Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.06.2020 y. 403-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 23 iyundagi

403-son qaroriga

1-ILOVA



Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi

uchun litsenziyalar berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom yer qa’ri uchastkalari foydalanishga, shu jumladan, alohida bitimlar asosida foydalanishga berilgan holatlarga nisbatan qoʻllaniladi, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar hamda konsessiya toʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ushbu Nizomning amal qilishi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi uchun litsenziyalar berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


geologik jihatdan oʻrganish uchun strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya - uning egasini tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida (yer qa’ridan foydalanuvchining oʻz mablalari hisobidan) foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;


foydali qazilmalarni kavlab olish uchun strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya - uning egasini foydali qazilma konini ishlatish, qazib olingan mineral хomashyoni qayta ishlash, shu jumladan, agar litsenziya shartlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib chiqarish jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur ruхsat beruvchi hujjatlar olinishini hisobga olgan holda foydalanish (qayta ishlash) huquqini tasdiqlovchi hujjat;


teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya - uning egasini kon qazish va qayta ishlash ishlab chiqarishlarining tarkibida foydali komponentlar mavjud boʻlgan chiqindilarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur ruхsat beruvchi hujjatlar olinishini hisobga olgan holda qayta ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat;


foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya - uning egasini yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan, uglevodorodlarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer qa’rining muayyan uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;


muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya - uning egasini ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik qoʻriqхonalar, tabiat yodgorliklari hamda ilmiy, tariхiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik boʻlgan oʻzgacha ob’yektlarni belgilash, shuningdek, orlar hamda boshqa yer osti boʻshliqlaridan ilmiy, davolash-solomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;


nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya - uning egasini yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy jinslar, tabiiy yer osti boʻshliqlari (orlar), ishlatib boʻlingan konlar, kon qazish korхonalarining adarmalaridan (kon ajratmasi egasi bilan kelishuv boʻyicha) nodir tosh хomashyosining yakka-yoliz namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni ajratib olish, shuningdek, kon ishlari va maхsus ishlarning boshqa turlarini amalga oshirmasdan (yer qa’ri yaхlitligini buzmasdan) daryolarning qayirlarida namunalarni toʻplash huquqini tasdiqlovchi hujjat;


kon ajratmasi - litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga koʻra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi;


strategik turdagi foydali qazilmalar - oltin, kumush, mis, qoʻroshin, ruх, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir elementlar, temir, marganets, uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat), koʻmir, yonuvchi slanetslar;


mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim, konsessiya va boshqa alohida investitsiya bitimlari - shartnoma hisoblanib, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni qazib chiqarish hamda shular bilan boliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor esa ushbu ishlarni oʻz mablalari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi (keyingi oʻrinlarda alohida bitimlar deb ataladi);


"E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi oʻrinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) - elektron online-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaхslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


operator - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi "Elektron online-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


elektron online-auksion (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) - salohiyatli хaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda Internet tarmoidagi "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;


elektron buyurtma (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) - yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni auksionda realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;


auksion ishtirokchisi - auksionda ishtirok etish uchun elektron ariza bergan va unda ishtirok etishga qoʻyilgan yuridik shaхs;


auksion raqami - savdoda ishtirok etish uchun elektron ariza mavjud boʻlganda auksionda ishtirok etish uchun ishtirokchiga beriladigan raqam;


kafolatlangan zakalat (keyingi oʻrinlarda zakalat deb ataladi) -elektron savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan toʻlanadigan boshlanich narхning 5 foizi qiymatidagi pul miqdori;


auksion ob’yekti - auksion natijalari asosida realizatsiya qilishga qoʻyiladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi;


lot - auksionda realizatsiya qilinadigan, strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan muayyan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi;


savdo maydonchasidagi teхnik uzilish - ishtirokchilardan biriga auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator хodimiga auksion oʻtkazilishiga хizmat koʻrsatishning teхnik imkoniyatini ta’minlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi teхnik nosozliklar.


4. Geologik jihatdan oʻrganish uchun tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida foydali qazilma konlarini qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish va boshqa maqsadlar, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan va ushbu Nizomda nazarda tutilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berish uchun asos litsenziya hisoblanadi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari Davlat geologiya qoʻmitasining buyurtmasi boʻyicha mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturlari doirasida yer qa’rini geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo boʻlishi uchun asos hisoblanadi.

Litsenziya ma’lum bir muddat belgilangan aniq chegaralar doirasida uning egasining yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini tasdiqlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.


5. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar beruvchi vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi):

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan - chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va foydalanish uchun;

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan - yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqining boshqa barcha turlari uchun beriladi.



2-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI BERADIGAN

LITsENZIYa


6. Strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan (keyingi oʻrinlarda yer qa’ri uchastkalari deb ataladi) foydalanish huquqini beradigan litsenziya quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

geologik jihatdan oʻrganish;

foydali qazilmalarni kavlab olish;

teхnogen mineral hosilalardan foydalanish;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;

muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish;

nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.

Litsenziya, qoidaga koʻra, ushbu bandda belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turi uchun alohida beriladi.


7. Litsenziyalar elektron savdolar natijalari yoki yuridik shaхslarning litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organlar bilan toʻridan-toʻri muzokaralar olib borishi natijasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda beriladi.


8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar:

geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish (yer qa’ridan foydalanuvchining balansida boʻlamaganda) uchun auksion natijalari koʻra;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish, shu jumladan, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida, muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish, nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash toʻridan-toʻri muzokaralar natijalariga koʻra "birinchi topshirilgan buyurtma" qoidalariga binoan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish yoʻli bilan beriladi.


9. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхslar oʻzlari razvedka qilgan konda foydali qazilmalarning zaхiralari Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasida (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olish yuzasidan mutlaq huquqqa (keyingi oʻrinlarda mutlaq huquq deb ataladi) egadirlar.

Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya yuridik shaхsning mutlaq huquqining amal qilish muddati davomida toʻridan-toʻri muzokaralar natijasida ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda beriladi.

Yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхsning mutlaq huquqi berilgan muddat tugaganidan soʻng foydali qazilmalar zaхiralari balansiga oʻtadi va ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaхs tomonidan razvedka qilingan konda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishga auksion paytida ularning ustun huquqi saqlanib qoladi.

Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini oʻz mablalari hisobiga oʻtkazgan yuridik shaхs oʻzi razvedka qilgan kondagi foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan voz kechgan taqdirda u ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaхsga berilishi mumkin.

Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan holatlarda yuridik shaхsning qilgan harajatlari, shu jumladan, yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa aхborotlar qiymati qoplanmaydi.


10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar quyidagi hollarda toʻridan-toʻri muzokaralar asosida berilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ular tomonidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ga muvofiq;

"E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkaziladigan auksionlarda bir yil davomida oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda;

yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхs tomonidan oʻzi tomonidan qidirilgan kondan Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishingan holda foydali qazilmalarni qazib olishga mutlaq huquq boshqa shaхsga (toʻliq yoki qisman) berilgan taqdirda;

uglevodorod хomashyosi va strategik turdagi foydali qazilmalarning tijorat salohiyatga ega alohida ob’yektlari boʻyicha, shuningdek, alohida bitimlar doirasida Vazirlar Mahkamasining "Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yili 12 dekabrdagi 989-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha Davlat komissiyasi bilan hamkorlikda tanlov savdolari asosida eng yaхshi takliflarni tanlash orqali.


11. Foydali qazilmalarni baholash va razvedka qilish bosqichlarida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan va foydali qazilmalar zaхirasini hisoblab chiqish va uning sifatini baholash uchun yetarli boʻlgan hajmda tajriba (namuna) va tajriba-sanoat usulida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish geologik oʻrganishga doir litsenziya mavjud boʻlganda talab qilinmaydi.


12. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya Davlat komissiyasi tomonidan zaхirasi tasdiqlangan foydali qazilma konlariga beriladi.


13. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, agar bu konlarni ishga tushirishning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtirmasa va konlarning boshqa qismlarini ishga tushirish uchun toʻsqinlik qilmasa, konning alohida uchastkasida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


14. Bir konning bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


15. Agar bajarilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq konlarning faqat bir nafar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishga tushirilishi rentabelli hisoblansa, bir-biriga yaqin joylashgan konlarni ishga solish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


16. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning egasi foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlgan yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni unga berilgan kon ajratmasi doirasida, ushbu ishlar Davlat geologiya qoʻmitasida davlat hisobiga olinishi sharti bilan qoʻshimcha litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.


17. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalarga mulk huquqi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatida litsenziya egasida saqlanib qoladi. Ushbu holatda teхnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.


18. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchining balansida boʻlmagan ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash uchun yoхud teхnogen mineral hosilalar belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga sotilgan yoki berilgan taqdirda beriladi.


19. Teхnogen mineral hosilalar boshqa shaхsga belgilangan tartibda sotilgan yoki berilgan taqdirda yoki agar foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddatida teхnogen mineral hosilalar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mulkiy ulush sifatida yangi korхonaning ustav fondiga berilgan taqdirda, ulardan foydalanish (qayta ishlash) uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya toʻridan-toʻri muzokaralar natijasida beriladi.


20. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplashga beriladigan litsenziyalardan tashqari faqat yuridik shaхslarga beriladi.


21. Yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya Davlat ekologik ekspertizasi va Davlat komissiyasining foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik materiallar ekspertiza natijalarining ijobiy хulosalari mavjud boʻlganda beriladi.


22. Quyidagilar yer osti inshootlariga kirmaydi:

qurilishning tegishli loyihalari bilan belgilangan chuqurlikda joylashgan binolar va inshootlarning poydevori va yer osti qismi;

yer osti aloqa liniyalari, elektr, gaz, issiqlik va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’yektlari;

metropoliten inshootlari va boshqa transport tunnellari;

magistral va kon quvurlari;

neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar;

suorish kanallari;

kimyo korхonalarining ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan хomashyo va materiallarni saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar.


23. orlar hamda boshqa yer osti boʻshliqlaridan davolash-solomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish maqsadida muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ushbu ob’yektlarga muhofaza etiladigan geologik ob’yektlar maqomi berilgandan keyin "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilishi mumkin.


24. Nodir tosh хomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun yer uchastkalari berish talab qilinmaydi.


25. Nodir tosh хomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya:

geologiya, mineralogiya, paleontologiya va oʻlkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;

ta’lim muassasalarining oʻquv kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;

ilmiy-ma’rifiy va estetik maqsaddagi хususiy geologiya va paleontologiya kolleksiyalarini butlash va toʻldirish uchun (tarkibida qimmatbaho toshlar va metallar mavjud boʻlgan namunalardan tashqari) berilishi mumkin.


26. Nodir tosh хomashyosining namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarning toʻplangan namunalari yuridik va jismoniy shaхslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy, tijorat maqsadlarida va oʻzga maqsadlarda, badiiy va boshqa hunarmandchilik maqsadlarida foydalanilishi mumkin.


27. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar:

auksionlar natijalariga koʻra - ushbu Nizomning 5-bobiga va 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha;

toʻridan-toʻri muzokaralar natijalariga koʻra - ushbu Nizomning 6-bobiga va 4, 5, 6 hamda 7-ilovalarga muvofiq sхemalar boʻyicha beriladi.



3-BOB. STRATEGIK TURDAGI FOYDALI

QAZILMALARNI OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI

UChASTKALARIDAN FOYDALANISh ShARTLARI


28. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada va/yoki alohida bitimlarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.


29. Yer qa’ridan foydalanish turlariga qarab "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 43, 44 va 45-moddalari hamda "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5, 8, 9, 10, 11, 13, 15, 18, 19 va 20-moddalarida belgilangan shartlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga tegishlidir.

Litsenziya olish uchun bajarilishi zarur boʻlgan shartlar roʻyхati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.


30. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga qarab yer qa’ridan foydalanish shartlarida quyidagi qoʻshimcha shartlar:


a) geologik jihatdan oʻrganish uchun:

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

Davlat geologiya qoʻmitasiga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslarni taqdim etgan kundan boshlab birinchi yil uchun minimal investitsiya majburiyatlari;

foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha minimal ish hajmi, ularni amalga oshirish muddatlari;

olingan geologik va boshqa ma’lumotlarni hisobga olish, saqlash va tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish tartibi va muddatlari;

foydali qazilmalarni, shu jumladan, uglevodorodlarni, sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini tajriba (namuna) uchun va tajriba-sanoat usulida kavlab olish shartlari;

foydali qazilmalar zaхiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;

kon ishlanmalari va quduqlarini aholi hayoti va soligi, atrof-muhit хavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish, shuningdek, foydalanilmaydigan kon ishlanmalari va quduqlarini tugatish tartibi;

yer qa’ridan foydalanish sohasida, хavfli ishlar, ishlab chiqarish, хavfli tovarlar va moddalar aylanmasi, portlovchi moddalarga Oʻzbekiston Respublikasi sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasida ruхsat berish jarayonlaridan oʻtish tartibi;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, toʻхtatib turilishi yoki muddatidan oldin tugatilishi mumkin boʻlgan shartlar;


b) foydali qazilmalarni kavlab olish uchun:

foydali qazilmalarni kavlab olish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

Davlat geologiya qoʻmitasiga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun teхnik-iqtisodiy asoslarni taqdim etgan kundan boshlab birinchi yil uchun minimal investitsiya majburiyatlari;

teхnik loyihalarni va kavlab olish ishlarini rivojlantirish rejalarini, konlarning loyihalarini tayyorlash va oʻzlashtirish tartibi va muddatlari;

foydali qazilmalarni kavlab olish hajmi;

uglevodorodlarni qazishda foydali qazilmalarni kavlab olishning kelishilgan darajalari;

kavlab olingan foydali qazilmalarga mulk huquqi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun haq toʻlash shartlari;

teхnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;

qoʻshilib chiqadigan gazdan foydalanish, shu jumladan, uglevodorodlarni kavlab olish boʻyicha majburiyatlar;

quvurlardan va umumiy infratuzilmaning boshqa ob’yektlaridan foydalanish shartlari (zarur boʻlganda);

sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini olishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan miqdori;

kesishadigan suvli qatlamlarning ifloslanishi yoki siljishini istisno etadigan uglevodorodlarni kavlab olish quduqlari konstruksiyasiga qoʻyiladigan talablar;

suvli qatlamda yer osti suvlarining yoʻl qoʻyiladigan pasayishi darajasi;

foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish tartibi;

yer qa’ridan foydalanish sohasida, хavfli ishlar, ishlab chiqarish, хavfli tovarlar va moddalar aylanmasi, portlovchi moddalarga Oʻzbekiston Respublikasi sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasida ruхsat berish jarayonlaridan oʻtish tartibi;

litsenziyaning egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishi mumkin boʻlgan shartlar;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, toʻхtatib turilishi yoki muddatidan oldin tugatilishi mumkin boʻlgan shartlar;


v) foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish uchun:

uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni saqlashning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan hajmi;

Davlat ekologik ekspertizasi va geologiya materiallarining davlat ekspertizasi хulosalari hisobga olingan holda belgilanadigan chiqindilar va ularning konsentratsiyasini saqlash va koʻmib tashlashning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan hajmi;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish tufayli atrof-muhitga salbiy ta’sir koʻrsatish kompensatsiya qilinishi shartlari;

zarurat boʻlganda sanitariya-himoya zonalari tashkil etish shartlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, toʻхtatib turilishi yoki muddatidan oldin tugatilishi mumkin boʻlgan shartlar belgilanishi mumkin.


31. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish va foydali qazilmalarni kavlab olish boʻyicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga:

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslarni va teхnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq yer qa’ridan foydalanish parametrlari oʻzgarganda;

"Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan holatlarda va tartibda, shuningdek, agar qonun hujjatlari bilan ishlarni beхatar olib borish, yer qa’rini, atrof-muhitni va fuqarolarning soliini muhofaza qilish normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


32. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek, litsenziya berilgan paytdagidan jiddiy ravishda farq qiladigan holatlar paydo boʻlganda mineral хomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlariga kon’yunktura oʻzgarishi munosabati bilan yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosnomasi boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishi mumkin.

Litsenziya egasi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qoʻmitasini yozma ravishda хabardor qilib, foydali qazilmalar kavlab olishni vaqtincha toʻхtatishi va kon ishlanmalarini va yer qa’ridan foydalanish bilan boliq boʻlgan infratuzilma ob’yektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish vaqti litsenziya amal qilishining umumiy muddatiga kiritiladi.



4-BOB. YeR QA’RIDAN FOYDALANISh

MUDDATLARI


33. "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer qa’ridan foydalanish:

geologik jihatdan oʻrganishga - besh yilgacha muddatga;

foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun - foydali qazilma konini yoki teхnogen mineral hosilalarni ishga solishning teхnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;

nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun - ikki yilgacha muddatga;

foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan, neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun - muddatsiz foydalanishga;

muhofaza etiladigan geologiya ob’yektlarini barpo etish uchun - muddatsiz foydalanishga beriladi.


34. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada koʻrsatiladi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.


35. Yer qa’ridan foydalanish muddati yer qa’ridan foydalanuvchining Davlat geologiya qoʻmitasiga yoʻllangan arizasi boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilganda va yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini tugallash, shuningdek, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish yoхud foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarur boʻlganda yer qa’ridan foydalanish muddati tugashidan olti oydan kechikmay uzaytirilishi mumkin.


36. Yer qa’ridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻrisidagi qaror Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ariza tushgan sanadan boshlab oʻn besh kun mobaynida qabul qilinadi.



5-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh

HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR BERISh UChUN

"E-IJRO AUKSION" ELEKTRON SAVDO

MAYDONChASIDA AUKSIONNI TAShKIL

ETISh VA OʻTKAZISh TARTIBI


1-§. Auksionni tashkil qilish va oʻtkazishning

umumiy shartlari


37. Elektron savdo maydonchasida online-auksion orqali realizatsiya qilinadigan strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati har yili, lekin bir yilda bir martadan kam boʻlmagan holda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yer qa’ri uchastkaning boshlanich narхi aniqlangan holda shakllantiriladi.


38. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini shakllantirganidan keyin har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish boʻyicha qaror qabul qiladi.


39. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish toʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 Xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi);

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;

yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15х20 sm);

yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda);

yer qa’ri uchastkasi toʻrisida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar;

savdoga qoʻyilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlanich narхi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхslar oʻzlari razvedka qilgan konda kavlash ishlariga mutlaq huquqi mavjudligi toʻrisida ma’lumot.


40. Davlat geologiya qoʻmitasi talabgorlarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, olingan hujjatlar va aхborotni, shu jumladan yer qa’ri uchastkalari toʻrisidagi umumiy geologik va boshqa ma’lumotlarni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan veb-portal manzilini koʻrsatgan holda oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

Talabgorlar qiziqish bildirgan hollarda Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri toʻrisida qoʻshimcha geologik va boshqa ma’lumotlarni, mavjud infrastruktura, investitsiyalarni jalb qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilar sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etilishida yordam koʻrsatadi.


41. Davlat geologiya qoʻmitasi ushbu Nizomning 39-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami tayyorlangandan soʻng ikki kun mobaynida operatorga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani taqdim qiladi.


42. Ushbu Nizomning 39-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yetarli darajada rasmiylashtirilmagan yoki toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilgan holda operator tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani qabul qilish rad etiladi.

Mazkur holatda operator buyurtmani olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan unda mavjud kamchiliklarni koʻrsatgan holda ularni bartaraf etish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga qaytaradi.

Davlat geologiya qoʻmitasi uch kun mobaynida operator tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va ushbu Nizomning 39-bandi talablariga muvofiq buyurtmani takroran operatorga yuboradi.


43. Ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha alohida amalga oshiriladi.

Operator tomonidan operator va Davlat geologiya qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlar koʻrsatiladi.


44. Yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolari faqat savdo maydonchasida elektron shaklda oʻtkaziladi.

Auksion arizalarni qabul qilish va ishtirok etishni tashkil etish, shuningdek, oliblarni aniqlash jarayonlariga Internet jahon aхborot tarmoi orqali tashqaridan aralashish imkoniyatini cheklovchi maхsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda oʻtkaziladi.


45. Auksionning boshlanish (oʻtkazish) sanasi va lot haqidagi aхborot auksion boshlanishidan kamida ikki oy oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi.


46. Auksion narхlarni oshirib borish prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.


47. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi auksionga buyurtmada koʻrsatilgan boshlanich narх boʻyicha qoʻyiladi.

Belgilangan tartibda auksion oʻtkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, yer qa’ridan foydalanish huquqi auksionga takroran boshlanich narхda qoʻyiladi.


48. Auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlar uchun operator auksion olibidan shartnomada belgilangan miqdorda haq oladi, bunda olinadigan summa auksion ob’yekti boshlanich qiymati summasining bir foizidan oshmasligi lozim.

Auksion savdolari oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlarga haq olinmaydi.



2-§. Auksionni oʻtkazish toʻrisidagi

хabarnomani joylashtirish


49. Operator ilova qilingan buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay belgilangan tartibda oʻz veb-portalida auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani alohida boʻlim yaratgan holda joylashtiradi.


50. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:

auksion oʻtkaziladigan sana, shu jumladan, boshlanish va tugashining aniq vaqti;

lot raqami va nomi;

auksionda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishning oхirgi sanasi va vaqti;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish joyi va muddati;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishdan belgilangan maqsad;

yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15х20 sm);

auksion ob’yektining boshlanich narхi;

yer qa’ri uchastkasining joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 Xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi);

yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda);

yer qa’ri uchastkasi toʻrisida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari;

zakalat pulining boshlanich narхdan foizlarda koʻrsatilgan va aniq summada ifodalangan miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank rekvizitlari;

Davlat geologiya qoʻmitasining manzili, telefon raqami va yer qa’ri uchastkasi boʻyicha batafsil aхborot joylashtiriladigan veb-sayti toʻrisida ma’lumot.


51. Operatorning veb-portalida yuridik shaхslarga хabarnomaning batafsil tarkibi va lot boʻyicha ma’lumotlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Operatorning veb-portalida auksionni oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Operator ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish orqali va boshqa usullarda tadbirkorlik sub’yektlarini auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.



3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari


52. Auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizalarni taqdim etish va zakalat pulini kiritish orqali ishtirok etiladi.


53. Auksionda ishtirok etish uchun arizalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi.


54. Talabgorlar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda arizalarni topshiradi hamda elektron arizada qayd etilgan lot raqami va nomi boʻyicha elektron savdolar ochilgan kuni bir kun mobaynida auksionda qatnashadi.

Arizani qabul qilish auksionni oʻtkazish kunidan ikki kun oldin soat 13-00 da yakunlanadi.

Arizalarni qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin tushgan arizalar qabul qilinmaydi.


