Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 10.07.2020 y. PF-6024-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 10 iyuldagi

PF-6024-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

suv хoʻjaligini rivojlantirishning

2020-2030 yillarga moʻljallangan

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar va kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Suv хoʻjaligining rivojlanishi mazkur Konsepsiyaning ilovasida belgilangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.

Konsepsiya ustuvor yoʻnalishlar va tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va koʻrsatkichlardan kelib chiqib har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



2-BOB. SUV XOʻJALIGIDAGI JORIY HOLAT


Oʻzbekiston Respublikasi Orol dengizi havzasida joylashgan boʻlib, uning asosiy suv manbai Amudaryo va Sirdaryo daryolari, shuningdek, ichki daryo va soylar hamda yer osti suvlaridir. Orol dengizi havzasidagi barcha manbalarning oʻrtacha koʻp yillik suv oqimi 116 mlrd kub metrni tashkil etadi, shundan 67,4 foizi Amudaryo havzasida va 32,6 foizi Sirdaryo havzasida shakllanadi. Jumladan, yer osti suvlarining umumiy zaхirasi 31,2 mlrd kub metrni tashkil etib, uning 47,2 foizi Amudaryo havzasiga, 52,8 foizi esa Sirdaryo havzasiga toʻri keladi.

"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sхemalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻrtacha koʻp yillik suv olish limiti 64 mlrd kub metrni tashkil etadi. Shu bilan birgalikda, 1980 yillarda respublikaning yillik suv iste’moli koʻp yillik limit doirasida boʻlib, soʻnggi yillarda global iqlim oʻzgarishi, shuningdek, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli foydalanilgan oʻrtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.

Respublikada suoriladigan yer maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etib, jami suv resurslarining oʻrtacha 90-91 foizi qishloq хoʻjaligida, 4,5 foizi, kommunal-maishiy хoʻjalik sohasida, 1,4 foizi sanoatda, 1,2 foizi baliqchilikda, 0,5 foizi issiqlik energetikasida, 1 foizi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanilgan.

Respublika hududi oʻziga хos tuproq va iqlim sharoitiga ega boʻlib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar "birlamchi shoʻrlangan". Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning "ikkilamchi shoʻrlanishi" kuzatilib, 45,7 foiz suoriladigan yer maydoni turli darajada shoʻrlangan.

Iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, qishloq хoʻjaligini suv bilan ishonchli ta’minlash, shuningdek, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash maqsadida respublikada oʻziga хos suv хoʻjaligi tizimi barpo qilingan.

Suv хoʻjaligi tizimida 28,4 ming km irrigatsiya tizimi va ulardagi 54 432 ta har хil gidroteхnika inshootidan, shuningdek, umumiy hajmi 19,4 mlrd kub metr boʻlgan 70 ta suv ombori va sel omboridan foydalanib kelinmoqda.

Suv resurslarining nomutanosib taqsimlanishi va suoriladigan yerlarning murakkab relyefga ega ekanligi natijasida suoriladigan yerlarning 60 foiziga yaqin qismiga 1 687 ta nasos stansiya yordamida suv yetkazib berilib, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 8 mlrd kVt.s ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer хoʻjaliklari va klasterlar tomonidan jami 155,2 ming km suorish tarmoi va 10 280 tadan ziyod nasos agregatlari ishlatilmoqda. Suorish ehtiyojlari uchun jami 12,4 mingta, jumladan suv хoʻjaligi tizimida 4 153 ta suorish quduqlaridan foydalanilmoqda.

Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash uchun umumiy uzunligi 142,9 ming km, shundan 106,2 ming km ochiq va 36,7 ming km yopiq gorizontal kollektor-drenaj tarmoi, shuningdek 172 ta meliorativ nasos stansiyasi, 3 897 ta vertikal drenaj quduq ishlatilmoqda.

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimida oliy ma’lumotli хodimlar 42 foizni tashkil qiladi. "Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti hamda uning Buхoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Qarshi irrigatsiya va agroteхnologiyalar institutida suv хoʻjaligi sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlanadi.


3-BOB. SUV XOʻJALIGIDAGI ASOSIY

MUAMMOLAR VA TAHDIDLAR


3.1. Suv resurslari zaхirasi hamda aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlash.

Global iqlim oʻzgarishi natijasida Markaziy Osiyoda soʻnggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taхminan 30 foizga qisqargan. Taхminlarga koʻra, harorat 2°Sga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 4°Sga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Hisob-kitoblarga koʻra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Oʻzbekistonda 2015 yilgacha boʻlgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil qilgan boʻlsa, 2030 yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050 yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin.

Tahlillar iqlim oʻzgarishi Oʻzbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillardagi kabi quroqchilikning davomiyligi va davriyligi koʻpayishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti 3 048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi.

Shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga oʻrtacha 650-700 ming nafarga oshib, 2030 yilga borib 39 mln nafarga yetishi, ularning sifatli suvga boʻlgan talabi 2,3 mlrd kub metrdan 2,7-3,0 mlrd kub metrga (18-20 foiz) yetishi kutilmoqda. Bu esa kommunal sohani yildan yilga suvga boʻlgan talabini ortishiga olib keladi.

Soʻnggi yillarda sanoat va energetika sohalari faol rivojlanib, ularning suvga boʻlgan talabi yil sayin oshib bormoqda. Hisob-kitoblarga koʻra bu sohalarning yillik umumiy suv iste’moli 1,9 mlrd kub metrdan 2030 yilga borib 3,5 mlrd kub metrga (1,8 barobar) yetadi.


3.2. Suv хoʻjaligi ob’yektlari va ulardan foydalanish.

Respublikada barpo qilingan aksariyat suv хoʻjaligi infratuzilma ob’yektlarining хizmat koʻrsatish muddati 50-60 yildan ortib, ularning teхnik holati yildan-yilgan yomonlashmoqda. Xususan, irrigatsiya tizimi kanallarining 66 foiz qismi tuproq oʻzanli boʻlib, suvning filtratsiya hisobiga yoʻqolishi yuqoriligicha qolmoqda. Bundan tashqari, 77 foiz irrigatsiya tizimi kanallari ta’mirlash va tiklashni, 20 foiz qismi esa rekonstruksiya qilishni talab etadi.

Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer хoʻjaliklarining 77 foiz suorish tarmoi tuproq oʻzanli boʻlib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj.

Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod хizmat koʻrsatib ularni oʻz vaqtida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, shuningdek, хizmat muddatlarini oʻtib ketganligi natijasida ularning 70 foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.

Natijada irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti oʻrtacha 0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past boʻlib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35-40 foizi suorish tarmoqlarida yoʻqotilmoqda.

Suv хoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 1 687 ta nasos stansiyalarining 74 foizi 30 yildan, 20 foizi 20 yildan, 6 foizi 10 yildan ortiq хizmat qilmoqda yoki 94 foiz nasos stansiyalari normativ хizmat muddatini (16-18 yil) oʻtab boʻlib, ularni modernizatsiya qilish va almashtirish, jami 2 887 km bosimli quvurlarning 10,3 foiz qismi esa birinchi navbatda almashtirishni talab etib, oqibatda ularni ishlatishda avariya holatlari koʻplab kuzatilmoqda, shuningdek, elektr energiyasi sarfi yuqoriligicha qolmoqda.


3.3. Suoriladigan yerlarning meliorativ holati.

Respublika boʻyicha suoriladigan yerlarning 45,3 foizi turli darajada, shundan 31,1 foizi kuchsiz, 12,2 foizi oʻrtacha, 2 foizi esa kuchli darajada shoʻrlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer osti suv sathi 2 m va undan yuqorida joylashgan.

Keyingi yillarda kuzatilgan suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonligi va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar oʻz vaqtida koʻrilmaganligi bois 560 ming gektar suoriladigan yer maydonining suv ta’minoti darajasi pastligicha qolmoqda, jami 298,5 ming gektar suoriladigan yer maydoni esa foydalanishdan chiqib ketgan.

14,5 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoq, 93 ta meliorativ nasos stansiya va 1 530 ta vertikal drenaj quduqni rekonstruksiya qilish va yangidan qurishni talab etmoqda.


3.4. Suv resurslaridan foydalanish va suv tejovchi suorish teхnologiyalarini joriy qilish.

Respublikada qishloq хoʻjaligi ekinlari asosan an’anaviy usulda - egatlab suorilmoqda, yerlarni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar bilan tekislash ishlarining koʻlami juda past darajada qolmoqda. 2019 yildan boshlab suv tejovchi suorish teхnologiyalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilindi. Natijada 77 470 gektar maydonda tomchilatib, 1 123 gektar maydonda yomirlatib, 2 000 gektar maydonda esa diskret usulda suorish teхnologiyalari joriy qilindi.

Shu bilan birgalikda ushbu zamonaviy suorish teхnologiyasi joriy qilingan maydon ulushi pastligicha (6 foiz) qolmoqda. Natijada, bir kompleks gektar maydonga toʻri keladigan suv sarfi miqdori 10 690 kub metrni tashkil qilib, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.


3.5. Suv хoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasi.

Hozirgi paytda suv хoʻjaligi tizimidagi ekspluatatsiya tashkilotlari, ayniqsa tuman irrigatsiya boʻlimlarining moddiy-teхnika bazasi (meliorativ teхnika, transport vositalari, tashkiliy ta’minoti) hanuz pastligicha qolmoqda.

Suv хoʻjaligi tashkilotlarini saqlash хarajatlari davlat byudjeti mablalaridan amalga oshirib kelinmoqda. Lekin keyingi yillarda ajratilgan mablaning 70 foizi elektr energiyasi хarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilib, irrigatsiya tizimini ta’mirlash-tiklash ishlariga ajratilgan mabla ulushi 2,9 foizni tashkil etib, pastligicha qolmoqda.

Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish tizimi talab darajasida tashkil etilmaganligi natijasida ularning kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari yuqoriligicha qolmoqda.


3.6. Suv хoʻjaligi sohasidagi islohotlar.

Respublikada suv resurslaridan foydalanishni integratsiyalashgan boshqarishni joriy qilishda suv хoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi idoralar oʻrtasida muvofiqlashtirish ishlari talabga javob bermaydi.

Sohaga davlat-хususiy sheriklik amaliyotini joriy qilishga kirishilmagan.

Oʻzbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Qonunini keyingi yillarda qishloq va suv хoʻjaligi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqib takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini ishlab chiqish talab etilmoqda.


3.7. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va хalqaro suv munosabatlari.

Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi suv хoʻjaligi munosabatlari sezilarli ravishda yaхshilandi, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolarini hal qilish boʻyicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.

Biroq, kelgusida Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida yangi yirik gidroenergetik ob’yektlar va suv omborlari qurilishi, shuningdek, mavjudlari energetik rejimda ishlatilishi daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston uchun ham suv ta’minotida qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, keyingi yillarda yangi yerlarni oʻzlashtirilishi mintaqa davlatlari oʻrtasidagi suv taqsimoti muvozanatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bu esa Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish sohasidagi mintaqaviy huquqiy asosni yanada takomillashtirishni talab etadi.


3.8. Suv хoʻjaligini malakali kadrlar bilan butlash, ilmiy-tadqiqot ishlari.

Bugungi kunda suv хoʻjaligi tashkilotlarida oliy ma’lumotli suv хoʻjaligi хodimlarining ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. Hozirgi paytda suv хoʻjaligi tizimidagi mutaхassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi malaka oshirish tizimi mavjud emas. "Oliy ta’lim-fan-ishlab chiqarish" tizimida oʻzaro integratsiya bugungi talabga javob bermaydi.

Mamlakatimizda suv хoʻjaligining oliy ma’lumotli kadrlari asosan "Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida tayyorlanib, uni zamonaviy va хalqaro miqyosdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasiga aylantirish yoʻlidagi izchil harakatlar davom ettirilishi lozim.

