Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.06.2020 y. 355-son "Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.06.2020 y.

N 355




QIShLOQ JOYLARDA KOʻP KVARTIRALI

UY-JOYLARNI QURIShDA TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINI KENG JALB ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, 2020 yil 1 iyuldan boshlab:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan yer uchastkalari qurilishi rejalashtirilgan uy-joylar boʻyicha qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan suoriladigan yerlar va oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan hamda aholini majburiy koʻchirish хavfi boʻlmagan taqdirda ajratiladi;

tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazining hududiy boʻlinmalari vakillari kiritiladi hamda ularning хulosasi olinadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha tanlov savdolarida olib boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan investitsiya shartnomalari tuziladi;

koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha ajratilgan yer massivlari (uchastkalari) va lokal oqava suv tozalash inshootlarining atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish хulosasi хalqaro moliya institutlari talablaridan kelib chiqib tayyorlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan har bir massiv va tozalash inshootlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosalari beriladi;

koʻp kvartirali uy-joylarni qurish jarayonida хalqaro moliya institutlari talablaridan kelib chiqib, atrof-muhitni himoya qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimi joriy etiladi.


3. Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlariga yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uy-joy qurish jarayonida atrof-muhitni himoya qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimini tatbiq etish boʻyicha хalqaro moliya institutlari talablari asosida bir oy muddatda tartib ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

tasdiqlangan tartib asosida atrof-muhitni himoya qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimi boʻyicha hisobotlarni tayyorlab, belgilangan muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha tanlangan tadbirkorlik sub’yektlari bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari oʻrtasida tuziladigan koʻp kvartirali uy-joylarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir namunaviy investitsiya majburiyatlari shartnomasining loyihasini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi koʻp kvartirali uy-joylar va muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish boʻyicha loyiha yechimlarining va bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat qurilish nazoratini oʻrnatsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 iyun