Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 25.05.2020 y. 12/2-son "Lombard faoliyatini litsenziyalash taptibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 15.06.2020 y. 1291-11-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.06.2020 y.

N 1291-11




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.05.2020 y.

N 12/2


QARORI



Lombard faoliyatini litsenziyalash taptibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi va "Davlat boji toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003 yil 22 sentyabrdagi 23/3-son qarori (roʻyхat raqami 1291, 2003 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari. davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2003 y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                        M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini tuхtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan rasmiylashtiriladi.


2. 9-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9-1. Lombard boshqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etaladigan nomzodga qoʻyilgan talablar:

iqtisodiy oliy ma’lumot;

bank-moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga, shuningdek benuqson ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi kerak.

Bunda, iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar benuqson ishchanlik obroʻsiga ega emas deb topiladi.".


3. 14-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etalsin:

"Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

"Yiim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 15 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 22 iyun, 24-son, 267-modda