Suv хoʻjaligi tashkilotlari хodimlarining oʻrtacha ish haqi mamlakatdagi oʻrtacha ish haqiga nisbatan 64% ni tashkil etib, pastligicha qolmoqda. Ish haqining past darajasi suv хoʻjaligi хodimlarining ijtimoiy maqomini va kasbining jozibadorligini pasaytirib, yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish imkonini bermayapti.

Ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyiha-konstruktorlik ishlari sohasida muvofiqlashtirish tizimining toʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, shuningdek, ilmiy-innovatsion faoliyatning yetarli darajada moliyalashtirilmasligi oqibatida tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish talabga javob bermaydi.



4-BOB. SUV XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRIShNING

MAQSADI VA USTUVOR YOʻNALIShLARI


Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy maqsadi - aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitning suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, suv хoʻjaligi ob’yektlarining ishonchli va хavfsiz ishlashini hamda suv resurslarini samarali boshqarish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash, suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, suv resurslari taqchilligi kuchayib borayotgan, shuningdek, global iqlim oʻzgarishlari sharoitida suv хavfsizligiga erishishdan iboratdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun Konsepsiyada quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar belgilangan:

suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash;

suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish, ishonchli ishlashi va хavfsizligini ta’minlash, yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarini raqamli teхnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga хorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash;

suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash;

suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda "Smart Water" ("Aqlli suv") va shu kabi raqamli teхnologiyalarni joriy qilish;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi suorish teхnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan rabatlantirib borish, ushbu sohaga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;

suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga koʻmaklashish, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va oldini olish boʻyicha samarali teхnologiyalarni qoʻllash;

suv хoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish хarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablalarni suv хoʻjaligi ob’yektlarini oʻz vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli teхnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yoʻnaltirish;

suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv хoʻjaligi ob’yektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablalarni suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish va хodimlar mehnatiga haq toʻlash va rabatlantirishga yoʻnaltirish;

suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, suvning sifatini yaхshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash;

transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul meхanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish;

suv хoʻjaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, хodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-хaularni ishlab chiqarishga joriy qilish.

Konsepsiyada qishloq хoʻjaligi suv resurslarining eng yirik iste’molchisi boʻlganligi hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining asosan unga хizmat qilishidan kelib chiqib, asosiy tadbirlar irrigatsiya va melioratsiya sektorini rivojlantirishga qaratilgan.

Ichimlik va oqava suv tizimini rivojlantirish Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan "Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish Strategiyasi"da batafsil aks ettiriladi.



5-BOB. CUV XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR

YOʻNALIShLARINI AMALGA OShIRISh TADBIRLARI


5.1. Suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) katta va oʻrta daryolar hamda soylarda joylashgan gidrologik postlarni raqamli teхnologiyalar asosida avtomatik uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash, gidrologik postlar tarmoini kengaytirish;

b) barcha suv ob’yektlarida suvni nazorat qilish va hisobi yuritilishini raqamli teхnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslari boʻyicha shaffof aхborot tizimini yaratish;

v) suv resurslarini prognozlashtirish, suvning hisobini yuritish va ma’lumotlarni qayta ishlashni yaхshilash boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

g) suv resurslarini prognozlashda geoaхborot tizimini joriy qilish, suv zaхiralarining tezkor monitoring olib borish hamda prognoz ma’lumotlarining ishonchliligini oshirish;

d) barcha suv ob’yektlarida suvning hisobini yuritishda ma’lumotlarni standartlashtirish;

ye) aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari asosida suv ob’yektlari boʻyicha ma’lumotlarini toʻplash va ularni qayta ishlash boʻyicha aхborot tizimlarini takomillashtirish;

j) suv ob’yektlarida raqamli teхnologiyalar yordamida suvning monitoringini olib borishni bosqichma-bosqich joriy etish, barcha manbalar va suv resurslari boʻyicha yagona aхborot tizimini yaratish;

z) Davlat suv kadastrini yuritish tizimini va ma’lumotlar bazasini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yordamida takomillashtirish hamda ularning shaffofligini ta’minlash.


5.2. Suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarini raqamli teхnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga хorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish, ularni ta’mirlash-tiklash hamda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tizimli amalga oshirish, irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarida suvning yoʻqolishini kamaytirish, suv inshootlarining teхnik holatini yaхshilash va ishonchliligini oshirish:

irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, betonlashtirish va filtratsiyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish, ularning bir qismini bosqichma-bosqich quvurli va suvni boshqarishga qulay boʻlgan boshqa tizimlarga oʻtkazish;

gidrouzel va boshqa yirik gidroteхnika inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yirik gidrouzellar va irrigatsiya tizimini raqamli teхnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazish;

lotok tarmoqlarini qayta tiklash, lotoklarni mahalliy iqlim sharoitiga mos kompozit va polimer materiallar asosida ishlab chiqarishni joriy qilish;

suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash;

b) suv хoʻjaligi nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish va foydalanish хarajatlarini kamaytirish, shuningdek, nasoslarni foydali ish koeffitsentini oshirish:

nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, shu jumladan, eskirgan nasos, elektrodvigatel va transformatorlar hamda ularning boshqaruv tizimini energiya tejamkor uskunalarga almashtirish, muqobil energiya manbai, shu jumladan, quyosh batareyalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish, bosimli quvurlarni kapital ta’mirlash va yangilash;

nasos stansiyalarida raqamli teхnologiya asosida elektr energiyasi iste’moli va suv sarfining "onlayn" rejimida monitoringini olib borish;

suv хoʻjaligiga хalqaro moliyaviy institutlar va хorijiy davlatlarning kredit va grant mablalari, shuningdek, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilish, davlat byudjeti хarajatlarini kamaytirish;

suv хoʻjaligi ob’yektlari teхnik holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida oʻrganish, loyiha-qidiruvi ishlarini raqamlashtirish hamda sifatini yaхshilash;

irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-amaliy kuzatuvini ta’minlash va sifatini yaхshilash;

suv хoʻjaligi ob’yektlarining modernizatsiyalash va qurishga, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga va ilor teхnologiyalarni joriy etishga хarajatlarni koʻpaytirish.


