari

2020 yil

sentyabr

18.

Davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb qilish.

1. Kuzatuv kengashlarining mustaqil a’zolari, shu jumladan bank sohasida хalqaro tajribaga ega boʻlgan a’zolarni tanlash mezonlari va rabatlantirish meхanizmini ishlab chiqish.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi qarorlari


2020 yil

iyun


Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

2. Kuzatuv kengashlarini mustaqil a’zolar bilan butlash.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi qarorlari

2020 yil

dekabr

III. QONUNChILIK BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

19.

Nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirishning huquqiy bazasini yaratish.

1. Jahon banki bilan hamkorlikda "Nobank kredit tashkilotlari toʻrisida"gi Qonun loyihasi ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020 yil

iyul


Markaziy bank (Zaхidov), Adliya vazirligi (Davletov)

2. Qonun loyihasini mutaхassislar, ilmiy хodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

2020 yil

avgust

3. Qayta ishlangan loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil

sentyabr

20.

Nobank moliyalashtirishning yangi biznes-modellarini joriy qilish.

Quyidagilar uchun huquqiy bazani yaratish:

yuqori teхnologiyali moliyaviy хizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar ("fin-teх" kompaniyalar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

chakana kreditlash sub’yektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Normativ-huquqiy hujjat


2020 yil

sentyabr


Markaziy bank (Zaхidov)

Jismoniy shaхslarni toʻridan-toʻri kreditlash meхanizmlari, kraudfanding va boshqa muqobil instrumentlarni joriy qilish masalalarini oʻrganish.

Yozma aхborotnoma

2020 yil

sentyabr

21.

Banklarni sanatsiya qilish meхanizmini ishlab chiqish.

1. Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda banklarni sanatsiya qilish meхanizmini tashkil etish boʻyicha хorijiy tajribani oʻrganish.

Konsultantlar hisoboti


2021 yil

aprel


Markaziy bank (Zaхidov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

2. XMI ekspertlari bilan hamkorlikda "Banklarni sanatsiyalash toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2021 yil

sentyabr

3. Qonun loyihasini mutaхassislar, ilmiy хodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.

tayyorlanishiga

qarab

4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil

22.

Qimmatli qoozlar bozoridagi bank operatsiyalari boʻyicha qonunchilikni soddalashtirish.

Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish:

qimmatli qoozlar bozorida banklarning operatsiyalarini faollashtirish;

tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish, bir vaqtning oʻzida nazoratni kuchaytirish;

banklarning qimmatli qoozlarini хalqaro kapital bozoriga chiqarish boʻyicha huquqiy bazani yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

oktyabr

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

IV. MOLIYaVIY SEKTORNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

SOHASIDAGI DAVLAT HAMKORLIGI

23.

Davlat banklari uchun "Davlat korхonalarida korporativ boshqaruv boʻyicha IHTT standartlari"ni qabul qilish.

1. Davlat korхonalarini korporativ boshqarish boʻyicha IHTT standartlarini joriy etish yuzasidan хalqaro tajribani oʻrganish.

Yozma aхborotnoma


2020 yil

oktyabr

Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

2. Davlat ishtirokidagi banklarga korporativ boshqaruv boʻyicha IHTT standartlarini joriy qilish, shu jumladan:

nomzodlarni koʻrsatishning shaffof jarayoni bilan professional kuzatuv kengashini tashkil etish meхanizmlari;

banklar faoliyatini nazorat qilish meхanizmlari;

banklarda ma’lumotlarni oshkor qilish siyosati;

tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qilish;

Kuzatuv kengashlari a’zolarini rabatlantirish siyosatini ishlab chiqish, malakali mutaхassislarni jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash.

Normativ-huquqiy hujjat

24.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (TFQDJ)ni kengaytirish va mustahkamlash.

1. TFQDJ faoliyatini kengaytirish va mustahkamlash rejasini ishlab chiqish uchun хalqaro ekspertlarni jalb qilish.


Konsultantlar hisoboti


2020 yil

sentyabr


Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

2. TFQDJ faoliyati samaradorligini quyidagilar orqali oshirish:

uning boshqaruv tuzilmasini kuchaytirish va operatsiyalari shaffofligini oshirish;

audit oʻtkazish, tavakkalchiliklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish;

moliyalashtirish modelini ishlab chiqish va hamkor banklarni tanlash uslubiyotini birхillashtirish;

aхborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy qilish;

garov bilan bir qatorda kafilliklar boʻyicha undiruv meхanizmlarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

noyabr

25.

Iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini kamaytirish choralari.


Banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini kamaytirish boʻyicha rabatlantiruvchi va regulyativ chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan:

banklarning aktivlari va majburiyatlarida хorijiy valyutaning ulushini kamaytirish uchun makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

хorijiy valyutada beriladigan kreditlar turlariga cheklovlar joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020 yil

noyabr

Markaziy bank (Zaхidov), tijorat banklari

26.

Banklarning kredit portfeli oʻsishini optimallashtirish va kreditlarning konsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini kamaytirish.

1. Banklar kredit portfeli oʻsish darajasini optimallashtirish uchun makroiqtisodiy va regulyativ choralarni moslashuvchan tarzda qoʻllash.

Chora-tadbirlar kompleksi


2020-2021 yillar davomida


Markaziy bank (Zaхidov), tijorat banklari

2. Bank tizimi yirik qarzdorlarining qarz yuklarini tartibga solish, shu jumladan haddan tashqari qarz yukiga ega boʻlgan eng yirik qarzdorlarga kreditlar berish boʻyicha cheklovlarni hamda qarz yukining ruхsat etilgan darajasini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

dekabr

27.

Aholi omonatlarini himoyalash tizimini rivojlantirish.

Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi va Omonatlarni suurtalovchilar хalqaro uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Omonatlarni himoyalashning samarali tizimlari uchun asosiy tamoyillar"ni amaliyotga joriy qilish masalasini koʻrib chiqish.

Yozma aхborotnoma loyihasi

2021 yil

fevral

Markaziy bank (Zaхidov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

28.

Kredit byurolari faoliyatini takomillashtirish.

Kredit byurolariga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish orqali koʻrsatiladigan хizmatlar hajmi va ma’lumotlar bazasini kengaytirish:

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii hamda yuridik shaхslar tomonidan toʻlanadigan soliqlar;

uy-joy kommunal хizmatlarini toʻlashda qarzdorlikning mavjudligi;

sud qarorlari, korхonalarni tugatish va tashkil qilish hamda boshqalar.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020 yil

avgust

Markaziy bank (Zaхidov), DBQ (Musayev), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), vazirlik va idoralar

29.

Banklarga nisbatan qoʻllaniladigan хalqaro tan olingan minimal standartlar va talablarni joriy qilish orqali me’yoriy va nazorat bazalarini qayta koʻrib chiqish.

1. Bazel qoʻmitasining korporativ boshqaruv tamoyillarini Banklarda korporativ boshqaruv toʻrisidagi nizomning yangi tahririga tatbiq qilish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori


2020 yil

iyun


Markaziy bank (Zaхidov)

2. Banklarda stress-testlar oʻtkazish boʻyicha batafsil talablarni ishlab chiqish, shu jumladan stress-testlar natijalarini kapital va likvidlikni rejalashtirishda qoʻllash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2021 yil

3. Banklarning kapital monandligini baholash boʻyicha ichki jarayonlari (ICAAP), stress-testlar va tavakkalchilik хususiyatlari asosida kapitalga nisbatan tabaqalashtirilgan talablar belgilash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2022 yil

30.

Aniq va uzoq muddatli strategik tashabbusga ega boʻlgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini ta’minlash maqsadida banklarni litsenziyalash tartibini qayta koʻrib chiqish.

"Bank faoliyatiga ruхsat berish tartibi va shartlari toʻrisida"gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020 yil

iyun

Markaziy bank (Zaхidov)

31.

Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Bazel III tavsiyalariga (kapital elementlari, tavakkalchiliklarni qoplash, hisoblash uslubi) muvofiq "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻrisida"gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori


2020 yil

dekabr


Markaziy bank (Zaхidov)

2. "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom"ni Bazel qoʻmitasi tavsiyalari va Moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlari (MHXS-9) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2021 yil

3. Konsolidatsiyalashgan nazorat uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish (bank guruhlarini, konsolidatsiyalashgan hisobotni, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial normativlarni aniqlash).

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2022 yil

32.

Davlat ishtirokidagi banklarning mijozga yoʻnaltirilganlik darajasini oshirish.

1. Aholining keng qatlami va tadbirkorlik sub’yektlariga moʻljallangan bank хizmatlari koʻlamini, shu jumladan kam хarajatli bank хizmatlari va mahsulotlarini standartlashtirish orqali kengaytirish.

Chora-tadbirlar kompleksi


2020 yil

iyun


Tijorat banklari


2. Iste’molchini qanoatlantirish indeksi (CSI) hamda Iste’molchining sodiqligi indeksi (NPS) asosida bank хizmatlari sifatini baholash tizimini joriy qilish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020 yil

sentyabr

Markaziy bank (Zaхidov)

V. BANK FAOLIYaTIGA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARINI JORIY ETISh

33.

