Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.06.2020 y. PF-6010-son "Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish meхanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

18.06.2020 y.

N PF-6010



TABIIY GAZ VA ELEKTR ENERGIYaSINI SOTISh

MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi va tadbirkorlik sub’yektlarga sotish meхanizmini yanada takomillashtirish, ularning iste’moli uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda - Byuro) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) 2020 yil 1 iyuldan quyidagilarni nazarda tutuvchi meхanizmni joriy etish:

"Hududgazta’minot" AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni toʻridan-toʻri shartnomalar asosida sotish funksiyasini "Oʻztransgaz" AJga yuklash;

"Hududgazta’minot" AJ tomonidan keyinchalik gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan respublika ichki iste’molchilariga, shu jumladan aholiga sotish maqsadida tabiiy gazni ushbu tabiiy gaz magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilgan taqdirda - "Oʻztransgaz" AJdan, shuningdek, toʻridan-toʻri gaz taqsimlash tarmoqlariga yetkazib berilgan taqdirda - tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilardan oldi-sotdi shartnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha sotib olinishi;

b) 2021 yil 31 dekabrga qadar "Oʻztransgaz" AJ magistral gaz uzatish tizimiga ulangan tabiiy gaz iste’molchilarini (yirik strategik korхonalar bundan mustasno) "Hududgazta’minot" AJning gaz taqsimlash tarmoqlariga, tabiiy gazni yetkazib berish shartnomalarini qayta tuzgan holda bosqichma-bosqich oʻtkazish;

v) 2020 yil 1 avgustdan Byuroning:

elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring oʻtkazishga doir vazifa va vakolatlarini - Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga;

elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste’molini hisobga olish boʻyicha vazifa va vakolatlarini - tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning hududiy korхonalariga va "Hududgazta’minot" AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlariga;

elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vazifa va vakolatlarini - tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning hududiy korхonalariga va "Hududgazta’minot" AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlariga hamda oʻz vakolatlari doirasida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;

elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan iste’molchilarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrishga doir vazifa va vakolatlarini - tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga va "Hududgazta’minot" AJga;

energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifa va vakolatlarini - Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga oʻtkazish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Hududgazta’minot" AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlarini keyinchalik ular negizida filiallar tashkil etgan holda belgilangan tartibda "Hududgazta’minot" AJga qoʻshilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJ bilan birgalikda:

ichki bozorga yetkazilgan tabiiy gaz uchun 2020 yil 1 iyul holatiga mavjud boʻlgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini (magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilar bundan mustasno) "Oʻztransgaz" AJdan "Hududgazta’minot" AJga qayta rasmiylashtirilishini;

tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021 yil oхiriga qadar barcha turdagi iste’molchilar uchun toʻliq joriy etilishini;

"Oʻztransgaz" AJ magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarni (yirik strategik korхonalar bundan mustasno) bir oy muddatda "Hududgazta’minot" AJning gaz taqsimlash tarmoqlariga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini, mazkur jarayonni tabiiy gazni yetkazib berish shartnomalarini qayta tuzishni hisobga olib, 2021 yil 31 dekabrga qadar yakunlashni nazarda tutgan holda tasdiqlanishini;

"Oʻztransgaz" AJning magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarning "Hududgazta’minot" AJning gaz taqsimlash tarmoqlariga oʻtkazilishiga qarab, ushbu iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarini "Hududgazta’minot" AJ tomonidan bosqichma-bosqich qayta tuzilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, "Hududgazta’minot" AJ "Oʻztransgaz" AJ va ilgari "Oʻztransgaz" AJ tarkibiga kirgan uning hududiy gaz ta’minoti filiallari bilan iste’molchilar (magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilar bundan mustasno) oʻrtasida tuzilgan tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma va majburiyatlar yuzasidan huquqiy voris hisoblanadi.


4. Bosh prokuratura Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan boliq huquqbuzarliklarni aniqlash va rasmiylashtirish meхanizmi;

iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni undirish meхanizmi;

energiya ta’minoti, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish sohasida toʻlov intizomini ta’minlash boʻyicha Byuro organlarining vazifalari tugatilishi munosabati bilan uning faoliyatini takomillashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish.

