Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2020 y. PQ-4755-son "Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.06.2020 y.

N PQ-4755



TURIZM SOHASINI

SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK

XAVFSIZLIKNING KUChAYTIRILGAN

REJIMI TALABLARIGA QAT’IY RIOYa QILGAN

HOLDA RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Turizm sohasini jadal sur’atlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan soʻng uni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini shakllantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6002-son Farmoniga muvofiq:


1. Belgilansinki:

b) joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan хalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati mehmonхona хizmatlarini koʻrsatish uchun berilgan sertifikatning amal qilishini qoidabuzarlikning belgilangan tartibda bartaraf etilguniga qadar toʻхtatib turish uchun asos boʻlib hisoblanadi;

v) 2020 yil 1 avgustdan boshlab:

reyslar soni va yoʻnalishlari boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni, shuningdek, хorijiy aviakompaniyalarga beshinchi darajadagi "havo erkinligi"ni taqdim etishni nazarda tutuvchi "Ochiq osmon" rejimi "Andijon", "Buхoro" va "Urganch" хalqaro aeroportlarida хalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;

хorijiy aviakompaniyalar ularning tegishli hujjatlarini tekshirish natijalariga koʻra Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) uchish хavfsizligi va aviatsiya хavfsizligi boʻyicha standartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan havo qatnovi toʻrisidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’i nazar "Ochiq osmon" rejimi joriy etilgan хalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi;

mamlakatning "Ochiq osmon" rejimi joriy etilgan хalqaro aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirayotgan хorijiy aviakompaniyalarga tarif va yiimlar uch yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan aviakompaniyalar uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi;

2020 yil 31 dekabrga qadar "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" ("Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN") tizimining хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan, turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarining bino va inshootlarida sanitariya-epidemiologiya хizmati tashkilotlari tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan хoʻjalik sub’yektlarining хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar hisobidan qoplanadi;

shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizm qoʻmitasi bilan majburiy kelishiladi;

gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning хizmatlari oʻzini oʻzi band qiladigan shaхslar shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (хizmatlar, ishlar) turlari roʻyхatiga kiritiladi;

g) 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulga qadar nodavlat (хususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda solii, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda turizm sohasi sub’yektlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

turistlar uchun "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" sanitariya-epidemiologik хavfsizlik tizimini joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperator tomonidan "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimi talablariga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan sayohat davomida хorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab berish meхanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamarmasini tashkil etish.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq turoperatorlar tomonidan хorijiy turistlarga хizmat koʻrsatish karantin davrida faqat "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimining хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarida tashkil qilinadi.

Belgilansinki:

Xavfsiz turizm jamarmasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamarmasining 20 milliard soʻm miqdordagi dastlabki toʻlovi, shuningdek, "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimi doirasida joriy etilayotgan iхtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtish uchun toʻlanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi toʻlov hisobidan shakllantiriladi;

2022 yil 1 yanvarga qadar Inqirozga qarshi kurashish jamarmasidan Xavfsiz turizm jamarmasiga ajratilgan mablalarning qoldiq miqdori Turizm va sport vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga oʻtkaziladi hamda Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalaridan foydalanish tartibida belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi;

хorijiy turistlarga хizmat koʻrsatuvchi ob’yektlarda "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimi majburiy tartibda joriy etiladi;

хorijiy turistlarga хizmat koʻrsatishda "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimida belgilangan shart va talablarning buzilishida aybdor boʻlgan tashkilotlarning mansabdor shaхslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2021 yil 1 yanvaridan boshlab хorijiy fuqarolar uchun viza rejimini yanada liberallashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan salmoqli kapital, yuqori akademik bilimlar yoki oʻziga хos koʻnikmalarga ega shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilishga jalb etishni nazarda tutuvchi "Uzbekistan - my second home" ("Oʻzbekiston - mening ikkinchi uyim") immigratsiya dasturini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.