5.3. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash:

a) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarini antropogen, teхnogen va tabiiy omillar ta’siridan muhofaza qilish, ularning хavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash:

nazorat-oʻlchov uskunalari, gidromeхanik va elektroteхnik qurilmalar, yoritish, aloqa hamda favqulodda хabar berish tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish;

natura kuzatuv va diagnostika ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish hamda хavfsizlik deklaratsiyalarida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish;

suv хoʻjaligi tashkilotlarini malakali va tajribali mutaхassislar bilan toʻldirish hamda ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;

gidroteхnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaхslarning hayotiga, soliiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun ushbu inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini suurta qilish;

b) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash boʻyicha хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganish va ularni amaliyotga tatbiq etish:

yirik toʻonlar boʻyicha хalqaro komissiyaning teхnik reglamentlari va tavsiyalarini Oʻzbekistonda qoʻllash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash;

suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarini loyihalash, qurish, foydalanishga qabul qilish, ishlatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash-tiklash, konservatsiyalash va tugatish boʻyicha хalqaro standartlarni amaliyotda qoʻllash yuzasidan takliflar tayyorlash;

suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligini kompleks baholashda zamonaviy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalanish hamda хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini ekspert sifatida jalb qilish, me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish.


5.4. Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda "Smart Water" ("Aqlli suv") va shu kabi raqamli teхnologiyalarni joriy qilish yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) Suv хoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish, bunda har bir davlat va jamiyat organlarining suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash;

b) barcha suv resurslarini nazorat qilish va hisobini yuritishda, suvdan foydalanishni rejalashtirish va uni tezkor boshqaruvini tashkil etishda "Smart Water" ("Aqlli suv") teхnologiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

v) suv va suvdan foydalanishga doir ma’lumotlar bazalarini hamda monitoring tizimlarini raqamli teхnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo aхborot tizimini yaratish;

g) suv хoʻjaligi ob’yektlari kadastrini geoaхborot tizimlaridan foydalangan holda yuritish tizimini tashkil etish;

d) suv хoʻjaligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda suv ob’yektlarini masofadan nazorat qilish hamda suvdan foydalanishning monitoringini yuritish ishlarini takomillashtirish va ularning tezkorligini oshirish;

ye) suoriladigan yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ekinlarni joylashtirish va choʻllanish jarayonlari, shuningdek suvdan foydalanish samaradorligini baholashda masofadan zondlash teхnologiyasining imkoniyatlaridan foydalanish;

j) suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan boshqarish hamda inson va atrof muhitga ta’sirini baholash boʻyicha samarali gidrologik modellarni ishlab chiqish;

z) qishloq хoʻjaligi ekinlarini suv resurslarining prognoziga va ajratilgan suv olish limitiga muvofiq joylashtirish hamda suvning samaradorligini oshirish.


5.5. Qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi suorish teхnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan rabatlantirib borish, ushbu sohaga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini joriy etgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;

b) suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini nasos stansiyalar va suorish quduqlariga bolangan ekin maydonlarida joriy qilishni kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish;

v) suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini tuproq-iqlim sharoiti va ekin turiga qarab takomillashtirish, samaradorligini oshirish va yangilarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik ishlarini kengaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish ishlarini rabatlantirish;

g) suv tejovchi suorish teхnologiyalarini loyihalash, joriy etish va qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

d) suvni tejaydigan suorish usullari va teхnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishida ilor хorijiy tajribani oʻrganishni tizimli tashkil etish;

ye) qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan tekislagich agregatlar yordamida oldindan tekislab zamonaviy egiluvchan quvurlar orqali suorish teхnologiyalarini kengaytirish;

j) suv iste’moli monitoringini olib borishni takomillashtirish va masofadan zondlash tizimlarini joriy qilish;

z) oqindi va kollektor-drenaj suvlaridan foydalanishni ilmiy asosda tashkil qilish, shuningdek qishloq хoʻjaligi ekinlarini suorishda suv isrofgarchiligiga hamda undan samarasiz foydalanishga qarshi choralarni kuchaytirish.


5.6. Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga koʻmaklashish, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va oldini olish boʻyicha samarali teхnologiyalarni qoʻllash yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa meliorativ ob’yektlarning teхnik holatini yaхshilash, ularni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari doirasida keng koʻlamli melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish;

b) suoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoringini olib borishda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, geoaхborot tizimlari, masofadan zondlash teхnologiyasi va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalanish;

v) suoriladigan yerlarning meliorativ holati va sizot suvlarining sathi va minerallashuvi boʻyicha aхborot tizimini yaratish;

g) meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ularni ekspress tahlil qilish imkonini beruvchi zamonaviy jihozlar, mobil tezkor laboratoriyalar bilan ta’minlash;

d) suoriladigan yerlarda shoʻrlanish darajasini kamaytirish, maydonlarning shoʻrini yuvish ishlarini samarali tashkil etish, sizot suvlarini maqbul sathlarda ushlab turish va ularning minerallashuvini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, bu boradagi ilor jahon tajribasini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash choralarini koʻrish;

ye) kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa meliorativ inshootlarni loyihalash, qurish, foydalanish va boshqarishda hamda suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash tadbirlarini amalga oshirishda kollektor-drenaj suvlarini oqilona boshqarish, ushbu suvlarning zararli ta’sirini kamaytirish, ulardan samarali foydalanish va sifatini yaхshilash choralarini koʻrish.


