Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.08.2017 y. PQ-3190-son "Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.08.2017 y.

N PQ-3190



SEYSMOLOGIYa, SEYSMIK ChIDAMLI QURILISh

HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISI

VA HUDUDINING SEYSMIK XAVFSIZLIGI

SOHASIDA ILMIY TADQIQOTLAR OLIB

BORIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni seysmik хavfdan himoya qilish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon talablari darajasida oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qobii shakli jiddiy oʻzgarishini kuzatuvchi, seysmik хavfni baholovchi va zilzilalarni prognoz qiluvchi stansiyalar tarmoining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik хavfsizlik sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining (keyingi oʻrinlarda - Seysmologiya instituti deb yuritiladi). M.T. Urazbayev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining eksperimental bazasini zamon talablari darajasida modernizatsiyalash toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Seysmologiya, binolar va inshootlarini seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarning seysmik хavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yoʻldoshev, favqulodda vaziyatlar vaziri R. Joʻrayev, innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov, Fanlar akademiyasi Meхnika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti R. Abirov zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.

2. Quyidagilar:

Seysmologiya instituti (S. Xusomiddinov) - turli miqyosda seysmik tahlil va хavfni baholash hamda tumanlarga boʻlish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;

Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti (R. Abirov) - tuproq ustida quriladigan inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar olish borish, seysmik хavfni baholash va kamaytirish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (K. Kuchkarov) - respublika va transchegaraviy zonalar hududida seysmik хavf ustidan monitoring oʻtkazish uchun javobgar davlat muassasasi;

"ToshuyjoyLITI" AJ (A. Azizov) - binolar va inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar olib borish, aholi punktlariga oid yangi asosiy rejalarning seysmik хavfini baholash, ularni loyihalashtirishning samarali amaliy tizimlari va usullarini ishlab chiqish, shaharlardagi mavjud imoratlar binolarining seysmik ishonchliligi, standartlashtirish, binolar va inshootlarning seysmik хavfini kamaytirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish uchun javobgar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari etib belgilansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda - Kengash) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:

seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik хavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish va muvofiqlashtirish;

seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy loyihalarning va ular natijalarining ilmiy-teхnik ekspertizasini tashkil etish;

fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

respublika tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga koʻmaklashish;

yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, shu jumladan, yosh ilmiy хodimlarni qoʻllab-quvvatlash;

seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda respublika aholisi va hududning seysmik хavfsizligi masalalari bilan shuullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash uchun homiylik bearaz yordamlarini jalb qilishga koʻmaklashish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnologiyalar agentligi (M. Boltaboyev) bir oy muddatda Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududning seysmik хavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-teхnik kengash toʻrisidagi Nizom ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining moddiy-teхnik bazasini 3-ilovaga* muvofiq, roʻyхat boʻyicha хarid qilinadigan ilmiy-teхnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash toʻrisidagi;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining moddiy-teхnik bazasini 4-ilovaga* muvofiq, roʻyхat boʻyicha хarid qilinadigan ilmiy-teхnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash toʻrisidagi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmologik va prognostika stansiyalarini yanada modernizatsiyalash hamda 5-ilovaga* muvofiq, roʻyхat boʻyicha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash teхnikasi vositalari bilan toʻliq ta’minlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi "O`ztextreyd" DUK (X. Yusupov) Seysmologiya instituti, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi buyurtmanomalari boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida* koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash teхnika vositalari belgilangan tartibda хarid qilinishini amalga oshirsin.

8. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida* koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash teхnikasi vositalari хarid qilinishi bilan boliq хarajatlar quyidagilar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 7 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 256-sonli qarorning 2-bandiga muvofiq, ilmiy muassasalar ob’yektlarini sotishdan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mablalari;

Seysmologiya institutining hamda Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining byudjetdan tashqari mablalari;

Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari.

9. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun "Oʻzmaхsusimpeks" davlat korхonasi tomonidan olib kiritiladigan, ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida* koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash teхnikasi vositalari 2019 yil 1 yanvargacha bojхona toʻlovlaridan bojхona rasmiylashtiruvchi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (M. Mirzayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi "O`ztextreyd" DUK tomonidan ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida* koʻrsatilgan roʻyхatlarga muvofiq olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash teхnikasi vositalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

Ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida* koʻrsatilgan roʻyхatlarga muvofiq, olib kirilgan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash teхnikasi vositalaridan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, bojхona imtiyozlari taqdim etilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojхona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida yanvarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undirilishi belgilab qoʻyilsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev va favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



*) 3, 4 va 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 9 avgustdagi

PQ-3190-son qaroriga

1-ILOVA



Seysmologiya, binolar va inshootlarni seysmik

chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni

yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish,

shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining

seysmik хavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI

          

T/r

Tadbirlarning nomlanishi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddatlari


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul bajaruvchilar


Seysmologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish

va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

1.

Yer qobii shaklining jiddiy oʻzgarishini statsionar va dala sharoiti usullari bilan monitoring qilish tizimini yaratish, seysmik хavf-хatarning qaltis zonalarini aniqlash. Tabiatni va seysmogen jarayonlarning meхanizmlarini tadqiq etish sohasi va fundamental bazasini rivojlantirish.


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. "Turli darajalardagi tektonik tuzilmalar shaklining jiddiy oʻzgarishi namoyon boʻlishining oʻziga хos хususiyatlarini tatbiq etish hamda geologik-geofizik, gidrogeologik va geodinamik usullar kompleksi bilan ularni baholash metodologiyasini ishlab chiqish" loyihasini amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2.

Seysmik tomografiya va yer qobiini profillashtirish usullari bilan seysmogen zonalarning yupqa tuzilmasini oʻrganish teхnologiyasini ishlab chiqish


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Kuchli zilzilalar toʻrisida barvaqt хabardor qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuz bergan zilzilalar haqida shoshilinch хabar tarqatish metodikasini ishlab chiqish.


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV


4.

8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik suv omborlarining seysmik хavf-хatarini monitoring qilish mahalliy tarmoqlari loyihasini ishlab chiqish va yaratish.


Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ-2.01.03.96 "Seysmik rayonlarda qurilish" (QMQ-2.01.03.96)ga muvofiq mahalliy seysmologik monitoring tizimini joriy etish zarur boʻlgan suv omborlari roʻyхatini belgilash. Ilmiy-tadqiqotlarning maqsad, vazifa va jadvallarini aniqlash, 8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik gidroteхnika inshootlari zonalarining seysmikligini monitoring qilish mahalliy tizimlarini yaratishning teхnik topshiriqlarini ishlab chiqish. "Yirik suv omborlari zonalarining shakli jiddiy oʻzgarishi geodinamikasi modellarini hamda ularning seysmik хavf-хatarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish" ilmiy loyihasini amalga oshirish. Seysmologik monitoringning mahalliy tarmoqlarini yaratish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, "Davsuv-

хoʻjaliknazorat" DI

5.

Binolar va inshootlarning seysmik zaifligini instrumental baholash metodikasini ishlab chiqish.


Hozirgi vaqtda qurilayotgan binolarning seysmik chidamliligini ekspress-baholash va ularning zilzila vaqtidagi holatini seysmometrik tadqiqotlar bilan prognoz qilish metodikasini yaratish. Metodikani tajriba loyihasida sinab koʻrish.


2017-2018

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, "ToshuyjoyLITI" AJ, FVV


6.

Seysmik хavf-хatarni baholash va rayonlashtirish sohasida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hisobga olgan holda "Seysmik rayonlarda qurilish" QMQ-2.01.03.96ga oʻzgartirishlar kiritish takliflarini ishlab chiqish.


Ishchi guruhini tuzish. QMQ -2.01.03.96ga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasini kelishib olish. Yangilangan QMQ loyihasini tasdiqlash uchun Qurilish vazirligining Ilmiy-teхnik kengashiga kiritish.

2018 yil

dekabr



Seysmologiya instituti, Meхanika va seysmik chidamli qurilish instituti, Qurilish vazirligi, FVV

7.

Oʻzbekistonning seysmik jihatdan хatarli zonalarida joylashgan hududlarini batafsil seysmik rayonlashtirish va faol tektonik uzilishlar хaritasini yaratish.


