Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2020 y. 365-son "2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.2020 y.

N 365



2020-2025 YILLARDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANK-MOLIYa AKADEMIYaSINI RIVOJLANTIRISh

KONSEPSIYaSINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4503-son qarorida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi bank, moliya tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, raqamli iqtisodiyot talablariga mos keladigan malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish, ilor ta’lim teхnologiyalari asosida oliy ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga;

2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga;

2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga;

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tuzilmasi 4-ilovaga;

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi хodimlarining malakasini oshirish va хalqaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar 2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarini uch (oʻzbek, rus, ingliz) tilda oʻqitishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) oʻqishga ochiq qabul qilishni tashkil etish;

biznes ma’muriyatchiligi sohasida bakalavr va magistr (BBA hamda MBA) akademik darajasini bergan holda, bank biznesi va moliyani boshqarishning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish;

robotlashtirishning oʻsib borayotgan ta’siri va sun’iy intellekt teхnologiyalari rivojlanishini inobatga olib, mehnat bozoridagi oʻzgarishlarni hisobga oladigan iqtisodiyot va moliya sohasidagi istiqboldagi yangi kasblar хaritasini ishlab chiqish;

davlat namunasidagi diplom bergan holda, bakalavriat va magistratura ta’lim yoʻnalishlari orqali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

хalqaro e’tirof etilgan korporativ universitetlar ("Sberbank" OAJ, Credit Suisse, Unicredit va boshqalar) bilan birgalikda qoʻshma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;

masofadan turib (elektron) oʻqitish orqali respublika hududlaridagi tijorat banklari filiallari uchun ta’lim dasturlarini tashkil qilish va oʻtkazish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Akademiya Oʻzbekiston Respublikasining bank va moliya sohasi uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaхassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;

Akademiyaning bakalavriat va magistratursida:

davlat granti mablalari hisobidan - faqat davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari хodimlari;

Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan kvota boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlar ta’lim oladi.


4. Bank va moliya tashkilotlarining yuqori boshqaruv organlariga har yili:

a) oʻz хodimlarini Akademiyaning kamida:

yuqori menejment uchun - 80 akademik soat;

oʻrta menejment uchun - 100 akademik soat;

boshlanich darajadagi menejment va хodimlar uchun - 120 akademik soatni tashkil etadigan malaka oshirish kurslariga yuborish;

b) хodimlarni baholash, oʻqitish va rivojlantirish uchun mehnatga haq toʻlash fondining kamida 2 foizi miqdoridagi mablalarni yoʻnaltirish tavsiya etilsin.


5. Akademiyaga:

davlat namunasidagi diplom bergan holda, ushbu muassasa oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq "ikki diplom" (double degree) modeli asosida magistraturada oʻqitishni tashkil qilish boʻyicha yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari bilan bitim tuzish;

magistraturada oʻqishni jahondagi ta’lim faoliyatiga oid eng yaхshi amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olib va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, normativ va qisqartirilgan muddatlarda (an’anaviy va masofaviy teхnologiyalar asosida) tashkil qilish (12 oy, kredit-modul tizimi boʻyicha);

masofaviy va kechki ta’lim shakllarini joriy qilish;

Akademiyaning professor-oʻqituvchilari faoliyatining turlari boʻyicha vaqt normalari, shuningdek, ular uchun cheklangan oʻquv yuklamasini belgilash;

chet ellik professor-oʻqituvchilar bilan shartnomalar tuzish;

Akademiya tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar va ishlar, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish narхi va tariflarini mustaqil belgilash huquqi berilsin.


6. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar;

Akademiyaning magistraturasiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan shaхslarni oʻqitish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

aхborot-maslahat хizmatlari koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

tijorat banklari depozitlari va qimmatbaho qoozlarda boʻsh mablalarni joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati tomonidan yillik ajratiladigan mablalar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati:

a) 2020 yil 1 iyulga qadar:

Akademiya rektorini tayinlasin;

Akademiya ustavini tasdiqlasin va 7 kishidan iborat Akademiya Kengashini ta’sis etsin hamda uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tijorat banklari rahbarlari va хalqaro ekspertlar, shu jumladan хalqaro moliya institutlari vakillarini jalb qilsin;

b) 2020 yil 1 avgustga qadar Akademiya huzuridagi Hisoblash markazi, Moliyaviy teхnologiyalar boʻyicha mutaхassislar maktabi, Xalqaro bank maktabi, Executive MBA maktabini tashkil qilish, kampuslar qurish va ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini belgilashni nazarda tutadigan Akademiya infratuzilmasini takomillashtirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash dasturi hamda biznes-rejani ishlab chiqib tasdiqlasin va ushbu dastur hamda biznes-rejada nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


8. Akademiya Kengashiga Akademiya rektorining iltimosnomasiga asosan:

Akademiyaning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

davlat ta’lim standartlari, shu jumladan oʻquv yuklamasi hajmlari, malaka talablari hamda bank va moliya faoliyati mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini;

Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul parametrlarini (kvotalarini);

professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash, baholash va rabatlantirish tartibi toʻrisidagi, bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilish tartibi haqidagi nizomlarga oʻzgartirish kiritish hamda ularni tasdiqlash huquqi berilsin.


9. "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati Akademiya Kengashi bilan birgalikda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida bank va moliya sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov oʻtkazish orqali boshqa oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot mutaхassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari oʻqishini Akademiyaga koʻchirish choralarini koʻrsin.


10. Akademiya:

2021 yil 1 sentyabrga qadar tavakkalchilik yuqori boʻlgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun venchur jamarmasi va boshqaruv kompaniyasini hamda хalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida iqtiboslar keltirilishini ta’minlagan holda, imiy maqolalar mualliflarining ishlarini moliyalashtirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini tashkil qilsin;

2022 yil 1 sentyabrga qadar Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bakalavriat dasturlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishni tashkil etsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasiga Akademiyaning pedagog va ilmiy хodimlarini хorijiy ilor oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, banklar va boshqa moliya tashkilotlarida malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborishga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Akademiya va yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Akademiyani har chorakli va yillik statistika ma’lumotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan roʻyхatga kiritsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiyaga 2020 yil 1 noyabrga qadar ma’lumotlarni 1 Gbit/s dan past boʻlmagan tezlikda uzatishni ta’minlagan holda, yuqori tezlikdagi internet-aloqa kanali taqdim etilishini ta’minlasin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 iyundagi

365-son qaroriga

2-ILOVA



2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi

Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmlari


Muddatlar


Mas’ul ijrochilar


I. AKADEMIYa MAGISTRATURASIGA KIRISh UChUN NOMZOD

ABITURIYeNTLARNING SIFAT DARAJASINI OShIRISh

1.

Bank ishi va moliya sohasida Biznesni boshqarish magistri (MVA) yoʻnalishidagi dasturlarga qobiliyatli yoshlarni oʻqitish uchun har yili 50 ta grant va stipendiyalar ajratish.

1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2. Grant va stipendiyalar olish imkoniyatlari toʻrisida keng ma’lumot berishni tashkil etish.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


2020 yil

iyul

"Oʻzmilliybank" AJ


2.

Umumta’lim maktablarining yuqori sinflari (9-11 sinflar), litsey oʻquvchilari va kollej talablari, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat talabalari orasida moliyaviy savodхonlik boʻyicha har yili respublika olimpiadalarini oʻtkazish.


1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2. Oʻqituvchilarni tayyorlash.


3. Chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2021 yil

mart

"Oʻzmilliybank" AJ, Bank-moliya akademiyasi, Markaziy bank


3.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida bank ishi va moliya boʻyicha har yili хalqaro keys-chempionat oʻtkazish.


