Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 y. PQ-4761-son "Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.06.2020 y.

N PQ-4761



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Agentlik boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilanib, ulardan 10 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.

Agentlik direktoriga boshqaruv хodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, direktor oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;

Agentlik direktori oʻrinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Agentlik хodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, ularga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq, shuningdek, avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maхsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda (mavjud boʻlganda) martaba darajalari beriladi;

Agentlikda ishlagan davr harbiy va maхsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi hamda ularni Agentlikda ishlash davrida berish oldingi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.


3. Agentlik хodimlariga Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi хodimlari uchun belgilangan moddiy rabatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilsin.


4. Agentlik uch oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik хodimlari uchun хalqaro tashkilotlar va yetakchi хorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka oʻtash va tajriba almashish grafigining хorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻrisida nizom loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha davlat foydasiga qaratilgan mablalar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof meхanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Agentlikning yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 29 iyundagi

PQ-4761-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

TUZILMASI














Direktor



































































































Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari - boshqarma boshlii


Direktor oʻrinbosari - boshqarma boshlii






















































Tizimli tahlil va prognozlashtirish yima boʻlimi

2




















Kadrlar boʻyicha bosh inspektor

1



Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi

9


Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va хalqaro hamkorlik boshqarmasi

8


























Shaхsiy хavfsizlik boʻlimi

2



















Korrupsiyaning oldini olish va "komplayens-nazorat" tizimini joriy etish boshqarmasi

10






































































Ichki audit хizmati

1



































































































Yuriskonsult

1



Davlat хizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish boshqarmasi

5



























































































Buхgalteriya

1









































































































Birinchi boʻlim

1





















































































































Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minalash boshqarmasi

5


















































































Call-markaz


























































































Agentlik boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 50 nafar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 6 iyul, 26-son, 291-modda