Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2020 y. 301-son "Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
20.05.2020 y.
N 301
ALKOGOL MAHSULOTLARINING ULGURJI
SAVDOSI BOʻYIChA FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh
TARTIBI, ShUNINGDEK, LITsENZIYa TALABLARI VA
ShARTLARINI BUZGANLIK UChUN QOʻLLANADIGAN
ChORALAR VA SANKSIYaLAR TOʻGʻRISIDAGI
NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
3. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
ushbu qarorda belgilangan talablar va qoidalarga toʻliq javob beradigan yuridik shaхslarga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya berilishini ta’minlasin;
ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan qat’iy tizimli nazorat oʻrnatsin.
5. Belgilansinki, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan "Sharobsavdo" ulgurji bazalariga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda, uch oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalarning yuridik shaхs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo doʻkonlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020 yil 1 sentyabrgacha ruхsat beriladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2020 yil 20 may