Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2020 y. 401-son "Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
22.06.2020 y.
N 401
NOShIRLIK VA MATBAA FAOLIYaTINI
BOShLAGANI HAQIDA VAKOLATLI DAVLAT
ORGANINI XABARDOR QILISh TARTIBI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 16 martdagi PQ-4640-son qaroriga asosan, shuningdek, noshirlik va matbaa faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Matbaa faoliyatini boshlagani haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy aхborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2019 yil 19 dekabrdagi 1017-son qarori 1-bandining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari chiqarib tashlansin, shuningdek, qarorga 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida хabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ikki oy muddatda yaratish choralarini koʻrsin.
4. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2020 yil 23 iyun
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2020 yil 29 iyun, 25-son, 281-modda