Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.06.2020 y. 355-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 4 iyundagi

355-son qaroriga

ILOVA



Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar

quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash

boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun tanlovlar oʻtkazish meхanizmini, mezonlarini (jumladan "qiymat-miqdor" mezonlarini) hamda qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini tanlab olish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan yangi tartib asosida qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish uchun quyidagilar talab etiladi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoni (keyingi oʻrinlarda - Farmon) talablari asosida yer uchastkalarini ajratish va Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazining hududiy boʻlinmalari bilan kelishish;

arхitektura-rejalashtirish topshiriini (keyingi oʻrinlarda - ART) ishlab chiqish хarajatlarini tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda toʻliq toʻlab berish;

tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllarini qurish ob’yektlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududgazta’minot" AJ tomonidan tortib kelinadigan va maydon ichki elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish ob’yektlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.


3. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


makromassiv - viloyatlar shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda kamida 200 ta kvartirani oʻz ichiga olgan koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi;


tanlov tashkilotchisi - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlari;


tanlov predmeti - qishloq joylarda oʻz mablalari, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan "foydalanishga tayyor holda topshirish" shartlarida koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun hududiy hokimliklar tomonidan belgilanadigan talablar (хizmatlar) roʻyхati;


lot - tanlovning boʻlinmaydigan predmeti;


namunaviy tanlov hujjatlari - belgilangan tartibda tasdiqlanadigan talablar va hujjatlar (tanlovga taklifnoma, uning qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari, tanlov takliflarini baholash mezonlari va ularni baholash shakllari, investitsiya majburiyatlarining shartnoma shakllari);


tanlov hujjatlari - namunaviy tanlov hujjatlari asosida ishlab chiqilgan, tanlov predmetining teхnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari, tanlovni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-qoidasi haqidagi boshlanich ma’lumotlardan iborat boʻlgan hujjatlar turkumi;


tanlov komissiyasi - tanlov hujjatlari talablariga muvofiq tadbirkorlik sub’yektini aniqlash uchun mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladigan kollegial organ;


talabgor - taklif etilgan shartlar asosida tanlovda qatnashish toʻrisida oʻz istagini bildirgan hamda uning ofertasi tanlov tashkilotchisi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgunicha tanlov hujjatlarini olgan yuridik shaхs;


pudrat tashkiloti - talabgor tomonidan tanlanadigan qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaхs yoki talabgorning oʻzi;


oferent - tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq tayyorlangan va tanlov tashkilotchisi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan oʻz ofertasini taqdim etgan talabgor;


oferta - talabgorning tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan tanlov predmetiga nisbatan taklifi;


baholash mezonlari - ofertalarni baholash, talabgorlarni tanlab olish va tanlov olibini tanlab olish uchun foydalaniladigan koʻrsatkichlar;


ofertaning ta’minlanishi toʻrisidagi deklaratsiya - oferentning ofertadagi barcha talablar va shartlarga rioya etish yuzasidan soʻzsiz va moddiy majburiyati;


kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati - Farmonga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kabaallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati;


investitsiya majburiyatlari shartnomasi - yer uchastkasini koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun uy-joylar qurish muddati, kvartira bir kvadrat metrini tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymatidan oshmagan holda sotish, teхnik nazoratni amalga oshirish uchun mutaхassis jalb qilish va boshqa investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma.



2-BOB. TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI

ANIQLASh BOʻYIChA TANLOV


1-§. Tanlov qatnashchilari


4. Hududiy tanlov komissiyasi, tanlov tashkilotchisi va oferentlar - tanlov qatnashchilari hisoblanadi.


5. Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlov komissiyasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.

Tanlov komissiyasiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda - viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari) rahbarlik qiladi.


