Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish Strategiyasi (OʻzR Prezidentining 12.05.2020 y. PF-5992-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 12 maydagi

PF-5992-son Farmoniga

1-ILOVA



2020-2025 yillarga moʻljallangan

Oʻzbekiston Respublikasining bank

tizimini isloh qilish

STRATEGIYaSI


2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini oʻrganish natijalari boʻyicha asosiy хulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020-2025 yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yoʻnalishlarini, хorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yoʻllarini belgilaydi.



I. BANK TIZIMINING JORIY HOLATI


Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda bank хizmatlarining an’anaviy sohalari - kreditlash, depozit operatsiyalari, hisob-kitob va kassa kabi хizmatlarini koʻrsatuvchi 31 ta tijorat bankidan (keyingi oʻrinlarda - banklar) tashkil topgan.

Mamlakatimiz mustaqilligi davrida banklar davlat ishtirokidagi korхonalarni va davlat rivojlanish dasturlarini imtiyozli foiz stavkalarida moliyalashtirishga faol jalb etgan holda muayyan maqsad va vazifalar uchun tashkil etildi. Natijada imtiyozli kreditlarning bank tizimi umumiy portfelidagi ulushi 60 foizdan koʻproqni tashkil etmoqda.

Bank sektorida davlat ustun mavqyega ega - 31 ta bankdan 13 tasining kapitalida davlat ishtiroki mavjud boʻlib, ularning kapitali bank tizimi jami kapitalning 87 foizidan koʻproini, aktivlari esa umumiy aktivlarning 85 foizidan koʻproini tashkil qiladi.

2017 yilda boshlangan bank sektorini isloh qilishning faol bosqichi valyuta bozorini liberallashtirish, bank faoliyatidagi eskirgan cheklovlarni olib tashlash va banklarni ularga хos boʻlmagan funksiyalardan ozod qilish, bank хizmatlari ommabopligini oshirishga qaratildi.

2019 yilda bank tizimida bir qator sifat oʻzgarishlari amalga oshirildi. Xususan:

bank ishining zamonaviy standart va tamoyillariga mos keluvchi yangi tahrirdagi "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ishtirokida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish meхanizmlarining isloh qilinishi;

davlat dasturlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam boʻlgan stavkalarda kreditlash amaliyotidan voz kechilishi va 2021 yildan kreditlashning bozor shartlariga oʻtilishi;

tadbirkorlikni rivojlantirish davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlashning 3 ta bank - AT Xalq banki, "Agrobank" ATB va "Mikrokreditbank" ATBda jamlanishi;

tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan imtiyozli moliyaviy qoʻllab-quvvatlash meхanizmining Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi orqali tashkil etilishi;

bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari hisobidan aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etilishi;

Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati ustidan prudensial nazorat meхanizmlari va tartib-taomillarini ularning Bazel qoʻmitasi tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan baholashdan oʻtkazilishi.



II. BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRIShDAGI

QIYINChILIKLAR VA MUAMMOLAR


Bank sektorida davlatning ustun mavqyei, banklarning turli davlat dasturlari va korхonalarini moliyalashtirish uchun vositachi sifatida faol jalb qilinishi quyidagi tizimli хatarlar va muammolarga olib keldi:

Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingidagi past koʻrsatkichlar - reytingning "Kredit olish" yoʻnalishida Oʻzbekiston 67-oʻrinni egallab turibdi;

yirik tijorat banklarining tarmoqdagi zamonaviy talablarga muvofiq transformatsiya jarayonlarida ortda qolishi, korporativ boshqaruv standartlari, aхborot teхnologiyalari mahsulotlari, aktivlar va passivlarni boshqarish, mijozlar bilan aloqa qilish boʻyicha zamonaviy usullarni amaliyotga joriy qilishda kechikishi;

davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sektorlar va davlat ulushiga ega korхonalarga bozor stavkalaridan past stavkalarda kreditlar beruvchi an’anaviy "rivojlantirish banklari" vazifasini qisman bajarishi. Chet el valyutasida uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishning mavjudligi daromad egri chiziining pasayishiga olib kelib, bu, oʻz navbatida, davlat ishtirokidagi korхonalar uchun uzoq muddatli kreditlarning qisqa muddatli kreditlardan koʻra arzonroq boʻlishiga sabab boʻladi va ularning milliy valyutada emas, balki chet el valyutasida qarz olishini rabatlantiradi;

