Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 25.05.2020 y. 12/3-son "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV 27.06.2020 y. 2093-12-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.06.2020 y.

N 2093-12




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.05.2020 y.

N 12/3


QARORI



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi va "Davlat boji toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyхat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                       M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisida nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.".


2. 10-banddagi "va davlat bojining stavkalari" degan soʻzlar "miqdori" degan soʻz bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 6 iyul, 26-son, 300-modda