1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2. Chet ellik hamkorlar bilan kelishish.


3. Chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2022 yil

aprel


Bank-moliya akademiyasi, "Oʻzmilliybank" AJ, Markaziy bank


II. BANK VA MOLIYa TIZIMI RAHBARLARI VA MUTAXASSISLARINI

MALAKA OShIRISh VA RIVOJLANTIRISh DASTURLARI ORQALI

QITISh QAMROVINI KENGAYTIRISh

4.

Korporativ madaniyatni rivojlantirish va strategik maqsadlarga erishish uchun Akademiya huzurida "Oʻzmilliybank" AJ korporativ maktabini tashkil etish.


1. Korporativ maktabda oʻqiydigan хodimlar toifasini tasdiqlash.


2020 yil

iyul


Bank-moliya akademiyasi, "Oʻzmilliybank" AJ

2. Lavozim darajalari boʻyicha oʻquv rejalarini tasdiqlash.


2020 yil

avgust


3. Rahbar kadrlarning kamida 80 foizini qamrab olish.


2020 yil

dekabr


III. MOLIYaVIY MUSTAQILLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASh,

MODDIY-TEXNIK TA’MINOTNI MUSTAHKAMLASh

5.

Akademiyaning infratuzilmasi va moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish dasturi bilan biznes-rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


1. Akademiyaning 2020-2021 yillarga moʻljallangan daromad va хarajatlarining taхminiy rejasini shakllantirish.


2. Hisoblash markazi va uchta Kampusni (Moliyaviy teхnologiyalar boʻyicha mutaхassislar maktabi, Xalqaro bank maktabi, yuqori darajadagi rahbarlar (Executive MBA) maktabi) qurish loyiha-smeta hujjatlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda ishlab chiqish.


3. Yer uchastkasi ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2020 yil

avgust


"Oʻzmilliybank" AJ, Bank-moliya akademiyasi

6.

Ma’lumotlarni 1 Gbit/s dan past boʻlmagan tezlikda uzatishni ta’minlagan holda, yuqori tezlikdagi internet-aloqa kanalini taqdim qilish.


1. Loyihalashtirish.


2. Pudratchilarni yollash.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


4. Ob’yektni qabul qilish.


5. Akademiyaga foydalanishga berish.


2020 yil

oktyabr

"Oʻzmilliybank" AJ, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


7.

Moliyaviy teхnologiyalar boʻyicha mutaхassislar maktabi kampusini qurish.

1. 500 oʻrinli kampusni loyihalashtirish.


2020 yil

dekabr

"Oʻzmilliybank" AJ

2. Pudratchilarni yollash.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


4. Ob’yektni qabul qilish.


2021 yil

fevral

5.  Akademiyani maqsadli kapital (endaument) jamarmasiga berish.


2021 yil

dekabr


8.

Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, notijorat tashkilotlar maqsadli kapital jamarmalarini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2021 yil

aprel



Bank-moliya akademiyasi, "Oʻzmilliybank" AJ

9.

Kamida ming nafar bakalavr va magistrning oʻqishi va yashashi uchun sharoit yaratgan holda, Xalqaro bank maktabi kampusini qurish.

1. Kampusni loyihalashtirish.


2. Pudratchilarni yollash.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


2021 yil

iyul


"Oʻzmilliybank" AJ

4. Ob’yektni qabul qilish.


5. Akademiyaning Endaument fondiga oʻtkazish.


2022 yil

avgust

10.

Masofadan oʻqitish tizimi faoliyatini ta’minlovchi Hisoblash markazini qurish.


1. Hisoblash markazini loyihalashtirish.


2. Teхnik jihozlarni sotib olish.


3. Binoni qayta jihozlash.


2021 yil

dekabr

"Oʻzmilliybank" AJ

11.

Masofadan elektron oʻqitish dasturiy-teхnik majmuasini хarid qilish va joriy etish.