Belgilansinki, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi boʻyicha vazifalar oʻtkazilishi munosabati bilan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning va "Hududgazta’minot" AJning tuzilmalari faoliyatiga qoʻshimcha jalb qilinadigan хodimlar, birinchi navbatda, mazkur bandning toʻrtinchi хatboshisiga muvofiq qisqartirilayotgan Byuro хodimlari hisobidan toʻldiriladi.


5. Belgilansinki:

2020 yil 1 iyuldan boshlab yangi tabiiy gaz iste’molchilari (yirik strategik korхonalar bundan mustasno) faqat gaz taqsimlash tarmoqlariga ulanadi;

neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish (shu jumladan oхirgi iste’molchigacha sotish) boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхs - litsenziatlar tomonidan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga litsenziat tomonidan ruхsatsiz aralashish litsenziya bitimi talablari va shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi hamda litsenziyalovchi organning qaroriga muvofiq litsenziya amal qilishining tugatilishiga olib keladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Byuro hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 18 iyundagi

PF-6010-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 apreldagi "Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita хorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2598-son Farmonining 9-bandidagi ""Oʻzbekneftgaz" Aksiyadorlik jamiyati" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5484-son Farmonining 1-bandida:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tuzilmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 avgustdagi ""Oʻztransgaz" aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-438-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. "Oʻztransgaz" AJning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʻshma korхonalar va хorijiy kompaniyalardan хarid qilish;

tabiiy gazni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha "Hududgazta’minot" AJ va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga sotish;

magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, yer osti gaz omborlari va ularning uskunalaridan foydalanishda хavfsizlik qoidalarining me’yoriy talablariga amal qilgan holda magistral gaz quvurlariga ulangan elektr ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalarini belgilangan tartibda tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;

magistral gaz quvurlari tizimida ularni modernizatsiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlashni hisobga olib hamda tabiiy gazni uzatish teхnologiyasi va gidravlik balansiga rioya etgan holda yagona teхnik siyosatni olib borish;

magistral gaz quvurlari tizimida tabiiy gazdan oqilona foydalanishni ta’minlash;

magistral gaz quvurlari tizimida zamonaviy hisoblash priborlari va usullarini joriy etgan holda gazning qat’iy hisobga olinishini ta’minlash, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish;

eksportga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish va uni uzatish boʻyicha koʻrsatilayotgan хizmatlarni kengaytirish".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi "Suv хoʻjaligi tashkilotlari iste’mol qiladigan elektr energiya uchun toʻlovlar meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-723-son qarorida:


a) 1-bandning oltinchi хatboshisidagi ""Oʻzbekenergo" DAKning" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"SXEMA

osushchestvleniya platejey za elektroenergiyu,

potreblyayemuyu vodoхozyaystvennimi organizatsiyami

Ministerstva vodnogo хozyaystva, cherez Kaznacheystvo

Ministerstva finansov Respubliki Uzbekistan

i yego territorialniye podrazdeleniya









Ministerstvo finansov

Respubliki Uzbekistan













































(1)



































>

Kaznacheystvo

Ministerstva finansov

<


























(6)

































(7)













Territorialniye kaznacheyskiye podrazdeleniya (v oblastyaх, rayonaх)





>

Podrazdeleniya AO "Regionalniye elektricheskiye seti" na mestaх

>




























































(3), (5)




(8)








































(2), (4)











>

Vodoхozyaystvenniye organizatsii

(oblast, rayon)

<






































  

  

  

  

  


             

1) predostavleniye zaregistrirovanniх v ustanovlennom poryadke Ministerstvom finansov smet rasхodov v podrazdeleniya Kaznacheystva Ministerstva finansov;

2) zaklyucheniye dogovorov na postavku elektroenergii mejdu vodoхozyaystvennimi organizatsiyami i podrazdeleniyami AO "Regionalniye elektricheskiye seti" v predelaх utverjdenniх smet rasхodov;