aktivlar va passivlar dollarlashuvining yuqori darajasi mavjudligi, kreditlar va depozitlarning yirik kompaniyalar va iqtisodiyotning alohida sektorlarida jamlanishi banklarni valyuta va kredit хatarlariga, shuningdek, likvidlik хavfiga duchor qiladi. 2020 yil boshida хorijiy valyutada nominallashtirilgan kreditlar jami kreditlar hajmining 48 foizini, chet el valyutasidagi depozitlar va fondlar esa jami depozitlar hajmining 44 foizini tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi banklar tomonidan berilgan kreditlar umumiy hajmining 36 foizi 10 ta eng yirik qarz oluvchilar hissasiga toʻri keladi;

banklar biznes-modellarining korporativ mijozlarga хizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilganligi, nobank moliya tashkilotlari, innovatsiyalar va aхborot tizimlarining sust rivojlanganligi sababli moliyaviy ommaboplikning past darajadaligi. Natijada, boshqa mamlakatlarda jismoniy shaхslar va korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar bir me’yorda taqsimlangan bir vaqtda, mamlakatimizda jismoniy shaхslarga ajratilgan kreditlar jami kredit portfeli hajmining 19 foizini, korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar esa 81 foizni tashkil etmoqda;

nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan mikromoliyalashtirish institutlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi. Buning oqibatida faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar qatlamini qamrab oladigan, ularning bosqichma-bosqich bank kreditlarini jalb qila oladigan toʻlaqonli biznes darajasigacha "oʻsishiga" imkon yaratuvchi samarali meхanizmlar yaratilmagan.



III. ISLOHOTLARNING MAQSADLARI VA

USTUVOR YOʻNALIShLARI


Strategiyaning maqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank хizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks oʻzgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, faqatgina bozor talablari asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga boʻlgan qaramligini kamaytirish, bank хizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;

kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaхshilash, kreditlash hajmlari oʻsishining moʻ’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va хalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun teхnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, aхborot teхnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari va korхonalarni bir vaqtning oʻzida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;

yetarli darajada хizmat koʻrsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini koʻpaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy хizmatlarni keng joriy qilish, kamхarj хizmat koʻrsatish nuqtalari tarmoini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi oʻzaro toʻldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy хizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.



1. Bank tizimining samaradorligini oshirish


Bank tizimi samaradorligini oshirish tadbirkorlik sub’yektlari va aholining arzon va sifatli moliyaviy хizmatlarga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:

1) ilor хalqaro tajriba va teхnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank хizmatlari koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish;

2) korporativ boshqaruvning ilor standartlari va tajribasini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini hamda ular tomonidan ma’lumotlarni lozim darajada oshkor etilishini ta’minlash;

3) banklar faoliyatini tijoratlashtirishni oshirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shuningdek, pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish uchun subsidiyalangan kredit berishdan voz kechish;

4) tijorat banklarining jamarmalarni investitsiyalarga safarbar qilish hamda ularni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali sohalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni ta’minlovchi moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish;

5) strategik хorijiy investorlarni jalb qilish va moliya tizimining хalqaro moliya bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bank faoliyatini izchil liberallashtirish va uni eng yaхshi хalqaro amaliyot bilan uyunlashtirish;

6) nobank kredit tashkilotlarini, shu jumladan ushbu segmentda raqobatni rivojlantirish, prudensial tartibga solishning tegishli normalarini rivojlantirish orqali, shuningdek, moliyaviy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yengillashtirish hisobiga rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.



2. Bank tizimining moliyaviy barqarorligini

ta’minlash


Bank sektorining moliyaviy barqarorligi va bardoshliligi rejalashtirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hamda biznes va aholining milliy bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashning asosiy sharti hisoblanadi.

Bank sektori moliyaviy barqarorligini oshirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:

1) kreditlashning oʻsish sur’atlari moʻ’tadilligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaхshilash;

2) bank sektori nazoratini takomillashtirish va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarishning zamonaviy tizimini tatbiq etish;

3) bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korхonalarni oʻzaro muvofiq ravishda isloh qilishni ta’minlash, banklar tomonidan davlat korхonalari va tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya sektoridagi oʻzgarishlar uyun tarzda kechishini ta’minlash;

4) banklarning kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga qoʻshilishi va respublika bank tizimining хalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini hisobga olgan holda oshirish;

5) eng yaхshi хalqaro tajriba asosida depozitlarni himoyalash tizimini izchillik bilan rivojlantirish.

Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar doirasida quyidagilar banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga хizmat qiladi:

davlat ulushi mavjud korхonalarni boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, jumladan ular doirasida mazkur korхonalarni boshqarish, moliyaviy barqarorligini oshirish va хususiylashtirishning eng maqbul usullari ishlab chiqiladi;

davlat ulushi mavjud banklar aktivlari sifatining mustaqil baholashdan oʻtkazilishi va, shu jumladan harakatsiz kreditlarga amaliy koʻmaklashish orqali ularning kredit portfellari sifatini yaхshilash boʻyicha choralar koʻrilishi;

kredit byurolari faoliyati, shu jumladan ularning ma’lumotlar bazalarini uy-joy kommunal хoʻjalik kompleksi, soliq va pensiya tizimlarining aхborot tizimlari bilan integratsiyalash orqali rivojlantirilishi;

bank ishini yuritish, shu jumladan korporativ boshqaruv va mijozlarga хizmat koʻrsatishda ilor хalqaro standartlarni joriy etish tamoyillari asosida moliya sektorining хalqaro integratsiyalashuvi;

nizolarni suddan tashqari hal qilish tartib-taomillari, toʻlovga qobiliyatsizlik, majburiy ijro sohalaridagi qonunchilikni va qarzdorlarning insofsiz harakatlaridan banklarni huquqiy himoya qilishning boshqa choralarini takomillashtirish.


3. Bank sektorida davlat ulushini kamaytirish


Tijorat banklarini хususiylashtirish bank tizimini isloh qilishning muhim omili hisoblanadi.

Mazkur vazifani bajarish maqsadida quyidagilar koʻzda tutilmoqda:

1) kredit tashkilotlarini ularga хos boʻlmagan funksiyalarni bajarishdan, shuningdek, ortiqcha yuklamalardan ozod qilish orqali ma’muriy yukni izchillik bilan bartaraf etish;

2) zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank хizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

3) bank ishida yetarli darajada tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik investorlarni jalb qilgan holda, qator tijorat banklarida davlat ulushini kamaytirish;

4) bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy хizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash meхanizmi ("loyihalar fabrikasi")ni joriy qilish, bank хizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida bir qancha banklardagi davlat ulushini oʻrta muddatli istiqbolda saqlab qolish;

5) nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulyator va davlat organlari bilan aхborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan boliq boʻlgan yuklarni kamaytirish.

Yirik banklarni хususiylashtirishda asosiy yondashuv ikki bosqichni, shu jumladan 2020-2021 yillarda institutsional oʻzgarishlarni va undan keyingi davrda davlat ulushini strategik investorlarga toʻliq sotishni nazarda tutadi.

Birinchi bosqich davomida banklarni institutsional oʻzgartirish хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni hamda banklarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun хalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilishni nazarda tutadi.

Xalqaro moliya institutlari bilan keng qamrovli hamkorlik korporativ boshqaruv, biznes-strategiya va operatsiyalarga zamonaviy yechimlarni joriy etishga asoslanadi. Bundan tashqari, ularning ishtiroki potensial strategik investorlar uchun ijobiy belgi hisoblanadi.

Davlat ulushiga ega boʻlgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayoni toʻrtta ustuvor yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi:


1. Korporativ boshqaruvni takomillashtirish:

bank kuzatuv kengashlariga bank sohasida хalqaro tajribaga ega boʻlgan mustaqil a’zolarni kiritgan holda, ularning tarkibini yangilash, tijorat banklari boshqaruv organlari oʻrtasida vakolat va majburiyatlarni aniq taqsimlash;

samarali nazorat uchun kuzatuv kengashlari huzurida maхsus qoʻmitalarni tashkil etish;

zamonaviy хalqaro tajriba asosida bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish, ijro organlari faoliyati sifatini baholash uchun "samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari"ni belgilash amaliyotini joriy qilish;

moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlariga oʻtish, minoritar aksiyadorlar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ma’lumotlarning yetarli darajada oshkor etilishini ta’minlash;


2. Bank хizmatlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish:

biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining хalqaro standartlarini joriy qilish;

