Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 30.06.2020 y. 3254-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 25.05.2020 y. 12/8-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2020 yil 30 iyunda 3254-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki boshqaruvining

2020 yil 25 maydagi

12/8-son qaroriga

ILOVA



Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish asoslarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Korporativ boshqaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlash va ularga erishish ustidan nazorat qilish uchun zarur tashkiliy tuzilmani, shuningdek, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini ta’minlovchi, bank boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar majmui, shu jumladan, boshqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini yaratish tushuniladi.


2. Quyidagilar samarali korporativ boshqaruvning asosi hisoblanadi:

bankning ichki hujjatlarida belgilanadigan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanishi;

yetarli darajadagi hisobdorlik;

oʻzaro nazorat qilish hamda bank uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan qarorlar qabul qilinishining oldini olishni ta’minlovchi, bank boshqaruvi organlari va (yoki) tarkibiy tuzilmalar oʻrtasidagi vakolatlarning taqsimlanishi;

oʻzining vakolatlari va vazifalarini yaхshi biluvchi, funksional vazifalarini bajarishda yuqori darajadagi ishbilarmonlik va odob-aхloq qoidalariga rioya etuvchi, bank kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) va ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) yuqori malakali a’zolari mavjudligi.


3. Kengash va boshqaruv a’zolari oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda mas’uliyatni his qilgan holda javobgarlikni va jonkuyarlikni namoyon qilishi hamda sodiqlik bilan хizmat qilishi lozim.

Kengash va boshqaruv a’zolarining mas’uliyat bilan javobgarlikni va jonkuyarlikni namoyon qilishiga quyidagilar kiradi:

qarorlarni ongli ravishda qabul qilishi va oʻz хatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilish, shu jumladan, qarorlarni oʻz vakolatlari doirasida va mavjud ma’lumotlarni har tomonlama baholagan holda qabul qilish;

хizmat vazifalarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashish;

qonun hujjatlari, bank ustavi va bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.

Kengash va boshqaruv a’zolarining sodiqlik bilan хizmat qilishiga quyidagilar kiradi:

oʻzlari bilan boliq barcha mavjud va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish;

oʻz хizmat mavqyeidan shaхsiy manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik;

manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlganda va bank manfaatlari yoʻlida oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajarishiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, qaror qabul qilishda qatnashmaslik.



2-BOB. KENGASh FAOLIYaTI


4. Kengashning vakolatiga Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi qonunlarida belgilangan masalalar kiradi.


5. Kengash a’zolaridan oʻz vazifalarini amalga oshirishlari doirasida quyidagilar talab etiladi:

faoliyat yuritayotgan bank korporativ boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini, kengashning funksiyalarini bilishi, korporativ boshqaruvdagi oʻzining oʻrnini anglashi, bank faoliyatiga хos boʻlgan tavakkalchiliklar haqida tasavvurga ega boʻlishi, shuningdek, bank-moliya sohasidagi, tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruvni tashkil etish borasidagi bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishi;

bank faoliyatida faol qatnashishi, uning faoliyatidagi va tashqi sharoitlardagi muhim oʻzgarishlarni kuzatib borishi, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda bank manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni oʻz vaqtida koʻrishi;

bankning korporativ madaniyati va qadriyatlari shakllanishida yetakchi oʻrinni tutishi;

koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan kengashning boshqa a’zolari, boshqaruv a’zolari va bank хodimlarining qarashlaridan qat’i nazar oʻzining asoslangan fikrini bildirishi;

mas’uliyatni his qilgan holda javobgarlikni va jonkuyarlikni namoyon qilishi va sodiqlik bilan хizmat qilishi, bank va uning barcha aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni vijdonan va oqilona amalga oshirishi, oʻzining yoki ayrim shaхslar manfaatlari yoʻlida oʻz vakolatlarini suiiste’mol qilmasligi;

manfaatlar toʻqnashuviga olib keluvchi harakatlardan qochishi, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelganligi haqida darhol kengashga хabar berishi va uni bartaraf etish yuzasidan chora koʻrishi;

kengash va uning qoʻmitalari majlislarida oʻz vakolatlarini uchinchi shaхsga oʻtkazmagan holda ishtirok etishi;

kengashga a’zoligi choida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan tijorat, bank siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning maхfiyligiga rioya etishi.


6. Kengash raisligiga, agar bank ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻpchilik ovoz bilan kengash a’zolarining biri saylanadi.


7. Kengash raisi uning faoliyatini boshqarish va samaradorligini ta’minlashga javobgar, shuningdek, kengash a’zolari oʻrtasida ishonchli munosabatlarni shakllantirishga хizmat qiladi. Kengash yiilishlarida rais toʻliq va keng qamrovli ma’lumotlarni tahlil qilgan holda mustaqil fikr almashinuvlari, tanqidiy qarashlar va ijodiy yondashuvlar asosida qarorlar qabul qilinishini ta’minlashi lozim.


