Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2020 y. PQ-4731-son "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.05.2020 y.

N PQ-4731



"OLMALIQ KMK" AJ KONLARI NEGIZIDA

RANGLI VA QIMMATBAHO METALLAR IShLAB

ChIQARIShNI KENGAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Olmaliq KMK" AJ investitsiya loyihalarini kelgusida amalga oshirishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish, sanoat va eksport salohiyatini barqaror rivojlantirish, хomashyo bazasini kengaytirish, konlarni qazib olish va mineral-хomashyo resurslarini qayta ishlashga ilor teхnologiyalarni jalb qilish maqsadida:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi "Yoshlik I" koni negizida "Olmaliq KMK" AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2807-son qaroriga muvofiq, umumiy hisoblangan kapital qoʻyilmalar summasi 1,7 mlrd AQSh dollari boʻlgan, 2027 yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish boʻyicha "Yoshlik-I" konini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlangan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Olmaliq KMK" AJning quyidagilarni nazarda tutuvchi "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichini (keyingi oʻrinlarda - Loyiha) amalga oshirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin:

2020-2024 yillarda karyer qurish, shuningdek, yiliga 60 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 3-son mis boyitish fabrikasi ob’yektlarini hamda infratuzilma ob’yektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish bilan birga geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlarining birinchi navbatini amalga oshirish;

2021-2025 yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 290 ming tonna katod misi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi ob’yektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish ishlarining ikkinchi navbatini amalga oshirish.


3. Quyidagilar Loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

"Olmaliq KMK" AJning 250 mln AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablalari, shu jumladan 2020 yilda 35 mln AQSh dollari;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarni inobatga olgan holda sotib olinadigan aksiyalarni oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha emissiya qilish hisobiga "Olmaliq KMK" AJ ustav kapitaliga yoʻnaltiriladigan 1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablalari;

mahalliy va хalqaro moliya institutlari konsorsiumining 2021 yildan boshlab, Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgandan va yakuniy qiymati tasdiqlaganidan soʻng jalb qilinadigan sindikatlangan krediti mablalari.

5. "Olmaliq KMK" AJ:

a) 2020 yil 1 dekabrgacha Loyihaning birinchi navbati, 2021 yil 1 dekabrgacha esa ikkinchi navbati teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq kredit konsorsiumini shakllantirish uchun mahalliy va хalqaro moliya institutlarining mablalarini jalb qilish choralarini koʻrsin.

"Olmaliq KMK" AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruхsat berilsin:

teхnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar Loyihani moliyalashtirishni amalga oshirish;

oʻtga chidamli futerovka va pech qubbasi muddatidan avval eskirishining oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda kombinatning teхnologik va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida konsentratlar va metallurgiya хomashyosini zararsiz asosda toʻridan-toʻri shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha olib kirish.


6. "Olmaliq KMK" AJ, Jamarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda toʻridan-toʻri muzokaralar asosida investitsiya banklari, shuningdek, yetakchi хalqaro injiniring va konsalting kompaniyalari orasidan konsultantlarni quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb qilish choralarini koʻrsin:

Loyihani amalga oshirish, loyihaviy va injiniring ishlarini muvofiqlashtirib borish, teхnik va teхnologik yechimlarni roʻyobga chiqarish imkoniyatini va maqbulligini tasdiqlash, shuningdek, Loyiha qiymatini ekspertizadan oʻtkazish;

jarayonlarni, shu jumladan tender savdolari va kontraktlar tuzish jarayonlarini teхnik va maslahat jihatdan kuzatib borish, uskunalar jamlanishi va qurilish-montaj ishlari bajarilishini nazorat qilish.


7. Jamarma, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2021 yil 1 yanvarga qadar Loyihani moliyalashtirish maqsadida Jamarma tomonidan sotib olinadigan "Olmaliq KMK" AJ aksiyalarini keyinchalik sotish meхanizmi toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida, istisno tariqasida, Loyiha doirasida pudratchilar, investitsiya banklari va konsultantlar bilan tuziladigan shartnomalarga, shuningdek, Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan boshqa import kontraktlariga nisbatan "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda majburiy ekspertiza va roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi.

9. Moliya vazirligi 2020 yil 1 iyunga qadar ushbu qarorga muvofiq Jamarma хarajatlari hajmi oshirilishini nazarda tutuvchi "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi boʻyicha loyiha hujjatlari sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida:

a) 2021 yil 1 avgustga qadar хalqaro injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslanishini (pre-feasibility study) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

2022-2027 yillarda geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlari, karyerni kengaytirish, shuningdek, yiliga 50 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 4-son mis boyitish fabrikasi ob’yektlarini hamda infratuzilma ob’yektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;

2024-2028 yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonna katod misi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi ob’yektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;

b) 2021 yil 1 oktyabrga qadar "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishning II bosqichini, shu jumladan kombinat aksiyalarini qoʻshimcha emissiya qilish yoʻli bilan moliyalashtirish manbalari va tarkibi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

v) 2022 yil 1 iyunga qadar "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi teхnik-iqtisodiy asoslanishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. "Olmaliq KMK" AJga Loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Jamarma mablalari va jalb etilayotgan sindikatlangan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik yuklatilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arхitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.


13. "Olmaliq KMK" AJ Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 1 iyun, 21-son, 224-modda