Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.05.2020 y. PQ-4717-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.05.2020 y.

N PQ-4717



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va takomillashtirish, ularning ishtirokida respublikada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlanishga ilor tajriba va imtiyozli mablalarni keng jalb qilish hamda vazirlik va idoralarning хalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 18 maydagi

PQ-4717-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 25 martdagi "Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻrisida"gi PQ-1310-son qarori 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi "Xalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3439-son qarorida:


1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasidan quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi - хalqaro moliya institutlari (Xalqaro valyuta jamarmasi bundan mustasno) bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki - Xalqaro valyuta jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov - Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Islom taraqqiyot banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov - Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.A. Vafayev - Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Jahon banki guruhi, Islom taraqqiyot banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov - Xalqaro valyuta jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari etib belgilansin";


5 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


7-bandning birinchi хatboshisidagi "Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 25 may, 19-20-son, 209-modda