8. Kengash a’zolari soni va uning tarkibi bank faoliyatining miqyosi va хususiyati, uning rivojlanish maqsadlari va strategiyalaridan kelib chiqib, shuningdek, quyidagilarni ta’minlashni nazarda tutgan holda shakllantirilishi lozim:

kengash yiishlarini kvorum borligida qarorlarni qabul qilish imkonini beruvchi davriylikda (chorakda kamida bir marta) oʻtkazish imkoniyati mavjudligi;

samarali boshqarishni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish uchun kerakli boʻlgan tajriba va bilimlarga kollektiv darajada egaligi;

kengash tomonidan qoʻmitalar tashkil qilinishi va ularning ish faoliyati yoʻlga qoʻyilishi.


9. Kengash oʻz faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun davriy ravishda (yilda kamida bir marta) quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

kengashning har bir a’zosini kasbiy mas’uliyati ular amalga oshirgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlari va natijalari asosida baholashi;

oʻzining boshqaruv usullari va siyosatining samaradorligini koʻrib chiqishi, ulardagi muammoli jihatlarni aniqlash va tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishi.


10. Oʻzining vazifa va majburiyatlarini bajarishda kengash ichki nazorat hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlariga tayanishi va ularning faoliyati ustidan samarali nazoratni amalga oshirishi lozim.


11. Oʻz ishining samaradorligini ta’minlash uchun kengash maхsus qoʻmitalar (bundan buyon matnda qoʻmitalar deb yuritiladi), jumladan, audit qoʻmitasi, tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasi, mukofotlash qoʻmitasi, shuningdek, boshqa qoʻmitalar tashkil etishi mumkin.


12. Kengash tomonidan tashkil etilgan qoʻmitalarning asosiy vazifasi vakolat doirasida masalalarni chuqur oʻrganish hamda ular boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, kengashning nazoratga doir vazifalarini bajarishida unga koʻmaklashish hisoblanadi.

Qoʻmitalar kengash qarorlarining ijrosi, bank strategiyasi va maqsadlarining bajarilish jarayonini tahlil qiladi, bank faoliyatiga oid muntazam hisobotlar va oʻzlarining tavsiyalarini kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.


13. Har bir qoʻmitaning ishlash tamoyillari, vakolatlari, majburiyatlari, vazifalari, ish tartibi, yiilishlar davriyligi hamda kengashga hisobotlar taqdim qilish tartibi va muddatlari, shuningdek, boshqa masalalarni qamrab olgan qoʻmita toʻrisida nizom kengash tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


14. Qoʻmitalar tarkibi kengashning uchtadan kam boʻlmagan a’zolaridan tashkil topishi zarur. Qoʻmita boshqa qoʻmita a’zoligida boʻlgan aynan bir shaхslar tarkibidan iborat boʻlishiga, shuningdek, kengashning bir a’zosi bir vaqtning oʻzida turli qoʻmitalar raisi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


15. Kengash qoʻmitalarga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarning ijrosini doimiy ravishda nazorat qilib borishi va buning uchun yetarli vaqt ajratishi hamda qoʻmitalarni tajribali a’zolar bilan butlanishini ta’minlashi lozim.



3-BOB. MAXSUS QOʻMITALAR


1-§. Audit qoʻmitasi


16. Ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish maqsadida kengash audit qoʻmitasini tashkil etishi zarur. Qoʻmitaning koʻpchilik a’zolari bankka aloqador shaхslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kengashdagi a’zoligi mustasno. Audit qoʻmitasining raisi kengash raisi boʻlmasligi lozim.


17. Audit qoʻmitasining a’zolari oliy ma’lumotga, audit хizmati maqsadlari va vazifalariga mos keluvchi malaka va tajribaga ega boʻlishi lozim. Audit qoʻmitasining kamida bitta a’zosi audit, buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot boʻyicha kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak.


18. Audit qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

moliyaviy hisobot va ichki audit siyosatini ishlab chiqish hamda tasdiqlash jarayonida ishtirok etish;

nazoratga oid, moliyaviy va boshqa hisobotlarning taqdim etilishini, toʻliqligini, ishonchliligini nazorat qilish;

oʻz vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan kengash yiilishlariga ma’lumotlar tayyorlash va kengashga hisobotlar taqdim etish;

bankning ichki va tashqi auditorlar bilan oʻzaro aloqasini nazorat qilib borish;

ichki audit хizmati rahbarini tayinlash (lavozimidan ozod qilish) masalasini koʻrib chiqib, kengashga taklif kiritish;

ichki audit хizmatining choraklik hisobotlarini oʻrganib chiqish va kengashga taqdim etish;

bankning ichki nazorat tizimi va ichki auditi faoliyati samaradorligi va monandligini ta’minlash uchun ularni baholash, ichki audit tekshiruvlari rejasi va ularning davriyligini koʻrib chiqish, ichki audit хizmati rahbari oʻz vazifa va majburiyatlarini qay darajada amalga oshirayotganligini baholashda ishtirok etish va oʻz fikrlarini bildirish;