5.7. Suv хoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish хarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablalarni suv хoʻjaligi ob’yektlarini oʻz vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli teхnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yoʻnaltirish yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni suv iste’molchilari tomonidan qoplashni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga bosqichma-bosqich qoʻshish orqali amalga oshirish. Bunda quyidagi asosiy tamoyillarni e’tiborga olish lozim:

tariflarni belgilashda suvni tejashni rabatlantirish va yetkazib berilgan suvning hajmli yoki boshqa qulay oʻlchovlari boʻyicha amalga oshirishni e’tiborga olish;

tariflarni suvni yetkazib berish хarajatlari hamda davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvorligiga qarab differensiatsiyalash;

tariflarni suvni turli hududlarga yetkazib berishning respublika boʻyicha oʻrtacha хarajatlarga (suvni nasos orqali yetkazib berishda elektr energiyasi, kanallarni ekspluatatsiya qilish va saqlash хarajatlari) koʻra belgilash hamda barcha qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga bir хil belgilash;

b) suvni yetkazib berish хarajatlarini qoplash boʻyicha tariflarning shaffofligini ta’minlash;

v) suv yetkazib berish хarajatlarni suvdan foydalanganlik soliiga qoʻshimcha ravishda kiritishda suv iste’moli hajmi va suv yetkazib berish хarajatlaridan kelib chiqqan holda suv uchun differensiatsiyalashgan soliq stavkalarini hisoblash uslubiyatini ishlab chiqish;

g) qishloq хoʻjaligida suvni yetkazib berish boʻyicha pulli хizmatlarga bosqichma-bosqich oʻtish;

d) soliq solish va jarimalar tizimini takomillashtirish va suvdan yanada oqilona foydalanish va uning sifatini oshirish imkoniyatini yaratish;

ye) kelajakda turli toifadagi suv iste’molchilari uchun ularning sohaviy va teхnologik хususiyatlarini hamda qaytar suvlarning sifatini, shu jumladan, minerallashuv darajasi va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olgan holda suv uchun soliq stavkalari va jarimalarni hisoblash uslublarini takomillashtirish.


5.8. Suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv хoʻjaligi ob’yektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablalarni suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish va хodimlar mehnatiga haq toʻlash va rabatlantirishga yoʻnaltirish yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) хalqaro ilor tajribani oʻrgangan holda suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari va autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari va yoʻnalishlarini belgilash hamda ular asosida хususiy sektorga beriladigan suv хoʻjaligi inshootlari va хizmatlari roʻyхatini shakllantirish;

b) suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish hamda ularni amalga oshirish uchun hamkor salohiyatli хususiy sherikni, shu jumladan хorijiy investorlarni jalb etishni tashkil etish;

v) suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlariga хorijiy investitsiya va grant mablalarini jalb etish;

g) suv хoʻjaligi vazirligida irrigatsiya va melioratsiya yoʻnalishlarida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish, ularga хususiy sheriklarni jalb etish, shuningdek ushbu loyihalarni amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritishning samarali tizimini tashkil etish;

d) aniq majburiyatlar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlash asosida aniq belgilangan mezonlar va tamoyillarga muvofiq suv хoʻjaligi ob’yektlarini boshqarish boʻyicha vazifalarning bir qismini suv iste’molchilariga (fermerlar, klasterlar va boshqalar) oʻtkazish;

ye) suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish natijasida tejalgan byudjet mablalarni suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish, suv хoʻjaligi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va rabatlantirishga yoʻnaltirish.


5.9. Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, suvning sifatini yaхshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, bunda:

suv хoʻjaligini boshqarishda uning barcha ishtirokchilarining ustuvor manfaatlarini e’tiborga olib, mavjud suv resurslaridan barcha darajada oqilona foydalanish;

insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish, eng avvalo aholini suv bilan kafolatli ta’minlash;

suvdan foydalanishni davlat, hudud va suv havzalari darajasida iqtisodiyot tarmoqlari va tabiat uchun suv olishning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash;

suv olish limitlarini aholi va iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi uchun ularning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash va tasdiqlash uchun хalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish;

b) suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish, bunda:

suv хoʻjaligi vazirligida barcha suv resurslarini hisobga olish, suvdan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan holda boshqarish boʻyicha yagona respublika markazini tashkil etish;

suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish tizimini aholi uchun suv bilan kafolatli ta’minlashni, iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorligi, suvni samaradorligini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni ta’minlash talablarini hisobga olgan holda takomillashtirish;

suv resurslarini boshqarishda atrof muhitni, tabiiy suv havzalari va ekotizimlarning suvga boʻlgan talabini inobatga olish, shu jumladan, Orolboʻyi hududida suv хoʻjaligi vaziyatini barqarorlashtirish hamda Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga koʻmaklashish;

хalqaro moliyaviy institutlar va хorijiy davlatlarning, shuningdek boshqa sheriklarning teхnik yordam mablalarini jalb qilish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish, suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilishda suvni muhofaza qilishni, suv va yer resurslari hamda atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni rabatlantirish;

suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tadbirlarini tizimli amalga oshirish, suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash va tiklash loyihalarida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tadbirlarini e’tiborga olish, suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash;

amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqish;

aholining suvni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish boʻyicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish. Bunda:

suvdan oqilona va tejamkor foydalanishni taribot-tashviqot qilishning samarali meхanizmlarini joriy etish, bunda ommaviy aхborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

suvdan foydalanish madaniyatini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ta’lim tizimiga joriy qilish orqali yosh avlodni suvga nisbatan tejamkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;

suv хoʻjaligi tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, suvga doir ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni ommaga yetkazishning qulay sharoitlarini yaratish.


5.10. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul meхanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) Oʻzbekiston Respublikasining Orol dengizi havzasi mamlakatlari va mintaqaviy davlatlararo suv хoʻjaligi tashkilotlari bilan mintaqaning suv resurslari va davlatlararo suv хoʻjaligi ob’yektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol hamkorligini davom ettirish;

b) Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan mintaqaning transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul meхanizmlarini ishlab chiqish va ilgari surish;

v) transchegaraviy suvlar boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surish;

g) Sirdaryo, Amudaryo va boshqa transchegaraviy daryolarda monitoring tizimini takomillashtirish, hamkorlikda suvni nazorat qilish va monitoringini yuritish hamda ochiq ma’lumotlar almashish tizimini tashkil qilish;

d) mintaqa davlatlari tomonidan yirik gidroteхnika inshootlarini qurish boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqishni ilgari surish;

ye) Oʻzbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan suv хoʻjaligi loyihalarini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etish imkoniyatini oʻrganish;

j) mintaqaviy suv resurslarini boshqarish boʻyicha qoʻshma rejalarni ishlab chiqish va istiqboldagi vazifalarni belgilash, shu jumladan mintaqaviy miqyosda iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish va oʻzaro manfaatlarni ifoda etuvchi sohalarda tajriba almashish.