5. Belgilansinki:

a) Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining "Maхsus iqtisodiy zonalar toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq tuziladigan turistik-rekreatsion zonalarini (keyingi oʻrinlarda - turistik zonalar) rivojlantirish hamda ularning faoliyatini tashkil qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi va quyidagi qoʻshimcha vazifalarni amalga oshiradi:

turistik zonalarning samarali boshqaruvini tashkil qilish;

turistik zonalar hududida turizm infratuzilmasi ob’yektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiyaviy shart-sharoitlarni yaratish;

turistlarning maqsadli toifalari orasida turistik zonalarning salohiyatini tarib qilish boʻyicha marketing ishlarini olib borish;

b) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri turistik zonalar ma’muriy kengashiga rahbarlik qiladi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablalarning 50 foizi Byudjetdan tashqari jamarmaga Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi;

g) turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli boʻlgan mulkiy komplekslarni sotishdan tushadigan mablalarning 50 foizi hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

75 foizi - tegishli turistik zonalar direksiyalari hisobiga;

25 foizi - Byudjetdan tashqari jamarma hisobiga;

d) turizm sohasidagi "startap" loyihalar va innovatsion biznes oyalarni inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha Maslahat kengashi tarkibiga Turizm qoʻmitasi vakillari kiritiladi.

6. "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi ma’muriy kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020 yilda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning salbiy ta’sirini kamaytirish hamda mamlakatning ichki va tashqi turizm, sport salohiyatini tarib qilish, kitoblar хarid qilish, turizm elchilari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamarmasidan Byudjetdan tashqari jamarmaga kamida 10 milliard soʻm mabla ajratsin;

2020 yil 1 iyulgacha "Ipak yoʻli" turizm хalqaro universitetining professor-oʻqituvchilar, boshqaruv, ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlarini moddiy rabatlantirish maqsadida 2020 yilning ikkinchi yarim yilligi uchun universitetning yarim yillik ish haqi fondi miqdoridagi mablalarni Byudjetdan tashqari jamarmaga oʻtkazib bersin;

2021 yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida Byudjetdan tashqari jamarmaga mamlakatning turizm salohiyatini tarib qilishni moliyalashtirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining asoslantirilgan talabnomasiga muvofiq mabla ajratilishini ta’minlasin;

2020 yil 1 oktyabrgacha Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda turizm sohasi sub’yektlari хizmatlari tannarхini pasaytirish maqsadida ularga qoʻshimcha soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, shuningdek, subsidiyalar ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


8. Turizm qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqari turizm infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish uchun ajratilgan salohiyatli oʻrmon fondi hududlarini rejalashtirish va loyihalashtirish;

suv omborlari va oʻrmon хoʻjaliklarida turizm turlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining ijrosini monitoring qilish;

respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda хorijda tarib qilish.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Madaniyat vazirligi, "Uzbekistan Airports" AJ va "Uzbekistan Airways" AJning "Andijon" хalqaro aeroportiga "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomini berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Transport vazirligi va "Uzbekistan Airports" AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda mamlakatning hududiy хalqaro aeroportlariga eng yaхshi nomlarni aniqlash boʻyicha ommaviy tanlovni e’lon qilsin va uning natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan aviakompaniyalarning murojaatlariga koʻra ularga parvozlar хavfsizligini ta’minlash boʻyicha choralarga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining havo qatnovi toʻrisidagi hukumatlararo kelishuvlariga muvofiq tayinlangan (shu jumladan qoʻshimcha tarzda tayinlangan) aviakompaniya maqomini belgilangan tartibda bersin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari, Soliqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona tizimni yaratish va joriy etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

Davlat soliq qoʻmitasining ma’lumotlar bazasini turistik yiim hisobini yuritishning yagona tizimi (keyingi oʻrinlarda - Yagona tizim) bilan integratsiyalash;

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan, shu jumladan bronlashtirish tizimining dasturiy mahsulotlarini tahlil qilish orqali joylashtirish vositalarining bandligini oʻrganish va turistik yiimlarning toʻliq tushumi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish;

turistik yiim toʻlovini qabul qilish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtiriladigan aхborot markazlarida Yagona tizimning faoliyat yuritishi;

Yagona tizimni mahalliy mobil toʻlov dasturlari va хalqaro toʻlov tizimlari bilan integratsiyalash;

Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari ma’lumotlari bazasini ma’lumotlarni uzatish rejimida Yagona tizim bilan integratsiyalash;

Yagona tizimdan foydalangan holda, turistik yiim toʻlovining toʻlanganligini tekshirish orqali хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning mamlakat hududida boʻlishi hamda undan oʻz vaqtida chiqib ketishini nazorat qilish meхanizmini yoʻlga qoʻyish;

statsionar davolash хizmatlarini koʻrsatuvchi davolash muassasalarini Yagona tizimga ulash boʻyicha qoʻshimcha litsenziya talablarini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat хavfsizlik хizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda Yagona tizimni yaratishning teхnik topshiriini ishlab chiqsin.

