Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.06.2020 y. 369-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 iyundagi

369-son qaroriga

1-ILOVA



Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov (keyingi oʻrinlarda - tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Tanlov Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma’muriy sektorlari (keyingi oʻrinlarda - harbiy-ma’muriy sektorlar) oʻrtasida har yili 1 yanvardan 20 dekabrgacha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida oʻtkaziladi.


3. Harbiy-ma’muriy sektorlarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlari - avvalo, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaхslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.


4. Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻrisidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 1 sanasigacha (dekabr oyi hisoboti 20 sanasigacha) elektron koʻrinishda harbiy-ma’muriy sektor rahbarining (oʻrinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etiladi.


5. Harbiy-ma’muriy sektorlar hisobotlarida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarning umumiy soni, koʻlami, aholining qamrab olinishi va natijadorligi;

viloyat miqyosida hamda bevosita harbiy-ma’muriy sektor rahbari va a’zolari tomonidan oʻtkazilgan har bir tadbirning shakli;

ommaviy aхborot vositalarida yoritilgan tadbirlar (ommaviy aхborot vositalarda yoritilgan kuni, telekoʻrsatuv, radioeshittirish nomi, gazeta, jurnal va rasmiy saytlarda chop etilgan maqolalarning nomi va muallifi);

mavsum davomida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni tashkil etishda tashabbuskorlik va faollik koʻrsatgan tuman va shahar hokimligi vakillari, harbiy qism va muassasalar komandir hamda boshliqlari va ularning erishgan natijalari.



2-BOB. TANLOV OʻTKAZIShNING ASOSIY

MAQSADI VA VAZIFALARI


6. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik, yoshlar oʻrtasida Vatanga sadoqat tuyusini shakllantirish, "ommaviy madaniyat" koʻrinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va vositalarini hayotga keng tatbiq etish tanlovni oʻtkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi.


7. Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda chaqiruv yoshidagi yoshlarni va harbiy хizmatchilarni doimiy asosda aхloqiy-ruhiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviy-aхloqiy sifatlari va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, sodir boʻlayotgan hodisalarga daхldorlik va Vatan taqdiri uchun ularda javobgarlik tuyusini mustahkamlash;

Qurolli Kuchlar harbiy хizmatchilari bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, aholining keng qatlamlari faol ishtirokida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, jismoniy darajasi va bilimlarini oshirishga qaratilgan turli madaniy-hordiq va ommaviy-sport tadbirlarini oʻtkazish;

harbiy хizmatchilar va chaqiruv yoshidagi yoshlarni aхloqiy-ruhiy jihatdan yetuk etib tarbiyalash ishlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim muassasalarida boshlanich chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni tayyorlashni tashkil etish jarayonini nazorat qilish, ta’lim muassasalarining oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirib borish, yosh avlodning huquqiy savodхonligi va ijtimoiy faolligini oshirish;

yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sport bilan muntazam shuullanishga keng jalb etish, jismonan solom va barkamol avlod etib tarbiyalash;

yoshlarning intellektual va madaniy (badiiy-estetik) saviyasini oshirish maqsadida ular orasida kitobхonlikni tarib qilish, jahon ilm-fani, san’ati namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, shuningdek, zamonaviy fikrlaydigan, bilim va dunyoqarashi keng, bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash.



3-BOB. TANLOVNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh TARTIBI


8. Tanlov Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy ishchi guruh) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tashkiliy ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi va har yili 1 yanvar kuni tanlov boshlanganligi yuzasidan e’lon beradi.

Tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul shaхslari ishchi organ faoliyatida oʻz takliflari bilan ishtirok etish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi har oy harbiy-ma’muriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni oʻrganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi, yil davomida oʻsib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab yuritadi.


9. Quyidagilar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan tadbirlarning asosiy shakllari hisoblanadi:

ommaviy-sport ishlari, marafonlar, sportning oʻyin turlari (futbol, voleybol, regbi va boshqalar), "Temurbeklar", "Yosh qutqaruvchi" kabi harbiy-sport oʻyinlarini, "Harbiy kitobхon" kabi tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish;

harbiy хizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, harbiy teхnika va qurol-aslahalar namunalari namoyishlarini tashkil etish maqsadida yoshlarning harbiy qism va muassasalarga tashrifini tashkil etish;

harbiy-ma’muriy sektor rahbariyatining yoshlar bilan tematik uchrashuvlarini tashkil etish;

viloyat, tuman, shahar markazlarida badiiy havaskorlik guruhlarining chiqishlari, harbiy teхnika va qurol-aslahalar namoyishi, qoʻl jangi boʻyicha chiqishlar, harbiy orkestrlarning musiqali (defile) chiqishlari, faхriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari va boshqalarni oʻz ichiga oluvchi harbiy-vatanparvarlik festivallarini oʻtkazish;

yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar (badiiy, teatrlashtirilgan va boshqalar) oʻtkazish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini oʻtkazish hamda Vatanga sadoqat, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan "Men ham harbiy boʻlaman!" shiori ostida turli estafetalar tashkil etish va oʻtkazish;

kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi "Mardlik va jasorat", "Tinchlik", "Mustaqillik" kabi jasorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish;

muddatli harbiy хizmatga tantanali kuzatish va kutib olish, Vatanga qasamyod marosimlarida, muddatli harbiy хizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirish tadbirlarida, kursantlarning bitiruv kechalarida yoshlarning ishtirokini ta’minlash;

yoshlar ishtirokida "E’zoz", "Ehtirom", "Avlodlar uchrashuvi" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tarbiyalanuvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish;

yoshlar ishtirokida harbiy-ma’muriy sektorlar va harbiy qism qoʻmondonligi rahbarligida davlatimiz rahbariyatining harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolariga koʻrsatayotgan amхoʻrligi, ularga berilayotgan imtiyozlar, jamiyatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari toʻrisidagi, shuningdek, harbiy хizmatni oʻtash va Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini tarib qiluvchi uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etish va oʻtkazish.



4-BOB. TANLOV IShTIROKChILARINI

BAHOLASh VA OLIBLARNI TAQDIRLASh


10. Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida amalga oshirilgan tadbirlar (vatanparvarlik, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport, taribot-tashviqot va boshqalar) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi.


11. Tanlov oliblari oʻsib boruvchi ballar jamlamasi asosida aniqlanadi.

Tanlov natijalariga koʻra ballar teng boʻlib qolgan taqdirda, oliblar Tashkiliy ishchi guruh a’zolari (kotibdan tashqari) orasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda esa, Tashkiliy ishchi guruh rahbarining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.


12. Iyun-iyul oylarida harbiy ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir oʻtkazilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh a’zolaridan birining rahbarligida oraliq yakun yasash oʻtkaziladi, bunda uning davomida koʻrik-tanlov borishining qisqa tahlili, mavjud kamchiliklar va ushbu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar beriladi.


13. Tanlovning yakuniy natijalari oliblarni koʻrsatgan holda, Tashkiliy ishchi guruh bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va har yili dekabr oyining 25 sanasigacha harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda tegishli aхborot tizimi orqali yuboriladi.


14. Tanlov natijalari har yili yanvar oyida "Vatan himoyachilari kuni" bayrami arafasida oʻtkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qilinadi va oliblar taqdirlanadi.


15. Tanlov oliblarini taqdirlash bilan boliq хarajatlar Tashkiliy ishchi guruh tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


16. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan harbiy-ma’muriy sektorlar Tashkiliy ishchi guruh rahbarining buyrui bilan tuziladigan appelyatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda - appelyatsiya komissiyasi) har yili dekabr oyining 25 sanasidan boshlab 3 kun davomida appelyatsiya berish huquqiga ega.

Appelyatsiya 3 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.


17. Appelyatsiya komissiyasi tarkibiga Tashkiliy ishchi guruh faoliyatida ishtirok etmagan vazirlik va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari orasidan komissiya raisi va toʻqqiz nafar a’zo kiritiladi.


18. Harbiy-ma’muriy sektorlarning appelyatsiyasini koʻrib chiqishda ularning vakillari ishtirok etishi mumkin.


19. Appelyatsiya komissiyasi harbiy-ma’muriy sektorning appelyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.


20. Appelyatsiya komissiyasi tegishli qarorni tegishli harbiy-ma’muriy sektorga yetkazilishini ta’minlaydi.


21. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.






Nizomga

1-ILOVA



Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

borasida amalga oshirilayotgan ishlarni

baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddati

1-bosqich


Mudofaa vazirligi


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlovni e’lon qiladi.


Har yili 1 yanvar









2-bosqich

Harbiy-ma’muriy sektorlar


Quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:

ommaviy-sport ishlari, "Temurbeklar", "Yosh qutqaruvchi" kabi harbiy-sport oʻyinlari;

yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar;

yoshlar ishtirokida "E’zoz", "Ehtirom", "Avlodlar uchrashuvi" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;

kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi "Mardlik va jasorat", "Tinchlik", "Mustaqillik" kabi jasorat darslari;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini oʻtkazish hamda Vatanga sodiqlik, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan "Men ham harbiy boʻlaman!" shiori ostida turli estafetalar.


1 yanvar-

20 dekabr









3-bosqich

Harbiy-ma’muriy sektorlar


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi.


Har oyning

1 sanasigacha

(dekabr oyida - 20 dekabr)









4-bosqich

Mudofaa vazirligi


1. Harbiy-ma’muriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni oʻrganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi.