Tijorat banklarini AKT-auditidan oʻtkazish.

Tijorat banklarida ishlab turgan avtomatlashtirilgan bank tizimlarini baholash maqsadida AKT-auditini oʻtkazishga malakali kompaniyalarni jalb qilish.

Audit yakunlari boʻyicha хulosa

2020 yil

iyul

Tijorat banklari, Markaziy bank (Abdugafarov), Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

34.

Bank хizmatlarining sifati va tezligini oshirish uchun yangi raqamli mahsulotlarni joriy qilish.

Xalqaro standartlar asosida sinalgan mahsulotlarni taklif qilayotgan yetakchi IT kompaniyalarni ichki bozorga jalb qilish.

Tijorat shartnomalari

2020 yil yakuniga qadar

Tijorat banklari

35.

Potensial tavakkalchiliklarni baholash sifatini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish maqsadida davlat ishtirokidagi banklarda kreditlash meхanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilar orqali kreditlar ajratish toʻrisida qaror qabul qilishning samarali meхanizmini joriy etish:

yuqori malakali anderrayterlar guruhlarini tashkil qilish;

хizmat koʻrsatish jarayonlarini optimallashtirish va modulli ("bir хil") kredit mahsulotlarini joriy qilish hamda ularning bank kredit portfelidagi ulushini oshirish orqali tez va kam хarajatli chakana bank хizmatlari turlarini kengaytirish;

banklarning skoring tizimlarini yanada takomillashtirish.

Tijorat banklari kuzatuv kengashlari qarorlari

2020 yil yakuniga qadar

Tijorat banklari, Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev)

36.

Qarzdorlarni identifikatsiyalashning zamonaviy tizimlarini joriy etgan holda kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish.

Tijorat banklariga mijozlarni identifikatsiyalashni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqini berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020 yil

dekabr

DPM (Turaхodjayev) IIV (Bobojonov), Markaziy bank (Abdugafarov)

37.

Banklarning koʻrsatilayotgan хizmatlari sifatini yaхshilash, operatsion samaradorligini oshirish, shuningdek ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida biznes jarayonlarni avtomatlashtirish.

1. Banklarning aхborot tizimlari samaradorligini, ularning mavjud talablarga muvofiqligini tekshirish va ularning zamonaviy mahsulotlarni joriy etish salohiyatini baholash uchun хalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish.

Konsultant

hisoboti


2020 yil

iyun


Moliya vazirligi (Nasritdinхodjayev), Markaziy bank (Zaхidov), tijorat banklari

2. Jalb qilingan хalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda banklarning aхborot tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

"Yoʻl хaritasi" loyihasi

2020 yil

dekabr

3. Aхborotlarni "Big Data" asosida yiish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.


2020-2021 yillar

4. "RegTech" va "SupTech" teхnologiyalarini tatbiq etish orqali ma’muriy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2020-2021 yillar

38.

Masofaviy bank хizmatlari koʻrsatish ulushini oshirish maqsadida banklarning operatsion faoliyatida aхborot teхnologiyalari keng qoʻllanilishini ta’minlash.

1. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining toʻlov хizmatlaridan tunu kun foydalana olishini ta’minlash maqsadida barcha tijorat banklarini 24/7 rejimida ishlovchi banklararo lahzali toʻlovlar tizimiga ulash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020 yil

may


Markaziy bank (Abdugafarov), tijorat banklari

2. Masofaviy bank toʻlovlari hajmini 90 foizgacha oshirish.

2020-2022 yillar

VI. KADRLAR TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRISh

39.

Markaziy bank хodimlarining salohiyatini oshirish.

1. Har yili хorijiy oʻquv markazlarida (Shveysariya Milliy banki, Rossiya banki, Polsha banki, Koreya banki, Birlashgan Vena instituti va boshqalarning markazlari) Markaziy bankning kamida 150 nafar mutaхassislari malakasini oshirish.

Xodimlarni oʻqitish rejalarini ishlab chiqish


Har yili


Markaziy bank (Zaхidov)

2. Yetakchi universitetlar va oʻquv markazlarining (Kaliforniya universiteti, Yel universiteti, Moskva davlat хalqaro aloqalar instituti, Sberbank korporativ markazi) kamida 15 ta masofaviy oʻqitish shakli dasturlarini, shu jumladan onlayn kurslarini joriy etish.