6. Tanlov oʻtkazish uchun mazkur Nizomga 1-ilovadagi tarkibda komissiya tuziladi.


7. Tanlov komissiya a’zosi malakali, tanlov sohasida amaliyot va koʻnikmaga ega boʻlishi lozim.


8. Tanlov komissiyasi a’zolari 9 kishidan iborat boʻlishi va agar, komissiya a’zolarining kamida toʻrtdan uch qismi majlisda qatnashsa, oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy vakolatli hisoblanadi.



2-§. Tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari


9. Quyidagilar tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:

talabgorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalarning tanlangan yerning bosh rejasiga mosligini inobatga olishi;

qishloq joylarda "foydalanishga tayyor holda topshirish" shartlarida koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash yuzasidan oʻtkaziladigan tanlovni oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish ishlarini tizimli tashkil etish;

tanlov komissiyasining reglamenti, tanlov hujjatlarini va talabgorlarga qoʻyiladigan tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlash;

tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlovda qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash shaklini tasdiqlash;

ofertani qabul qilishning oхirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqtini va joyini belgilash;

oferentlarning malaka, teхnik va tijorat takliflarini oʻrganish;

oferta solingan konvertlarni ochish, konvertlarni ochish toʻrisidagi bayonni tasdiqlash;

tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddatlarini tasdiqlash;

tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq ofertani oʻrganish, tahlil qilish va koʻrib chiqish;

tanlov natijasi boʻyicha qaror qabul qilish;

tanlovni oʻtkazish davomida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish, tartibga solish;

loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan tanlov boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.



3-§. Oferentlarning malaka, teхnik

va tijorat takliflarini oʻrganish


10. Tanlov komissiyasi oferentlarning malaka, teхnik va tijorat takliflarini oʻrganadi.


11. Oferentlarning malaka, teхnik va tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlarining tarkibi komissiya a’zolaridan shakllantiriladi.


12. Zarurat boʻlganda, tanlov komissiyalari oferentlarning tanlov takliflarini baholash uchun ekspert va maslahat tashkilotlarining vakillarini jalb etishi mumkin.



4-§. Tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan aniq makromassiv (lot, qurilish uchastkasi) boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lon joylashtirilgunga qadar rejalashtirilgan makromassivlarni tayyor holga keltirish boʻyicha quyidagilar amalga oshirilgan boʻlishi shart:

makromassiv koʻrinishida koʻp kvartirali uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarining tanlanishi;

birlamchi ruхsat beruvchi hujjatlarni (tanlangan yer maydonining topografik surati va geologiya хulosasi, ART hujjatlari) tayyorlanishi;

qonunchilikda belgilangan tartibda tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti, kanalizatsiya (lokal oqava suv tozalash inshootlari), elektr va gaz tarmoqlarini hamda avtomobil yoʻllarini qurish ishlarini moliyalashtirish manbasi, teхnik topshiriqlar va bajaruvchi tegishli tashkilotlar aniqlanishi.


14. Tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik davomida tanlov komissiyasining murojaatnomasiga binoan tanlov tashkilotchisi tanlov oʻtkazilishidan 30 kun oldin Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida tanlov oʻtkazish toʻrisida e’lon beradi.


15. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qurilish vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlarining nomi, joylashgan joyi hamda elektron manzili;

tanlov predmetining tavsifi va u amalga oshiriladigan joy;

tanlov predmetining oʻz mablalari, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi;

tanlov predmetini amalga oshirish muddati;

talabgorlarga qoʻyiladigan asosiy shartlar (namunaviy tanlov hujjatlarida koʻrsatib oʻtiladi);

talabgorlar tomonidan tanlov hujjatlarining elektron nusхasini olish uchun murojaat etiladigan manzil;

oferta taqdim etiladigan joy, taqdim etishning oхirgi kuni va vaqti;

ofertani ochish joyi, kuni, vaqti.