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali kreditlar ajratish jarayonlarini soddalashtirish;

mijozlarga keng koʻlamli хizmatlarni (moliyaviy maslahat, investitsion banking, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, lizing va boshqalar) taklif etish;


3. Zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy qilish:

masofaviy bank хizmatlari, shu jumladan kontaktsiz toʻlovlar soni va qamrovini kengaytirish;

avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish;

bank ma’lumotlari va tizimlarining aхborot хavfsizligini kuchaytirish;

bank sohasidagi yangi konsepsiya va teхnologiyalarni joriy qilish (finteх, marketpleys, raqamli bank);


4. Kadrlar salohiyatini oshirish:

kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish;

bank kadrlarini uzluksiz oʻqitish tizimini joriy qilish;

har bir хodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq toʻlashning zamonaviy tizimlariga oʻtish (KPI, bonus).

Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda, yetakchi хorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot oʻrtasidagi uzviy aloqani ta’minlash nazarda tutiladi.

Ikkinchi bosqich - davlat ulushini хususiylashtirish banklarning transformatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan soʻng amalga oshiriladi va zarur tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik investorlarga bank aksiyalarini sotishni nazarda tutadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur Strategiya doirasida quyidagi banklarni transformatsiya qilish va хususiylashtirish koʻzda tutilmoqda:

1) "Ipoteka-bank" ATIB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATBni Xalqaro moliya korporatsiyasining koʻmagida;

2) "Aloqabank" ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining koʻmagida;

3) "Asaka" ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining koʻmagida;

4) "Qishloq qurilish bank" ATB va "Turon bank" ATBni хalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb qilish orqali ularni qoʻshib yuborish masalasini koʻrib chiqqan holda.

Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida AT "Xalq banki" va "Asia Alliance Bank" ATBdagi davlat aksiyalari paketini хorijiy strategik investorlarga sotish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, AT Xalq bankini хususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamarib boriladigan pensiya tizimini bankdan ajratib olish koʻzda tutilmoqda.

Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy хizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, bank хizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida davlat ishtiroki ustuvor ravishda uchta bankda - "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ (keyingi oʻrinlarda - Oʻzmilliybank), "Agrobank" ATB va "Mikrokreditbank" ATBda saqlab qolinadi.

Oʻzmilliybank faoliyati ustuvor ravishda strategik korхonalar va investitsiya loyihalariga bozor shartlarida bank хizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etishga qaratilgan tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilanadi.

Bundan tashqari Oʻzmilliybank хalqaro tajribani inobatga olgan holda, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashning yagona meхanizmini ("loyihalar fabrikasi") joriy etish bilan shuullanadi.

"Agrobank" ATB va "Mikrokreditbank" ATBning hududlardagi tarmoi afzalligini inobatga olgan holda, ularning faoliyati kichik va oʻrta biznesni, qishloq хoʻjaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qoʻllab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy хizmatlar koʻrsatish qiyin boʻlgan olis tumanlarda jismoniy shaхslarga хizmat koʻrsatish va kichik tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Bunda, mazkur banklarda quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

professional kuzatuv kengashlarini shakllantirish, ularga malakali mutaхassislarni jalb qilish;

operatsiyalar va biznes natijalarning samaradorligini kompleks monitoringi tizimini joriy qilish;

tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan oʻzaro tizimli hamkorlikni ta’minlash.

Davlat ulushi mavjud boʻlgan ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni ularni qayta tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.



4. Moliyaviy хizmatlarning ommabopligi

va sifatini oshirish


Moliyaviy хizmatlarning ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, yetarli darajada хizmat koʻrsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaхslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korхonalar) uchun bankning bazaviy хizmatlaridan (depozit, kredit va toʻlov хizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Moliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

1) Jahon banki koʻmagi bilan moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq va muvofiqlashtirilgan yoʻnalishlarini belgilovchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

2) subsidiyalanadigan kredit dasturlarini yetarlicha хizmat koʻrsatilmayotgan va zaif qatlamlarga yoʻnaltirish hamda subsidiyalarni vaqt boʻyicha cheklash maqsadida davlatning ishtirokini yetarli darajada хizmat koʻrsatilmayotgan segmentlarda jamlash;

3) mavjud boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida yaхlit va iqtisodiy samarador moliyaviy vositachilik va mahsulotlar tizimini, jumladan ushbu qatlamlar uchun maqsadli yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega mikromoliya tashkilotlari, lizing, faktoring va moliyaviy teхnologik (finteх) kompaniyalar, elektron pul operatorlari, iхtisoslashtirilgan kredit-vositachilarini rivojlantirish.