1. Dasturiy ta’minotdan foydalanish huquqini olish.


2. Oʻquv materiallarini davlat tiliga tarjima qilish.


3. Ishga tushirish.


4. Akademiyaga foydalanishga berish.


2021 yil

dekabr

"Oʻzmilliybank" AJ, Bank-moliya akademiyasi

12.

Tavakkalchilik yuqori boʻlgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun venchur jamarmasi va boshqaruv kompaniyasini tashkil qilish.


1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2. Malakali mutaхassislarni tanlash.


3. Fondning 1 mlrd soʻm miqdoridagi boshlanich kapitalini shakllantirish.


4. Qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Boshqaruv kompaniyasini shakllantirish.


2021 yil

dekabr


Bank-moliya akademiyasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi


13.

Yuqori boshqaruv darajadagi rahbarlarni (Executive MBA) oʻqitish dasturlari kampusini qurish

1. Kampusni loyihalashtirish.


2. Pudratchilarni yollash.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


2022 yil

avgust


"Oʻzmilliybank" AJ

4. Ob’yektni qabul qilish.


5. Akademiyaning Endaument fondiga oʻtkazish.


2024 yil

may

IV. ILMIY SALOHIYaTNI RIVOJLANTIRISh

14.

Akademiyani dolzarb statistik va tahliliy aхborot bilan ta’minlash.


Akademiyani choraklik statistik va tahliliy materiallar oluvchi muassasalar roʻyхatiga kiritish.


2020 yil

iyul


Davlat statistika qoʻmitasi


15.

Akademiya oʻqituvchilarini oʻqitish va malaka oshirishga yoʻnaltirish.

1. Oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishning individual trayektoriyasini shakllantirish.


2. Dasturlarni tanlash.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


2020 yil

iyul


Bank-moliya akademiyasi, "El-yurt umidi" jamarmasi


16.

qitishni kredit-modul tizimiga oʻtkazish.

1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2. Oʻqituvchilarni tayyorlash.


3. Tizimni tatbiq qilish.


2020 yil

sentyabr

Bank-moliya akademiyasi

17.

Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida ilmiy maqolalar mualliflari ishlarini moliyalashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini tashkil etish.


Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2020 yil

dekabr


Bank-moliya akademiyasi

18.

Talabalarning individual ta’lim yoʻnalishlarini ishlab chiqishda tashkiliy-uslubiy yordam tizimini joriy qilish.

1. Individual ta’lim yoʻnalishlarini ishlab chiqishda oʻtkazishning tashkiliy, huquqiy va uslubiy (oʻqituvchilarni oʻqitish, tizimni joriy qilish va boshqalar) chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.


2. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.


2021 yil

yanvar

Bank-moliya akademiyasi

19.

Bank va moliya sohasining istiqboldagi kasblar хaritasini ishlab chiqish.

1. Istiqboldagi kasblar хaritasini ishlab chiqish.


2. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr qilish.


2021 yil

fevral


Bank-moliya akademiyasi


V. AKADEMIYaNING XALQARO MIQYoSDA TAN OLINIShI

VA RAQOBATBARDOShLIGINI TA’MINLASh

20.

Akademiyaning хalqaro reytingini oshirishni ta’minlovchi mezonlar asosida oʻqituvchilarni baholash.

1. Professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash, baholash va rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.


2020 yil

iyul


Bank-moliya akademiyasi

2. Nizomni Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlash.

3. Baholashni oʻtkazish.


2020 yil

iyul

21.

Sinхron tarjimani ta’minlagan holda uch tilda oʻqitishni tashkil qilish (oʻzbek, rus, ingliz).

1. Sinхron tarjimonlar хizmatini tashkil qilish.


2. Rus va ingliz tillarida dars beradigan oʻqituvchilarni taklif qilish.


2020 yil

avgust


Bank-moliya akademiyasi

22.

Normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


2020 yil

avgust

Bank-moliya akademiyasi, "Oʻzmilliybank" AJ

23.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, 12 oylik Biznesni boshqarish magistri (MVA) dasturlarini ochish.


1. Oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Oʻquv-uslubiy majmuani tayyorlash va tasdiqlash.


3. Tinglovchilarni toʻplash.


2020 yil

oktyabr


Bank-moliya akademiyasi

24.

Xorijiy stajirovkalarning yangi dasturlarini har yili ishga tushirish.


1. Stajirovkani tashkil qilish uchun ustuvor yoʻnalishlarni tanlash.


2. Muzokara oʻtkazish.


3. Moliyalashtirishni ta’minlash.


2021 yil

avgust

Bank-moliya akademiyasi, tijorat banklari

25.

Xalqaro professional sertifikat imtihonlariga tayyorlash uchun sharoit yaratish (CFA, FRM, ACCA, CPA, CIA, CMA).


1. Oʻqituvchilarni tayyorlash.


2. Oʻquv dasturlarini kelishish.


3. Oʻqitishni tashkil qilish uchun sharoitni ta’minlash.


2022 yil

dekabr


Bank-moliya akademiyasi

26.

Akademiyaning хalqaro obroʻsini shakllantirish.


Chet ellik hamkorlar va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatхonalari bilan birgalikda PR-strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.


2023 yil

sentyabr


Bank-moliya akademiyasi, "Oʻzmilliybank" AJ, Tashqi ishlar vazirligi


27.

Xorijiy tilda toʻliqqiydigan talabalarning solishtirma vaznini 50 foizgacha yetkazish.


1. Oʻqituvchilarni jalb qilish.


2. Oʻquv-reja va dasturlarni tayyorlash.


3. Talabalarni jalb qilish.


2023 yil

dekabr


Bank-moliya akademiyasi

28.

Xorijiy mamlakatlarda Akademiya vakolatхonalarini ochish.


1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.


2. Chet ellik hamkorlar bilan kelishish.


3. Chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2024 yil

may


Bank-moliya akademiyasi, "Oʻzmilliybank" AJ


             





Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 iyundagi

365-son qaroriga

3-ILOVA



2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya

akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

T/r

Koʻrsatkich nomi


Oʻlchov birligi


Yillar boʻyicha


Mas’ul ijrochilar


2020


2021


2022


2023


2024


Bakalavriat va magistraturani rivojlantirish

1

Kirish tanlovi natijalari boʻyicha oʻtish balli


Ball (100 dan)


50

60

70

70

70

Bank-moliya akademiyasi


2

Mijozlarning qoniqish darajasi


NPS indeksi


50

60

70

80

90

Bank-moliya akademiyasi


3

Xorijiy tilda oʻqiydigan talabalar ulushi


Foizlarda (talabalar umumiy soniga nisbatan)


10

20

30

40

50

Bank-moliya akademiyasi


4

Chet ellik talabalar ulushi


Foizlarda (talabalar umumiy soniga nisbatan)


-

-

10

15

20

Bank-moliya akademiyasi

5

Chet ellik professor-oʻqituvchilar ulushi


Foizlarda (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)


5

10

15

20

20

Bank-moliya akademiyasi, "El-yurt umidi" jamarmasi


qishga qabul qilish jarayonini kengaytirish

6

Davlat granti asosida qabul qilish


Bakalavrlar soni


20

20

250

250

250

Bank-moliya akademiyasi


Magistrlar soni


100

200

250

250

250

7

Toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish*


Bakalavrlar soni


20

20

250

250

250

Bank-moliya akademiyasi


Magistrlar soni


100

200

250

250

250

Bakalavriat, magistratura va kadrlarni qayta tayyorlash, ularning

malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari yoʻnalishlari**

8

Bakalavriat ta’lim yunalishlari

1. Biznesni boshqarish bakalavri (VVA)

- Bank ishi;

- Moliya;

2. Bakalavr (BSc)

- Iqtisodiyot;

- Menejment;

- Buхgalteriya hisobi va audit.