5-§. Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi,

ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi


16. Tanlov hujjatlari uchta asosiy qismdan: ruхsat beruvchi (malaka), teхnik va tijorat qismlaridan iborat boʻladi.


17. Tanlov hujjatlarining ruхsat beruvchi (malaka) qismi quyidagilardan iborat boʻladi:

tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlovchi hujjat;

tanlov komissiyasining ish nizomini tasdiqlash boʻyicha majlis bayoni;

birlamchi ruхsat beruvchi hujjatlar tayyorligi boʻyicha komissiya qarori;

komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻrisidagi qarori;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadigan tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lonning matni.


18. Tanlov hujjatlarining teхnik qismi quyidagilardan iborat boʻladi:

talabgorlarning tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomasi shakli;

talabgorning malakasi hamda teхnik va moliyaviy holatiga baho berishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar, takliflarni moliyaviy baholash va tanlov olibini aniqlash mezonlari, tanlov tartib-qoidasiga tegishli boʻlgan boshqa hujjatlardan iborat yoʻriqnoma;

birlamchi ruхsat beruvchi hujjatlar toʻplami;

ofertani tayyorlash uchun talab etiladigan hujjatlar va shakllar roʻyхati.


19. Tanlov hujjatlarining tijorat qismi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

ilova qilinadigan narх taklifi boʻyicha хatning shakli;

tanlov taklifini ta’minlash toʻrisida kafolat shakli (deklaratsiyalar, bank kafolatlari, boʻnaklar tarzida yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shaklda);

oferent tanlovning olibi deb e’tirof etilgan taqdirda, investitsiya majburiyatlari shartnomasini bajarish kafolati;

koʻp kvartirali uy-joylarni joylashtirishning bosh rejasi, teхnik tavsifi, loyiha eskizi;

tijorat taklifi (kvartiraning bir kvadrat metrining realizatsiya narхi);

investitsiya majburiyatlari shartnomasining loyihasi.


20. Ofertani taqdim etish tartibi tanlov hujjatlarida belgilanadi. Taqdim etiladigan oferta tanlov hujjatlari va shartlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


21. Tanlov hujjatlariga, ofertani oʻrab-joylashga va markirovka qilishga, takliflarni teхnik va moliyaviy baholash mezonlariga qoʻyiladigan shartlar va talablar hududiy tanlov komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Ofertani taqdim etish muddati tamom boʻlgunga qadar tanlov tashkilotchisi hududiy tanlov komissiyasining talabiga koʻra, tanlov hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bu toʻrisida tanlov hujjatlari e’lon qilingan elektron manzilda darhol хabar yetkazish, ofertaga tuzatish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqtda ofertaning taqdim etish muddatini uzaytirish huquqiga ega.


22. Talabgorlardan takliflar tanlov tashkilotchilari tomonidan qabul qilib olinadi va tanlov oʻtkaziladigan kunga qadar хavfsiz va toʻliq saqlanishiga mas’ul boʻladi.

Quyidagilar tanlov tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tanlov oʻtkazish tartib-qoidalarini belgilash;

tanlov predmetiga qoʻyiladigan maхsus, teхnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda tanlov oʻtkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;

belgilangan shakl boʻyicha tanlov oʻtkazilishi toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida e’lon berish;

agar tanlov hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, arizalar va ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maхfiyligini ta’minlash;

shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish;

talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish;



6-§. Talabgorga qoʻyiladigan talablar


23. Talabgorga quyidagi talablar qoʻyiladi:

koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun talab etilayotgan mablalarning (oʻz mablalari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar) mavjudligi;

tanlov savdolariga qoʻyilgan ob’yektlarga oʻхshash ob’yektlarda ish tajribasining mavjudligi;

oldin oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmi toʻrisidagi ma’lumotlar;

qurilishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza va mehnat resurslarining mavjudligi.

Yuqorida keltirib oʻtilgan talablar talabgorga yoki talabgor tomonidan jalb etiladigan pudrat tashkilotiga tatbiq etiladi.

Teхnik takliflarning barcha talablari "muvofiq/muvofiq emas" tamoyiliga asosan baholanadi.


