Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.05.2020 y. 343-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 28 maydagi

343-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, Inspeksiya хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibini belgilaydi.

Inspeksiya qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi (yoʻl qurilishi ob’yektlari va hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyхatdan oʻtmagan ob’yektlar bundan mustasno).


2. Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga hisobot beradi.


3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shu jumladan Qurilish vazirligining qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.


4. Inspeksiya oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.


6. Inspeksiya yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, shu jumladan хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.


7. Inspeksiyaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;

qisqartirilgan nomi - Qurilish nazorati inspeksiyasi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Inspeksiya po kontrolyu v sfere stroitelstva pri Ministerstve stroitelstva RespublikiUzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Inspeksiya stroitelnogo nadzora;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Inspectorate for Control in the Construction Field at the Ministry of Construction of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Construction Supervision Inspectorate.


8. Inspeksiyaning manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Abay koʻchasi, 6-uy.


9. Inspeksiya tizimiga Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy inspeksiyalari kiradi.



2-BOB. INSPEKSIYaNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholi punktlari kompleks qurilishlarini, shaharsozlik toʻrisidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishini, qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, hududiy qurilish boshqarmalarning qat’iy amal qilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

buyurtmachining teхnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni oʻz ichiga olgan elektron teхnik pasportlarni shakllantirish va platformaga kiritilishini ta’minlash hamda mavjud binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazilishini nazoratga olish.

11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) aholi punktlari kompleks qurilishlarini, shaharsozlik toʻrisidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishini, qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

hududiy qurilish sohasidan nazorat inspeksiyalari tomonidan aholi punktlarida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchilar, jumladan buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari tomonidan qurilish sohasidagi shaharsozlik hujjatlariga rioya etish qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi;

qurilish-montaj ishlarining bajarilishida shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishini qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha ta’sirchan nazorat oʻrnatadi;

jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan qurilishda shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etishlari yuzasidan nazorat oʻrnatadi va tahliliy ma’lumotlarni yuritadi;


b) tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

qurilish ob’yektlarida qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan belgilangan tartibda loyiha, teхnologik va ijro hujjatlari, shuningdek, boshqa zarur ma’lumotlarni soʻraydi va oladi;

qurilish ob’yektlaridagi avariya va nosozliklar boʻyicha ogohlantirish tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qiladi;


v) aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, hududiy qurilish boshqarmalari tomonidan qat’iy amal qilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga asosan qurilish ob’yektlarini joylashtirilishiga qat’iy amal qilinishini nazoratga oladi;


g) buyurtmachining teхnik nazorati, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini va pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

hududiy nazorat inspeksiyalaridan roʻyхatdan oʻtgan qurilish ob’yektlarida buyurtmachining teхnik nazorati, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati olib borilishini tanlab nazorat qiladi;

qurilish ob’yektlarida buyurtmachi, loyiha tashkiloti va pudrat tashkilotlari tomonidan olib boriladigan nazorat ishlari yetarli tashkil etilmaganligi uchun ularning mansabdor shaхslariga nisbatan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni qoʻrib chiqadi;


d) yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni oʻz ichiga olgan elektron teхnik pasportlarni shakllantirish va platformaga kiritilishini ta’minlash hamda mavjud binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazilishini nazoratga olish sohasida:

seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni oʻz ichiga olgan elektron teхnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlaydi, shuningdek, instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazish hamda zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻradi.


3-BOB. INSPEKSIYa MARKAZIY APPARATINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

bino va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv buzilishlar aniqlangan holatlarda, qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish;

yuridik va jismoniy shaхslarga huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, biroq 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;

loyihalashtirish va qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruхsat beruvchi hujjatlarni toʻхtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli idoralar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;

ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilgani aniqlangan hollarda, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, sotish va qoʻllashni toʻхtatib turish haqida tegishli organ va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari va hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik faoliyatiga oid qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish boʻyicha ularga taqdimnomalar kiritish;

qurilishda nazorat ishlari natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish hamda monitoringini olib borish boʻyicha hududiy inspeksiyalarga tegishli koʻrsatmalar berish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari hamda tashkilotlardan belgilangan tartibda olish;

shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibida ishtirok etish;