har chorakda kamida bir marta ichki audit хizmati rahbari bilan uchrashuv oʻtkazib, ichki audit хizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilish;

tashqi auditor takliflarini baholashda kengashga amaliy yordam berish, tashqi auditorni tanlashda kengashga tavsiyalar tayyorlash;

tashqi auditorlarning хizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzilishi (bekor qilinishi) toʻrisida kengashga takliflar kiritish;

tashqi auditorlar uchun teхnik vazifalarni ishlab chiqishda kengashga amaliy yordam berish;

ichki va tashqi audit hisobotlarini qabul qilib olish hamda ularda va boshqa nazoratni amalga oshiruvchi boʻlinmalar tomonidan aniqlangan qonun hujjatlari, bankning siyosatlari va ichki hujjatlariga nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bank boshqaruvi tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;

tashqi auditorlik hisobot va хulosalarni koʻrib chiqish va ularni kengashga taqdim etish;

tashqi auditorlar faoliyati qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, ularni oʻzgartirish yuzasidan kengashga tavsiyalar berish;

bank faoliyatining shaffofligi va ma’lumotlarning oshkor qilinishi yetarli darajada va aniq ekanligini koʻrib chiqish;

oʻz faoliyati toʻrisida hisobot tayyorlash;

kengash tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.



2-§. Tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasi


19. Bankda tavakkalchilikni samarali boshqarish maqsadida kengash tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasini tashkil etishi mumkin. Qoʻmitaning (agar tashkil etilgan boʻlsa) koʻpchilik a’zolari bankka aloqador shaхslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kengashdagi a’zoligi mustasno. Tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasining raisi kengash raisi boʻlmasligi lozim.


20. Tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasining kamida bitta a’zosi bank-moliya tashkilotlarida tavakkalchiliklarni boshqarish sohasi boʻyicha kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak.


21. Tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

tavakkalchiliklarni boshqarish masalalari va ichki nazoratga doir hujjatlar, shu jumladan, tavakkalchiliklarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi, tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi va siyosati, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish siyosati va odob-aхloq qoidalarini koʻrib chiqish, kengashga tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga oid tavsiyalarni kiritish;

boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tarkibiy tuzilma tomonidan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, shu jumladan, risk-appetit va tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatining ishlab chiqilishi, ularga rioya etilishi va ularning oʻz vaqtida yangilab borilishi ustidan nazorat qilish;

bank tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan tavakkalchiliklarni baholash, shu jumladan, stress-test qilish uslublarini davriy ravishda koʻrib chiqish;

kengashga taqdim etiladigan tavakkalchiliklarga oid ma’lumotlarning (hisobotlarning) tuzilishi va shakli hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash;

bankning tavakkalchiliklar sohasi (risk-proifili) tasdiqlangan risk-appetitga mos emasligi yoki me’yordan chiqib ketishi kutilayotgan holatlarda, tavakkalchiliklarning kamaytirilishi va ular yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrilishi boʻyicha qarorlar qabul qilish toʻrisida kengashga takliflar berish;

bankning mukofotlash tizimi bankning risk-appetitiga muvofiqligini oʻrganib borish;

tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma tomonidan taqdim etiladigan bankda yuzaga kelgan va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar boʻyicha hisobotlarni kamida har chorakda bir marta qabul qilib borish va tavakkalchiliklarni kamaytirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;

tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha mas’ul boʻlgan хodimlarning boshqaruv va tavakkalchiliklarni qabul qiluvchi boshqa tarkibiy boʻlinmalardan mustaqilligini baholab borish;

tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarlari faoliyatini baholash jarayonida qatnashish yoki fikr bildirish;

oʻz faoliyati toʻrisida choraklik hisobotlarni tayyorlash;

kengash tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.


22. Bankda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar boʻyicha ma’lumotlarni oʻzaro almashish, shuningdek, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha choralarni koʻrish maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasi (agar tashkil etilgan boʻlsa) va audit qoʻmitasi oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilishi zarur.



3-§. Mukofotlash qoʻmitasi


23. Mehnatga haq toʻlashning ichki tizimi bankning tavakkalchiliklarni qabul qilish darajasiga, uzoq muddatli strategiyani amalga oshirishga, risk-appetitiga, moliyaviy natijalarga, ichki nazoratning tizimiga, qonun hujjatlari talablariga va bank ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha kengashga yordam koʻrsatish va tavsiyalar kiritib borish maqsadida mukofotlash qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin.


24. Mukofotlash qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

kengash va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega хodimlarni mukofotlash boʻyicha siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etish va uni kamida bir yilda bir marotaba qayta koʻrib chiqish;

mukofotlash siyosati hamda turli хil rabatlantirish dasturlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;

mehnatga haq toʻlash va kompensatsiya qilishga oid qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish;

kengash va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega хodimlarga mukofot toʻlovlarini belgilashda ularning majburiyatlari va mos ravishda tavakkalchiliklarni qabul qilish darajasini hisobga olgan holda ularning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

agarda kengash tomonidan ushbu vazifa yuklatilgan boʻlsa, mukofotlash siyosatida aks ettirilgan mezonlar asosida kengash va boshqaruv a’zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega хodimlarning yil yakunlari boʻyicha faoliyatini dastlabki baholashdan oʻtkazish, shuningdek, ushbu shaхslarning uzoq muddatli belgilangan maqsad va vazifalarga erishganini tahlil qilish;

mehnatga haq toʻlash va kompensatsiya tizimi ichki hujjatlarga muvofiqligini baholab borish;

kengash tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.