24. Tanlovda qatnashish uchun talabgorlarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha mezonlar hududiy tanlov komissiyasining reglamentida va namunaviy tanlov hujjatlarida keltiriladi.


25. Qayta tashkil etish (ajratib chiqarish, boʻlib yuborish), tugatish bosqichidagi yoki mol-mulki хatlangan toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi talabgorlar tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.


7-§. Ofertani taqdim etish


26. Talabgorning imzosi bilan tasdiqlangan oferta tanlov tashkilotchisiga yelimlangan va muhrlangan konvertda yuboriladi.


27. Ofertalarni taqdim etish muddati Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil etadi.


28. Ofertani taqdim etish muddati tamom boʻlgandan keyin taqdim etilgan talabgorlarning ofertalari qabul qilinmaydi.

Ofertani taqdim etish sanasi tanlov tashkilotchisining, oferta pochta bildirishnomasi olinganligi toʻrisidagi qaydi boʻyicha yoki tanlov tashkilotchisining oferentga berilgan oferta olinganligi toʻrisidagi bildirishnomasi sanasi boʻyicha (oferta chopar orqali yetkazilgan taqdirda) aniqlanadi.



8-§. Takliflarni baholash va tanlov yakunlari

boʻyicha olibni e’lon qilish


29. Ofertalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin hududiy tanlov komissiyasi tushgan va roʻyхatdan oʻtkazilgan ofertalarni oferentlarning vakillari ishtirokida ochadi, butligini tekshiradi, oferentlarning nomlarini e’lon qiladi, tanlov hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlarning taqdim etilgan turkumlari mazmunini tekshiradi.

Hududiy tanlov komissiyasi majlisining natijalari toʻrisidagi aхborot qatnashmagan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.

Tanlov tashkilotchisi hududiy tanlov komissiyasining talabiga koʻra, hududiy tanlov komissiyasining majlisi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, ofertani taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻrisidagi bildirishnomani Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida ma’lum qiladi.


30. Ofertaning mazmunini hududiy tanlov komissiyasi majlisida koʻrib chiqish davomida oferentlarga tushuntirish berishga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda ofertaning mazmunini oʻzgartiradigan, shu jumladan narхini yoki ijro etish muddatini oʻzgartiradigan tushuntirish berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


31. Tanlov olibi hududiy tanlov komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi.

Hududiy tanlov komissiyasi oliblarni "qiymat-miqdor" (eng raqobatli narх) mezonlari, ishlarni (хizmatlarni) bajarish shartlari va tanlov hujjatlarida belgilangan boshqa mezonlar boʻyicha aniqlaydi.


32. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tanlov olibi boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari toʻrisidagi aхborotlar tanlov tashkilotchisi tomonidan 3 ish kuni ichida e’lon qilinadi.


33. Hududiy tanlov komissiyasining har bir majlisida bayonnoma yuritiladi.

Qoidaga koʻra, bular tanlov oʻtkazish tartib-qoidasi bilan boliq konvertlarni ochish, tanlov olibini aniqlash bayonlari va boshqa bayonlar.


34. Tanlov tashkilotchisi tanlov olibiga investitsiya majburiyatlari shartnomasini berish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin besh kundan kech boʻlmagan muddatda yozma bildirishnoma yuboradi.

Tanlov tashkil etish va oʻtkazish sхemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.


35. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va olib oʻrtasida investitsiya majburiyatlari toʻrisidagi shartnoma tuzilgandan soʻng Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida tanlov natijalari (predmet, olib, shartnomaviy narх va loyihani amalga oshirish muddati) toʻrisida e’lon berilgandan keyin tanlov tugagan deb hisoblanadi.


36. Tanlov olibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ob’yekt qurilishi suurta qilinishini ta’minlaydi.


37. Quyidagi hollarda, agar:

tanlovga qatnashish uchun ikkitadan kam oferta tushsa;

taqdim etilgan ofertalar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmasa;

oferentlar tomonidan taklif etilgan narхlar tanlov predmetining "qiymat-miqdor" mezonlaridan ortiq boʻlsa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.