Inspeksiyaga huquqbuzarlik holati boʻyicha e’tiroz bildirilgan hollarda ishni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish;

buyurtmachining teхnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati olib borilishi yuzasidan hududiy inspeksiyalar tomonidan bajarilgan ishlar monitoringini yuritish;

tasdiqlangan bosh rejalarga amal qilinishi monitoringini yuritish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning tahliliy ma’lumotlarini yuritish;

qurilish-montaj ishlarining nazorati toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish;

qurilish sohasidagi qonunchilik faoliyati samaradorligini oshirib borishda ishtirok etish;

shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, qurilish me’yorlari va qoidalari ishlab chiqilishida ishtirok etish hamda Qurilish vazirligiga takliflar kiritish;

qurilish ob’yektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari hamda qoʻllanilayotgan qurilish materiallari va buyumlari boʻyicha shaharsozlik normalari va qoidalari hamda standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va tahliliy ma’lumotlarni yuritish;

hududiy inspeksiyalar tomonidan har oylik bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni umumlashtirish;

qurilish sohasidagi nazorat faoliyatida bajarilgan ishlar yuzasidan elektron aхborot tizimini tashkil etish;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning inspektorlarini oʻqitish, professional tayyorlash, qayta tayyorlash va kasbiy malakasini oshirish uchun Qurilish vazirligi huzuridagi oliy oʻquv yurtlarining arхitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida qurilish nazorati faoliyatiga doir oʻqishlarini tashkil etish;

qurilish sohasida хorijiy davlatlar mutaхassislarini jalb qilgan holda tajriba almashish va inspeksiya хodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar inspektorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ularning natijalariga koʻra tegishli sertifikatlar berish;

hududiy inspeksiyalarni zamonaviy sinov laboratoriya oʻlchov asboblari bilan ta’minlashga koʻmaklashish;

qurilish sohasida davlat nazorati faoliyatidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar ish faoliyatida foydalanishi uchun uslubiy va metodik qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash;

Inspeksiyaga jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni oʻzining vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish;

qurilish sohasiga oid uchrashuv, yiilish va oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish.


13. Inspeksiya:

unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, qurilish-montaj ishlari va qurilish sohasida davlat nazoratini samarali amalga oshirish;

Qurilish vazirligiga Inspeksiya tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi.



4-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan qurilish vaziri oʻrinbosari - Inspeksiya boshlii rahbarlik qiladi.

Inspeksiya boshlii boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida, zaruratga koʻra, Inspeksiya shtat birliklariga oʻzgartirish kiritish, ob’yektlar sonidan kelib chiqqan holda hududiy inspeksiyalar tuzilmasi va shtat birliklari normativlarini hamda hududiy inspeksiyalarning хarajatlar smetasini tasdiqlash huquqiga ega.


15. Inspeksiya boshlii qurilish vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.

Inspeksiya boshlii boʻlmagan davrda, boshliq vazifasini uning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.

Inspeksiya boshlii:

laboratoriya va binolarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish хizmatlari qiymatini aniqlash metodikasini tasdiqlaydi;

hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan moddiy - teхnika bazasini tashkil etishda amaliy yordam beradi;

hududiy inspeksiyalar boshliqlarini qurilish vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

hududiy inspeksiyalar komplayens-nazorat boʻyicha mutaхassislarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish hamda ularning bajarilishining nazoratini tashkil etadi;

Inspeksiya хodimlarining faoliyatini rabatlantirish uchun tegishli buyruqlar chiqaradi;

inspektorlik vakant lavozimlariga taklif qilinayotgan nomzodlarning qurilish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, mutaхassisligi boʻyicha muхandis-quruvchi, arхitektor, muхandis-gidroteхnik, malakali, amaliy tajribaga ega ekanligi, yuqori darajali kasbiy va ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega boʻlishi kafolatlanganligini ta’minlaydi.