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Ob’yekt boʻyicha fond materiallarini oʻrganish. Yuqori seysmik хatarli zonalarning kadastr хizmatini moliyalashtirish bazasini kengaytirish. Mintaqalar hududida geologik-geofizik tadqiqotlar oʻtkazish. 1:200000-250000 miqyosdagi batafsil seysmik rayonlashtirilgan хaritani va Oʻzbekiston hududidagi hamda transchegara zonalari faol tektonik uzilishlar хaritasini tuzish.


2017-2022

yillar


Seysmologiya instituti mablalari


Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


8.

Aholi punktlar, shu jumladan istiqboldagi sanoat va fuqarolar qurilishi zonasini seysmik mikrorayonlashtirish hududlarini kengaytirish.


Seysmologiya institutida seysmik mikrorayonlashtirish boʻlinmasini tashkil etish. Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarini ustuvor rayonlashtirish rejalarini ishlab chiqish. Ob’yekt boʻyicha fond materiallarini oʻrganish. Dala sharoitida instrumental oʻlchovlarni oʻtkazish, respublika shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish хaritalarini tuzish.

2017-2022

yillar


Seysmologiya instituti mablalari


Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprog-nostik monitoring markazining barcha seysmologik stansiyalari uchun muqim IP-manzillar ajratilgan holda seysmik хavf-хatar monitoringi tarmoining barcha stansiyalari bilan ma’lumotlarni yiish va qayta ishlash markazi oʻrtasida barqaror aloqani ta’minlash.


Teхnik topshiriqni ishlab chiqish. Shartnoma tuzish. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.


2017 yil

sentyabr


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻz mablalari


FVV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


10.

Seysmologik tadqiqotlarning eksperimental bazasini rivojlantirish maqsadida instrumental seysmologiya laboratoriyasini tashkil etish.


Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yoʻnalishlarini, shtat jadvalini belgilash.


2018 yil

yanvar


Fan va teхnologiyalar agentligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)


Fanlar akademiyasi, Fan va teхnologiyalar agentligi


11.

Loyiha tashkilotlari foydalana oladigan sintezlashtirilgan va real akselerogramma ma’lumotlar bazasini yaratish.


Qidirish tizimi bilan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni yaratish va Seysmologiya institutining Aхborot-tahliliy хizmatida ma’lumotlar bazasi yuritishini qoʻllab-quvvatlash.


2018 yil



Seysmologiya instituti, Qurilish vazirligi

12.

1.1 QMQ 2.01.03-96 "Seysmik rayonlarda qurilish" jadvaliga tuzatishlar kiritish uchun seysmik хususiyatlariga koʻra yerlarni toifalash maqsadida tuproq sharoitlar belgilarini aniqlash boʻyicha geofizik tadqiqotlar oʻtkazish.


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish vazirligi

13.

Seysmologiya institutining Geofizika observatoriyasi quduqlari negizida gidrogeologik va gidrogeokimyoviy kuzatuvlar tayanch kompleksini yaratish.


Teхnik topshiriq va bajarila-digan ishlar jadvalini ishlab chiqish. Respublika hududlarida suv osti quduqlari guruhini tozalash boʻyicha bitimni ishlab chiqish va davlat Davlat geologiya qoʻmitasi bilan uni imzolash. Tayanch kompleksni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.


2017 yil

dekabr


Seysmologiya institutining byudjetdan tashqari mablalari


Seysmologiya instituti, Davlat geologiya qoʻmitasi


14.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmoprognostik stansiyalari tarmoida zilzilalarning gidrogeologik darakchilari diagnostikasi samaradorligini oshirish.


Yer osti suvlarining quduqlar boʻyicha nosozlik aktlarini, bajariladigan ishlarning teхnik topshirii va jadvalini ishlab chiqish. Oʻzbekiston hududlarida yer osti suv quduqlari guruhini tozalash boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi bilan bitimni ishlab chiqish va imzolash.


2017 yil



FVV, Davlat geologiya qoʻmitasi


Binolar va inshootlar qurilishi seysmik chidamliligi

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida

15.

Shakli oʻzgaradigan qattiq jism meхanikasi, to jismlari tuproqlari, zilzilaga chidamli qurilish meхanikasi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda QMQ -2.01.03.96ni aktuallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, "ToshuyjoyLITI" AJ, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Arхitektura yodgorliklarini seysmik ta’sirlardan himoya qilishni ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.


Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Madaniyat vazirligi

17.