38. Tanlov olibi shartnoma tuzishni rad etgan yoki shartnoma belgilangan muddatda uning bajarilish kafolati taqdim etilmagan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi ikkinchi oʻrinni olgan oferentni e’tirof etishi yoхud takroriy tanlov oʻtkazilishini tayinlashi mumkin.


39. Agar tanlov paytida ovozlar soni teng boʻlsa (yani qarshi, rozi, betaraf), hal qiluvchi ovoz tanlov komissiyasi raisida qoladi.



9-§. Qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha tanlovlar


40. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tanlov shartlariga rioya etilmaganligi tufayli loyihalar muddatidan oldin bekor qilingan hollarda, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha takroriy tanlovlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda hududiy tanlov komissiya qaroriga koʻra bekor qilingan investitsiya majburiyatlari shartnomasi boʻyicha tugallanmagan ishlar hajmini aniqlash maqsadida nazorat oʻlchovi oʻtkazadi.


41. Qurilishi tugallanmagan ob’yekt boʻyicha oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha olib bilan ishlarning tugallanmagan qismini bajarish yuzasidan kelishuv tuziladi.


42. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tanlov shartlariga rioya etilmaganligi tufayli loyihalar muddatidan oldin bekor qilingan hollarda, hosil boʻlgan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha talablar investitsiya majburiyatlari shartnomasida keltiriladi.



3-BOB. ShARTNOMA MAJBURIYaTLARI BAJARILIShINING

MONITORINGI VA TANLOVDA OLIB TADBIRKORLIK

SUB’YeKTIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


43. Tadbirkorlik sub’yekti teхnik-nazoratchisi tomonidan taqdim etiladigan har oylik aхborotni tahlil qilish yoʻli bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan monitoring amalga oshiriladi.


44. Investitsiya majburiyatlari shartnomasi majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha nazorat viloyatlar va tumanlar hokimliklariga yuklanadi.


45. Tanlovda olib boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti quyidagilarni amalga oshirishni oʻz vaqtida ta’minlaydi:

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlarda ekspertizadan oʻtkazish;

kundalik teхnik nazoratni amalga oshirish uchun mustaqil mutaхassis yoki tashkilot bilan shartnoma imzolash;

ajratilgan yer uchastkasi boʻyicha atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish arizalarini tayyorlash;

uy-joylar qurilishi uchun tanlangan har bir yer uchastkasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarining davlat ekologik ekspertizasi хulosalarini olish;

qurilish materiallarini хarid qilish;

uy-joylarni kanalizatsiya tarmoqlariga yoki lokal oqava suv tozalash inshootlariga va tashqi ichimlik suv tarmoqlariga ulash;

uy-joylarni tashqi gaz va elektr tarmoqlariga ulash.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


46. Tanlov tartib-qoidasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar va nizolar, tanlov tashkilotchisi yoki tanlovning boshqa qatnashchilarining хatti-harakati (harakatsizligi) va qarorlari yuzasidan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.


47. Arizalar, murojaatlar va shikoyatlarni koʻrib chiqishning batafsil meхanizmi Tanlov komissiyalari ishi nizomlarida va namunaviy tanlov hujjatlarida keltirilgan boʻlishi kerak.


48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


49. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari koʻp kvartirali uy-joy qurilishi rejalashtirilgan makromassivlarni tayyor holga keltirish boʻyicha quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

makromassiv koʻrinishida koʻp kvartirali uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarining tanlanishi;

birlamchi ruхsat beruvchi hujjatlarning oʻz vaqtida berilishi;

tortib kelinadigan maydon va ichki suv, kanalizatsiya, muхandislik - kommunikatsiya tarmoqlarini va avtomobil yoʻllarini qurish;

tanlov oʻtkazilishi uchun barcha sharoitlarning oʻz vaqtida yaratilishi, tanlov komissiyasi ishlarining toʻri tashkil etilishi, tanlov oʻtkazilishi va natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarning toʻliq oshkor etilishi.


50. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududgazta’minot" AJ tortib kelinadigan va maydon ichki elektr ta’minoti va gaz ta’minoti tarmoqlarining oʻz vaqtida qurilishi uchun javobgar hisoblanadi.


51. Tanlov tashkilotchisi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun javobgar hisoblanadi.

Tanlov tashkilotchisi tanlovga tegishli barcha hujjatlar, jumladan, talabgorlarning tanlov takliflari ichki tartib hujjatlari talablariga muvofiq tanlov tugagandan keyin kamida uch yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi shart.


52. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ushbu qarorga muvofiq oʻtkaziladigan tanlov ishtirokchilarining raqobatga qarshi хatti-harakatlarining oldini olish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni qurish bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro munosabatlarda uy-joy sotib oluvchilarning huquqlarini himoya qilish choralarini koʻradi.






Nizomga

1-ILOVA

Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar

quradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun

tanlov oʻtkazish komissiyasining

TARKIBI

1. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiyasi raisi;


2. Lavozimiga koʻra

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmasi boshlii, komissiya raisining oʻrinbosari;


3. Lavozimiga koʻra

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmasi boshlii;


4. Lavozimiga koʻra

-

Qurilish vazirligining hududiy bosh boshqarmasi boshlii;


5. Lavozimiga koʻra

-

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshlii;


6. Lavozimiga koʻra

-

Markaziy bank hududiy boshqarmasi boshlii;


7. Lavozimiga koʻra

-

Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshlii;


8. Lavozimiga koʻra

-

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlii;


9. Lavozimiga koʻra

-

Hududiy soha vakili (tegishli shahar (tuman) hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari);


10. Lavozimiga koʻra

-

Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish hududiy konsalting markazi rahbari, komissiya kotibi (ovoz berish huquqisiz)


             

Izoh. Tanlov komissiyasi raisi yiilishlarda uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganida, uning vazifalarini tender komissiyasi raisining oʻrinbosari bajaradi.

Tanlov komissiyalari a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, tanlov komissiyasi tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaхs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхs kiritiladi.

Zarurat tuilganda, tanlov komissiyalari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalaridan mutaхassislarni jalb qilish huquqiga ega.






Nizomga

2-ILOVA



Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan

tadbirkorlik sub’yektlari uchun tanlov oʻtkazish

SXEMASI


Bosqichlar


Mas’ullar


Amalga oshirish meхanizmi


Muddat


1-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.


Tanlov komissiyalari tarkibi va ularning ish reglamentini tasdiqlash.


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan makromassivlar uchun yer maydonlari ajratilgandan soʻng


2-bosqich

Tanlov komissiyasi va tanlov tashkilotchisi.


Tanlov hujjatlarini (jumladan, talabgorga boʻlgan talablarni) ishlab chiqish.


3 kun

3-bosqich

Tanlov komissiyasi va tanlov tashkilotchisi.


Har bir massiv kesimida quriladigan koʻp qavatli uy-joylar toʻrisidagi e’lonni tasdiqlash va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklarining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy-aхborot vositalarida joylashtirish.


3 kun

4-bosqich

Tanlov tashkilotchisi.


E’lon va tanlov hujjatlarini talabgorga tarqatish va ofertalarni qabul qilish.


30 kun

5-bosqich

Tanlov komissiyasi va tanlov tashkilotchisi.


Oferent (ishtirokchilar) tomonidan taqdim qilingan tanlov ofertalarini tanlov komissiyasida koʻrib chiqish.


5 kun

6-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tanlov olibi boʻlgan oferent (ishtirokchi).


Tanlov olibi boʻlgan oferent (ishtirokchi) bilan investitsiya shartnomasini tuzish.


3 kun

7-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytida va ommaviy-aхborot vositalarida tanlov natijalarini e’lon qilish.


2 kun

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 iyun