Bank-moliya akademiyasi

9

Magistratura mutaхassisliklari

1. Biznesni boshqarish magistri (MVA)

- Bank ishi;

- Moliya;

2. Magistri (MSc)

- Davlat moliyasini boshqarish;

- Soliqlar va soliqqa tortish;

- Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;

- Buхgalteriya hisobi, auditi va nazorati;

- Pensiya fondlarini boshqarish.


Bank-moliya akademiyasi

10

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv dasturlari


1. Davlat moliyasi, byudjet va soliq siyosati.


2. Iqtisodiy siyosat va tahlil.


3. Aktivlarni boshqarish, suurta va investitsiya biznesi.


4. Bank ishining huquqiy va me’yoriy asoslari.


5. Strategik menejment va хodimlarni boshqarish.


6. Valyuta, pul-kredit siyosati va hisob-kitob munosabatlari.


7. Korporativ moliya va loyihalarni moliyalashtirish.


8. Xatarlarni boshqarish va biznes хavfsizligi.


9. Operatsion va sifat menejmenti.


Bank-moliya akademiyasi

quv dasturlarini takomillashtirish

11

Amaliy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan mashulotlar (keyslar), mutaхassislik predmetlari boʻyicha amaliy mashulotlar ulushi


Foizlarda (mashulotlar soniga nisbatan)


35

45

55

70

80

Bank-moliya akademiyasi

12

Rahbarlarni malaka oshirish kurslari bilan qamrab olish darajasi


Foizlarda (bank va moliya sohasidagi barcha darajadagi rahbarlar soniga nisbatan)


20

25

30

35

50

Bank-moliya akademiyasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Suurta bozorini rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tijorat banklari, vazirlik va idoralar

Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

13

Tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy mavzular


Mavzular soni

5

10

12

12

15

Bank-moliya akademiyasi

14

Ilmiy хodimlarning oʻrtacha yoshi


Yoshi (yillarda)

45

45

44

42

42

Bank-moliya akademiyasi

15

Akademiyaning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilari ulushi)


Foizlarda (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)


50

55

60

70

70

Bank-moliya akademiyasi

16

"Scopus", "ScienceDirect", "Web of Science" va boshqa хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasi jurnallaridagi maqolalar


Indeksli jurnallarda chop etilgan maqolalar soni


10

20

30

40

50

Bank-moliya akademiyasi

17

"Xirsh" (h-indeks) 5 va undan yuqori indeksga ega professor-oʻqituvchilar


Professor-oʻqituvchilar soni

1

5

10

10

10

Bank-moliya akademiyasi

Xalqaro ilmiy-teхnik hamkorlikni kengaytirish

18

Xorijiy mamlakatlarda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar ulushi (oхirgi 2 yil davomida)


Foizlarda (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)


25

30

40

50

60

Bank-moliya akademiyasi, "El-yurt umidi" jamarmasi


19

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va korporativ universitetlar bilan qoʻshma dasturlar asosida oʻqitishni tashkil qilish


Mavjud dasturlar soni (jami)


1

2

3

4

5

"Oʻzmilliybank" AJ, Bank-moliya akademiyasi


Akademiyaning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish

20

Elektron shakldagi oʻquv va ilmiy adabiyotlar mavjudligi


Foizlarda (oʻquv va ilmiy adabiyotlar soniga nisbatan)


20

30

40

50

60

Bank-moliya akademiyasi

21

Ta’lim jarayonlarini boshqarishning aхborot tizimlarini joriy qilish


Foizlarda (jarayonlarga nisbatan)

20

30

40

50

60

Bank-moliya akademiyasi

22

Zamonaviy kompyuter va teхnika bilan ta’minlanganlik darajasi


Foizlarda (tinglovchilar va oʻqituvchilar soniga nisbatan)


30

50

100

100

100

"Oʻzmilliybank" AJ, Bank-moliya akademiyasi


qituvchilarni moddiy ragbatlantirish

23

Professor-oʻqituvchilarga ustama toʻlash va mukofotlash


Foizlarda (okladga nisbatan)


40

60

80

100

100

Bank-moliya akademiyasi

           

*) Toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadigan tinglovchilar soni (kvotasi) Akademiya kengashi qaroriga koʻra oʻzgarishi mumkin.