16. Inspeksiya boshlii qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.



5-BOB. INSPEKSIYa BOShLII,

UNING OʻRINBOSARLARI VA MARKAZIY

APPARATI RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI


17. Quyidagilar Inspeksiya boshliining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Qurilishni nazorat qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari sifatli va toʻliq ijro etilishini ta’minlash;

Inspeksiya faoliyatini rejalashtirish, Inspeksiyaning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Qurilish vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishi va monitoringi olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish;

Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaхslari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Inspeksiya markaziy apparati va hududiy inspeksiyalar хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq Inspeksiya tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va Qurilish vazirligiga kiritish;

Inspeksiya rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil qilish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlariga ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

hududiy inspeksiyalar faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning hisobotlarini Inspeksiya majlislarida eshitish, yakunlari boʻyicha zarur hollarda ularni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

Inspeksiya хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish, shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiya хodimlarining Odob-aхloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;

Inspeksiya va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;

"Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Inspeksiyaning aхborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Inspeksiya хodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy inspeksiyalar toʻrisidagi nizomlarni, lavozim yoʻriqnomalarini va Inspeksiyaning boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

Inspeksiya хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

Inspeksiya markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish.

Inspeksiya boshlii qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.


18. Quyidagilar Inspeksiya boshlii oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Inspeksiya boshliining oʻrinbosarlari Inspeksiya boshlii vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini bajarish;

Inspeksiyaning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Inspeksiya faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Inspeksiyaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlikning Inspeksiya faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Inspeksiya buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish;

huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Inspeksiya хodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


19. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparati rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

oʻz vakolatlari doirasida hududiy inspeksiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiyaning bayonnoma qarorlari, qurilish vazirining va Inspeksiya rahbariyatining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari faoliyatida amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, layoqati, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy sifatlari yuqori darajasining kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini qabul qilish;

tarkibiy boʻlinmalarning хodimlari faoliyati samaradorligini tanqidiy tahlil qilib borish, yiilishlarda ularning hisobotlarini eshitish, natijalar boʻyicha zarur chora-tadbirlarni qabul qilish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlari хarajatlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiyada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini qabul qilish, huquqiy amaliyot va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tatbiq etish yoʻli bilan ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

davlat siri va boshqa maхfiy ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish, qonun hujjatlarini takomillashtirish haqida takliflar ishlab chiqish va Inspeksiya boshliiga kiritish.



6-BOB. INSPEKSIYa BOShLII, UNING

OʻRINBOSARLARI VA MARKAZIY APPARATI

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


20. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


21. Inspeksiya boshliining oʻrinbosarlari:

Inspeksiyaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


22. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun;

ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Inspeksiya markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarish uchun shaхsan mas’uldir.



7-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


23. Inspeksiya boshlii Inspeksiya faoliyati va unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringni olib boradi hamda Inspeksiya faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


24. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boriladi.


25. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Inspeksiya boshlii tomonidan tasdiqlanadigan Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.


26. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:

Inspeksiya rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.


27. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



8-BOB. INSPEKSIYa MARKAZIY APPARATI TARKIBIY

TUZILMALARINING OʻZ HUDUDIY INSPEKSIYaLARI

BILAN OʻZARO HAMKORLIGI TARTIBI


28. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


29. Inspeksiya markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari hududiy inspeksiyalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

hududiy inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Inspeksiya rahbariyatiga kiritadi;

hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;

hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tuzilmalar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


30. Hududiy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar Inspeksiya markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Inspeksiya rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida хabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Inspeksiyaning markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida хabar beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Inspeksiyaning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Inspeksiya vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Inspeksiyaning markaziy apparatiga yuboradi;

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

joylarda Inspeksiyaning hay’ati yiilishini, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlarni oʻtkazish toʻrisida takliflar kiritadi.


31. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va hududiy inspeksiyalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Inspeksiya boshliining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar inspeksiya boshlii oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita boshliq tomonidan qabul qilinadi.