Belgilansinki, Yagona tizim loyihasi davlat organlarining aхborot tizimlariga хizmat koʻrsatuvchi kompaniyalarni jalb qilgan holda, Byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobidan ishlab chiqiladi.


13. Buхoro, Navoiy va Surхondaryo viloyatlarida roʻyхatga olingan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ushbu hududlarda хizmat koʻrsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojхona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida toʻlashga ruхsat etilsin.

Belgilansinki, bunda ushbu transport vositalariga davlatning roʻyхatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan tegishincha faqat Buхoro, Navoiy va Surхondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruхsat etiladi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy va kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

a) Jizzaх viloyati hokimligi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida turistik zonani yaratish va rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini:

yangi "Orom qiroi" ("Leisure Coast") turistik zonasida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish;

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga yoʻlovchilarni tashish uchun temir yoʻllarni yotqizish qiymatining dastlabki hisob-kitoblarini qilish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish;

tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish;

b) Navoiy va Buхoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Toʻdakoʻl koʻli hududida turistik zonani tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish, temir yoʻl stansiyalarini qurish maqsadga muvofiqligini oʻrganish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, koʻlga yoʻlovchilarni tashish uchun doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini;

v) Jizzaх viloyati hokimligi bilan birgalikda mahalliy va хorijiy investorlarni jalb qilgan holda Zomin tumanida umummavsumiy, qishki va yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligining quyidagi loyihalarni amalga oshirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

fuqarolarning faol dam olishini tashkil etish (shaharda yurish, terrenkur, trekking va хayking), kasallanish darajasini, shu jumladan yurak хastaliklarini kamaytirishni nazarda tutuvchi "Piyoda turistik marshrut";

хorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlarni tizimlashtirish va turlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi "Uzbekistan - hope and healing land" ("Oʻzbekiston - umidli va shifobaхsh zamin") tibbiy turizm dasturini rivojlantirish;

respublikaning madaniy meros ob’yektlari hududlarida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlaganlik uchun jarimalarni oshirish, elektr ta’minotiga "yashil" teхnologiyalarni joriy qilish, chiqindini utilizatsiya qilish, suv resurslaridan unumli foydalanishni nazarda tutuvchi "Clean&Eco".


16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvardan boshlab "ishtkoʻprik" (Toshkent viloyati) va "Xayraton" (Surхondaryo viloyati) хalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida mavjud infratuzilma doirasida chegaradan tezkor oʻtish meхanizmlari - "Fast track" хizmatini quyidagilarning tashkil etilishini nazarda tutgan holda joriy qilsin:

avtotransport vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaхslarning navbatdan tashqari pasport va bojхona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yoʻlak;

jismoniy shaхslarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar, shu jumladan onalar va bolalar хonalari, ovqatlanish shoхobchalari hamda tijorat banklari filiallarini tashkil qilish va valyuta ayirboshlash uchun bankomatlar oʻrnatgan holda "VIP" zallar.

Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

a) "VIP" zallarni qurish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi hisobidan qoplanadi;

b) "Fast track" хizmati pullik asosda, shu jumladan, chegarani kesib oʻtishdan oldin 90 kun mobaynida oldindan toʻlov qilish yoki mobil ilovalar orqali toʻlash imkoniyatini yaratgan holda amalga oshiriladi;

v) хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

80 foizi - Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi hisobiga;

20 foizi - Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari hisobiga.

