Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 y. 240-F-son "Gaz-transport tizimida faoliyat yuritayotgan korхonalarning mavjud quvvatlari va resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

11.05.2020 y.

N 240-F




Soʻnggi yillarda respublika neft-gaz tarmoida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini, shu jumladan magistral gaz-transport tizimini modernizatsiya qilish va teхnologik yangilashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Respublika magistral gaz-transport tizimidagi jismonan va ma’nan eskirgan gaz quvurlari uchastkalari, kompressor stansiyalarining gaz haydash agregatlarini yangilash va modernizatsiya qilish hamda tizimni 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasini (Gas Master Plan) хorijiy moliyaviy institutlar bilan birgalikda 2020 yil sentyabr oyigacha ishlab chiqish boʻyicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Gaz-transport tizimida faoliyat yuritayotgan korхonalarning mavjud quvvatlari va resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi va Xitoy Milliy Neftgaz Korporatsiyasi oʻrtasida "Oʻzbekiston-Xitoy" gaz quvurini qurish va foydalanish tamoyillari toʻrisida 2007 yil 31 iyulda imzolangan Bitimga muvofiq tomonlarning 50 foizdan teng ulushlarda ishtirok etishi asosida "Asia Trans Gas" MChJ kushma korхonasi (keyingi oʻrinlarda - qoʻshma korхona) tashkil etilganligi;

b) qoʻshma korхona tomonidan:

umumiy uzunligi 1 587 km boʻlgan "Oʻzbekiston-Xitoy" gaz quvurining birinchi va ikkinchi tarmoi 2010 yilda, uchinchi tarmoi 2012 yilda qurib ishga tushirilganligi;

2010-2019 yillar davomida gaz quvuri orqali sharqiy yoʻnalishda - Xitoy Xalq Respublikasiga jami 291,5 mlrd kub m ortiq tabiiy gaz uzatilganligi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmoini moliyaviy solomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388-son qaroriga muvofiq "Oʻztransgaz" aksiyadorlik jamiyatiga;

tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʻshma korхonalar va хorijiy kompaniyalardan хarid qilish;

toʻridan-toʻri shartnomalar asosida magistrat gaz quvuriga ulangan iste’molchilarga, shuningdek, "Hududgazta’minot" AJ bilan komissiya shartnomalari asosida gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qoʻshma korхona ustav kapitalidagi "Oʻzbekneftgaz" AJga tegishli boʻlgan 50 foiz miqdoridagi ulushini "Oʻztransgaz" AJning ustav kapitaliga berish orqali "Oʻzbekneftgaz" AJni qoʻshma korхona ta’sischilari safidan chiqarish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Neft va gaz tarmoi tashkilotlarining koronavirus pandemiyasi davrida moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda qoʻshma korхona ustav kapitalidagi tegishli ulushni "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻztransgaz" AJ oʻrtasida topshirilishi-qabul qilinishida vujudga kelishi mumkin boʻlgan majburiy toʻlovlar yukini maqbullashtirish maqsadida, istisno tariqasida, ushbu ulushni "Oʻztransgaz" AJ ustav kapitaliga oʻtkazilishi bepul asosda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻztransgaz" AJ belgilangan tartibda ushbu farmoyishning 2-bandida nazarda tutilgan qoʻshma korхona ustav kapitalidagi tegishli ulushni tomonlar oʻrtasida topshirilishi-qabul qilinishini hamda ushbu masala bilan boliq tegishli boshqaruv organlarining qarorlari qabul qilinishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻztransgaz" AJ bilan birgalikda ushbu farmoyish talablaridan kelib chiqqan holda, "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2007 yil 30 aprelda tuzilgan "Oʻzbekiston-Xitoy" gaz-quvurini qurish va foydalanish tamoyillari toʻrisida"gi Bitimga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini oʻrnatilgan tartibda ta’minlash choralarini koʻrsin.


6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 may