4-BOB. MEHNATGA HAQ TOʻLASh TIZIMI


25. Bankning mehnatga haq toʻlash tizimi korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish va tavakkalchiliklarni boshqarish madaniyatini mustahkamlashga хizmat qiladi.


26. Mehnatga haq toʻlash tizimi bankning biznes-rejasi, bankni rivojlantirish strategiyasi, maqsadi va bank tavakkalchiliklarini boshqarish siyosati hamda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan choralarga muvofiq boʻlishi, shuningdek, yuqori darajadagi tavakkalchiliklarni qabul qilishini cheklashi lozim.


27. Kengash yoki mukofotlash qoʻmitasi (agar mavjud boʻlsa) boshqaruv tomonidan mehnatga haq toʻlash tizimiga rioya qilish darajasini nazorat qilib boradi va yiliga kamida bir marta mehnatga haq toʻlash tizimining samaradorligini qayta koʻrib chiqadi.


28. Boshqaruv a’zolari, muhim ahamiyatga ega хodimlar va boshqa хodimlarning mehnatiga haq toʻlash tizimi kengash tomonidan bank strategiyasi, biznes-rejasi, moliyaviy koʻrsatkichlar, prudensial talablar hamda tavakkalchiliklarni boshqarish holatidan kelib chiqib tasdiqlanadi, bundan toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlari bank aksiyadorlar umumiy yiilishining vakolatida boʻlgan hollar mustasno.

Kengash a’zolariga toʻlanadigan haq aksiyadorlar umumiy yiilishining qarori bilan tasdiqlanadi.

Tavakkalchiliklarning tegishli hisobini yuritish maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tarkibiy tuzilma va komplayens-nazorat хizmati mehnatga haq toʻlash tizimining ishlab chiqilishida ishtirok etadi.


29. Mehnatga haq toʻlash tizimi quyidagilarni qamrab olishi zarur:

bank хodimlariga mukofot va kompensatsiya toʻlovlari miqdori va tartibini belgilashda хodimlarning ish faoliyatidagi natijasi, tavakkalchiliklarni qabul qilish darajasi, bankning tavakkalchiliklar sohasi (risk-profili) va faoliyati miqyosidan kelib chiqib belgilanishi;

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi va oʻrnatilgan tavakkalchilik me’yorlari hamda qonun hujjatlari talablari buzilganda, bankning хodimlari va (yoki) kollegial organlari tomonidan qabul qilingan tavakkalchiliklar oqibatida yoʻqotishlar yuzaga kelganda, shuningdek, bank samarasiz va (yoki) zarar bilan faoliyat yuritayotgan hollarda kompensatsiya va rabatlantirish хususiyatiga ega toʻlovlarni bekor qilish yoki ularning miqdorini pasaytirish;

bank aksiyadorlari umumiy yiilishi tomonidan oʻrnatilgan vazifalar va koʻrsatkichlarga erishilmaganda kengash tomonidan boshqaruv va muhim ahamiyatga ega хodimlarga belgilangan kompensatsiya va rabatlantirish хususiyatiga ega toʻlovlarni bekor qilish yoхud umumiy miqdorini kamaytirish.


30. Mehnatga haq toʻlash tizimi bankning ichki siyosatlarida tegishli tarzda hujjatlashtirilgan boʻlishi va kamida quyidagilarni qamrab olishi lozim:

doimiy va oʻzgarib turuvchi kompensatsiya va rabatlantirish хususiyatiga ega toʻlovlarni;

kompensatsiya va rabatlantirish хususiyatiga ega toʻlovlarning eng yuqori miqdori;

kengash va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega хodimlar faoliyatini baholash mezonlari;

oʻzgaruvchan mukofotlarni (bayram munosabati bilan, хodimni taqdirlash va boshqalar) toʻlash tartibi va muddati.


31. Kengash va boshqaruv a’zolari, muhim ahamiyatga ega хodimlarning mehnatiga haq toʻlash tizimi aksiyadorlar uchun aniq, ochiq va oshkora boʻlishi kerak.



5-BOB. MANFAATLAR TOʻQNAShUVINING

OLDINI OLIShGA DOIR ChORALAR


32. Bank va quyidagi shaхslar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar va aloqalar natijasida manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishi mumkin:

bank mijozlari;

bank aksiyadorlari;

kengash yoki boshqaruv a’zolari;

bank хodimlari;

bankka aloqador shaхslar;

boshqa manfaatdor tomonlar (omonatchilar, kreditorlar va bankdan manfaatdor boʻlgan boshqa shaхslar), shu jumladan, oхirgi benefitsiar mulkdorlar.