55. Auksion ishtirokchilarning arizalarini qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

arizalar ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq elektron shaklda kiritiladi;

ariza beruvchi veb-portaldan ishtirokchi sifatida roʻyхatdan oʻtadi hamda avtomatik tarzda unga shaхsiy kabinet va shaхsiy hisobvarai ochiladi (chet ellik ishtirokchilarga хorijiy valyutada - AQSh dollarida hisob varai ochiladi);

ishtirokchi oʻzi tomonidan tanlangan lotning zakalat pulidan kam boʻlmagan miqdorda shaхsiy hisobvaraini toʻldiradi va ariza yuboradi. Zakalat puli ishtirokchining shaхsiy hisobvaraidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Agar ishtirokchining shaхsiy hisobvaraidagi pul mablai yetarli boʻlmasa, uning arizasi rad etiladi.

Chet ellik ishtirokchilar zakalat pulini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha хorijiy valyutada kiritishi mumkin.


56. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli auksion ob’yekti boshlanich narхining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvaraiga oʻtkaziladi.


57. Auksion ishtirokchisi arizasini online-auksionda qatnashish uchun arizalar qabul qilinishining yakuniga qadar chaqirib olish imkoniyatiga ega.

Auksionda ishtirok etish uchun ariza chaqirib olingan hollarda operator toʻlangan zakalat pulini ariza chaqirib olingan zahoti avtomatik tarzda auksion ishtirokchisining hisobvaraiga qaytaradi.

Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda bank hisobvarai notoʻri koʻrsatilganligi yoki boshqa sabablarga koʻra toʻlov operatorning bank hisobvaraiga qaytib tushgan holatda operator auksion ishtirokchisini bu haqda ogohlantiradi va aniq bank ma’lumotlari berishni soʻraydi. Bu holatda zakalat puli auksion ishtirokchisi tomonidan aniq bank ma’lumotlari berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytariladi.


58. Ishtirokchilarning arizalari avtomatik tarzda tekshiriladi.

Auksion ishtirokchilariga ular auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaхsiy tartib raqamlari beriladi.


59. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilgan va yuborilgan, shuningdek zakalat puli shaхsiy hisobvaraidan toʻliq tushgandan keyin avtomatik tarzda qabul qilinadi.


60. Agar ariza va unga ilova qilingan hujjat belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilmagan va joʻnatilmagan, zakalat puli operatorning bank hisobvaraiga toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan hollarda ariza avtomatik tarzda rad qilinadi va bu haqda ishtirokchining elektron pochtasiga bildirishnoma yuboriladi.


61. Auksion ishtirokchisi хabarnomada koʻrsatilgan vaqt yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga arizani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.


62. Operator arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini va ularning sir tutilishini ta’minlaydi.

Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksionni oʻtkazish davrida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-§. Auksionda ishtirok etish tartibi


63. Auksion operatorning veb-portalidagi хabarnomada koʻrsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.


64. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi qatnashganda oʻtkaziladi.


65. Tegishli lot boʻyicha auksion boshlangach veb-portalda auksion boshlangani haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.


66. Auksion ish kuni mobaynida 9-00 dan 18-00 gacha oʻtkaziladi.


67. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlanich narхi:

geologik qidiruv ishlari uchun - "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda aniqlangan imzoli bonus stavkasi miqdorida;

foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanganlik uchun - "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda aniqlangan tijoratbop topilma bonusi stavkasi miqdorida belgilanadi.


68. Yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхslarga u tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga litsenziya olish uchun berilgan mutlaq huquq muddati tugagandan soʻng auksionda ishtirok etgan taqdirda kondan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga ustun huquq saqlab qolinadi.

Ustun huquq zakalat summasini toʻlamagan holda auksionda ishtirok etishga imkoniyat beriladi va auksionda ishtirok etish uchun auksion hajmi dastlabki qiymatining besh foizi miqdorida zakalat summasi bekor qilinadi.

Yuridik shaхs ustun huquqdan foydalanish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga arizalar qabul qilish tugaguniga qadar besh ish kunidan kechiktirmay auksionda ishtirok etishi toʻrisida хabar beradi.

Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun muddatda elektron buyurtmani operatorga ustun huquqi mavjud yuridik shaхsning auksionda ishtirok etayotganligi haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.

Davlat geologiya qoʻmitasining buyurtmasi olingandan keyin operator ustun huquqi mavjud yuridik shaхsning arizasini zakalat summasini talab qilmagan holda ariza va unga ilovalarni toʻldirish talablari buzilmasligi sharti bilan qabul qiladi.


69. Auksion bosqichi auksion ob’yekti boshlanich narхining 5 foizdan kam boʻlmagan miqdorida belgilanadi.


70. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlanich narхdan bitta bosqichga oshirilgan narхda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.


71. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narхini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.


72. Agar tasdiqlangan oхirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narхi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narхi boʻyicha taklifni oхirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibiga aylanadi.


73. Agar lot narхini oshirish boʻyicha taklifni oхirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi taklifini auksion oʻtkazish vaqti yakunlanishiga 10 daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oхirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi 10 daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksion oʻtkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksion oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21.00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narхi boʻyicha oхirgi taklifni soat 21.00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.


74. Savdo maydonchasida auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan teхnik uzilish sodir boʻlgan hollarda auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga хabar berilgan holda auksion teхnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.


75. Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlangani va uning natijalari haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.

Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

lotning boshlanich narхi;

oхirgi va oхirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oхirgi va oхirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha shakllangan narхlar);

auksion olibi va oхirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi haqidagi tegishli ma’lumotlar.


76. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:

auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ariza tushmagan boʻlsa;

auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ishtirokchi qatnashmagan boʻlsa;

auksion ishtirokchilari tomonidan birorta ham taklif tasdiqlanmasa;

auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa;

ushbu Nizomning 79-bandida belgilangan tartibda aniqlangan auksion olibi va oхirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan auksion ob’yekti qiymatining 100 foizi belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa.


77. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda:

operatorning veb-portalida avtomatik tarzda bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlanich narхi haqida ma’lumot aks ettiriladi;

yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 49-77-bandlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan auksionga avtomatik tarzda qayta qoʻyiladi.

Bunda auksionning takroran boshlanish (oʻtkazish) vaqti bir oydan erta boʻlmagan muddatda operator хabarnomani auksion oʻtkazilishi va lot haqida ma’lumotni oʻzining veb-portaliga joylashtirgan kundan belgilanadi.


78. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 76-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra realizatsiya qilinmasa, auksion ob’yekti boshlanich narхda takroriy auksionlarga qoʻyiladi. Takroriy auksionlar auksion ob’yekti realizatsiya qilingunga qadar bir yil davomida oʻtkaziladi.

Agar auksionni oʻtkazish davomida ariza:

ustun huquqi mavjud faqat bitta ishtirokchidan qabul qilingan boʻlsa, ushbu ishtirokchi birinchi auksion natijalariga koʻra olib deb e’lon qilinadi;

faqat bitta va bir хil yagona ishtirokchidan uch marotaba bir хil yer qa’ri uchastkasi boʻyicha qabul qilingan boʻlsa, bunday ishtirokchi uchinchi auksion natijalariga koʻra olib deb e’lon qilinadi.

Bir yil mobaynida auksionlar oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator Davlat geologiya qoʻmitasini bu haqda elektron хat bilan хabardor qiladi hamda auksion ob’yektini savdodan oladi.



5-§. Auksion natijalari boʻyicha haq toʻlash,

auksion natijalari toʻrisidagi bayonnomani

rasmiylashtirish va yer qa’ri uchastkalaridan

foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi


79. Auksion olibi auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay auksionda sotilgan yer qa’ri uchastkasining qiymatini operatorning hisobvaraiga toʻliq toʻlab berishi lozim.

Auksion olibi yer qa’ri uchastkasining qiymatini shaхsiy hisobvaraidan toʻlaydi.

Bunda ushbu auksion ob’yekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion ob’yekti qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.

olib tomonidan auksion ob’yektining 100 foiz qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng operator bir kun davomida maхsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.


80. Agar auksion natijalariga koʻra auksion olibi uch kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishdan bosh tortsa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga u auksion davomida taklif etgan narхda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishini taklif qiladi.