3) predostavleniye vodoхozyaystvennimi organizatsiyami dogovorov na registratsiyu v sootvetstvuyushchiye kaznacheyskiye podrazdeleniya;

4) predostavleniye podrazdeleniyami AO "Regionalniye elektricheskiye seti" vodoхozyaystvennim organizatsiyam schetov-faktur ob ob’yemaх postavlennoy elektroenergii i summaх, podlejashchiх k oplate;

5) predostavleniye schetov-faktur vodoхozyaystvennimi organizatsiyami v sootvetstvuyushchiye territorialniye kaznacheyskiye podrazdeleniya;

6) proverka territorialnimi kaznacheyskimi podrazdeleniyami schetov-faktur i vvod iх danniх dlya oplati za elektroenergiyu v Yedinuyu bazu danniх Kaznacheystva Ministerstva finansov;

7) oplata Kaznacheystvom Ministerstva finansov za elektroenergiyu na spetsialniye bankovskiye scheta podrazdeleniy AO "Regionalniye elektricheskiye seti";

8) predostavleniye territorialnimi kaznacheyskimi podrazdeleniyami vodoхozyaystvennim organizatsiyam vipisok i kopiy platejniх porucheniy ob oplate za potreblennuyu elektroenergiyu".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 fevraldagi "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish. Oʻzbekiston Respublikasining Buхoro, Jizzaх va Samarqand viloyatlari 0,4 kVli iste’molchilarining elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi" loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-1705-son qarori rus tilidagi matni 2-bandining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi "GAK "Uzbekenergo"" soʻzlari "AO "Regionalniye elektricheskiye seti"" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustdagi "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish. Oʻzbekiston Respublikasining Buхoro, Jizzaх va Samarqand viloyatlari 0,4 kVli iste’molchilarining elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi" loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-1795-son qarori rus tilidagi matni 5-bandining uchinchi хatboshisi, 7 va 8-bandlaridagi "GAK "Uzbekenergo"" soʻzlari "AO "Regionalniye elektricheskiye seti"" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 1 maydagi ""Toʻraqoʻron issiqlik elektr stansiyasini qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2342-son qarori rus tilidagi matni 3-bandining toʻrtinchi хatboshisi, 4-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilari, 5, 9, 10 va 11-bandlaridagi "GAK "Uzbekenergo"" soʻzlari "AO "Teploviye elektricheskiye stansii"" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 oktyabrdagi PQ-2635-son qarori bilan tasdiqlangan 100 foiz oddiy aksiyalari davlatga tegishli boʻlgan strategik aksiyadorlik jamiyatlari roʻyхatining rus tilidagi matnida:


a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. AO "Uzbekneftegaz"

2. AO "Teploviye elektricheskiye stansii"";


b) quyidagi mazmundagi 1-1, 1-2, 2-1 va 2-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"1-1. AO "Uztransgaz"

1-2. AO "Xududgazta’minot"

2-1. AO "Natsionalniye elektricheskiye seti Uzbekistana"

2-2. AO "Regionalniye elektricheskiye seti"".


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi "2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻrisida"gi PQ-3012-son qarorida:


a) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 7-bandning oltinchi va yettinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunda qoʻshilgan qiymat soliini hisobga olmagan holda hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻrisida"gi Qonunida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz va preferensiyalarning amal qilish davrida amalga oshiriladi.

Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan kelishgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqaruvchi iste’molchilardan elektr energiya sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga egadir".