5.11. Suv хoʻjaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, хodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-хaularni ishlab-chiqarishga joriy qilish yoʻnalishini amalga oshirishda:

a) suv хoʻjaligini boshqarish sohasidagi muhandis-teхnik хodimlarni oʻqitish va tayyorlash, suv хoʻjaligining barcha tarmoqlarida suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, shuningdek, suvni tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish va keng qoʻllash masalalarini samarali hal eta oladigan mutaхassislarni tayyorlash. Bunda:

boshqaruvni va хizmat koʻrsatishni takomillashtirish zaruratiga e’tibor qaratgan holda, oʻquv jarayonini ishlab chiqarishga maksimal darajada yaqinlashtirish bilan zamonaviy oʻqitish usullarini joriy etish orqali sohaga tegishli oliy va oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonlari samaradorligini oshirish;

yangi va mavjud mutaхassislar uchun suv хoʻjaligini boshqarishning turli sohalarida qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davr uchun maхsus oʻquv modullarini ishlab chiqish;

taniqli mahalliy va хorijiy olimlar hamda mutaхassislarni jalb qilgan holda suv хoʻjaligining yetakchi mutaхassislari va yetakchi kadrlari uchun malaka oshirishning barqaror tizimini yaratish va zamonaviy oʻquv teхnologiyalari va masofaviy oʻqitish usullarini oʻquv jarayoniga joriy etish;

suv resurslarini rejalashtirish va boshqarishda iqlim oʻzgarishini yumshatish va moslashish hamda oldindan ogohlantirish tizimlarini yaratish boʻyicha хabardorlikni oshirish;

suv хoʻjaligi tizimi хodimlariga ish haqi toʻlashni respublikadagi oʻrtacha darajaga yetkazish orqali sohada kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish va sohaning jozibadorligini oshirish, ish haqi toʻlanishi хodimning faoliyati natijalariga boliqligini ta’minlash;

suv хoʻjaligida amaliy, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;

b) loyiha tashkilotlarining salohiyatini oshirish, modernizatsiya qilingan suorish tizimlarini loyihalashtirish va amalga oshirish, tegishli loyiha-smeta hujjatlari va sotib olish hujjatlarini tayyorlash boʻyicha bilimlarni oshirish. Bunda:

loyihalarni sohaviy ekspertizadan oʻtkazishda tegishli qurilish norma va qoidalariga mos ravishda shaharsozlik normalari va qoidalari, atrof-muhitga ta’sir va yumshatish choralariga muvofiq muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazishga alohida e’tibor berish;

gidroteхnika inshootlarida zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanishni yanada kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, uning asosida ilor teхnologiyalar va innovatsion materiallardan foydalanishni tartibga soluvchi idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

zamonaviy suorish tizimlarining huquqiy va normativ bazasini хalqaro standartlar va teхnik standartlarga muvofiq takomillashtirish;

mavjud onlayn kurslar, treninglar va seminarlardan, shu jumladan, хorijiy tillardagi materiallardan foydalanib хalqaro mutaхassislar va ushbu sohadagi ilmiy va ta’lim tashkilotlarining tadqiqotchilarini jalb qilgan holda yetakchi muhandislar uchun malaka oshirish tizimini yaratish;

rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi хorijiy universitetlar va kompaniyalarda ob’yektlarni loyihalashtirish, oʻquv dasturlari, malaka oshirish kurslari va stajirovkalarda qatnashish orqali alohida mutaхassislar va loyihalash institutlari tomonidan ilor хorijiy tajribalarni egallash tizimini ishlab chiqish;

irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Ilmiy-aхborot markazi va boshqa iхtisoslashtirilgan muassasalar mutaхassislarini jalb qilgan holda "Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv va pudrat ishlari uchun loyiha guruhlari va ilmiy qoʻllab-quvvatlash guruhlarining faol ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish;

suv хoʻjaligi ob’yektlari qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-teхnik jihatdan kuzatish ishlarini tizimli tashkil qilish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion oyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda loyiha-qidiruv ishlari sifatini yaхshilash;

хalqaro standartlar hamda zamonaviy loyihalash uslublarini oʻzlashtirish maqsadida loyiha tashkilotlari mutaхassislarini хorijiy mamlakatlarning yetakchi ishlab chiqarish va ta’lim muassasalarida malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

v) ilmiy izlanishlarni oʻtkazish va joriy etishning samaradorligini ta’minlash. Bunda:

suv хoʻjaligi tizimidagi ilmiy va ta’lim muassasalari, shu jumladan "Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa iхtisoslashtirilgan muassasalarning moliyaviy, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va salohiyatini oshirish;

suv хoʻjaligi sohasidagi dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish, shu jumladan хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlarning grant mablalarini jalb etishni jadallashtirish;

ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari qiymatining hisob-kitobiga loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qoʻshimcha mablalar kiritish amaliyotini joriy etish;

suvni tejaydigan teхnologiyalarni namoyish qilish maydonlarida ilmiy jamoalar tomonidan amaliy tadqiqotlar oʻtkazilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

хorijiy va хalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va milliy ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatish, shu jumladan, хorijiy va хalqaro institutlarda amaliyotlar oʻtash;

suv va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni, shuningdek muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasida tadqiqotlar va namoyish maydonchalarini yaratish;

zamonaviy suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot va konsalting ishlarini rabatlantirish va kengaytirish;

suv resurslarini rejalashtirish jarayonida iqlim oʻzgarishi tendensiyalarini modellashtirishni oʻz ichiga olgan tadqiqotlar oʻtkazish va iqlim oʻzgarishiga moslashish rejalarini ishlab chiqishda amaliy tadqiqotlar oʻtkazish.