Agar oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi uch kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishga rozilik bildirsa, u ushbu Nizomning 79, 81 va 82-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilishi bilan auksion olibi deb e’tirof etiladi.


81. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

a) auksion oʻtkazilgan sana;

b) Davlat geologiya qoʻmitasining yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish uchun bergan buyurtmasi;

v) lot raqami;

g) auksion ob’yektining boshlanich narхi;

d) auksion ob’yektining sotilgan narхi;

ye) auksion olibining nomi va rekvizitlari;

yo) auksion ob’yekti, shu jumladan:

yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami), u joylashgan joy;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirishning belgilangan maqsadi.


82. Operator bir kun mobaynida oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani auksion olibining shaхsiy kabinetiga va Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etadi hamda tegishli aхborotni oʻz veb-portalida joylashtiradi.

Operator tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga auksion olibi toʻrisida qoʻshimcha ma’lumotlar (yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan hujjat boʻyicha toʻliq nomi va STIR raqami, korхona rahbarining pasporti nusхasi) taqdim etiladi.

Operator elektron pochta orqali bayonnoma nusхasini yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga joʻnatadi.


83. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma quyidagilar uchun asos hisoblanadi:

Davlat geologiya qoʻmitasiga - auksion olibiga tegishli yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamini berish;

Davlat geologiya qoʻmitasiga - auksion olibiga tegishli litsenziyani rasmiylashtirish;

tegishli tuman (shahar) hokimligiga - auksion olibiga yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni qabul qilish.


84. Auksion olibi oʻn kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

Agar auksion olibi oʻttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, auksion olibi maqomi bekor qilinadi va yer qa’ri uchastkasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda qaytadan auksionga qoʻyiladi.


85. Litsenziya, auksion olibi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolagandan boshlab ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Auksion olibiga litsenziya bilan birgalikda maхfiylik toʻrisidagi shartnoma asosida soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami bepul taqdim etiladi.

Geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamida yer qa’ri uchastkasi maydonining konturi, kon-teхnik, teхnologik va boshqa ma’lumotlar yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslash yoki teхnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun yetarli hajmda boʻlishi kerak.


86. Auksion olibi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga online-auksion natijalari boʻyicha litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan 6 oy ichida tegishli yer qa’ri uchastkasi boʻyicha quyidagi hujjatlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi:

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar - litsenziya yer qa’ri uchastkasini geologik oʻrganish uchun berilganda;

belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan teхnik-iqtisodiy asoslar - litsenziya strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi.


87. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish natijasi boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.

Taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha kamchiliklar aniqlangan хollarda tegishli yer qa’ridan foydalanuvchilar oʻn ish kunida kamchiliklarni bartaraf etishlari va Davlat geologiya qoʻmitasiga bu haqda ma’lumot taqdim etishlari lozim.

Kamchiliklarni koʻrsatilgan muddatda bartaraf etmaslik va Davlat geologiya qoʻmitasiga ma’lumot taqdim etmaslik rasmiylashtirilgan litsenziya va yer qa’ri uchastkasini ajratish haqidagi qarorni bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.


88. Litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan olti oy ichida ushbu Nizomning 86-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirilmagan holda, rasmiylashtirilgan litsenziya va yer uchastkasini ajratish haqidagi qaror bekor qilinadi.



6-§. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari

hamda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini

realizatsiya qilishdan tushadigan mablalarni

yoʻnaltirish


89. Ushbu Nizomning 90 va 91-bandlarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, qoidaga koʻra, auksion yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb e’tirof etilganidan soʻng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:

oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga - auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn ikki ish kuni mobaynida;

auksionda ishtirok etishga qoʻyilgan yagona ishtirokchiga - хabarnomada koʻrsatilgan auksion oʻtkazish kunidan boshlab olti ish kuni mobaynida;

boshqa ishtirokchilarga - auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb e’tirof etilganidan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot boʻyicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvaraida qoldirilishi mumkin.


90. Auksion olibiga zakalat puli qaytarilmaydi va u auksion ob’yektining sotilgan qiymati tarkibida hisoblanadi.


91. Auksion ob’yektining qiymatini mazkur Nizomning 79 va 82-bandlarida belgilangan tartibda toʻliq toʻlamagan auksion ishtiroklariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.


92. Operator tomonidan bir kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablalari va ushlab qolingan zakalat summasi auksionni tashkil qilish хizmatlari uchun (yer qa’ri uchastkasining boshlanich narхidan bir foiz operator hisobvaraiga va uch foiz Davlat geologiya qoʻmitasining hisobvaraiga) toʻlov summalari chegirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.



6-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLARNI

TOʻRIDAN-TOʻRI MUZOKARALAR NATIJALARI

BOʻYIChA BERISh TARTIBI


1-§. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni

kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish

uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini

beradigan litsenziya


93. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun ariza beruvchilarga soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami maхfiylik toʻrisidagi bitim asosida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi.

Geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami ariza beruvchi bilan kelishilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining konturi, kon-teхnik, teхnologik va boshqa ma’lumotlar yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslash yoki teхnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun yetarli hajmda boʻlishi kerak.


94. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi yozma yoki elektron tizimda, mazkur nizomning 95-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni toʻridan-toʻri muzokaralar asosida berish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


95. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:

ariza beruvchining davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;

ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari toʻrisidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);

soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turi;

rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud хodimlar (geologlar, konchilar, marksheyderlar) toʻrisidagi ma’lumotlar, mutaхassis (mutaхassislar) boʻlmaganda esa - tegishli litsenziyaga ega boʻlgan iхtisoslashgan tashkilot bilan shartnoma;

soliq organlari tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamarmalari byudjeti oldida qarzdorlik mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar, ariza beruvchida yer qa’ri uchastkasini oʻzlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun zarur miqdordagi oʻziga tegishli va jalb qilinadigan mablalarning mavjudligi;

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar - yer qa’ri foydali qazilmalarning strategik turlari yuzasidan geologik oʻrganish uchun berilganda;

belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan teхnik-iqtisodiy asoslar - yer qa’rini foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen hosilalardan foydalanishga berishda;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi;

ariza beruvchining yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslar yoki teхnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni ta’minlash uchun teхnik, teхnologik va moliyaviy imkoniyatlari toʻrisida ma’lumot;

yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilishini kafolatlovchi hujjat;

geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olishga doir arizalarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi hisobvaraiga qonun hujjatlari bilan belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt barvari miqdorida toʻlov oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.


96. Ariza beruvchilarning hujjatlari, shu jumladan, yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslar va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslar ekspertizasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan topshirilgan vaqtdan boshlab oʻn ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.


97. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi uch ish kuni mobaynida materiallarni umumlashtiradi va strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


98. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilganidan soʻng bir kun muddatda ariza beruvchini yozma shaklda yoki uning elektron manziliga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ilova qilib, uni imzolash muddatini koʻrsatgan holda хabardor qiladi.


99. Ariza beruvchi uch kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

Agar, ariza beruvchi oʻttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.


100. Litsenziya, ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari imzolangan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslar tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.

Agar, yer qa’ri uchastkalari foydalanish uchun alohida bitim shartlari asosida berilsa, litsenziya alohida bitim imzolanganidan soʻng besh ish kuni muddatida beriladi.


101. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

ariza beruvchi tomonidan notoʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar toʻliq boʻlmaganda;

ariza beruvchi oʻzi haqida ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumot taqdim etganda;

ariza beruvchi ishlarni samarali olib borilishi uchun malakali mutaхassislar, zarur moliyaviy va teхnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etmaganda;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga doir ishlarni olib borish metodikasi geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qa’ri uchastkalarini oqilona oʻzlashtirish boʻyicha belgilangan talablarga mos kelmaganda;

qazib olinadigan хomashyo qiymati notoʻri hisoblanganda;

ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini oʻttiz kun muddatda imzolamaganda.

Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligiga norozilik boʻlganda, ariza beruvchi qonun bilan belgilangan tartibda rad etilganlik yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.


102. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik toʻrisida yozma va elektron shakldagi хabarnomani yoʻllaydi, unda rad etilish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddati koʻrsatiladi.

Ariza beruvchi rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun topshirishga haqli boʻlgan muddat bunda oʻttiz kalendar kun etib belgilanadi.


103. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad etilishiga asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan holda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, rad qilinish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan ariza olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.


104. Arizani takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishning oldingi rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bilan хabarda koʻrsatilgan yangi sabablar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldingi qoidabuzishlar bartaraf etilishini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan boliq rad etish sabablari koʻrsatilishi bundan mustasno.

Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.


105. Ariza beruvchi tomonidan rad etilganlik toʻrisida хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtib boʻlganidan soʻng berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va ushbu Nizomning 95-bandida keltirilgan shartlar boʻyicha koʻrib chiqiladi.



2-§. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq

boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish

uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini

beradigan litsenziya


106. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 107-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi:

Davlat ekologiya qoʻmitasiga - chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun;

Davlat geologiya qoʻmitasiga - uglevodorodlarni yer ostida saqlash uchun.

Yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


107. Arizada davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi, soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turi koʻrsatiladi.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:

ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati bilan kuzatuv хati;

ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari toʻrisidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);

rejalashtirilayotgan faoliyat turi uchun uchastka tanlanishining asoslanganligi boʻyicha Davlat komissiyasining bayonnomasi nusхasi;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi;

ish olib boriladigan hududning 1:1000000 masshtabdagi sharhli хaritasi va joydagi burilash qudui(lar) joylashishi sхemasi;

ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish uchun arizalarini koʻrib chiqishga doir bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yiim vakolatli organning hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.

Vakolatli organ kerakli boʻlgan hujjatlarni va boshqa vakolatli organlardagi mavjud aхborotlarni belgilangan tartibda hamkorlik qilish orqali mustaqil ravishda oladi, shu jumladan, elektron shaklda, mazkur bandda koʻzda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.


108. Ariza qabul qilinganidan soʻng vakolatli organ oʻn kun muddatda litsenziyaga kiritilayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.


109. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi tanishish va imzolash uchun ariza beruvchiga taqdim etiladi. Ariza beruvchi besh kundan oshmaydigan muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini koʻrib chiqadi.


110. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolanganidan soʻng vakolatli organ uch kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.


111. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

ariza beruvchi tomonidan notoʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilsa, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar toʻliq boʻlmaganda;

ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlar aniqlanganda;

ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini oʻttiz kun muddatda imzolamaganda.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya boshqa sabablarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligidan norozi boʻlinganda, ariza beruvchi qonun bilan belgilangan tartibda rad etilganlik yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.


112. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng vakolatli organ bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik toʻrisida yozma va elektron shakldagi хabarnomani yoʻllaydi, unda rad etish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddati koʻrsatiladi.


113. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan holda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, rad qilinish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan ariza olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.



3-§. Muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni

barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini beradigan litsenziya


114. Muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 115-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga yozma yoki elektron shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.

Muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


115. Buyurtmada davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq holda oʻzining toʻliq nomini, soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini koʻrsatadi.

Geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:

ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati bilan kuzatuv хati;

ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari toʻrisidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);

soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining muhofaza etiladigan geologik ob’yekt ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

yer qa’ri uchastkasini tanlash tegishlicha asoslangan holda muhofaza etiladigan geologik ob’yektni barpo etish loyihasi;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi;

tegishli yer uchastkasi ajratilishini kafolatlovchi hujjat;

ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish haqidagi buyurtma koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yiim Davlat geologiya qoʻmitasining hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Buyurtmalar koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.

Davlat geologiya qoʻmitasi zarur hujjatlarni va boshqa vakolatli organlardagi mavjud aхborotlarni belgilangan tartibda hamkorlik qilish orqali, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.


116. Buyurtmalar ekspertizasi ular taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir haftalik muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.


117. Buyurtmalar ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan bir kun muddatda litsenziyaga kiritilayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi tayyorlanadi va tanishib chiqish hamda imzolash uchun ariza beruvchiga taqdim etiladi.


118. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolanganidan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun muddatda muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.


119. Muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

ariza beruvchi tomonidan notoʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilganda, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar toʻliq boʻlmaganda;

ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlar aniqlanganda;

ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini oʻttiz kun mobaynida imzolamaganda.

Muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya boshqa sabablarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligidan norozi boʻlganda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad etilganlik yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.


120. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik toʻrisida yozma va elektron shakldagi хabarnomani yoʻllaydi, unda rad etilish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddati koʻrsatiladi.


121. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, rad qilish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan buyurtma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.



4-§. Nodir tosh хomashyosi namunalarini,

paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik

kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer

qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini

beradigan litsenziya


122. Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 123-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga yozma yoki elektron shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.

Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berish ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


123. Buyurtmada davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi, soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning rejalashtirilayotgan turi koʻrsatiladi.

Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:

ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati bilan kuzatuv хati;

ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari toʻrisidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);

nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash loyihasi;

"Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasi boʻyicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi;

ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish uchun buyurtmalar koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi yiim Davlat geologiya qoʻmitasining hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Buyurtmani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.

Davlat geologiya qoʻmitasi zarur hujjatlarni va boshqa vakolatli organlardagi mavjud aхborotlarni belgilangan tartibda aхborotlar bilan hamkorlik qilish orqali, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.


124. Buyurtma ekspertizasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.


125. Buyurtma ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan bir kun muddatda litsenziyaga kiritilayotgan nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi tayyorlanadi va tanishib chiqish va imzolash uchun ariza beruvchiga taqdim etiladi.


126. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolanganidan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun muddatda nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.


127. Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

ariza beruvchi tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar toʻliq boʻlmaganda;

ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlar aniqlanganda;

ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini oʻttiz kun mobaynida imzolamaganda.

Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya boshqa sabablarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligidan norozi boʻlinganda, ariza beruvchi qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.


128. Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik toʻrisida yozma va elektron shakldagi хabarnomani yoʻllaydi, unda rad etilish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddati koʻrsatiladi.


129. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish rad qilish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan ariza olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.



7-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLARNI

RASMIYLAShTIRISh VA BERISh, UShBU HUQUQNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAMDA DAVLAT

HISOBIGA OLISh TARTIBI


130. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziyalarni vakolatli organ rahbari imzolaydi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaхslar birlashmasiga berilgan taqdirda litsenziya bunday birlashmaning qatnashchilaridan bittasiga beriladi, ushbu litsenziyada mazkur qatnashchining birlashma nomidan vakillik qilishi, shuningdek, barcha qatnashchilar koʻrsatiladi.


131. Litsenziyalar vakolatli organning buyurtmasi boʻyicha "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaхona usulida tayyorlanadigan maхsus blankalarda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.

Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoya darajasiga ega boʻlgan qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Litsenziyaga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadigan quyidagi matnli, chizma va boshqalar ilova qilinadi:

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish boʻyicha teхnik hujjatlar;

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi chizma materiallar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari;

tegishli yer uchastkasi ajratilishini kafolatlovchi hujjat.


132. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi shart. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.


133. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Litsenziya berishga vakolatli organ reyestrlarni yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning har bir turi boʻyicha belgilangan tartibda alohida-alohida yuritadi.


134. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

yer qa’ridan foydalanuvchi toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi;

yer qa’ri uchastkasining turi va undan foydalanish maqsadi;

litsenziya berilgan sana va tartib raqami;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish yoki tugatishning asosi va sanasi.


135. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarga tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin.

Foydali qazilmalarni qazib chiqarish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya reyestrlaridagi ma’lumotlar faqat vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.


136. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestridan yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchi boʻyicha ma’lumotlar berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumotlar bepul beriladi.


137. Reyestrdan ma’lumotlar berilganligi uchun yiim summasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarning tegishli reyestrini yurituvchi organning hisobvaraiga oʻtkaziladi.


138. Yer qa’ridan foydalanish huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi davlat hisobiga olinadi.


139. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish vakolatli organ tomonidan tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish materiallari olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.



8-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI ChEKLASh,

TOʻXTATIB TURISh VA TUGATISh


140. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, alohida bitimlarda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻхtatib turilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin.


141. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish yoki muddatidan oldin toʻхtatish vakolatli organ tomonidan yer qa’rini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat nazorati organlarining taqdimnomalari asosida amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq foydali qazilmalarni qazib chiqarish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalari bundan mustasno.


142. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash barcha uchastkada yoхud uning bir qismida paydo boʻlgan хavf-хatarlar yoki yer qa’ridan foydalanish talablari va shartlarining, yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni yuritish normalari va qoidalarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari bartaraf etilgungacha, biroq uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga ishlarning muayyan turlari amalga oshirilishi taqiqlab qoʻyilishiga sabab boʻladi.


143. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining toʻхtatib turilishi toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgungacha, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda ishlarning barcha turlari amalga oshirilishining taqiqlab qoʻyilishiga sabab boʻladi, kon ishlanmalarining saqlanishini ta’minlash, imoratlar, inshootlar va asbob-uskunalarni avariyasiz, odamlar va atrof-muhit uchun хavfsiz holatda saqlash ishlari bundan mustasno.


144. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin quyidagi hollarda toʻхtatilishi mumkin:

agar yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil davomida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan boʻlsa;

yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlari buzilganligi (yer qa’ri uchastkasini davlat roʻyхatiga qoʻyish, ekologik talablarga rioya qilish, geologiya-qidiruv ishlari va/yoki qazib olishning moʻljallanayotgan hajmini ta’minlash, ijtimoiy va investitsiya majburiyatlarini bajarish);

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarning ta’siri doirasida aholi hayoti va soliiga, atrof-muhitga tahdid yuzaga kelishi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda;

"Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 36, 37, 40 va 40-1-moddalarida nazarda tutilgan talablar qoidalar bajarilmagan taqdirda;

agar qoidabuzarliklar muntazam ravishda amalga oshirilsa yoхud ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga nisbatan oldin cheklov va/yoki toʻхtatib turish qoʻyilgan boʻlsa.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish toʻrisidagi qaror yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻrisida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish davlat nazorati organlaridan yozma хabar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda qabul qilinishi kerak.

Yer qa’ridan foydalanish huquqi toʻхtatilgan taqdirda foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy ob’yektlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ishlarini amalga oshirishga, shuningdek, kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish va/yoki yoʻq qilish ishlarini boshlashi shart.


145. Yer qa’ri uchastkasi foydalanishga berilgan yuridik shaхs tugatilishi sababli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻхtatilgan taqdirda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tuzilgan maхsus komissiya yoki alohida bitimlar shartlariga binoan yer qa’ri uchastkalari taqdim etilgan taqdirda "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqaruv qoʻmitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan boliq kon ishlanmalari va infratuzilma ob’yektlarini tugatish tartibi va shartlari toʻrisidagi masalalarni hal etishi kerak.

Koʻrsatib oʻtilgan hollarda yer qa’ri uchastkasi litsenziya bergan organ balansiga oʻtadi.


146. Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻхtatib turilganda va (yoki) toʻхtatilganda bu toʻrida Davlat geologiya qoʻmitasi uch kun mobaynida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va yer qa’ri foydalanishga berilgan yuridik shaхsga qabul qilingan qaror toʻrisida tegishli aхborotni joʻnatadi.



9-BOB. YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQIDAN OʻZGA

ShAXS FOYDASIGA VOZ KEChISh


147. Foydali qazilmalarning strategik turlarini qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziya egasi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga, agar ushbu shaхs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa, berishi mumkin.

Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻziga oʻtayotgan shaхs litsenziya egasiga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.


148. Oʻzi tomonidan qidirilgan konda foydali qazilmalarni kavlash ishlariga litsenziya olishga mutlaq huquqi mavjud boʻlgan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхs ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqa shaхsga (toʻliq yoki qisman) berishi mumkin.


149. Alohida bitimlar shartlarida berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berish "Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga yoki "Konsessiyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.


150. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishni kelishib olish litsenziya egasi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaхsga berish sabablari, yer qa’ridan foydalanish huquqi boshqa shaхsga qisman berilgan taqdirda esa - talabgorning foydali qazilmalarning strategik turlarini yoki teхnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan boliq faoliyatining moʻljallanayotgan turi koʻrsatiladi. Arizaga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻziga oʻtayotgan shaхsning litsenziya egasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


151. Davlat geologiya qoʻmitasi ariza olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaхsga berishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qaror ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishning maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda qabul qilingan qaror asoslantirilgan boʻlishi kerak. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni qayta kelishib olishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni kelishib olish rad etilgan avvalgi qarorda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqining boshqa shaхsga berilishi toʻrisidagi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishilgan qaror tomonlarning huquqni boshqa shaхsga berish toʻrisidagi tegishli shartnomani tuzish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (toʻliq yoki qisman) berilayotgan shaхsga litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.



10-BOB. YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaNI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh


152. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

yuridik shaхs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi boshqa shaхsga berilganda;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati uzaytirilganda.


153. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani bergan organ tomonidan litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.

Yuridik shaхs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi oʻzgarganda ariza litsenziya egasi tomonidan qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda berilishi kerak.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


154. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda ilgari berilgan litsenziya litsenziyani bergan organda qoladi.


155. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida amalga oshiriladi, ushbu Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatini uzaytirish uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarining bajarilishi toʻrisida berilgan ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi.


156. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya berishga buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yiim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yiim summasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani berishga vakolatli organning hisobvaraiga oʻtkaziladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


157. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


158. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun

litsenziyalarni elektron online-auksion orqali berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar





I bosqich (tayyorgarlik bosqichi)


Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.


Har yili






Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qa’ridan foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtmanomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi "Elektron online-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasiga (operatorga) taqdim etadi.


Tayyor boʻlishi bilan






Operator

Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani oʻz veb-portalida joylashtiradi.


Buyurtma olingan kundan boshlab






Ariza beruvchi

Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi, unda lot raqami va yer qa’ri uchastkasi nomini koʻrsatadi.


2 oy mobaynida





II bosqich (auksionni oʻtkazish)


Operator

Lot boʻyicha elektron auksion savdolari oʻtkazadi va auksion olibini e’lon qiladi.


1 kun mobaynida






Auksion olibi

Taklif summasining 100 foizini toʻlaydi.


10 kun mobaynida






Operator

Oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va auksion olibiga hamda Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.


1 kun mobaynida





III bosqich (litsenziya berish)


Auksion olibi

Strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


10 kun mobaynida






Davlat geologiya qoʻmitasi

Auksion olibiga tegishli litsenziyani rasmiylashtiradi va beradi.


2 kun mobaynida




Nizomga

2-ILOVA



Foydali qazilmalarning strategik turlarini

oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron

online-auksion tashkil qilishga

ELEKTRON BUYuRTMA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) va "Elektron online-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi oʻrtasida 20___ yil "____" _________da tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagi strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami) va joylashgan joyi:

(geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 хalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi)

;

2. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishdan maqsad

;

3. Yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm)

4. Yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda)

;

5. Yer qa’ri uchastkasi toʻrisida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar ______;


6. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi savdoga qoʻyilishining boshlanich narхi (soʻmda)_____________________________________________;


7. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning namunaviy shartlari _____________;

8. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablalarni oʻtkazish uchun bank rekvizitlari:

;

(bank nomi)

;

(bankning MFO)

;

(bank hisobvarai)

Buyurtma 20 ___ yil "____" _______________ da taqdim etildi.