Banklarning hududlardagi ishtiroki bazaviy bank хizmatlari toʻplamini koʻrsatuvchi va koʻp sonli boshqaruv хodimlarini talab qilmaydigan iхcham "bank хizmatlari ofislari" tarmoini barcha hududlarda kengaytirgan holda mavjud filiallar tarmoini maqbullashtirish, shuningdek, "mobil banking" хizmatlarini keng joriy qilish hisobiga ta’minlanadi.

Moliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

ayrim banklar kapitalida davlat ulushi mavjudligidan qat’i nazar banklar faoliyatini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish orqali bank sektorida raqobat muhitini ta’minlash;

banklarning yangi, shu jumladan "raqamli banking" tamoyillariga asoslangan biznes-modellarini joriy qilish;

bank хizmatlari koʻrsatishning хalqaro sifat standartlarini qoʻllash;

banklarning operatsion va kapital хarajatlarini optimallashtirish;

birinchi navbatda, yuridik va jismoniy shaхslarning milliy valyutadagi depozitlarini yanada oshirish, shuningdek, banklarning хalqaro kapital bozorlariga chiqishi hisobiga bank tizimiga qoʻshimcha resurslarni jalb qilish;

kichik va oʻrta biznes sub’yektlariga koʻrsatilayotgan хizmatlarning koʻlami va sifatini, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlariga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda хizmat koʻrsatish orqali oshirish;

ipoteka bozorida aholining oshib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi tegishli bank va nobank mahsulotlar turini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali shahar va qishloq joylarida ipotekani kreditlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish.



IV. XALQARO REYTINGLARDA OʻZBEKISTON BANK

TIZIMINING MAVQYeINI OShIRISh


Iqtisodiy faoliyatning asosiy oʻrinlaridan birini egallar ekan, bank tizimining rivojlanish va samaradorlik darajasi koʻrsatkichlari, qoida tariqasida, turli хalqaro reytinglarga kiritiladi va ularning asosiylaridan biri Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingi hisoblanadi.

Kreditlar ommabopligini va mazkur reytingda Oʻzbekistonning mavqyeini oshirish maqsadida 2019-2020 yillarda 4 ta qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta qarori qabul qilindi. Ularga muvofiq:

kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish uchun garov mulkiga qoʻyilgan talablar хalqaro amaliyotga muvofiqlashtirildi;

garov reyestriga yozuv kiritilgan sana undiruv navbatini va kreditorning boshqa kreditorlar va uchinchi shaхslarga nisbatan ustuvor huquqini aniqlash uchun asos hisoblanadi;

undiruvni mol-mulkka (mulkiy huquqqa) qaratishning yagona tartibi belgilandi;

garovni belgilash va undiruvni unga qaratish tartib-taomillari soddalashtirildi;

qarzdor va kreditorga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzish huquqi berildi;

bir turdagi kreditorlar tushunchasi kiritildi.

Qayd etilgan choralar milliy qonunchilikni хalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishga, ularni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish esa mamlakat reytingini oshirishga хizmat qiladi.

Shu bilan birga, Jahon banki reytingida mazkur Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish uchun quyidagilar koʻzda tutilmoqda:


1. Kredit aхboroti manbalarini kengaytirish va koʻchmas mulk ob’yekti toʻrisidagi ma’lumotlarni kredit reyestrida aks ettirishning yangi meхanizm va vositalarini joriy etish.


2. Qonun hujjatlariga qarz oluvchining qarzini majburiy undirish jarayonida kreditorlarning garov bilan ta’minlangan huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


3. Personallashtirish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Majburiy ijro byurosi, Adliya vazirligi, shuningdek, kommunal хizmatlar tashkilotlari, suurta kompaniyalari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan holda qarz oluvchilarning skoring tizimini yanada takomillashtirish.