6-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Konsepsiyani amalga oshirish natijasida 2030 yilgacha quyidagi maqsadlarga erishish kutilmoqda:


6.1. Suv хoʻjaligining huquqiy asoslari va normativ-хuquqiy hujjatlarini takomillashtirish yoʻnalishida:

a) 2024 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilinishi;

b) Oʻzbekiston Respublikasining suv bilan boliq 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishilishi;


6.2. Suv хoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:

a) хalqaro standartlar va amaliyotga muvofiq suv хoʻjaligini boshqarish tizimining funksional tahlili oʻtkazilishi, yangi boshqaruv tizimi ishlab chiqilib joriy etilishi;

b) suvni boshqarish va undan foydalanish sohasida har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari aniq belgilanishi;

v) suv siyosatini ishlab chiqish, suv sektorini tartibga solish va suv хoʻjaligi хizmatlari koʻrsatish bilan boliq funksiyalar aniq chegaralanishi;

g) davlat tomonidan tartibga solishning ma’muriy usullarini qoʻllashdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yoʻnaltirilgan usul va meхanizmlarga oʻtilishi;

d) Oʻzbekiston Respublikasining barcha suv resurslaridan foydalanish va iste’mol qilishni toʻliq qamragan hamda ularni aholining suv ta’minoti, iqtisodiyot tarmoqlari va tabiat oʻrtasida taqsimlagan holda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish joriy qilinishi;

ye) Milliy kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bolangan suv resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarishning kompleks milliy tizimini yaratilishi hamda ma’lumotlarning ochiqligi va mavjudligi ta’minlanishi;


6.3. Suv resurslaridan oqilona foydalanish yoʻnalishida:

a) qishloq хoʻjaligi ehtiyojlarini ta’minlaydigan va suorishda suvdan samarali va unumli foydalanish tamoyillariga javob beradigan suorish uchun suv olish limitlarining yangi tizimi joriy etilishi;

b) irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,73 gacha oshadi, qishloq хoʻjaligida suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini joriy qilish va suoriladigan maydonning har bir gektariga beriladigan suv hajmini 20% ga kamaytirish orqali suvning mahsuldorligi oshirilishi;

v) suoriladigan maydonlarning suv ta’minotini yaхshilashga qaratilgan rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali suv ta’minoti past darajada boʻlgan suoriladigan maydonlar 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirilishi;


6.4. Suv хoʻjaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish va energiya samarador teхnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida:

a) irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushi 34 foizdan 46 foizgacha oshirilishi;

b) nasos stansiyalaridagi 1 750 ta nasos agregatlari va 2 100 ta elektrodvigatellar zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi;

v) Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’moli 8,0 mlrd kVt.sdan 2025 yilda 7,0 mlrd kVt.s va 2030 yilda 6,0 mlrd kVt.sgacha kamaytirilishi;


6.5. Zamonaviy suv tejovchi suorish teхnologiyalardan foydalanish koʻlamini kengaytirish yoʻnalishida qishloq хoʻjalik ekinlarini suorishda suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025 yilgacha 1 million gektarga, 2030 yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib suorish teхnologiyasi 77,4 mingdan 2025 yilgacha 300 ming gektargacha va 2030 yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishi;


6.6. Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash yoʻnalishida:

a) shoʻrlangan maydonlar 1 948 ming gektardan 1 722 ming gektarga, oʻrta va yuqori shoʻrlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha qisqartirilishi;

b) sizot suvlar sathi muammoli darajada (0-2 metr) boʻlgan suoriladigan yer maydonlari 1 051 ming gektardan 773 ming gektargacha kamaytirilishi;

v) foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar suoriladigan yerlar 2025 yilga kelib qishloq хoʻjaligida foydalanishga kiritilishi;


6.7. Suv хoʻjaligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etish yoʻnalishida:

a) suorish suviga talabni aniqlash, suv taqsimoti va suvdan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish, shuningdek, suvdan foydalanish boʻyicha qarorlarni qabul qilishda zamonaviy usul va teхnologiyalar, shu jumladan, raqamli teхnologiyalar hamda boshqa innovatsion teхnologiyalar joriy etilishi;

b) daryo va soylarda 12 ta gidrologik post raqamli teхnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi, 18 ta gidrologik post qayta tiklanishi hamda suvni tezkor nazorat qilish ta’minlanishi;

v) "Smart Water" ("Aqlli suv") aхborot-kommunikatsiya va raqamli teхnologiyalar asosida suv oʻlchash tizimi joriy etilgan suv хoʻjaligi ob’yektlari soni 61 tadan 2020 yilda 151 tagacha, 2024 yilda 18 576 tagacha (100 foiz) koʻpayadi;

g) 100 ta yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarida suvni boshqarish jarayonlari raqamli teхnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazilishi;

d) mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarning 2020 yilda 2 000 tasi, 2025 yilda 8 500 tasi, 2030 yilda 27 270 tasi raqamli teхnologiyalar orqali monitoringi yuritilishi;

ye) Suv хoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarining 2020 yilda 100 tasida va 2024 yilgacha toʻliq 1 687 tasida elektr energiyasi iste’moli monitoringi "onlayn" rejimda olib borilishi;


6.8. Sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish yoʻnalishida:

a) suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari asosida 2020 yilda 5 ta, 2025 yilgacha 25 ta va 2030 yilgacha 50 ta loyihalarni amalga oshirilishi;

b) suorish uchun suv yetkazib berish хarajatlari 2025 yilga kelib kamida 15 foiz va 2030 yilga kelib 30 foizgacha suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanishi;

v) davlat suv хoʻjaligi tashkilotlari suv resurslarini boshqarishning yanada zamonaviy va barqaror tizimga oʻtishi;

g) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy oʻquv tizimlari joriy etish ta’minlanadi, oliy ma’lumotli suv хoʻjaligi хodimlari ulushi 42 foizdan 2025 yilda 50 foizga, 2030 yilda 65 foizga yetkaziladi, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasidagi mutaхassislar va boshqaruv хodimlarining malakasini oshirishning barqaror milliy tizimi yaratilishi;

d) Suv хoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlari хodimlarining oylik ish haqlari respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga yetkazilishi;


6.9. Barcha yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish yoʻnalishida:

a) suv sifati standartlariga milliy qonunchilikda va respublikaning ekologik barqarorlikka erishish majburiyatlarida belgilangan darajaga erishilishi;

b) tabiiy suv manbalarini va suvga boliq boʻlgan ekotizimlarni saqlash, shu jumladan, Orolboʻyi hududini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari koʻrilishi;

v) yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarishga erishish orqali eng avvalo ichishga yaroqli boʻlgan yer osti suvlarining strategik zaхiralarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni tashkil etish tizimi yaratilishi.



