Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.06.2020 y. 351-son "Paxtasanoat ilmiy markazi" aksiyadorlik jamiyatining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.06.2020 y.

N 351




"PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI"

AKSIYaDORLIK JAMIYaTINING

MODDIY-TEXNIK BAZASINI YaNADA

MUSTAHKAMLASh TOʻRISIDA


Ilova. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari

milliy roʻyхatiga kiritilayotgan oʻzgartirish



"Paxtasanoat ilmiy markazi" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratish hamda uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarning 15 973 m.kv qismi (keyingi oʻrinlarda - ob’yekt) moddiy madaniy meros sifatida oʻz qimmatini yoʻqotganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ob’yekt Moddiy madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastridan chiqarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ob’yektni "Paxtasanoat ilmiy markazi" aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda - "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ) uning ustav kapitalida davlat ulushini shakllantirish hisobiga berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch oy muddatda ob’yekt baholangan qiymatda "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ ustav kapitaliga berilishini ta’minlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 4 iyundagi

351-son qaroriga

ILOVA



Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari

milliy roʻyхatiga kiritilayotgan oʻzgartirish


309-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

309.

"Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ ma’muriy binosi (6 723 m.kv)


XX asr


Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy


Davlat mulki.

"Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ operativ boshqaruv huquqi asosida


   


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 4 iyun