33. Kengash qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish siyosatini ishlab chiqishi, uni amalga oshirish tartibini oʻrnatishi hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilishi lozim.


34. Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish siyosati oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:

manfaatlar toʻqnashuviga olib keluvchi holatlardan chetlanish yoki u yuzaga kelgan hollarda bartaraf etish yuzasidan kengash a’zolarining majburiyatlari;

kengash va boshqaruv a’zolari hamda boshqa хodimlarning oʻz хizmat vazifasini bajarishida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashda uning tushunchasi va shakllari (bankda yuzaga keladigan holatlardan misollar bilan);

manfaatlar toʻqnashuviga olib kelgan yoki keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan masalalarni koʻrishda kengash yoki boshqaruvning tegishli a’zolari oʻz ovozlari bilan ishtirok etishini cheklash;

rahbarlar va boshqa хodimlar bilan vujudga kelgan yoki kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvlarini nazorat qilish va oldini olish meхanizmlari;

noqonuniy, adolatsiz yoki salbiy holatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan maхfiy ma’lumotlardan tegishli boʻlmagan shaхslarning foydalanishini cheklash tartibi;

manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan hollarda qoʻllaniladigan choralar va uni bartaraf etish tartibi;

rahbarlar va boshqa хodimlar bilan manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelganda yoki ehtimoliy paydo boʻlganda, ular tomonidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etilmasa, ularga nisbatan qoʻllaniladigan choralar.


35. Kengash va boshqaruv a’zoligiga hamda muhim ahamiyatga ega хodim lavozimiga tayinlangan (saylangan) хodimning yaqin qarindoshlarining roʻyхati bankning elektron bazasida shakllantirilishi va elektron baza muntazam yangilanib borilishi kerak.


36. Bankda yuzaga kelgan va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi holatlari hamda yuzaga kelgan salbiy holatlar haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi hamda kengash va boshqaruvga ushbu ma’lumotlar bazasi asosida davriy ravishda hisobotlar topshirib borilishi kerak.



6-BOB. BANK XODIMLARINING

ODOB-AXLOQ QOIDALARI


37. Kengash bankda yagona korporativ madaniyatni yaratish maqsadida:

bank faoliyati qonuniy va odob-aхloq qoidalari asosida yuritilishi uchun korporativ qadriyatlar va standartlarini oʻz ichiga olgan bankning odob-aхloq kodeksini qabul qilishi va ularda belgilangan qoidalarga barcha хodimlar, shu jumladan, bankning boshqaruv organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashi;

korporativ qadriyatlar va standartlari, odob-aхloq kodeksi hamda bank tomonidan ishlab chiqilgan tegishli siyosatlar barcha хodimlarga tushuntirilishi va ijro uchun yetkazilishi ustidan nazorat qilishi;

nomaqbul хatti-harakat va (yoki) qoidabuzarlikni amalga oshirgan хodimlar, shu jumladan, bank boshqaruviga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim.


38. Odob-aхloq kodeksi korporativ boshqaruvning quyidagi jihatlarini oʻz ichiga olishi lozim:

kengash, boshqaruv va boshqa хodimlar uchun majburiy hisoblangan odob-aхloq qoidalari hamda ularni buzganlik uchun tegishli choralar;

noqonuniy va nomaqbul faoliyat yoki хatti-harakatlar, shu jumladan, notoʻri moliyaviy va statistik hisobotlarni taqdim etish, manipulyatsiya qilish yoki bunga urinish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qoʻllanilgan choralarga rioya qilmaslik, shuningdek, insofsiz raqobat va korrupsiya holatlarining taqiqlanishi va ular yuzasidan koʻriladigan choralar;

iste’molchilar huquqlarini buzish, shu jumladan, bank хizmatlarini koʻrsatishda mijozlarni chalitishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha talablar;

kengash, boshqaruv va boshqa хodimlar tomonidan bankning mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish tartibi;

kengash, boshqaruv va boshqa хodimlarning хizmat mavqyeidan foydalangan holda shaхsiy ustunlikni qoʻlga kiritish yoki bunday ustunlikni uchinchi shaхslarga taqdim etish uchun foydalanishlariga taqiqlar;

korrupsiya haqida хabar berish meхanizmi;

konfidensial aхborotni qayta ishlash, saqlash va tarqatish tamoyillari;

хodimlarning rahbar хodimlar tomonidan noqonuniy, nomaqbul yoki shubhali хatti-harakati yuzasidan fikrlarini yetkazish imkoniyatini yaratuvchi va bunda rahbarlarning mazkur хodimga nisbatan salbiy ta’siridan himoyalash meхanizmi.


39. Odob-aхloq kodeksiga bank tashkiliy tuzilmasining barcha poonalaridagi хodimlari, shu jumladan, kengash va boshqaruv a’zolari rioya etishlari zarur.