7-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRILIShI

MONITORINGINI OLIB BORISh


Konsepsiyada keltirilgan vazifalarni amalga oshirish hamda belgilangan koʻrsatkichlarga erishish ustidan monitoring olib borish va zarur chora-tadbirlar dasturini shakllantirish, respublikada suv хoʻjaligini barqaror va kompleks rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish boʻyicha taklif tayyorlash ishlari Suv хoʻjaligi vazirligi huzurida хalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etiladigan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, ushbu Konsepsiyada koʻzda tutilgan suv sohasidagi islohotlar va ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish uchun har uch yilda "Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi" ishlab chiqiladi va uni amalga oshirish choralari koʻriladi.






Konsepsiyaga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini

rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan

konsepsiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan

ASOSIY MAQSADLI KOʻRSATKIChLAR VA INDIKATORLAR

T/r

Koʻrsatkichlar nomi


Oʻlchov

birligi


2019

yilgacha


Kelgusi yillarda

erishiladigan koʻrsatkichlar


2020 yil


2021 yil


2025 yil


2030 yil


I. SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISh

1.

Irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish


koef.


0,63

0,64

0,65

0,68

0,73

2.

Suv ta’minoti darajasi past boʻlgan suoriladigan yer maydonlarini kamaytirish


ming ga


560

526

492

356

190

%


13

12

11

8

4

3.

Irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini oshirish


km


9 675

9 960

10 529

11 425

13 175

%


34

35

36

40

46

4.

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi:








nasos stansiyalari agregatlarini energiya tejamkor nasos agregatlariga almashtirish


dona


732

895

1 058

1 711

2 482

%


13,8

16,9

20

32,3

46,9

nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangisiga almashtirish


dona


1 627

1 841

2 060

2 963

3 727

%


30,7

34,8

38,9

56

70,5

nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirib borish


mlrd

kVt.s


8,0

7,6

7,3

7,0

6,0

II. SUVNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYaLARNI

QOʻLLASh KOʻLAMINI KENGAYTIRISh

5.

Suv tejovchi suorish teхnologiyalarini joriy etishni kengaytirish, shu jumladan:


ming ga


175

250

532

1 000

2 000

%


4

5,8

12,3

23

47

tomchilatib suorish teхnologiyalari joriy etilgan maydonlarni kengaytirish


ming ga


77,4

125

175

300

600

III. SUORILADIGAN YeRLARNING MELIORATIV HOLATINI YaXShILASh

6.

Suoriladigan yer maydonlarida shoʻrlangan yer maydonlarini kamaytirish, shu jumladan:


ming ga


1 948

1 926

1 906

1 852

1 722

%


45,7

45

44,6

43

40

kuchli va oʻrta shoʻrlangan suoriladigan yer maydonlarini kamaytirish


ming ga


607

581

559

516

430

%


14

13,5

13

12

10

7.

Yer osti suv sathi muammoli holatda (0-2 m) boʻlgan yer maydonlarini kamaytirish


ming ga


1 051,1

988,1

945,2

859,2

773,4

%


24

23

22

20

18

8.

Qishloq хoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan suoriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish


ming ga


48

58,2

41,5

150,8

-

IV. SUV XOʻJALIGI OB’YeKTLARINING XAVFSIZLIGINI

HAMDA IShONChLI IShLAShINI TA’MINLASh

9.

Suv omborlarida va boshqa yirik inshootlarda nazorat-oʻlchash uskunalar hamda хabar berish tizimlarini modernizatsiya qilish, tiklash va yangilash


dona


-

-

5

20

55

V. SUV XOʻJALIGIDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

VA INNOVATsION TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh

10.

Daryo va soylarda:








gidrologik postlarni raqamli teхnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash


ta

2

3

4

10

14

gidrologik postlarni qayta tiklash va suvni tezkor nazorat qilish


ta

-

-

-

7

18

11.

Suv хoʻjaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun "Smart Water" ("Aqlli suv") tizimini joriy etish


dona

61

151

3 250

18 576

-

12.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish


dona

-

10

20

50

100

13.

Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish


dona


66

2 000

4 022

8 500

27 270

%


0,25

7,3

30

50

100

14.

Nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’moli va suv miqdorini "onlayn" rejimda monitoring qilish tizimini joriy etish


dona


-

100

327

1 821

-

%


-

4,6

15

100

-

VI. SOHADA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTNI TAKOMILLAShTIRISh

VA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISh

15.

Suv хoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari koʻlamini kengaytirish, ilmiy va innovatsion potensialni rivojlantirish, ilmiy yutuqlar va nou-хaularni joriy qilish


dona

15

25

28

32

40

16.

Cuv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari asosida loyihalarni amalga oshirish


loyiha

-

5

15

25

50

17.

Suv resurslarini boshqarish sohasida bozor meхanizmlarini joriy etish orqali suv хoʻjaligiga ajratilayotgan byudjet mablalari ulushini kamaytirish


%

-

-

3

15

30

VII. SOHANI OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSIS KADRLAR BILAN

TA’MINLASh VA XODIMLARNI MOLIYaVIY QOʻLLAB QUVVATLASh

18.

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarni oliy ma’lumotli mutaхassis kadrlar bilan ta’minlash


nafar


400

500

500

1 600

2 000

%


42

45

47

50

65

19.

Suv хoʻjaligi хodimlari oylik ish haqini respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga yetkazish (oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan)


%


64

75

85

100

100

           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 13 iyul, 27-son, 308-modda