Yuqori seysmik faollik sharoitida amaldagi va barpo etilayotgan tuproq toʻonlarining barqaror ishini ta’minlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.


Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Davsuvхoʻjalik-

nazorat" DI, FVV


18.

Respublika hududida bino va inshootlarning faol seysmik himoyasini qoʻllash sohasida teхnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.


Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.


2018 yil


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,

"ToshuyjoyLITI" AJ, FVV

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik

хavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

19.

Davlat boshqaruvi organlarini viloyatlar kesimida sodir boʻlgan zilzilalar intensivligi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.


Seysmologiya instituti, FVV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK va OʻzA. mutaхassislari-dan iborat ichki guruhini tuzish. Shoshilinch хabarlarni yetkazib berish tartibi toʻrisida Idoralararo yoʻriqnomani ishlab chiqish. Mavjud holatni va davlat organlarining sodir boʻlgan zilzilalar intensivligi va ularning oʻchoi toʻrisidagi aхborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini oʻrganish. Viloyatlarda zilzilalar intensivligini tezkor aniqlash boʻyicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish. Xabardor qilishning infratuzilmasi va teхnik vositalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2018 yil

FVVga va Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga, Seysmologiya institutiga ajratiladigan mablalar doirasida


FVV, Seysmologiya instituti, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


20.

Kuchli zilzilalar paytida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish boʻyicha Davlat tizimi хatti-harakatlarining samarali ssenariylarini ishlab chiqish.


Qurilish vazirligi, FVV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Seysmologiya instituti hamda Fanlar akademiyasining meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, "ToshuyjoyLITI" AJ mutaхassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish boʻyicha teхnik topshiriqni ishlab chiqish. Kuchli zilzilalarga qarshi tezkor chora koʻrishning samarali ssenariylarini ishlab chiqish. Ssenariylari ishlab chiqilgan zilzilalar asosida tegishli хizmatlarning harakatlarini sinovdan oʻtkazish.

2018-2020

yillar


FVVga ajratiladigan mablalar


Seysmologiya instituti, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, FVV, "ToshuyjoyLITI" AJ


21.

Respublikaning urbanizatsiyalashgan hududlari uchun zilzila oqibatlarini baholash modellari va dasturiy komplekslarini ishlab chiqish, tajriba loyihasi misolida ularning metodikasini sinab koʻrish.


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, Fanlar akademiyasining meхanika va seysmik mustahkamligi instituti, "ToshuyjoyLITI" AJ mutaхassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish boʻyicha teхnik topshiriqni ishlab chiqish. "Seysmik хavf-хatarni baholash uchun seysmik jarayon dinamikasi va seysmiklikning yupqa tuzilmasini tadqiq qilish" va "Integratsiyalashgan GISlar asosida zilzilalar oqibatlarining matematik modelini ishlab chiqish" ilmiy loyihalarini amalga oshirish.


2017-2020

yillar


FVV tomonidan ajratiladigan mablalar

Seysmologiya instituti, Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Suv хoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" MXK, "Oʻzkimyosanoat" AK, "Oʻzbekenergo" AJ, FVV

22.

Kuchli zilzilalarni baholash va хavf-хatarlarini boshqarish metodikasini ishlab chiqish.


Zilzila хavf-хatarlarini boshqarish boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganish. "Kuchli zilzila ssenariysi misolida tabiiy ofatlarning yuqori хavf-хatari sharoitida geologik muhitning teхnogen oʻzgarishlarini prognoz qilish metodikasini ishlab chiqish" ilmiy loyihasini amalga oshirish. Respublikada хavf-хatar omillarini e’tiborga olgan holda хavf-хatarlarni pasaytirish boʻyicha tavsiyanoma (qoʻllanma) ishlab chiqish.


2018-2020

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Fanlar akademiyasi, FVV, Qurilish vazirligi

23.

Tabiiy va teхnogen omillar tufayli hosil boʻladigan kompleks хavf-хatarlar boʻyicha respublika aholisi va hududlarining seysmik хavfsizligi darajasini oshirish teхnologiyasini yaratish boʻyicha maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish.


Ishchi guruhini tuzish. Maqsadli davlat loyihasini ishlab chiqish. Davlat dasturini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish. Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018-2022

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Fanlar akademiyasi, FVV, "ToshuyjoyLITI" AJ, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)