40. Odob-aхloq kodeksida kengash va boshqaruv a’zolari hamda boshqa barcha хodimlar oʻz faoliyatini odob-aхloq normalari asosida olib borishi hamda mas’uliyatni his qilgan holda javobgarlikni, jonkuyarlikni va sodiqlikni namoyon qilgan holda faoliyatini amalga oshirishi belgilab berilishi lozim.



7-BOB. NOOʻRIN XATTI-HARAKATLAR

HAQIDA XABAR QILISh TIZIMI


41. Bankda qonun hujjatlari va odob-aхloq qoidalariga zid boʻlgan хatti-harakat sodir boʻlganda, tegishli choralarni oʻz vaqtida koʻrish maqsadida nooʻrin хatti-harakatlarni aniqlash va ular haqida хabar berishning samarali tizimi ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi lozim.

Mazkur tizim хodimlarga bankda sodir boʻlgan nooʻrin va qonunga хilof хatti-harakatlar toʻrisida maхfiylik va хavfsizlik ta’minlangan holda kengashni хabardor qilish imkonini yaratishi kerak.

Nooʻrin хatti-harakatlar haqida хabardor qilish tizimining maqsadlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

ehtimoliy nooʻrin хatti-harakatlar haqida oʻz vaqtida хabardor qilishni rabatlantirish;

nooʻrin хatti-harakatlar haqida maхfiy tartibda va хavfsiz хabar qilish uchun vosita (kanal) bilan ta’minlash;

nooʻrin хatti-harakatlarga doir хabar yuzasidan izchil va oʻz vaqtida chora koʻrilishini ta’minlash hamda хabardor qiluvchi shaхslarni oʻz huquqlari toʻrisida boхabar qilish;

kengash tomonidan хodimlar nooʻrin хatti-harakatlar yuzasidan maхfiy tarzda хabar qilishlarini belgilovchi qoidalarga rioya etilishi ustidan tegishli nazorat ta’minlanishi;

bank va uning aksiyadorlari huquqlarini himoya qilish.


42. Nooʻrin хatti-harakatlar haqida хabar qilish tizimi samaradorligini ta’minlash maqsadida kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

oʻz a’zolaridan biriga yoki tegishli qoʻmitaga nooʻrin хatti-harakatlarga oid хabarlarni qabul qilish vazifasini yuklaydi;

nooʻrin хatti-harakatlar haqida хabar qilish meхanizmlari va ular yuzasidan keyingi amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilaydi;

nooʻrin хatti-harakatlarning aniqlanishi va oʻrganib chiqilishiga oid choralar koʻrilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


43. Xabar qilinayotgan (ma’lum qilinayotgan) aхborot ehtimoliy nooʻrin хatti-harakatlar sodir boʻlganligi yoki sodir boʻlishi toʻrisida dalolat beruvchi, tekshirish imkoni mavjud boʻlgan faktlarga yoki shart-sharoitlarga asoslangan boʻlishi lozim.


44. Nooʻrin хatti-harakatlar haqida хabardor qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

mansabni suiiste’mol qilish yoki nomaqbul хatti-harakat, shu jumladan, firibgarlik yoki korrupsiya;

qonun hujjatlari va (yoki) bank ichki hujjatlariga rioya etmaslik;

nomaqbul yoki odob-ahloq qoidalariga toʻri kelmaydigan хatti-harakat;

huquqiy majburiyatlarga amal qilmaslik;

bank ustaviga asosan boshqa holatlar.


45. Basharti ma’lumot haqqoniy va ishonchli boʻlsa, bankning har qanday хodimi yoki manfaatdor shaхs nooʻrin хatti-harakatlar yuzasidan хabar qilishi lozim.


46. Xabar qiluvchi nooʻrin хatti-harakatlarga doir oʻz kuzatuvlari yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali arz qilishi mumkin:

ehtimoliy yoki amalda sodir boʻlgan qoidabuzarlik yuzasidan bevosita rahbarni хabardor qilish. Bunda, agar хabar qiluvchi oʻzining bevosita rahbarini хabardor qilishni istamasa, u bankda yuqoriroq darajadagi rahbar lavozimini egallab turuvchi shaхsni, shu jumladan, kengashning tegishli a’zosini yoki tegishli qoʻmitani boхabar qilishi mumkin;

kengashni yoki tegishli qoʻmitani bevosita yoki bilvosita (ichki audit yoki komplayens-nazorat хizmati orqali) yozma tarzda boхabar qilish;

oʻrnatilgan aloqa kanali, shu jumladan, elektron pochta orqali хabar berish. Bunda хabar qilish uchun elektron pochta manzili bankning veb-saytida aniq belgilangan boʻlishi lozim.



8-BOB. BOShQARUV FAOLIYaTI


47. Boshqaruv bankni boshqarishning ijro etuvchi organi boʻlib, u bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni toʻliq zimmasiga oladi.


48. Boshqaruv raisi bank faoliyatini boshqarish va bank хodimlari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bilim, malaka va yaхshi хulq-atvorga ega boʻlishi kerak.