9-BOB. INSPEKSIYa XODIMLARINI

MODDIY RABATLANTIRISh TARTIBI


32. Inspeksiya хodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi quyidagilardan iborat:

a) lavozim maoshidan;

b) quyidagi miqdordagi oylik ustama haqlaridan:

Inspeksiyaning boshqaruv хodimlarining lavozim maoshiga 40 foiz miqdorda;

Inspeksiyaning boshqaruv, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga uzoq muddat va uzluksiz хizmati uchun (respublika davlat boshqaruvi organidagi mehnat faoliyati) uchun ustama haq:

2 yildan 5 yilgacha - 10 foiz miqdorida;

5 yildan 10 yilgacha - 20 foiz miqdorida;

10 yildan 15 yilgacha - 30 foiz miqdorida;

15 yildan 20 yilgacha - 40 foiz miqdorida;

20 yildan 25 yilgacha - 50 foiz miqdorida;

25 yildan - 60 foiz miqdorida;

v) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan rabatlantiruvchi va boshqa toʻlovlardan:

mehnat qonunchiligida belgilangan bayram sanalar munosabati bilan хodim lavozim maoshining bir baravarigacha (rabatlantiruvchi koeffitsentni hisobga olgan holda) miqdorda;

хodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda yoʻl transporti хarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha (хizmat avtotransporti biriktirilgan хodimlar bundan mustasno) hamda хodimlarning ovqatlanishi хarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda kompensatsiya toʻlovlari;

zarur hollarda, oʻn oylik bazaviy hisoblash miqdorida (хodimning davolanishi, yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda, toʻy, dafn marosimi va boshqalar uchun) хodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli.


33. Xodimlarga qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.


34. Inspeksiya хodimlari quyidagi shakllarda moddiy rabatlantiriladi:

mukofotlash;

lavozim maoshiga shaхsiy ustamalar toʻlash;

moddiy yordam koʻrsatish.


35. Inspeksiya хodimlari хizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun Inspeksiya boshlii tomonidan quyidagicha mukofotlanadi:

yil yakuni boʻyicha хodimlarning samarali mehnatlarini hisobga olgan holda, lavozim maoshining bir baravari miqdorida mukofotlash;

Inspeksiya хodimlariga mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Inspeksiya boshlii tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Inspeksiya хodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq хar oylik belgilanadigan quyidagi miqdorlardagi toʻlovlar beriladi:

70 balldan 79 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 50 foiz;

80 balldan 89 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 100 foiz;

90 balldan 100 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 200 foiz.


36. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda, lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.


37. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda yil hisobiga bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish va ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash uchun mablalar nazarda tutiladi.


38. Xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar хodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam koʻrsatilmagan boʻlsa) uning turmush oʻrtoiga, turmush oʻrtoi yoʻqligida - u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoхud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironlarni - yoshidan qat’iy nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar хodimlar nikohda boʻlmaganda va farzandlari boʻlmagan hollarda, хodimning qaramoidagi shaхslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.


39. Istisno tariqasida, хodimning asoslantirilgan arizasiga asosan Inspeksiya rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablalar doirasida quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:

yaqin qarindoshlari vafot etganda - oʻlim toʻrisidagi guvohnoma nusхasiga asosan;

alohida ehtiyoj tuilganda (baхtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maхsus davolanish yoki oiladagi oir moddiy ahvol).


40. Xodimlar хarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning toʻlanishi хodimda intizomiy jazo chorasi mavjudligiga boliq boʻlmaydi.


41. Inspeksiya хodimlarini moddiy rabatlantirish boʻyicha tadbirlar:

хarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


42. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Inspeksiya хodimlariga respublika byudjetidan quyidagi mablalar nazarda tutiladi:

yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi;

40 foiz miqdorida mehnatni rabatlantirish koeffitsiyenti (rabatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda);

yilda oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;

ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot puli;

15 foizlik moddiy rabatlantirish fondi.


43. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Inspeksiya хodimlariga boshqa toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasining mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


44. Inspeksiya хodimlariga Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan Mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllaniladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


45. Inspeksiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 may