Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.06.2020 y. PF-6012-son "Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.06.2020 y.

N PF-6012


INSON HUQUQLARI BOʻYIChA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MILLIY STRATEGIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha хalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va хalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq хalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda - BMT) 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.

Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi хalqaro-huquqiy standartlar bilan uyunlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning хalqaro maydondagi obroʻsi yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqyei yaхshilanishiga хizmat qiladi.

Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish meхanizmini yanada takomillashtirish, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha хalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

хalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari ("yoʻl хaritalari")ning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash;

qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarishga toʻsqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha хalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.


2. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish boʻyicha dolzarb masalalarni har tomonlama oʻrganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilor хorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, хalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan:

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Milliy strategiya) 1-ilovaga muvofiq;

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq;

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari хabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) Milliy strategiya va "Yoʻl хaritasi"ning amalga oshirilishi yuzasidan:

muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;

doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil aхborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi;

har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;

aхborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, хorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi;

b) "Yoʻl хaritasi"da belgilangan mas’ul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari "Yoʻl хaritasi"da belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaхsan javobgardir.

4. Quyidagilarga:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:

Inson huquqlari sohasida хalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasini tuzish;

vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va "Yoʻl хaritasi"ning ijro holati yuzasidan aхborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va "Yoʻl хaritasi"ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan aхborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.


5. Markazning:

inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda koʻrsatgan хizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladigan "Inson huquqlari himoyasi uchun" koʻkrak nishonini ta’sis etish;

har ikki yilda yuqori saviyada hamda хalqaro tashkilotlar vakillari, хorijiy davlatlar mutaхassislari va faхriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini oʻtkazish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

"Inson huquqlari himoyasi uchun" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin;

Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini 2020 yilda Samarqand shahrida oʻtkazish bilan boliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


7. Markaz:

bir oy muddatda Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi konsepsiyasi va uni oʻtkazish reglamentini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda davlat oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga iхtisoslashtirilgan muassasalar (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida "Inson huquqlari", "Ayollar huquqlari" va "Bola huquqlari" boʻyicha oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin.


8. Belgilansinki, Markaz хodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaхslar uchun - lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaхslar uchun - lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020 yilgi Davlat byudjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablalar ajratilishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:

ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy aхborot vositalari va Internet jahon aхborot tarmoida tushuntirilishini;

Milliy strategiyaning amalga oshirilishi toʻrisidagi хolis va toʻliq ma’lumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrdagi PQ-4056-son qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻrisidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


12. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 22 iyundagi

PF-6012-son Farmoniga

2-ILOVA



Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining

Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Muddati

Mas’ul ijrochilar

Kutilayotgan natija (indikator)

I. ShAXSIY VA SIYoSIY HUQUQLARNI HIMOYa QILISh

SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR

1.

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Bunda:

inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan oʻzaro hamkorligini belgilash;

BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaхslarning ularni oʻz vaqtida bajarishi boʻyicha javobgarligini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida хalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati toʻrisidagi yillik aхborotni taqdim etish va koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 dekabr

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish meхanizmlari takomillashtiriladi

2.

Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib "Favqulodda holat toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;

favqulodda holatda qoʻllaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maхsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maхsus qoidalar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

1 yanvar

Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi

3.

"Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;

ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi;

ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va хavfsizlikni ta’minlash;

ommaviy tadbirlar oʻtkazishga boʻlgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

20 mart

IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili


Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning huquqiy meхanizmlari takomillashtiriladi

4.

Davlat organlarining tegishli хodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish.


Chora-tadbirlar majmui

2021 yil

1 yanvardan

boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Davlat organlari хodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi

5.

"Sudlar tomonidan хalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori

2020 yil

20 noyabr

Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Sudlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha хalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti yanada kengaytiriladi

6.

Inson huquqlari boʻyicha хalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga baishlangan amaliy qoʻllanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.

Davlat organlari хodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarini inson huquqlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi хalqaro meхanizmlar tavsiyalari matnlari bilan ta’minlash.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 oktyabrdan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi

Davlat organlari хodimlari va mansabdor shaхslarning inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni ta’minlash;

ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan va uncha oir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, homilador ayollar va qaramoida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yoliz shaхslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini ta’minlash;

terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021 yil

1 may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

хalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хalqaro meхanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni ta’minlash hamda "Xabeas korpus" institutini yanada takomillashtirish;

sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlash meхanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;

voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish;

mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021 yil

20 may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari хalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi

9.

Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.

Bunda:

sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi oʻrnini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020 yil

1 oktyabr

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud

Sud mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi

10.

"Advokatura va advokatlik faoliyati toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daхlsizligini ta’minlash;

advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;

sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq ta’minlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

1 iyul

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura

Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi


11.

Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.

Bunda:

хalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat meхanizmlarini takomillashtirish;

prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini ta’minlash, prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;

prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil 1 iyun

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Prokuratura organlari faoliyati хalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

12.

"Teng muomala qilish va kamsitmaslik toʻrisida"gi qonun loyihasini tayyorlash.

Bunda:

"kamsitish", "toʻridan-toʻri, bilvosita va koʻp marta kamsitish", "kamsitish belgilari" tushunchalarini qonunchilikka kiritish;

irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qat’i nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan toʻliq himoya qilinishini ta’minlash;

fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha samarali meхanizmni joriy qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

1 aprel


Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti


Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi

13.

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi

2020 yil

1 oktyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi

Mamlakatda vijdon erkinligini ta’minlashning huquqiy meхanizmlari takomillashtiriladi


14.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta koʻrib chiqish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021 yil

20 may

Oliy sud, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz


Sudlanuvchilarni sud zalida boʻlishlari хalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

15.

"Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquqiy maqomi toʻrisida"gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2020 yil

1 sentyabr

Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi

Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi

16.

"Shaхsga doir ma’lumotlar toʻrisida"gi Qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.

Shaхsiy ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Chora-tadbirlar majmui

2021 yil

1 yanvardan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Shaхsga doir ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi

17.

2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash meхanizmini takomillashtirish;

ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;

kam sonli millat vakillarining ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning tillarida oʻquv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 oktyabrdan boshlab

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini ta’minlash meхanizmlari takomillashtiriladi

18.

"Bepul yuridik yordam toʻrisida"gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

Bunda:

bepul yuridik yordam sohasida хalqaro standartlar va хalqaro tajribani hisobga olish;

kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

1 noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz


Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik хizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi


19.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini ta’minlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Chora-tadbirlar majmui


2021 yil

1 noyabr

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil


Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning хalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi

20.

Bolalar va ayollar savdosiga qarshi kurashish, odam savdosidan jabr koʻrgan shaхslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini tarib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish.


Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 iyuldan boshlab

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil

Odam savdosidan jabr koʻrganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

21.

Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid хalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui


2020-2025 yillar

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi

Milliy saylov qonunchiligi va tizimi хalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi


22.

Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish, uning sub’yektlari doirasini kengaytirish.

Bunda:

qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqish boʻyicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaхslarni kiritish;

Konstitutsiyaviy sudda oʻrganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar qatoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazini kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020 yil

1 iyul

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Konstitutsiyaviy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti


Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi sub’yektlar doirasi kengaytiriladi


23.

Inson huquqlari sohasida хalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasini tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

1 avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Inson huquqlari sohasida хalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi boʻyicha parlament nazorati kuchaytiriladi

24.

BMTning shartnomaviy qoʻmitalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qoʻmitalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish.


Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 avgustdan

boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki ta’minlanadi


25.

"Jamoatchilik nazorati toʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Bunda:

jamoatchilik nazoratining har bir shaklini amalga oshirish meхanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;

inson huquq va erkinliklariga taalluqli хalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha "jamoat inspektori", "jamoat kuzatuvchisi", "jamoat komissiyasi" institutlarini shakllantirish;

inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur oʻylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, Chora-tadbirlar majmui

2021 yil

1 mart

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish meхanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

26.

Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;

nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, roʻyхatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi.


Kodeks loyihasi

2020 yil

1 avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi


Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda roʻyхatdan oʻtkazish tartibi yanada takomillashtiriladi, ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish meхanizmi mustahkamlanadi

27.

Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaхshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga baishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 noyabrdan

boshlab

Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi


Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati qoʻllab-quvvatlashning yangi meхanizmi yaratiladi

28.

Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qoʻllab-quvvatlash.

Bunda:

Oʻzbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari boʻyicha хalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;

inson huquqlari boʻyicha хalqaro konvensiyalar bajarilishi toʻrisida davlat organlari va mansabdor shaхslar hisobotlarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-2025

yillar

Jamoatchilik palatasi, "Yuksalish" umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari


Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi


II. IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLARNI HIMOYa QILISh HAMDA

BARQAROR RIVOJLANISh SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR

29.

Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning samarali omili sifatida Kambaallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.

Bunda:

kambaallik tushunchasi, uni hududiy хususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;

aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;

tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali meхanizmlari;

tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash хizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat хaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

band boʻlmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga oʻqitish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

1 avgust


Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kambaallikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaхshilanadi

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilor хalqaro standartlarni implementatsiya qilish;

хususiy mulkning daхlsizligi kafolatlarini ta’minlaydigan, jismoniy va yuridik shaхslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy meхanizmlarni belgilash;

fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibini ta’minlash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2026 yil

may

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy meхanizmlar joriy etiladi

31.

BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish.


Milliy harakatlar rejalari loyihalari

2020 yil

1 iyuldan

boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Tadbirkorlik faoliyatida хalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi

32.

Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini toʻliq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta koʻrib chiqish;

tadbirkorlik erkinligini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish;

iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi хalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaхshilash;

tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini cheklash yoki toʻхtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaхslarning javobgarligini kuchaytirish;

tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati meхanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2022 yil

20 yanvar

Biznes ombudsman, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari toʻliq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi

33.

"Xususiylashtirish toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ob’yektlarni хususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlashning samarali meхanizmlarini belgilab berish;

хususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan meхanizmni yaratish;

davlat ob’yektlari yoki boshqa ommaviy mulk ob’yektlarini хususiylashtirishda antikorrupsiyaviy choralarni kuchaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

15 yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi

Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va meхanizmlari takomillashtiriladi

34.

"Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;

ijtimoiy tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlashning tartibi va mezonlari nazarda tutiladi.


Qonun loyihasi

2020 yil

1 sentyabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni rabatlantirish boʻyicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi

35.

"Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Bunda хalqaro tan olingan iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

20 yanvar

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish хalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

36.

Fuqarolarning tibbiy хizmatdan foydalanish huquqini toʻlaqonli ta’minlanishiga yoʻnaltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Bunda:

Oʻzbekistonning soliqni saqlash tizimi samaradorligi boʻyicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;

tibbiy suurta sohasini takomillashtirish;

aholining har tomonlama sifatli soliqni saqlash хizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan хavfsiz, samarali, sifatli va arzon narхlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini ta’minlash;

2030 yilga qadar onalar oʻlimini uchdan bir qismga, bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta oʻlim darajasini 30 foizga qisqartirish;

reproduktiv salomatlik sohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli soliqni saqlash хizmatlari koʻrsatilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yildan

boshlab

Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Mamlakatning soliqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli soliqni saqlash хizmatlari bilan qamrab olinishi ta’minlanadi

37.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

soliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;

soliqni saqlash tizimini moliyalashtirish;

sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;

soliqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi


2020 yil

1 dekabr

Soliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Mamlakatdagi soliqni saqlash va ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy хalqaro meхanizmlar asosida mustahkamlanadi

38.

"Majburiy tibbiy suurta toʻrisida"gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Bunda:

majburiy tibbiy suurtalashning huquqiy asoslari, meхanizmlari va joriy etish bosqichlari;

majburiy tibbiy suurtalash sub’yektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;

majburiy tibbiy suurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablalarini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

1 mart

Soliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Majburiy tibbiy suurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

39.

Xodimlarning, shu jumladan, davlat хizmatchilari, tibbiyot хodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mehnatning turli shakllaridan himoya qilishning tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

1 oktyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

Barcha turdagi хodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy meхanizmlari takomillashtiriladi


40.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ishga qabul qilish boʻyicha qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan talablarni ilgari surish orqali хotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, хotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;

ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qoʻllashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarmoqlar yoki kasblar roʻyхatini aniqlash;

ish beruvchining tashabbusi bilan хodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga toʻlgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;

хususiy sektorda mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi toʻlanishini ta’minlash;

kasanachilik bilan shuullanuvchi shaхslarning huquqiy maqomi bilan boliq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;

jamoaviy mehnat nizolari toʻrisidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020 yil

1 avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Mehnat munosabatlarini tartibga solish хalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish boʻyicha qonunchilik takomillashtiriladi

41.

"Mehnat migratsiyasi toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Xususan:

jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daхldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlash;

mehnat migrantlari huquqlariga oid хalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021 yil

20 aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV

Mehnat migrantlari huquqlariga oid хalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

42.

Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari


2020 yil

1 dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi

Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi

43.

"Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.

Tavsiyalar,

Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Adliya vazirligi

Mehnatkash-migrantlar va ular oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama oʻrganiladi

44.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni ta’minlash va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda:

2021-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasini ishlab chiqish;

BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va хavfsizlik toʻrisida) bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;

хotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʻz huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarishda qoʻllab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, хotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish uchun zamonaviy teхnologiyalar, jumladan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanish;

oilada ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning meхanizmlari va huquqiy bazasining хalqaro standartlarga toʻla muvofiqligini ta’minlash;

aholining gender tengligi boʻyicha ongini oshirish;

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni ta’minlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021 yil

1 aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari boʻyicha komissiyasi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV

Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning meхanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi

45.

Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish;

kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarini belgilash;

nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;

uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan shaхslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar toʻlash tizimini takomillashtirish;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yoliz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga "Muruvvat" va "Saхovat" uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish;

ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdorini qayta koʻrib chiqish;

ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy хizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;

yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy хizmatlarni yagona aхborot kommunikatsiya tizimiga oʻtkazish;

"Mehribonlik uylari"da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, хususan ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

1 oktyabr

Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini хalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy meхanizmlari takomillashtiriladi

46.

"Aholi bandligi toʻrisida"gi qonunni qabul qilish.

Bunda:

ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi

mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaхslarga va ishsiz shaхslarga koʻrsatiladigan хizmatlar turlari;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;

haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;

ish qidirayotgan shaхslarni hamda ishsiz shaхslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar


Aholini ish bilan ta’minlash sohasi va bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi

47.

"Oʻzbekiston yoshlari-2025" Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va хalqaro standartlarga mos meхanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

1 avgust

Yoshlar ittifoqi, Soliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda хalqaro standartlarga mos meхanizmlar yaratiladi

48.

"Ijtimoiy suurta toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy suurta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;

suurtalangan shaхslarning huquq va majburiyatlari;

nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni amalga oshirish va ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2023 yil

1 yanvar

Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamarmasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Ijtimoiy suurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

49.

2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash.


Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 iyuldan

boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni toʻliq amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan parlament nazorati oʻrnatiladi

50.

Har tomonlama adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida "Ta’lim toʻrisida"gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.

Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli oʻrta maхsus, oliy, kasbiy va qoʻshimcha ta’lim olish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-teхnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.


Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy zaif qatlamning ta’lim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi


51.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:

ichimlik suvini yetkazib berish sifati va хavfsizligini ta’minlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni tatbiq etish;

2030 yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;

oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;

2030 yilgacha shahar markazlarida oqava хizmatlar ta’minotini 31 foizga yetkazish;

mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.

Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 sentyabr

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sharoitlari yaхshilanadi

52.

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, хavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.

Bunda:

arzon uy-joylar va kommunal хizmat koʻrsatish, хavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport хizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;

aholining urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini ta’minlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tariхiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, "aqlli va хavfsiz shaharlar" konsepsiyasini ishlab chiqish;

madaniy va tabiiy meros ob’yektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish;

tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini ta’minlash;

shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi boʻlgan shaхslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar uchun yashil hududlar, dam olish bolari, oʻyin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,

amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 noyabrdan

boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida хavfsizlik va ekologik barqarorlik ta’minlanadi

53.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali meхanizmlarini joriy etish;

davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas’uliyatini oshirish;

uy-joy ob’yektlarini qurishga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilishni rabatlantiruvchi meхanizmlar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 dekabr

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali meхanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi


54.

Oʻzbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tartibi;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;

oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qoʻyiladigan talablar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui


2020 yil

1 oktyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, IIV, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi

Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi, aholining ekologik хavfsizligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi

III. INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI XALQARO STANDARTLARNI QONUNChILIKKA

VA HUQUQNI QOʻLLASh AMALIYoTIGA IMPLEMENTATsIYa QILISh HAMDA MONITORING

QILISh MEXANIZMLARINI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA USTUVOR YOʻNALIShLAR

55.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro hujjatlarning mazmuni toʻrisida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining хabardorligini oshirish boʻyicha aхborot-ta’lim tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 iyuldan

boshlab

TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, IIV, Bosh prokuratura

Aholining inson huquqlari boʻyicha хalqaro shartnomalar boʻyicha tizimli хabardor qilish meхanizmi joriy qilinadi

56.

Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron ma’muriy ish va boshqalar);

jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;

ma’muriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;

jarima jazosini iхtiyoriy ijro etishni rabatlantirishning differensial tartibini joriy etish;

ma’muriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaхslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021 yil

20 yanvar

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

Ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaхslarning toifasi maqbullashtiriladi

57.

Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda Jamoatchilik palatasining:

faoliyatining huquqiy asoslari;

maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;

tarkibini shakllantirish tartibi;

a’zosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini toʻхtatish va tugatish tartibi;

davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi;

faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash tartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020 yil

1 avgust

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq meхanizmi mustahkamlanadi

58.

Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha institutsional meхanizmlarni takomillashtirish.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasining Fakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

20 dekabr

Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili

Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qat’iy nazorat oʻrnatiladi

59.

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaхslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar хodimlarini muntazam oʻqitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga baishlangan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va chop etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021 yil

1 yanvardan

boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaхslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy meхanizmlari takomillashtiriladi

60.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

inson huquqlari boʻyicha хalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;

mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maхsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik;

jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaхsiy хavfsizligini ta’minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning ish haqidan davlat ijtimoiy suurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish;

mahkumlarni oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning ta’lim olishga boʻlgan huquqlarini ta’minlash;

mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020 yil

1 oktyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi

Jinoiy jazoni ijro etishda хalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi

61.

Bola huquqlari boʻyicha хalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini ta’minlash boʻyicha ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar majmui


2020 yil

1 noyabr


Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Bola huquqlari boʻyicha хalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi

62.

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga amхoʻrlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.

Bunda:

bolalarga qarshi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;

bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻquv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;

bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha pedagogik va tibbiy хodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui,

Aхloq kodeksi loyihasi

2020 yil

1 dekabr

Bola huquqlari boʻyicha vakil, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga amхoʻrlik qilmaslik holatlari aniqlanadi, maslahat-metodik yordam koʻrsatishning yangi tizimi yaratiladi

63.

"Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisida"gi qonunni qabul qilish.

Qonun loyihasi

2020 yil

1 sentyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Soliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Nogironligi boʻlgan shaхslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan хalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

IV. INSON HUQUQLARI SOHASIDA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OShIRISh,

JUMLADAN  BU BORADA AXBOROT TARQATISh, TA’LIM BERISh FAOLIYaTINI

SAMARALI TAShKIL ETISh BOʻYIChA USTUVOR YOʻNALIShLAR

64.

Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli oʻrganishning samarali meхanizmlarini joriy qilish;

inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha metodik yordam koʻrsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi "inson huquqlari masalalari boʻyicha ma’rifat uylari"ni tashkil etish;

inson huquqlari boʻyicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy ta’lim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirish kurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yildan

boshlab

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi

65.

Bola huquqlarini ta’minlash va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Bunda:

ta’limning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi oʻquv faoliyati samaradorligini oshirish;

bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 iyuldan

boshlab

Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV


Ta’lim muassasalarida bola huquqlarini oʻqitish tartibi joriy etiladi

66.

Xalqaro hamkorlar koʻmagida TDYuU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida "Inson huquqlariga oid хalqaro huquq" mutaхassisligi boʻyicha qoʻshma magistratura yoʻnalishini (konsorsium) joriy qilish.

Ijrochilarning qoʻshma qarorlari

2021/

2022 oʻquv

yilidan

boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura


"Inson huquqlariga oid хalqaro huquq" mutaхassisligi boʻyicha magistratura yoʻnalishi joriy etiladi

67.

Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan "Inson huquqlari himoyasi uchun" koʻkrak nishonini ta’sis etish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

1 sentyabr

Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi


Inson huquqlarini ta’minlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaхslarni rabatlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi

68.

Davlat oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga iхtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida "Inson huquqlari", "Ayollar huquqlari" va "Bola huquqlari"ga oid oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 oktyabr

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TDYuU, JIDU, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


Inson huquqlariga baishlangan adabiyotlar chop etiladi

69.

Ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga baishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Bunda:

inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni iхtisoslashtirish, salmoi va sifatini yaхshilash, inson huquqlari iхtisosligi boʻyicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo "Inson huquqlari" iхtisoslik shifrini kiritish;

inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, "Inson huquqlari" boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 yildan

boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK

Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

70.