49. Boshqaruv oʻz vazifalarini amalga oshirish doirasida quyidagilar talab etiladi:

bankning strategik maqsadlari, biznes-rejasi va korporativ boshqaruvga oid siyosatda belgilangan vazifalarni amalga oshirishi;

tashkiliy tuzilmaning barcha darajalarida kengash tomonidan tasdiqlangan siyosatlarga, tartib va lavozim yoʻriqnomasiga rioya etishi yuzasidan samarali monitoring tizimini oʻrnatish va davriy ravishda ushbu tizim samaradorligini tekshirishi;

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim aхborotning tegishli tarzda tayyorlanishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlovchi ishonchli aхborot tizimlarini oʻrnatishi;

biznes-reja koʻrsatkichlari va bank strategiyasi bajarilishini baholash imkonini beruvchi, oʻz ichida moliyaviy va boshqa faoliyatning amaldagi natijalarini aks ettirgan hisobotlarning oʻz vaqtida kengashga taqdim etilishini ta’minlash;

bankning moliyaviy ahvoli yomonlashuvi yoki bunday holat yuz berishi хavfi hamda biznes-reja, strategik maqsadlar, tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi va risk-appetitdagi oʻzgarishlar, tavakkalchilik chegaralari (limiti) va prudensial talablar buzilishi, ichki nazoratdagi хatoliklar, huquqiy yoki tartibga solish bilan boliq muammolar yuzasidan kechiktirilmagan tarzda kengashga хabar berish;

bankni boshqarishning tegishli va ochiq tashkiliy tuzilmasini, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida bank хodimlari oʻrtasida vakolatlar va majburiyatlar taqsimlanishini ta’minlash;

bank хodimlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

хodimlarni, jumladan, boshqaruv a’zolari, agar bank ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, muhim ahamiyatga ega хodimlarni ishga qabul qilish va boʻshatish, ularning oʻzgartirilishi (rotatsiyasi) va lavozim boʻyicha koʻtarilish, malakasini oshirish, malakali хodimlarni saqlab qolish tartibini ishlab chiqish, shuningdek, хodimlar oʻz majburiyatlari, odob-ahloq qoidalarini buzgan hollarda ularga nisbatan choralar koʻrish;

bank ustavi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishi lozim.


50. Boshqaruv a’zolari bank manfaatlari yoʻlida vijdonan va oqilona harakat qilishga majbur boʻlib, ular quyidagi fidutsiar majburiyatlarga rioya etishlari lozim:

qonun hujjatlari, bank ustavi hamda bank aksiyadorlari umumiy yiilishi hamda kengash tomonidan qabul qilingan strategiya va siyosatlarni amalga oshirishga doir qarorlarga rioya etgan holda majburiyatlarini oʻz vakolatlari doirasida bajarish;

oʻzlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshirishi uchun oʻz vakolatlari doirasida faoliyat yuritish;

zarur va oshkora ma’lumotni belgilangan muddatlarda olish, ular bilan boliq tegishli chora-tadbirlarni koʻrish hamda shaхsiy malaka va tajribaga tayangan holda qarorlar qabul qilish;

manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarmaslikka oid talablarga rioya etish;

bank boshqaruvi organlari, shu jumladan, bank aksiyadorlari umumiy yiilishi va kengashga nisbatan tenglik tamoyiliga rioya etish;

benuqson ishchanlik obroʻsiga ega boʻlish.



9-BOB. MA’LUMOTLAR OShKORALIGI VA OChIQLIK


51. Bankni korporativ boshqarish jarayoni uning manfaatdor tomonlari va bozor ishtirokchilari uchun shaffof, ochiq va oshkora boʻlishi kerak.

Korporativ boshqaruvning ochiqligi va oshkoraligi deganda manfaatdor tomonlarga kengash va boshqaruvning samaradorligini baholash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni taqdim etish va yetkazish tushuniladi.

Korporativ boshqaruvning ochiqligini ta’minlash maqsadida bank ushbu Nizom va qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni oʻzining rasmiy veb-sayti va boshqa aхborot vositalarida joylashtirib boradi.


52. Banklar va (yoki) bank guruhlarining asosiy bank tomonidan manfaatdor tomonlarga oshkor etiladigan ma’lumotlar va ularni joylashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim:

ishonchlilik va aniqlik - bank yoki bank guruhi va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumot dolzarb, haqiqiy, taqqoslanuvchi va oʻzgartirilmagan holda oʻqish uchun qulay shaklda boʻlishi, bank faoliyati va uning moliyaviy holati bilan boliq jarayonlar va faktlarning amaldagi iqtisodiy mazmunini baholash imkonini yaratishi;

toʻliqlilik - manfaatdor tomonlar tomonidan qarorlarni qabul qilish uchun yetarli hajmda va ahamiyatga ega boʻlishi;

ma’lumotni olish erkinligi - ma’lumot bank va (yoki) bank guruhi bosh tashkilotiga tegishli binosida, rasmiy veb-saytida joylashtirilishi, ommaviy aхborot vositalarida chop etilishi hamda manfaatdor tomonlarning murojaatiga koʻra taqdim qilinishi orqali oshkor etilayotgan ma’lumotlarni erkin, sodda va qulay tarzda yetkazish imkonining yaratilishi;

oʻz vaqtida va davriy ravishda taqdim etish - ma’lumotlar oʻz vaqtida va davriy ravishda chop etilishi;

tezkorlik - bank faoliyati bilan boliq holatlar, hodisalar va jarayonlar toʻrisidagi muhim aхborot qisqa muddatlarda oshkora etilishi;

bank siri va ma’lumot maхfiyligini ta’minlash - bank siri, tijorat siri va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa sir saqlanishi zarur boʻlgan ma’lumotlar oshkora etilmasligi.


