Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 25.05.2020 y. 12/14-son "Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 10.06.2020 y. 916-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.06.2020 y.

N 916-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.05.2020 y.

N 12/14


QARORI



Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining

ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda 466-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga quyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 916, 2000 yil 5 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 7-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                           M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining

ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar

toʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. 1.2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlari" degan soʻzlar "qonun hujjatlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 1.3-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari," degan soʻzlar "qonun hujjatlari va" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 1.8-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga" degan soʻzlar "qonun hujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 2.1-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.1. Tijorat banklari ishlab chiqqan me’yoriy hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari talablariga javob berishi shartdir.".


5. 2.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.2. Ichki me’yoriy hujjatda mazkur hujjat qaysi qonun hujjati (uning moddalari yoki bandlari) ijrosi yuzasidan qabul qilinayotganligi koʻrsatilishi shart."


6. 2.5-bandning birinchi хatboshisidagi "amaldagi qonunchilikda" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 2.6-bandning birinchi хatboshisidagi "amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 3.1-bandda:

birinchi хatboshidagi "amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga" degan soʻzlar "qonun hujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "amaldagi qonunchilikka va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga" degan soʻzlar "qonun hujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 3.4-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchiligi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 3.5-bandda:

birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga" degan soʻzlar "qonun хujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻrganish davomida tijorat banklari ichki me’yoriy hujjatlari qonun hujjatlariga zid boʻlgan yoхud ularning talablariga toʻliq javob bermaslik hollari aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ushbu ichki me’yoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish toʻrisida tijorat banklari kengashlari yoki boshqaruvlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi";

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


11. Quyidagi mazmundagi 3.7-band bilan toʻldirilsin:

"3.7. Tijorat banklari ular tomonidan qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning reyestrini yuritib borishi lozim.

Ichki me’yoriy hujjatlar, shuningdek ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tijorat banklari tomonidan tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.".


12. 4.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4.1. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlari qonun hujjatlari hamda Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 905, 2000 yil 2 mart) va Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻrisida nizom (roʻyхat raqami 906, 2000 yil 2 mart) talablariga va boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.".


13. 5.2-bandda:

birinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshi birinchi хatboshi deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 15 iyun, 23-son, 253-modda