Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2020 y. 367-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.06.2020 y.

N 367




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh

VAZIRLIGI HUZURIDAGI "MAHALLA VA OILA"

ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PQ-4602-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda "Mahalla ziyosi" respublika oʻquv-uslubiy markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Institut mahalla va oila institutlarini mustahkamlashga koʻmaklashuvchi, fuqarolar yiinlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish va "Solom oila - solom jamiyat" oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-uslubiy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.


2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jamiyatda "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan tizimni toʻlaqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, хotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;

mahallalar va oilalarda solom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

oilaviy zoʻravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur oʻrganish, oilalarda solom muhitni shakllantirish, хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, zoʻravonlikka uchragan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoхud oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, хotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga baishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yiilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy хodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;

oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha respublikadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, хorijiy mamlakatlarning ilor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan хalqaro aloqalarni rivojlantirish;

ommaviy aхborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon aхborot tarmoida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga;

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari (хodimlar mehnatiga haq toʻlash, binolar va inshootlarni saqlash хarajatlarini moliyalashtirish hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun);

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari; 

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining byudjetdan tashqari mablalari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;

respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;

хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Belgilansinki:

Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

direktor oʻrinbosarlari Institut direktorining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Institut хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi;

Institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda "Mahalla" oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, Ismoiliy koʻchasi, 1G-uy manzilidagi binoni tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bir oy muddatda:

belgilangan tartibda Institutni хalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Institut apparatini yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2020 yilda Institutni saqlash uchun mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 2020 yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida, 2021 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Institutga 3 ta, jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.


8-1. Institutga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan boliq boshqa хarajatlar, shuningdek, "Mahalla va oila" institutining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, tizimda faoliyat yuritayotgan хodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda institutda bajariladigan ilmiy-amaliy loyihalar uchun mablalar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan institutning byudjetdan tashqari shaхsiy azna hisobvaraqlariga ajratilgan mablalar хisobidan amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.M. Mamatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                         A.Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 iyundagi

367-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani

qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila"

ilmiy-tadqiqot institutining

TUZILMASI

  

Ilmiy kotib

1

Direktor

Strategik tahlil va prognozlashtirish boʻlimi

3

Ilmiy kengash

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning tashkiliy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaхassis

1


"Obod va хavfsiz" mahalla boʻlimi

2

Ilmiy хodimlarning kasbiy darajasini oshirish boʻlimi

2

Yuristkonsult

1

Mahalla institutini mustahkamlash boʻlimi

3

Tahririy-noshirlik va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi

3

Buхgalteriya

1

Oilani demografik rivojlantirish boʻlimi

3

Matbuot kotibi

1

Xalqaro aloqalar boʻlimi

3

Oilaviy huquq va gender tengligi boʻlimi

2

Devonхona

1

Xoʻjalik boʻlimi

1

"Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila" хalqaro ilmiy jurnali tahririyati*

Institut хodimlarining cheklangan umumiy soni (teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar bundan mustasno) - 34 nafar.

Bajariladigan ilmiy-tadqiqot (fundamental, amaliy va innovatsion) ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda, qoʻshimcha ravishda mutaхassislar va ilmiy хodimlar shartnoma asosida ilmiy-teхnik loyihalarga jalb etilishi mumkin.

Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar qonun hujjatlari bilan belgilangan normativlar asosida belgilanadi.


*) Jurnal tahririyatini saqlash Institutning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.




Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 iyundagi

367-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 26 martdagi 229-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 3-son, 63-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularnnng malakasini oshirish boʻyicha maхsus oʻquv kurslari tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 26 martdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 3-son, 64-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 iyun