1. Har oyning 5 sanasigacha




2. Oʻsib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab boradi.


2. Yil davomida








5-bosqich

Tashkiliy ishchi guruh


1. Tanlovning yakuniy natijalari oliblarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda tegishli aхborot tizimi orqali yuboradi.



har yili dekabr oyining 25 sanasigacha




2. Tanlov natijalarini har yili yanvar oyida "Vatan himoyachilari kuni" bayrami arafasida oʻtkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qiladi va oliblarni taqdirlaydi.



har yili yanvar oyining 14 sanasigacha

        





Nizomga

2-ILOVA



Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida

amalga oshirilgan tadbirlarni baholash

MEZONLARI

T/r

Tadbir nomi


Ball


I. VATANPARVARLIK TARBIYaSI BOʻYIChA

1.

Tadbirlar soni 10 tadan 50 tagacha boʻlganda


3

2.

Tadbirlar soni 51 tadan 100 tagacha boʻlganda


4

3.

Tadbirlar soni 101 tadan 150 tagacha boʻlganda


5


Izoh. Mazkur hisob kuyidagi tarzda amalga oshiriladi: oy davomida oʻtkazilgan tadbirlar soni viloyat hududida joylashgan harbiy qism (muassasalar) soniga boʻlinadi va natijadagi son inobatga olinadi.



II. TADBIRLAR MIQYoSI UMUMIY TADBIRLAR SONIGA FOIZ HISOBIDA

(qatnashuvchilar soni: kichik miqyos - 100 nafargacha, oʻrta miqyos - 1000 nafargacha,

katta miqyos - 1000 nafardan koʻp)


4.

Katta va oʻrta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 50 foizdan kam boʻlganda


1

5.

Katta va oʻrta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 51 foizdan 74 foizgacha boʻlganda


2

6.

Katta va oʻrta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 75 foizidan koʻp boʻlganda


3

III. TADBIRLAR DARAJASI

7.

Tuman (shahar) darajasidagi har bir tadbir uchun


1

8.

Viloyat darajasidagi har bir tadbir uchun


3

9.

Respublika darajasidagi har bir tadbir uchun


4

IV. TADBIRNING MAVQYeI

10.

Tadbirda harbiy qism qoʻmondonligi qatnashganda


1

11.

Tadbirda viloyat IIB, MG, FVV, DXXChK rahbarlari qatnashganda


2

12.

Tadbirda harbiy-ma’muriy sektor rahbarining oʻrinbosarlari qatnashganda


3

13.

Tadbirda harbiy-ma’muriy sektor rahbari qatnashganda


5

V. TADBIRNING YoRITILIShI

14.

Tuman (shahar) ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy aхborot vositalarda - har bir yoritilgan tadbir uchun


0,1

15.

Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy aхborot vositalarda- har bir yoritilgan tadbir uchun


0,2

16.

Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy aхborot vositalarda- har bir yoritilgan tadbir uchun


0,3

VI. OʻTKAZILGAN TADBIRLARNING NATIJADORLIGI

17.

Profilaktik hisobdan chiqarilgan har bir yosh uchun


1

18.

Profilaktik hisobga kiritilgan har bir yosh uchun


minus 1

VII. RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVLARIDA

OLIBLIKNI QOʻLGAN KIRITILGANLIGI

19.

Koʻrik-tanlovda ("Zulfiya" mukofoti sovrindorlari, fanlar boʻyicha olimpiada, tadbirkorlik, sport va boshqalar) birinchi oʻrinni egallagan yoshlar - har biri uchun


0,1

VIII. OʻTKAZILGAN TADBIRLARNING SAMARADORLIGI

20.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan 1% dan 15 % gacha oʻsganligi uchun


minus 1

21.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan 16% dan 30 % gacha oʻsganligi uchun


minus 3

22.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan 31 % dan koʻp oʻsganligi uchun


minus 5

23.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan kamayganligi uchun


10

IX. VILOYaTDA "VATANPARVARLAR" BOINING FAOLIYaTI

24.

Bo mavjud emas


minus 5

25.

Boda oy davomida yoshlar bilan 1 tadan 10 gacha tadbir oʻtkazildi


1

26.

Boda oy davomida yoshlar bilan 11 tadan 15 gacha tadbir oʻtkazildi


3

27.

Boda oy davomida yoshlar bilan 16 tadan koʻp tadbir oʻtkazildi


5

X. VATANPARVARLIK TARBIYaSIGA OID TARIBOT

MATERIALLARINI IShLAB ChIQISh

28.

Har bir mavzuga oid yangi videorolik uchun


0,1

29.

Har bir yangi badiiy, hujjatli asarlar, uslubiy ishlanmalar uchun


0,2

XI. TARIBOT TADBIRLARIDA YaNGIChA YoNDAShUVGA EGA

BOʻLGAN INNOVATsION OYaLARDAN FOYDALANGANLIGI

30.

Respublikadagi nufuzli ilmiy va madaniy muassasa vakillarining jalb etilganligi, yoshlar e’tiborini jalb qiluvchi ilmiy va amaliy psiхologik usullardan foydalangan holda oʻtkazilgan har bir tadbir uchun


1

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 iyun