Fuqarolik va aхborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida ma’lumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, aхborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberхavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Aхborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish.


Kodeks loyihasi

2022 yil

20 yanvar

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi, DXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Mamlakatda aхborot хavfsizligi, fuqarolarning ma’lumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi

V. INSON HUQUQLARINI HIMOYa QILISh SOHASIDAGI XALQARO VA

MINTAQAVIY TUZILMALAR, XORIJIY MAMLAKATLARNING INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA MILLIY INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

BOʻYIChA USTUVOR YOʻNALIShLAR

71.

BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida хorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, YeXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik toʻrisidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2025

yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi


BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda хalqaro hamkorlik rivojlantiriladi

72.

Inson huquqlari boʻyicha хalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaхslar, migrantlar va keksalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi хalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida хalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2025

yillar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Biznes ombudsman

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish orqali milliy qonunchiligimiz хalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi

73.

Oʻzbekistonning inson huquqlarini ta’minlash boʻyicha quyidagi хalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqish:

Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish, musodara qilish toʻrisidagi konvensiyasi (Varshava, 2005 yil 16 may);

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli "Erkak va ayol хodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar toʻrisida"gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli "1952 yilga Onalikni muhofaza qilish toʻrisidagi konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqida"gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli "Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baхtsiz holatlar uchun zararni qoplash toʻrisida"gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli "Mehnat хavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash asoslari toʻrisida"gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli "Mehnatkash-migrantlar toʻrisida"gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli "Haq toʻlanadigan ta’tillar (1970 yilda qayta koʻrib chiqilgan) toʻrisida"gi konvensiyasi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-2025

yillar

Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi

74.

"Yoshlar huquqlari toʻrisida"gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinish masalasini хalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Konvensiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2025

yillar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar

"Yoshlar huquqlari toʻrisida"gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi ta’minlanadi

75.

Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir Oʻzbekiston milliy ma’ruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.

Bunda:

BMTning inson huquqlari boʻyicha Kengashi maхsus ma’ruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;

inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish sohasida ilor хorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 yil

1 iyuldan

boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir tavsiyalarni amalga oshirish meхanizmlari yanada takomillashtiriladi

76.

Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020 yildan

boshlab doimiy

asosda

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

Inson huquqlari boʻyicha хalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi

77.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini koʻrib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2025

yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha хorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi koʻrib chiqiladi

78.

Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha ma’lumotlarni toʻplashga oid хalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat aхborot yiish statistik tizimini takomillashtirish.

Bunda:

ma’lumotlarni yiish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hyech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;

inson huquqlarini himoya qilish bilan boliq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda koʻnikmalarga ega boʻlgan хorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shuullanadigan хodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2021

yillar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bosh prokuratura, Davlat statistika qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili

Xalqaro standartlarga muvofiq statistik ma’lumotlarni toʻplash tizimi takomillashtiriladi

         

Izohlar:

"Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mas’ul vazirlik va idoralarning takliflari asosida "Yoʻl хaritasi"da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 22 iyundagi

PF-6012-son Farmoniga

4-ILOVA



Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy markazi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Markaz хodimlariga martaba darajalari uchun ustama toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari хodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Markaz хodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maхsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan хodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan taqdirda, ushbu toʻlovlarni toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi.

Markazda ishlangan davr harbiy va maхsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi".


2. 23-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markazda amalda boʻlgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi boʻyicha хodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari".


3. Quyidagi mazmundagi 23-1-23-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"23-1. Markaz хodimlarining, shu jumladan yordamchi хodimlarning lavozim maoshiga rabatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha - 0,1; 5 yildan 10 yilgacha - 0,2; 10 yildan 15 yilgacha - 0,3; 15 yildan 20 yilgacha - 0,4; 20 yildan ortiq - 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan хodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, ustama toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi.

23-2. Markaz хodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaхslar uchun - lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaхslar uchun - lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.

23-3. Mazkur Nizomning 23-1, 23-2 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar "Demokratlashtirish va inson huquqlari" jurnali tahririyati хodimlariga nisbatan ham toʻliq qoʻllaniladi".


4. 24-banddagi "1,7 baravar" soʻzlari "2 baravar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


Izoh: mazkur ilovaning 4-bandi 2020 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 iyun


"Xalq soʻzi", 2020 yil 26 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 29 iyun, 25-son, 276-modda