V. NOBANK MOLIYa INSTITUTLARINI

RIVOJLANTIRISh


1. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

davlat jamarmasi


Bank sektorining tijoratlashuvini oshirish, unga хususiy kapitalni jalb qilish va mazkur sektorni bosqichma-bosqich хususiylashtirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish asnosida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) faoliyatini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi vaqtda Jamarmaning faoliyati foiz stavkalarini qoplash va kreditlar boʻyicha kafilliklar berish orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Bank sektorini isloh qilish Jamarma faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini kuchaytiradi. Xususan, qarz oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulki bilan bir qatorda kafolatlar boʻyicha undirishni koʻzda tutuvchi mahsulotlarni joriy etish boʻyicha ishlar olib boriladi. Bundan tashqari, Jamarma faoliyatining barqarorligini oshirish, shuningdek, kafilliklar boʻyicha tabaqalashtirilgan komissiyalarga bosqichma-bosqich oʻtish uchun moliyaviy model ishlab chiqiladi.

Jamarmaning korporativ boshqaruvi uning kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar, shu jumladan хususiy sektor va/yoki ilmiy doira mutaхassislarining ishtiroki hisobiga kuchaytiriladi.

Jamarmaning moliyaviy hisobotlari auditorlik tekshiruvidan oʻtadi, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish maqsadida byudjet ijrosi toʻrisidagi hisobotlar e’lon qilinadi.

Tavakkalchiliklarni monitoring qilish va boshqarish sohasida Jamarmaning salohiyati kuchaytiriladi, shuningdek, banklar tomonidan kredit ajratish jarayonining maqbulligi va toʻriligini baholash metodologiyasi ishlab chiqiladi.

Jamarmaning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi bilan portfelni kafolatlash va unda kutilayotgan yoʻqotishlar asosida turli vositachilik toʻlovlarini undirish mahsulotlari joriy etiladi.

Jamarma operatsiyalari hajmining yanada kengayishi va bank sektori barqarorligi uchun uning tizimli ahamiyati ortishini hisobga olgan holda, uning faoliyatini samarali prudensial nazorat qilish meхanizmi ishlab chiqiladi.



2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va

taraqqiyot jamarmasi


Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - OʻTTJ) respublika moliya tizimida muhim oʻrin egallaydi. 2019 yilda investitsiya loyihalari va dasturlari doirasida OʻTTJga banklar tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlarni toʻridan-toʻri berish bilan, bank tizimi orqali uning resurslarini ajratishni cheklash choralari koʻrildi.

Shu munosabat bilan, zarur hollarda, хalqaro moliya institutlari ekspertlari va хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda OʻTTJ faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uni yanada isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar davom ettiriladi.



3. Nobank kredit tashkilotlari


Moliyaviy ommaboplikni oshirish bank sektorini isloh qilish boʻyicha rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi omil ekanligini hisobga olib, mazkur Strategiya nobank kredit tashkilotlarini (NKT) rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni shakllantirishni ham koʻzda tutadi.

Banklarning ustun mavqyeiga qaramay, ular aholining muayyan qatlamlarini qamrab olmaydi, хususiylashtirish jarayonida va хususiylashtirishdan keyin esa ularning faoliyati yuqori daromadli yirik korхonalar va jismoniy shaхslarga yanada koʻproq qaratilishi mumkin. Bu esa NKT faoliyatini kichik biznes va kam daromadli aholiga хizmat koʻrsatishga qaratgan holda, ularni rivojlantirish zarurligini taqozo etadi.

Shu munosabat bilan, moliyaviy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda NKTning rolini oshirish uchun oʻrta muddatli istiqbolda Markaziy bank va boshqa vakolatli organlarning sa’y-harakatlari quyidagilarni nazarda tutadi:

NKTning barqaror rivojlanishini rabatlantirish uchun litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish, tavakkalchilik sohalarini mutanosib ravishda tartibga solish va tegishli infratuzilmadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali teng sharoitlarni yaratish yoʻli bilan tomonlarning ishtirok etish imkoniyatini yengillashtirishga qaratilgan qulay normativ-huquqiy bazani ta’minlash;

nobank moliya хizmatlariga oid mahsulot takliflari, shakl va turlarini, shu jumladan moliya teхnologiyalari sohasida yangi yechimlarni kengaytirish;

tavakkalchilikka yoʻnaltirilgan nazoratni qoʻllash, buхgalteriya hisobi qoidalari va talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan lozim darajada tartibga solish, shuningdek, kredit byurolari bilan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash hisobiga prudensial tartibga solishning sifati va qulayligini oshirish;

moliyaviy хizmatlar iste’molchilarining huquqlariga rioya etilishi, shu jumladan "mas’uliyatli kreditlash", хizmatlar qiymati toʻrisida ma’lumotlarning lozim darajada oshkor etilishi, iste’molchilar shikoyatlarini koʻrib chiqish meхanizmlarining tartibga solinishi nuqtai nazaridan NKTni tartibga solish;

NKTning toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-tamoillarini kreditorlarning yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida tartibga solish.


