Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.06.2020 y. 403-son "Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.06.2020 y.

N 403



YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR

BERISh TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 23 iyuldagi PQ-4401-son va "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, strategik turdagi foydali qazilmalarga ega boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

tadbirkorlik sub’yektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni elektron online-auksion savdolari asosida amalga oshirish tartibi;

strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari va muddatlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, ushbu huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda davlat hisobiga olish tartibi;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish va tugatish asoslari va tartibi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarning tegishli turlarini olish uchun buyurtmalar ushbu qarorga qat’iy rioya etgan holda koʻrib chiqilishini;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish tartibi soddalashtirilganligi toʻrisida keng jamoatchilik хabardor qilib borilishini ta’minlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlii hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 23 iyundagi

403-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Qattiq foydali qazilmalar va konlarni geologik oʻrganish maqsadida dasturiy istiqbolli tanlangan maydonlarni va foydali qazilmalarning strategik muhim turlari sanoatini oʻzlashtirish uchun хorijiy investitsiyalarni jalb qilish mezonlarini tasdiqlash haqida" 2017 yil 31 maydagi 328-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 yil, 22-son, 432-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Qattiq foydali qazilmalar va konlarni geologik oʻrganish maqsadida dasturiy istiqbolli tanlangan maydonlarni va foydali qazilmalarning strategik muhim turlari sanoatini oʻzlashtirish uchun хorijiy investitsiyalarni jalb qilish mezonlarini tasdiqlash haqida" 2017 yil 31 maydagi 328-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 28 martdagi 246-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 iyun