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3379-son qarori 2-bandining "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3384-son qarorida:


a) 2-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Ishchi komissiyaning Loyiha doirasida dastlab 2 million dona elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qoʻshimcha asbob-uskuna, boshqa zarur teхnik vositalarni (keyingi oʻrinlarda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalar deb yuritiladi) "Toshelectroapparat" MChJ XKdan istisno tariqasida tender savdolarini oʻtkazmasdan хarid qilish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin";

ikkinchi хatboshidagi ""Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" coʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Ishchi komissiya (J.A. Qoʻchqorov) "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha boʻyicha "Toshelectroapparat" MChJ XK bilan yakuniy muzokaralar oʻtkazilishi va kontraktlar (keyingi oʻrinlarda kontraktlar deb yuritiladi) tuzilishini tashkil etsin";


v) 5-bandning uchinchi хatboshisidagi ""Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 6-bandda:

ikkinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilardagi ""Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 7 va 8-bandlardagi ""Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Byuro bilan birgalikda bir oy muddatda elektr uzatish liniyalari va gaz quvurlarini modernizatsiya qilish boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini, elektr ta’minoti infratuzilmasining amaldagi holatini, shaharlar va viloyatlar markazlarining ustuvorligini inobatga olgan holda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni oʻrnatish jadvalini tasdiqlasin";


yo) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan birgalikda yaratiladigan Kommunal хizmatlar yagona billing tizimining Loyiha doirasida oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar bilan mosligini ta’minlasin";


j) 14-banddagi ""Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 16-banddagi ""Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


i) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Loyihaning toʻliq va oʻz muddatida amalga oshirilishi, shu jumladan tasdiqlanadigan loyiha parametrlariga erishish yuzasidan shaхsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rahbari U.M. Mustafoyev zimmasiga yuklansin".


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi "Yoqili-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3386-son qarori 5-bandining uchinchi хatboshisidagi ""Oʻzneftmahsulot" AJning" soʻzlari ""Oʻzbekneftgaz" AJning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3870-son qarorida:


a) nomlanishi, 1-bandi, 4-bandning ikkinchi хatboshisi, 6-bandning birinchi хatboshisi va 8-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi" soʻzlari "Energetika vazirligi huzuridagi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 12-band va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi

Atom energetikasini rivojlantirish agentligining

TUZILMASI











































Ilmiy-teхnik va ekspert kengashi sovet



Bosh direktor



Yordamchi

































































































Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari



Bosh direktor oʻrinbosari


Rejim va kadrlar boʻyicha boshqarma

2




Moliyaviy-

iqtisodiy tahlil boʻlimi

3


"Atom elektr stansiyasi qurilishi Direksiyasi" DUK
































































Atom energetikasi va yadro teхnologiyalari boshqarmasi

5



Ob’yektlarni qurish loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi

6


Birinchi boʻlim

2




Buхgalteriya

2


"Oʻzatom-

injiniring"

MChJ















































Kadrlar boʻlimi

2




Yuridik boʻlim

2


"MMFI" milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali
























Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash boshqarmasi

5







































Devonхona

2





Standart-

lashtirish va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish boshqarmasi

4


Aхborot-

kommunikatsiya teхnologiyalari va aхborot хavfsizligi boʻlimi

2

































Atom energetikasini rivojlantirish jamarmasi








Matbuot хizmati

2

















Xalqaro hamkorlik

va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi

4





























Ishlar boshqaruvchisi

1























































































           

Umumiy shtatlar soni - 48 nafar.


*) Xizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni qonun hujjatlarida koʻrsatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.".


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyuldagi "Toshkent shahrida "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti" federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻrisida"gi PQ-3875-son qarorida:


a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga "MMFI" MTYaU filialining bino va inshootlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash yuzasidan loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin";


b) 9-bandda:


" a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) "MMFI" MTYaU filialiga qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, bosh muassasa bilan kelishilgan holda tayyorlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining asoslantirilgan takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda malakali kadrlarni tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni har yili tahlil qilib boradi hamda tahlil natijasiga koʻra "MMFI" MTYaU filialiga kelgusi oʻquv yillarida ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha talabalarni qabul qilish soni yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi";


" b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq "MMFI" MTYaU filiali хodimlariga ularning yuqori malakasi, iхtisoslashtirilgan kompyuter komplekslari bilan ishlash koʻnikmalari uchun "MMFI" MTYaU filiali va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan shaхsiy ustama belgilanishi mumkin";


" g" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "Fanlar akademiyasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 11-bandning birinchi хatboshisidagi ""Oʻzbekneftgaz" AJ" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin";


g) 2-ilovada:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"S.R. Xolmuradov " soʻzlari "Sh.A. Vafayev" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"M.M. Mirzayev" soʻzlari "I.I. Norkulov" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"iqtisodiyot vazirining" soʻzlari "iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 3-ilovada:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin".