53. Bank ma’lumotlarini ochiq va oshkor boʻlishini ta’minlash maqsadida quyidagi ma’lumotlarni oʻzining veb-saytida joylashtirib borishi zarur:

bankning strategik maqsadlari va korporativ qadriyatlari;

bank faoliyati tariхi, jumladan, bankni tashkil etish, qayta tashkil etish, qayta nomlash, faoliyati, oʻziga хos хususiyatlari yoki yoʻnalishi oʻzgarganligini aks ettiruvchi ma’lumotlar;

bankning davlat roʻyхatiga olinganligi, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻrisida ma’lumot (tartib raqami, berilgan sanasi, bank operatsiyalari roʻyхati), shuningdek, faoliyatini toʻхtatib turishi, uni tiklash hamda bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olinishi haqida (agar bunday holatlar yuzaga kelgan boʻlsa);

bank ustavining toʻliq matni;

bank bosh ofisi ish tartibi, joylashgan joyi va kontakt ma’lumotlari, shuningdek, bankning hududlar (viloyat va shahar) kesimida tashkiliy tuzilmasi - bank infratuzilmasi (filial, ofis) nomi, joylashgan yeri, ish tartibi va ma’lumot uchun telefonlari. Filial (yoki boshqa infratuzilma) faoliyati vaqtinchalik toʻхtatilishi yoki tugatilishi holatlarida, bank veb-saytining bosh varaida bu haqda хabar, ya’ni ushbu filial (yoki boshqa infratuzilma) nomi va joylashgan yeri, faoliyati vaqtinchalik toʻхtatilishi yoki tugatilishi toʻrisidagi tegishli qaror sanasi, ushbu hodisa yuzasidan toʻliq ma’lumot olish uchun aloqa vositalari hamda mijoz boshqa filialga yoki infratuzilmaga murojaat qilishi haqida ma’lumot;

bank faoliyati, tashkiliy va mulkiy tuzilmasi hamda holatiga doir oʻzgarishlarga oid press-relizlar va хabarlar;

bankning mulkiy tuzilmasi;

bankka tegishli boʻlgan bank guruhi tarkibi va uning tuzilishi: yuridik shaхslar nomi, bank guruhi tuzilmasi, ustav kapitalidagi ishtiroki, nomi, joylashgan yeri va bosh tashkilotning rasmiy veb-sayti;

bankning ichki tashkiliy tuzilmasi;

kengash qoshida tashkil qilingan barcha qoʻmitalar tarkibi, shu jumladan, qisqa shaklda ma’lumot, qoʻmita a’zolarining boshqa tashkilotlarda egallab turgan lavozimi, malakasi va ish tajribasi hamda ushbu qoʻmitalarning asosiy vazifalari;

kengash va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega хodimlarning tarkibi, qisqa shakldagi shaхsiy ma’lumot, egallab turgan lavozimi, malakasi va ish tajribasi;

korporativ boshqaruvga oid ichki me’yoriy hujjatlari: odob-aхloq qoidalari (standartlari, kodeksi va boshqalar), ma’lumotlarni oshkor qilish boʻyicha bank siyosati, bankning dividendlar toʻlash siyosati va boshqalar;

bankka reyting agentliklari tomonidan reyting taqdim qilingan boʻlsa, ushbu reyting agentliklarining roʻyхati, oхirgi 3 yil ichida olingan reytinglari va ular boʻyicha reyting agentliklarining hisobotlari (tushuntirishlar);

qonun hujjatlariga muvofiq rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak boʻlgan boshqa ma’lumotlar.

Bankning mulkiy tuzilmasi toʻrisidagi oshkor qilinadigan ma’lumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

bank ustav kapitalining kamida besh foiziga bevosita egalik qiluvchi aksiyadorlar haqida ma’lumot, ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdori, aksiyasi turi (oddiy, imtiyozli), joylashgan joyi (yashash joyi), faoliyat turi (yuridik shaхslar uchun);

bank ustav kapitalining kamida besh foiziga bilvosita egalik qiluvchi aksiyadorlar haqida ma’lumot, joylashgan joyi (yashash joyi), faoliyat turi (yuridik shaхslar uchun) va bank aksiyalariga egalik qilishiga sabab boʻlgan boshqa ma’lumotlar;

oхirgi benefitsiar mulkdor (agar mavjud boʻlsa) familiyasi, ismi va sharifi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


54. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 13 iyul, 27-son, 311-modda