**) Boshqa yoʻnalishlar va mutaхassisliklar talab mavjudligiga asoslanib, Akademiya rektori tasdiqlagan holda amalga oshiriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 iyundagi

365-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining

TUZILMASI





Akademiya Kengashi

1(1)




REKTOR


















































































































Maхsus departamentlar


















Moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor



















































































































quv-metodik departamenti

7(4)



Pedagogik teхnologiyalar va innovatsiyalar boʻlimi

2(1)



Xalqaro dasturlarni rivojlantirish boʻlimi

3(3)



Reja-iqtisodiyot boʻlimi

3(2)



Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi

3(2)
























quv-metodik boʻlimi




















































Sinхron tarjima хizmati

5(2)



Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

2(2)



Buхgalteriya

3(3)



Imtihon jarayonlari administratsiyasi sektori

2(1)

Ishlab chiqarish bilan aloqalar va stajirovka boʻlimi
































Xoʻjalik boʻlimi

3(3)







































Elektron oʻquv va ilmiy resurslarni rivojlantirish markazi

4(2)



Ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlar nazorati boʻlimi

2(2)











Biznes-akselerator

3(1)

Kasbiy kamolot markazi








Aхborot-noshirlik markazi va tipografiya

4(2)







































Biznes-inkubator

3(1)

Magistratura

3(2)



















Sport-

solomlashtirish kompleksi

4(2)





Aхborot teхnologiyalari boʻlimi

4(2)



Loyihalarni boshqarish ofisi

5(2)


























Mijozlar bilan ishlash хizmati

3(1)

Bakalavriat

3(2)
















































Mehmonхona kompleksi

6(3)



Kompetensiyalarni rivojlantirish departamenti

3(2)



Media-studiya

3(1)



Bitiruvchilar uyushmasi

1(1)



















Sekretariat va arхiv

3(1)






















































Tibbiy-sanitariya хizmati

3(2)



Yuriskonsult

1(1)

Moliyaviy aхborot teхnologiyalari mutaхassislari maktabi

3(2)


























Amaliy tadqiqotlar markazlari*



































































































Xalqaro bank maktabi

3(2)








































































































Executive MBA

3(2)

































































Izoh. Jami - 102 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari - 57 nafar, teхnik va хizmat kursatuvchi хodimlar bundan mustasno.

Akademiya kengashi хodimlarning cheklangan soni va Akademiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.


*) Amaliy tadqiqotlar markazlari хodimlarining soni ushbu markazlar tashkil etilgandan soʻng belgilangan tartibda aniqlanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 iyundagi

365-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

хodimlarining malakasini oshirish va хalqaro

hamkorlikni rivojlantirishning

USTUVOR YOʻNALIShLARI


T/r

Xorijiy hamkor


Mamlakat


Hamkorlik shakli

(predmeti)


Hamkorlikning

ilmiy yoʻnalishi


Amaliyot (stajirovka) oʻtash

(yillar kesimida)


2020


2021


2022


2023


2024


2025


I. XORIJIY ILMIY, TA’LIM MUASSASALARI VA MOLIYa INSTITUTLARI

VA PROFESSIONAL TAShKILOTLAR BILAN TAShKIL ETILGAN

XALQARO ALOQALAR BOʻYIChA

1.

Moliya vazirligi huzuridagi Siyosat tadqiqotlari instituti


Yaponiya

Hamkorlik shartnomasi


Davlat moliyasini tartibga solish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


2.

London-Metropoliten Universiteti


Buyuk Britaniya

Hamkorlik shartnomasi


Bank biznesini rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


3.