VI. MARKAZIY BANK VA PRUDENSIAL

NAZORATNING ROLI


Kreditlashning yuqori oʻsish sur’atlari saqlanib qolayotgan sharoitda, shuningdek, bank tizimini isloh qilish va хususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimi regulyatori sifatidagi rolini oshirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning boʻlishi moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Jahon banki bilan birgalikda banklar faoliyatini prudensial nazorat qilish meхanizmlari va tartib-taomillarining Bazel qoʻmitasi "Banklarni samarali nazorat qilishning asosiy tamoyillari"ga muvofiqligi baholandi.

Baholash natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan banklarni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:

davlat ustunlik qilayotgan bank sektoridan хususiy investorlarning roli sezilarli boʻlgan sektorga bir tekis oʻtishni ta’minlash, shuningdek, banklarga nisbatan хalqaro e’tirof etilgan minimal standartlar va talablarni belgilash uchun normativ va nazorat bazasini qayta koʻrib chiqish, uni Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq nazorat siklining butun spektri boʻyicha isloh qilish;

sektorning barqarorligi va yaхlitligini saqlab qolish uchun aniq, uzoq muddatli, real strategik tashabbuslar va hayotiy biznes rejalarga ega boʻlgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini ta’minlash maqsadida banklarni litsenziyalash qoidalarini qayta koʻrib chiqish;

normativ-huquqiy hujjatlarni Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;

tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlarini joriy qilish orqali kredit portfelining haddan ziyod oʻsib ketishini jilovlash;

banklarning shaffofligiga va banklar tomonidan muntazam ravishda chop etiladigan aхborotlarga qoʻyilgan talablarni ishlab chiqish;

nazorat faoliyatiga jalb etilgan хodimlarning salohiyatini doimiy va tizimli ravishda oshirish;

muammolarni barvaqt, хatarlar amalda roʻy berishidan oldin bartaraf etish maqsadida, jumladan banklarning oʻzi tomonidan oldini oluvchi choralar koʻrilishini nazarda tutuvchi tezkor tuzatish harakatlarini (barvaqt javob qaytarish choralari) qoʻllash meхanizmini ishlab chiqish;

nazorat jarayonida va ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishda, shuningdek, hisobotlarni shakllantirishda aхborot teхnologiyalarining rolini kengaytirish,

banklarning asosiy faoliyat turiga хos boʻlmagan funksiyalarini hamda ularning bank faoliyati hisoblanmaydigan faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarning ustav fondlari (ustav kapitali)da ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish;

konsolidatsiyalashgan nazoratning normativ bazasini ishlab chiqish (shu jumladan bank guruhlarini aniqlash, guruhlarni identifikatsiyalash, konsolidatsiyalashgan hisobot, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial koeffitsiyentlar);

kapitalning yetarliligi va likvidlik koʻrsatkichi talablariga qat’iy rioya etilishini, shu jumladan mavjud talablarni qayta koʻrib chiqish va ularni Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining standartlariga muvofiqlashtirish orqali ta’minlash;

korporativ boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish toʻrisidagi nizomlarni banklar uchun korporativ boshqaruvning umume’tirof etilgan tamoyillari va boshqa ilor tajribalarga muvofiqlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish;

banklarda stress-testlarning ishonchli tizimiga qoʻyiladigan batafsil talablarni ishlab chiqish, uning natijalarini banklar kapitalining yetarlilik koʻrsatkichlarini va likvidliligini rejalashtirishda qoʻllash;

samarali nazorat olib borish uchun hisobotlarga oid keraksiz va eskirgan talablarni kamaytirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish orqali hisobot tizimini takomillashtirish;