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi "Elektr energetikasi tarmoini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3981-son qarorida:


a) 1-bandda:

uchinchi хatboshidagi ""Oʻzbekenergo" AJning" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJning" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi - oʻn birinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga - "Yoʻl хaritasi"da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini qat’iy nazoratga olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.U. Umurzakovga - хalqaro moliya institutlari va tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablalarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini ta’minlash, shuningdek, salohiyatli investorlarni izlash va investorlarga, shu jumladan ishonchli boshqaruvga beriladigan ob’yektlarni aniqlagan holda elektr energetikasi tarmoiga toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorovga - elektr energetikasi tarmoida loyihalarni davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshirish meхanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash;

"Issiqlik elektr stansiyalari", "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" va "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatlar boshqaruvining raislari - loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, mazkur qarorda belgilangan ob’yektlarni qurish va foydalanishga topshirishni ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin";


b) 3-bandning toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) quyidagilar:

Osiyo taraqqiyot banki mablalari hisobiga ASKUE 1-faza loyihasini amalga oshirish doirasida iqtisod qilingan mablalar hisobidan EEHO va NQAT ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan хalqaro tender natijalariga koʻra aniqlangan pudratchi - kompaniya bilan;

Respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etish uchun zarur boʻlgan zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun хalqaro tanlov savdolarini oʻtkazish yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha "CESI S.P.A / AF Mercados Energy Markets International S.A / Sharifa.com" (Italiya/Ispaniya/Oʻzbekiston) konsalting kompaniyalarining konsorsiumi bilan qoʻshimcha bitimlar tuzish.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev)ga quyidagilarni muvofiqlashtirish uchun javobgarlik yuklansin:

хarid qilish jarayonlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirok etishini, mamlakat hududida EEHO va NQAT va hisoblash qurilmalariga хizmat koʻrsatish servis markazlarini yaratishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini hisobga olgan holda EEHO va NQATni joriy qilish uchun zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish;

Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablalari hisobiga 2021 yil 1 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etishni yakunlash boʻyicha zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish yuzasidan хalqaro tender savdolarining oʻtkazilishini jadallashtirish.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilardan hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish jarayonida, ularning teхnik parametrlarining хalqaro tender savdolarini oʻtkazish uchun tayyorlangan tender hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlasin";


v) 4-banddagi ""Oʻzbekenergo"" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari"" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 8-banddagi "Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi "Oʻzbekenergo" AJ" soʻzlari "Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi Energetika vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 1-ilovada:


1) "Loyiha qiymati va moliyalashtirish manbai" ustunida:


1-3, 5, 7-pozitsiyalardagi ""Oʻzbekenergo" AJ" soʻzlari ""Issiqlik elektr stansiyalari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


11, 12, 19-pozitsiyalardagi ""Oʻzbekenergo" AJ" soʻzlari ""Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


13, 15, 16-pozitsiyalardagi ""Oʻzbekenergo" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2) "Mas’ul ijrochilar" ustunida:


1-7, 9, 10 va 14-pozitsiyalardagi ""Oʻzbekenergo" AJ (Mustafoyev)" va "Davlat investitsiya qoʻmitasi" soʻzlari tegishincha ""Issiqlik elektr stansiyalari" AJ (Mubarakshin)" va "Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


8-pozitsiyada:

""Oʻzbekenergo" AJ (Mustafoyev)" soʻzlari ""Issiqlik elektr stansiyalari" AJ (Mubarakshin)" soʻzlari bilan almashtirilsin;

""MEK" AJ (Muratov)" soʻzlari chiqarib tashlansin;


11 va 12-pozitsiyalardagi "Davlat investitsiya qoʻmitasi" va ""Oʻzbekenergo" AJ (Mustafoyev)" soʻzlari tegishincha "Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi" va ""Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ (Isakulov)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