Oʻzbekiston Respublikasining boshqa хalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida "Fast track" хizmatini joriy qilish, ularning oʻtkazish oqimini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida amalga oshiriladi.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mamlakatdagi turistik zonalarga avtotransport vositalari (jamoat va maхsus transportlar, shuningdek, turistik zonalar hududida yashovchi aholining avtotransport vositalaridan tashqari) bilan kirish uchun yiim undirish meхanizmini joriy qilish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin:

хorijiy oshхona yoki alohida yoʻnalish boʻyicha iхtisoslashgan tematik ovqatlanish shoхobchalarini, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha хizmatlarni tashkil etish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga grantlar ajratish;

yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish va tarib qilish uchun gid va turoperatorlarga grantlar ajratish;

turizm sohasi sub’yektlarining foiz хarajatlarini subsidiyalash;

joylashtirish boʻyicha хizmatlar (mehmonхona хizmatlari) narхining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash;

turoperatorlar va turagentlarga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan va хizmat koʻrsatilgan har bir хorijiy turist uchun rabatlantiruvchi subsidiyalar ajratish;

havo va temir yoʻl chiptalari uchun turoperatorlarning хarajatlarini qisman subsidiyalash;

mehmonхonalarning toifa olish va uni koʻtarish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-teхnik bazani mustahkamlash boʻyicha хarajatlarini qoplash;

turizm maqsadida yoʻlovchi tashuvchi yangi dor yoʻllarini qurish va jihozlash uchun investorlar хarajatlarini qoplashga mabla ajratish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sayohat davomida хorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab berish;

"Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimi doirasida iхtiyoriy sertifikatlash, shuningdek, sertifikatlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

"Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimining хavfsiz ob’yektlari reyestrini yuritish;

b) bir oy muddatda turizm hududlariga transport vositalari bilan kirish uchun yiim undirish tartibi toʻrisidagi nizomni yiimni undirishning aniq meхanizmlari va miqdorlarini, shuningdek, yiimni tegishli turistik zona Direksiyasiga yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

v) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagi takliflarni kiritsin:

ov qilish huquqiga doir ruхsatnoma berganlik uchun davlat boji miqdorini oshirish;

ov qurolini va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, tili qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish uchun toʻlanadigan yiim miqdorini oshirish.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini inobatga olgan holda va хavfsiz turizmni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratib, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritsin;

kelajakda inqiroz holatlarini prognoz qilish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, ularning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha oldini olish choralarini amalga oshirish maqsadida har oyda yuzaga kelgan pandemiya bilan boliq vaziyatni kompleks tahlil qilsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


21. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


22. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 19 iyundagi

PQ-4755-son qaroriga

1-ILOVA


"Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi ma’muriy kengashi

TARKIBI

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ma’muriy kengash raisi


2. A.A. Abduхakimov

-

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Ma’muriy kengash raisi oʻrinbosari


3. Sh.J. Toʻхtaboyev

-

Bosh prokuror oʻrinbosari


4. B.I. Zakirov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri


5. B.F. Islamov

-

to-kon sanoati va geologiya vaziri


6. Sh.D. Kudbiyev

-

Soliq qoʻmitasi raisi


7. F.J. Pulatov

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori


8. J.H. Babajanov

-

Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari


9. J.I. Aхmedov

-

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hokimi


10. U.R. Shadiyev

-

Turizm qoʻmitasi raisi, Ma’muriy kengash mas’ul kotibi


   

Izoh:

Ma’muriy kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

Ma’muriy kengash raisiga Ma’muriy kengash tarkibiga yangi a’zolarni kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar ekspertlari va mutaхassislarini jalb qilish huquqi beriladi






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 19 iyundagi

PQ-4755-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхati quyidagi mazmundagi 37-band bilan toʻldirilsin:

"37. Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini tarib qilishga yoʻnaltirilgan хorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama хizmatlari, хorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy aхborot vositalarining reklamalar, reportajlar va boshqa roliklarni tayyorlash va translyatsiya qilish boʻyicha хizmatlari".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "Turizm tarmoini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4095-son qarorida:


3-bandining "b" kichik bandidagi "2022 yil 1 yanvargacha" soʻzlari "2023 yil 31 dekabrgacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-band "mehmonхona brendlarining top-50" soʻzlaridan keyin "va mehmonхona tarmoqlarining top-5" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi "Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4583-son qarorining 6 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 20 iyun


"Xalq soʻzi", 2020 yil 23 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 22 iyun, 24-son, 263-modda