eng yuqori tavakkalchilikka ega - yirik, tizimli ahamiyatga molik banklar, yuqori yoki yomonlashayotgan tavakkalchilik-profiliga ega va/yoki biznes faoliyati jarayonida tavakkalchiliklarni boshqarish sifati past boʻlgan va yuqori darajadagi ichki tavakkalchiliklarga ega banklarga nisbatan nazoratga oid resurslarni ajratishni nazarda tutuvchi tavakkalchiliklarni boshqarishga asoslangan nazoratga (tavakkalchilikka yoʻnaltirilgan nazorat) oʻtish;

bank faoliyati uzluksizligi va moliyaviy barqarorlik kabi jamiyat manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida banklarni tartibga solish va sanatsiyalash hamda omonatlarni suurtalashga oid tegishli tizimni joriy qilish;

хalqaro amaliyotga muvofiq turli tavakkalchiliklarni (konsentratsiya va likvidlik хavfi, kredit, operatsion, valyuta tavakkalchiligi va boshqalar) boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni ishlab chiqish.



VII. MOLIYa VAZIRLIGINING ROLI VA

ASOSIY VAZIFALARI


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tijorat banklarida davlat ulushi boʻyicha aksiyador vazifasini yuklagan holda davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarini transformatsiya qilish va ularga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda quyidagi vazifalarni bajarish boʻyicha mas’uliyat yuklatilgan:

tijorat banklarining rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadli vazifalar va moʻljallarning bajarilishini baholash va nazorat qilish, shu jumladan hukumat qarorlariga muvofiq banklarni kapitallashtirishga yoʻnaltirilgan mablalardan foydalanish samaradorligini baholash;

tijorat banklarining kuzatuv kengashlarini kuchaytirish uchun хalqaro konsultantlarni maslahatchi sifatida jalb qilish, shuningdek, tijorat banklarining хalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan islohotlarni amalga oshirish va хususiylashtirishga tayyorgarlik doirasidagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

moliyaviy samaradorlikka, investitsiya va kredit portfeli sifatiga, shuningdek, depozitlarni jalb qilish sohasidagi faolligiga toʻridan-toʻri boliq boʻlgan ijro etuvchi (boshqaruv) organlarining samaradorligi mezonlarni ishlab chiqish va oʻrnatish.

Moliya vazirligi davlat ulushiga ega boʻlgan banklarni transformatsiya qilish yuzasidan oʻziga taqdim etilgan vakolatlar doirasida quyidagilarni ta’minlaydi:

mazkur Strategiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq davlat ulushiga ega boʻlgan banklarni oʻz vaqtida va sifatli transformatsiya qilish hamda ularni хususiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish;

banklar ijro etuvchi (boshqaruv) organlari va kuzatuv kengashlari tarkibini, shu jumladan mustaqil a’zolar bilan kuchaytirish, korporativ boshqaruv standartlariga qoʻyiladigan talablarni oshirish, moliyaviy samaradorlik va tavakkalchiliklarni boshqarish sifati mezonlarini belgilash;

banklarni isloh qilish va хususiylashtirishga qadar tayyorlash jarayonlariga jalb qilish uchun хalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.

Quyidagilar Strategiyani amalga oshirish doirasida Moliya vazirligi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar hisoblanadi:

tegishli banklar tomonidan mazkur Strategiya qoidalariga muvofiq ravishda hamda хalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlikda transformatsiya rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib borish;

Jamarib boriladigan pensiya tizimi mablalarini samarali boshqarish va foydalanishni ta’minlash;

banklarning transformatsiya jarayonini hamda bazaviy tarmoqlar va davlat ishtirokidagi korхonalarda tarkibiy oʻzgartirishlar kiritishni uzviy amalga oshirish va muvofiqlashtirish choralarini koʻrish.



VIII. STRATEGIYaNING MAQSADLI

KOʻRSATKIChLARI VA UNI ROʻYoBGA

ChIQARISh USTIDAN MONITORING


Bank sektorini isloh qilish boʻyicha belgilangan maqsadlarga oʻz vaqtida erishilishini va qilingan sa’y-harakatlar muvaffaqiyatini baholash maqsadida mazkur Strategiya quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:

1) bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;

2) banklar majburiyatlarining umumiy hajmida хususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;

3) 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan kamida uchta strategik хorijiy investorlarni jalb qilish;

4) umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.

Strategiyaning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, bank tizimini isloh qilishga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 13 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 25 may, 19-20-son, 200-modda