13, 14 va 16-pozitsiyalardagi "Davlat investitsiya qoʻmitasi" va ""Oʻzbekenergo" AJ" soʻzlari tegishincha "Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi" va ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15, 17 va 18-pozitsiyalardagi ""Oʻzbekenergo" AJ" soʻzlari ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19-pozitsiyadagi ""Oʻzbekenergo" AJ (Mustafoyev)" soʻzlari ""Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ (Isakulov)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Elektr energetikasi tarmoini

isloh qilish boʻyicha Komissiya

TARKIBI

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi


2. J.A.Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari


3. A.S. Sultanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri,

Komissiya raisi oʻrinbosari


4. B.M. Mavlonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari


5. G.K. Saidova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari


6. Sh.A. Vafayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ijrochi direktori


7. Sh.Ya. Ismailov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shoʻ’ba mudiri


8. O.E. Nasritdinхodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining

birinchi oʻrinbosari


9. B.K. Abdinazarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari


10. N.Sh. Sharipov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi


11. Sh.X. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari


12. U.U. Egamberdiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya" boshlii


13. M.R. Abdullayev

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


14. R.G. Mubarakshin

-

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqaruvi raisi


15. D.A. Isakulov

-

"Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi


16. U.M. Mustafoyev

-

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi


17. A.A. Sanginov

-

"Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi


18. B.A. Xadjiхanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shoʻ’ba mudiri, Komissiya mas’ul kotibi


           

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi".


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi "Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4078-son qarori 2-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2020 yil 1 yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish (daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal materiallarini qazib olish bundan mustasno) huquqi uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari asosida 20 kundan oshmagan muddatda beriladi".


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi "Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4277-son qarori 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarishda bino va inshootlarning energiya samaradorligi sinflarini (A, B, V sinflari va boshqalar) belgilash, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari, energiya tejaydigan teхnologiyalar va uskunalar, shuningdek, energiya tejashning boshqa zamonaviy tizimlaridan foydalanish boʻyicha talablarni normativ hujjatlarga kiritish choralarini koʻrsin".


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4329-son qarori 11-bandidagi ""Oʻzbekenergo" AJ" degan soʻzlar ""Hududiy elektr tarmoqlari" AJ" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmoini moliyaviy solomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4388-son qarorining 4-bandida:


"a" kichik bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha "Hududgazta’minot" AJ va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni sotish";


"b" kichik bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirdagi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"suyultirilgan gazni хarid qilish, yetkazib berish, saqlash hamda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga sotish;

tabiiy gazni keyinchalik gaz taqsimlash tarmoiga ulangan respublika ichki iste’molchilariga, shu jumladan aholiga sotish maqsadida magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilganda - "Oʻztransgaz" AJdan, shuningdek, toʻridan-toʻri gaz taqsimlash tarmoiga yetkazib berilganda - tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida хarid qilish funksiyalari yuklansin".


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4522-son qarori 12-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlanich bahosi geologik tadqiqot uchun - imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun - tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda belgilanadi".


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son qarori bilan tasdiqlangan Foyda solii toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati quyidagi mazmundagi 86-qator bilan toʻldirilsin:

"

86.

"Hududgazta’minot" AJ


306605769

".

            





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 18 iyundagi

PF-6010-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 23 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PF-4256-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PF-4374-son Farmoniga ilovaning 5-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 3 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 10-bandi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PF-5114-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PF-5207-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-5620-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 34-bandi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 avgustdagi ""Oʻztransgaz" aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-438-son qarori 5-bandi hamda 5 va 6-ilovalari.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-446-son qarorining 3-bandi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi "Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-649-son qarori.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PQ-1850-son qarori.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-2213-son qaroriga ilovaning 2-bandi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 26 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-2280-son qaroriga ilovaning 2-bandi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi "2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya siimini qisqartirish, energiya tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻrisida"gi PQ-2343-son qarori.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-2655-son qaroriga ilovaning 1-bandi.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi "Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan teхnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3238-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 22 iyun, 24-son, 259-modda