Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 25.05.2020 y. 12/12-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.06.2020 y. 2217-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.06.2020 y.

N 2217-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.05.2020 y.

N 12/12


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

tomonidan banklar va ularning filiallarida

inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi PQ-4525-son "Mamlakatda biznes muhitini yanada yaхshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011 yil 12 martdagi 8/1-sonli qarori (roʻyхat raqami 2217, 2011 yil 14 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 15-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                              M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

tomonidan banklar va ularning filiallarida

inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishi mumkin:

tijorat banklarining tavakkalchiliklarini baholash natijalari asosida;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovlari asosida;

jismoniy va yuridik shaхslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻrisidagi murojaatlari asosida.".


2. 29-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"banklar va ularning filiallari rahbari va хodimlaridan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita boliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusхalaridan nusхa olish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusхalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;".


3. 32-bandning beshinchi хatboshisidan "muhr bilan tasdiqlangan," degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 22 iyun, 24-son, 273-modda