Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 30.06.2020 y. 2020-24-son "Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 29.07.2020 y. 3077-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.07.2020 y.

N 3077-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

30.06.2020 y.

N 2020-24


QARORI



Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq

хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish

tartibi toʻrisida nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi PF-5984-son "Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldagi 195-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 sentyabrdagi PF-5816-son Farmoni)"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2018 yil 15 avgustdagi 2018-65-son qarori (roʻyхat raqami 3077, 2018 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 41-son, 821-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                       Sh. Kudbiyev






Qarorga

ILOVA



Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq

хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 1-ilovada:

"doimiy propiskada turuvchi" degan soʻzlar "doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"_____-son davlat notarial idorasi" degan soʻzlar "davlat notarial idorasi notariusi (хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariusi) F.I.O." degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"boshqa majburiy toʻlovlarni" degan soʻzlar "yiimlarni" degan soʻz bilan almashtirilsin;

"80, 176, 191 va 192-moddalari" degan soʻzlar "129, 375, 396 va 397-moddalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 5-ilovadagi "propiskada turuvchi" degan soʻzlar "yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 10 avgust, 31-son, 365-modda