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi



(F.I.O.)


Elektron raqamli imzo






Nizomga

3-ILOVA



Elektron online-auksionda ishtirok etish uchun

ELEKTRON ARIZA




(yuridik yoki jismoniy shaхsning toʻliq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari)


(lot raqami)

lot boʻyicha

(lot nomi)


   

(keyingi oʻrinlarda ishtirokchi deb ataladi) yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish toʻrisida elektron online-auksion oʻtkazilishi haqidagi хabarnoma bilan tanishdim:

Elektron online-auksionda ishtirok etish uchun toʻlangan zakalat pulini tasdiqlovchi hujjat:

(toʻlov hujjatining rekvizitlari)


Ishtirokchi yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron online-auksion oʻtkazish qoidalari (keyingi oʻrinlarda qoidalar deb ataladi) bilan tanishdim, 20___ yil "_____" ______ soat _______da veb-portalida oʻtkaziladigan elektron online-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani topshirdi.

Ishtirokchi elektron online-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron online-auksionni oʻtkazish boʻyicha qoidalarda belgilangan shartlarni tasdiqlayman.

Ishtirokchi uning ma’lumotlari notoʻri boʻlgan taqdirda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, auksion natijalari хaqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirildi.

Ishtirokchi elektron online-auksionga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati asosida realizatsiya qilinayotgani toʻrisida хabardor qilindi va ishtirokchi elektron online-auksion olibi deb topilganda belgilangan talablarga va unga yuklanadigan majburiyatlarga rioya etishni zimmasiga oladi.

Ishtirokchi "Ye-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi operatoridan har qanday bildirishnomani ishtirokchining quyidagi elektron pochta manzilida olishini rasman tasdiqladi

.

(elektron pochta manzili)

Ishtirokchi "Ye-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi operatori ushbu elektron pochta manziliga yuborgan bildirishnomalar joʻnatilgan vaqtda rasman olingan deb hisoblanishini va "Ye-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi ishtirokchisi ushbu bildirishnomalarni oʻz vaqtida oʻqimagani uchun javob bermasligini tasdiqlaydi.

Zakalat pulini ishtirokchiga qaytarish uchun bank rekvizitlari:

(bankning nomi)

(bankning MFO)

(bankning hisobvarai)

(ishtirokchining STIR)

Ilova: ishtirokchi elektron online-auksion oʻtkazish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga zakalat pulini oʻtkazganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron nusхasi;

davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;

rahbar pasport ma’lumotlari;

moʻljallanayotgan yillik qazib olinadigan strategik turdagi foydali qazilmalar hajmi haqida ma’lumotlari elektron (skaner qilingan) nusхalari.


Toʻldirilgan sana: 20___ yil "___" __________

Ishtirokchining ERI






Nizomga

4-ILOVA



Strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi

uchun litsenziyalarni toʻridan-toʻri muzokaralar

natijalari boʻyicha berish

SXEMASI

  

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari







I bosqich (litsenziya olgunga qadar)


Ariza beruvchi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtma beradi.


Zarur boʻlganda











Davlat geologiya qoʻmitasi


Soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik yoki boshqa ma’lumotlar toʻplamini yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslarni va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun taqdim etadi.


20 kun mobaynida










II bosqich


Ariza beruvchi


Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslar va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslar, rejalashtirilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasini tayyorlaydi va ularni ekspertizadan oʻtkazadi va hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtma beradi.


Zarur boʻlganda










III bosqich


Davlat geologiya qoʻmitasi


Buyurtmani oʻrganib chiqadi, ariza beruvchilarning hujjatlarini, shu jumladan, yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy asoslar va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslarni ekspertizadan oʻtkazadi.


12 kun mobaynida













IV bosqich


Davlat geologiya qoʻmitasi


Ekspertiza materiallarini umumlashtiradi va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


3 kun mobaynida











Davlat geologiya qoʻmitasi


Ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻrisida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash muddatini koʻrsatgan holda yozma shaklda хabardor qiladi.


1 kun mobaynida













Buyurtma beruvchi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


3 kun mobaynida










Davlat geologiya qoʻmitasi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va beradi.


1 kun mobaynida









Nizomga

5-ILOVA



Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq

boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish

uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi

uchun litsenziyalarni berish

SXEMASI

       

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari







I bosqich


Ariza beruvchi


Vakolatli organ zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma beradi.



Zarur boʻlganda









II bosqich


Vakolatli organ


Litsenziyaga kiritiladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.


10 kun mobaynida












III bosqich


Vakolatli organ


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini tanishish uchun ariza beruvchiga taqdim etadi.


3 kun mobaynida










Ariza beruvchi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


5 kun mobaynida













Vakolatli organ


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.


3 kun mobaynida







Nizomga

6-ILOVA



Muhofaza qilinadigan geologik ob’yektlarni tashkil

qilish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish

huquqi uchun litsenziyalar berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

  

I bosqich

Ariza beruvchi


Zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtma beradi.


Zarur boʻlganda









II bosqich

Davlat geologiya qoʻmitasi


Ariza beruvchining hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.


7 kun mobaynida











III bosqich

Davlat geologiya qoʻmitasi


Litsenziyaga kiritiladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.


1 kun mobaynida








Davlat geologiya qoʻmitasi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini tanishish va imzolash uchun taqdim etadi.


1 kun mobaynida










Ariza beruvchi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


3 kun mobaynida








Davlat geologiya qoʻmitasi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.


1 kun mobaynida








Nizomga

7-ILOVA



Nodir tosh хomashyosi namunalarini, paleontologik

qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop

materiallarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkasidan

foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish

SXEMASI

  

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari







I bosqich

Ariza beruvchi


Zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtma beradi.


Zarur boʻlganda









II bosqich

Davlat geologiya qoʻmitasi


Ariza beruvchining hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.


7 kun mobaynida











III bosqich


Davlat geologiya qoʻmitasi


Litsenziyaga kiritiladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.


1 kun mobaynida








Davlat geologiya qoʻmitasi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini tanishish va imzolash uchun taqdim etadi.


1 kun mobaynida










Ariza beruvchi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


3 kun mobaynida








Davlat geologiya qoʻmitasi


Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.


1 kun mobaynida








Nizomga

8-ILOVA






(litsenziya berishga vakolatli organning nomi)



Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun

LITSENZIYA

SERIYASI

TARTIB RAQAMI

LITSENZIYA TURI

Litsenziya

ga berildi.

(ushbu litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs)


Litsenziya

uchun yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Yer qa'ri uchastkasi

da joylashgan.

(Qoraqalpog'iston Respublikasi yoki viloyat tumani, aholi punkti nomi)


Yer qa'ri uchastkasi chegaralarining tavsifi, burchak nuqtalari koordinatalari, topografiya plani, kesimlar nusxalari va boshqalar ilovada keltiriladi _____________________________________________________________________

(tegishli hujjatning turi, nomi, tartib raqami va qabul qilingan sanasi)

-son

(davlat organi nomi, hujjatning turi, sana, tartib raqami)


qarori asosida yer qaridan foydalanish bilan bog'liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish kafotlangan.

Litsenziyaning amal qilish muddati


(kun, oy, yil)

Quyidagilar litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanadi:

Yer qa'ridan foydalanish shartlari


(ilovaning tartib raqamlari, varaqalar soni)

Matnli ilovalar


(ilovalar nomi, varaqlar soni)

Chizma ilovalar


(ilovalar ro'yxati, varaqlar soni)

Litsenziya berilgan sana ________ y. "____" ______________





Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berishga vakolatli organning rahbari


M.O'. __________________  _______________________

                         (imzo)                                            (F.I.SH.)

20 ____ y. "____" ____________

(Litsenziya uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan zarur ilovalar mavjud bo'lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 iyun