Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.08.2018 y. PF-5526-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.08.2018 y.

N PF-5526



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI TUZILMASI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3825-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 28 avgustdagi

PF-5526-sonli Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Har yili boʻladigan Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoat kengashini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 28 avgustdagi PF-3793-sonli Farmonining 1-ilovasi yettinchi хatboshidagi "madaniyat va sport" soʻzlari "madaniyat, sport va turizm" soʻzlari bilan almashtirilsin:


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-sonli Farmonining 4-ilovasi:


a) "Davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha yima guruhi tarkibi" boʻlimidagi:


8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri";


15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha aхborot-tahlil departamenti mudiri.

16. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri";


b) 3-banddagi "Madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 3-ishchi guruhi tarkibi" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri";


v) Soliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 4-ishchi guruhi tarkibi" boʻlimi:


3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri";


10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti bosh mutaхassisi";


g) 3-banddagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini hamda chet el investitsiyasi jalb etilishini muvofiqlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 5-ishchi guruhi tarkibi" boʻlimidan "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-sonli Farmonining 4-bandi uchinchi хatboshidan "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi toʻrisidagi Nizomning 10-bandidagi "Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish" soʻzlari "Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va aхborot хavfsizligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga koʻyish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-sonli qarorining 2-ilovasi oʻttiz oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lavozimiga koʻra - Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi";


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-sonli qarorining 6-bandi:

ikkinchi хatboshidagi "Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, хorijiy investitsiyalarni jalb etish" soʻzlari "Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ikki tomonlama - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamenti, Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi".


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 6 yanvardagi PQ-2718-sonli qarorining 1-ilovasi oltinchi хatboshidagi "madaniyat va sport" soʻzlari "madaniyat, sport va turizm" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2831-sonli qarorining 5-bandi ikkinchi хatboshidagi "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 15 iyundagi PQ-3057-sonli qarori 4-ilovasining 12-bandidagi "madaniyat va sport" soʻzlari "madaniyat, sport va turizm" soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 fevraldagi PQ-3557-sonli qarorining 7-bandi, 8-bandi toʻrtinchi хatboshi va 12-bandning ikkinchi хatboshidan "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3573-sonli qarorining 2-bandi oltinchi хatboshidan "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-sonli qarorining 2-bandidan "turizm" soʻzi chikarib tashlansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida" 2005 yil 28 fevraldagi F-2146-sonli farmoyishining 2-ilovasi 14-bandi oʻn toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Savol varaqalari Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti tomonidan ishlab chiqiladi va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi".


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 25 apreldagi F-4917-sonli farmoyishining:


a) 4-bandi ikkinchi хatboshidan "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin;


b) ilovaning 5-bandi, 19-bandning ikkinchi хatboshi, 20-bandning beshinchi va oltinchi хatboshilaridan "turizm" soʻzi chiqarib tashlansin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 28 avgustdagi

PF-5526-sonli Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan ba’zi hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3226-sonli qarorining 2- va 3-bandlari ikkinchi хatboshi, shuningdek, uning 2-ilovasi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 12 iyundagi PQ-3051-sonli qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3403-sonli qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2018 yil 23 fevraldagi PQ-3560-sonli qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 avgust