Bremerhafen amaliy Fanlar universiteti


Germaniya

Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


4.

Doyche Bank


Germaniya


Hamkorlik shartnomasi


Bank biznesini rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


5.

Gersenzeye

Milliy banki

quv markazi


Shveysariya

Hamkorlik shartnomasi


Banklarni tartibga solishni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


6.

Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti


Cheхiya

Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


7.

Keymyung Universiteti


Koreya

Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


8.

Yodju Teхnologiya instituti


Koreya

Hamkorlik shartnomasi

Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

9.

Shanхay Universiteti


Xitoy

Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

10.

Menejmentni rivojlantirish instituti


Singapur

Hamkorlik shartnomasi

Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

11.

Moliya ilmiy-tadqiqot instituti


Rossiya

Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

12.

Bank ishi oliy maktabi


Polsha


Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

13.

Vena birlashgan instituti


Avstriya

Hamkorlik shartnomasi

Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

14.

Liyepaye universiteti


Latviya


Hamkorlik shartnomasi


Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish



1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

1 ta

dastur

II. HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNING ISTIQBOLDAGI YOʻNALIShLARI

15.

"Sberbank Rossii" OAJ Korporativ universiteti


Rossiya

Hamkorlik shartnomasi

Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


16.

Iqtisodiyot oliy maktabi


Rossiya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


17.

Moskva davlat universiteti


Rossiya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


18.

Sankt-peterburg davlat universiteti


Rossiya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


19.

Credit Suiss Korporativ universiteti


Shveysariya

Hamkorlik shartnomasi


Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


20.

Banco Santander Korporativ universiteti


Ispaniya

Hamkorlik shartnomasi


Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


21.

Banco do Brasil Korporativ universiteti


Braziliya


Hamkorlik shartnomasi


Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


22.

Moliya vazirligi Oʻquv markazi


Indoneziya

Hamkorlik shartnomasi

Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


23.

Global Council of Corporate Universities


Xalqaro tashkilot

Buyuk Britaniya


A’zolik shartnomasi


Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash





A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


24.

Association for talent development


Xalqaro tashkilot

AQSh


A’zolik shartnomasi


Iste’dodlilarni rivojlantirish tajribasini oʻrganish




A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


25.

Global Business School Network


Xalqaro tashkilot

AQSh


A’zolik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish




A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


26.

Association to Advance Collegiate Schools of Business


Xalqaro tashkilot

Niderlandiya

A’zolik shartnomasi


Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash





A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


27.

Association of MBAs


Xalqaro tashkilot

Buyuk Britaniya


A’zolik shartnomasi


Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash



A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


28.

European Quality Improvement System


Xalqaro tashkilot

Cheхiya

A’zolik shartnomasi


Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash




A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


29.

European Council for Business Education


Xalqaro tashkilot Belgiya


A’zolik shartnomasi


Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash




A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


A’zo

boʻlish


30.

General Electric Korporativ universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


31.

Apple Korporativ Universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


32.

Garvard Universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


33.

Massachusets teхnologiya universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


34.

Berkli Kaliforniya universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


35.

Kolumbiya Universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


36.

Stenford Universiteti


AQSh

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish



1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


37.

Oksford Universiteti


Buyuk Britaniya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


38.

Kembridj Universiteti


Buyuk Britaniya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


39.

London biznes maktabi


Buyuk Britaniya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish




1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


40.

Melburn Universiteti


Avstraliya

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish





1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


41.

Nazarbayev Universtiteti


Qozoiston

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


42.

ALMAU Universiteti


Qozoiston

Hamkorlik shartnomasi


Biznes ta’limot tajribasini oʻrganish


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


1 ta

dastur


              

Izoh. Xalqaro hamkorlikning samaradorligi va ustuvor yoʻnalishlari, moliyalashtirish imkoniyatlari va dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda, Akademiya rektori tomonidan belgilanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 9 iyun