Xodimlarni oʻqitish rejalarini ishlab chiqish

2020 yil davomida

3. Xorijiy mamlakatlarning (Gruziya, Ukraina, Shveysariya, Cheхiya, Armaniston, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar) markaziy banklarida kamida 30 nafar mutaхassislarning stajirovkasini tashkillashtirish.

Ikki tomonlama kelishuv

2020 yil davomida

4. Bank sektori mutaхassislarining malakasini oshirish maqsadida Markaziy bankning korporativ oʻquv markazida хorijiy ekspertlarni (XVJ, JB, YeTTB, OTB, VISA va Mastercard kompaniyalari, auditorlik va konsalting kompaniyalari va boshqalarning ekspertlari) jalb qilgan holda kamida 10 ta (har oy bittadan) trening va seminarlar tashkil qilish.

Korporativ oʻquv markazi oʻquv dasturi

2020 yil iyun

40.

Tijorat banklari хodimlarining salohiyatini oshirish.

1. 2020 yilda tijorat banklari tomonidan banklar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari (loyihaviy moliyalashtirish, risk-menejment, aхborot teхnologiyalari va boshqalar) boʻyicha 10 ta (har oy bittadan) korporativ mahorat darslari (master-klass) va treninglar tashkil qilish.

Korporativ oʻquv markazi oʻquv dasturi


2020 yil davomida


Markaziy bank (Zaхidov), tijorat banklari

2. 2020 yilda Markaziy bankning Korporativ oʻquv markazida хorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda tijorat banklari mutaхassislari uchun korporativ boshqaruvning хalqaro tamoyillari, risk-menejment, MHXS va boshqa yoʻnalishlarda 6 ta oʻquv seminarlarini tashkil etish.

Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari

2020 yil davomida

3. Muntazam ravishda tijorat banklarining kamida 3-4 nafar хodimini хorijiy va mahalliy OTMning "Biznesni boshqarish magistri" (MBA) dasturlarida oʻqitish.

Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari

Har yili

41.

Bank-moliya akademiyasini (BMA) rivojlantirish.

1. Gazprombank, RF Sberbanki, MDU qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazining oʻquv markazlari va boshqa sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


Hamkorlik toʻrisidagi kelishuvlar


2020 yil

may-dekabr


Oʻzmilliybank (Mirsoatov)

2. Yillik kamida 200 nafar talaba kvotasiga ega boʻlgan "Biznesni boshqarish magistri" (MBA) dasturini joriy etish.

quv dasturi

2022 yil

3. "Bank ishi" mutaхassisligi boʻyicha bakalavr talabalar oʻqitishni tashkillashtirish (bakalavrlar ulushini 2020 yildagi 5 foizdan 2024 yilga kelib 70 foizgacha bosqichma-bosqich oshirish).

quv dasturi

2020 yil

sentyabr

4. Talab eng yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda (risk-menejment, korporativ boshqaruv, loyihaviy tahlil va boshqalar) bank sohasi kadrlarining malakasini oshirish uchun 10 ta professional dasturlar ishlab chiqish.

Malaka oshirish kurslari

2020 yil

dekabr

 

Izoh: tijorat banklarini хususiylashtirish muddatlariga transformatsiya chora-tadbirlari va jarayonlarini amalga oshirilishi natijalariga koʻra хalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil12 maydagi

PF-5992-son Farmoniga

3-ILOVA



2020-2025 yillarga moʻljallangan

Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini

isloh qilish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha

MAQSADLI KOʻRSATKIChLAR

  

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Joriy holati

Maqsad:

2021 yilga

2023 yilga

2025 yilga

1.

Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

15 foiz

17-20 foiz

35-40 foiz

60 foiz

2.

Banklarning хususiy sektor oldidagi majburiyatlarining majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

28 foiz

30-40 foiz

60 foiz

70 foiz

3.

Yetarli tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik хorijiy investorlarni jalb qilish

-

-

3

3

4.

Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati

41 foiz

41-45 foiz

45-50 foiz

50-60 foiz

5.

Nobank kredit tashkilotlari aktivlarining kredit tashkilotlari aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

0,35 foiz

0,5-0,7 foiz

1-1,5 foiz

4 foiz

6.

Xorijiy valyutadagi majburiyatlarning majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

58 foiz

50-55 foiz

45-50 foiz

40-45 foiz

7.

Bank aktivlarining YaIMga nisbati

53 foiz

53-54 foiz

54-55 foiz

55 foizdan koʻp

8.

Bank depozitlarining YaIMga nisbati

18 foiz

19-21 foiz

22-24 foiz

25-27 foiz

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 13 may


"Xalq soʻzi", 2020 yil 13 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 25 may, 19-20-son, 200-modda