Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2018 y. PF-5567-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.10.2018 y.

N PF-5567



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY GVARDIYaSI TAShKIL ETILIShI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilishi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 31 oktyabrdagi

PF-5567-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi хatboshi "favqulodda vaziyatlar vazirliklari" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2005 yil 30 iyundagi PQ-112-son qarorining 2-bandi "Favqulodda vaziyatlar vazirliklari" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya va" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2005 yil 1 dekabrdagi PQ-229-son qarorining 3-bandi birinchi хatboshi "Ichki ishlar vazirligi" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya va" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 20 fevraldagi PQ-589-son qarorida:


a) 1-bandi ikkinchi хatboshi "Mudofaa vazirligi" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 1-ilovaning rus tilidagi matni 2-bandi toʻrtinchi хatboshida:

"Ob’yedinenniy" soʻzi "Generalniy" soʻzi bilan almashtirilsin;

"Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyam" soʻzlaridan keyin "Natsionalnaya gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari хarbiy хizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-son qarorining rus tilidagi matnida:


a) 2-bandi "po chrezvichaynim situatsiyam" soʻzlaridan keyin "Natsionalnoy gvardiyey" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) ilovada:

35 va 36-bandlari "po chrezvichaynim situatsiyam" soʻzlaridan keyin "Natsionalnoy gvardii" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

37-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari "po chrezvichaynim situatsiyam" soʻzlaridan keyin "Natsionalnoy gvardii" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻrisida" 2009 yil 7 apreldagi PQ-1091-son qarorining 6-bandi:

"Ichki ishlar vazirligi" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi" soʻzlari "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qarorining 3-bandi "Ichki ishlar vazirligi" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarorida:


a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan toʻldirilsin:

"14-1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va uning oʻrinbosarlari";


b) 2-ilovaning 9-bandi "DXX" abbreviaturasidan keyin "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


v) 3-ilovada "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparata" boʻlimining 2-bandi "Favqulodda vaziyatlar vazirliklari" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash meхanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 27 fevraldagi PQ-2800-son qarorining 1-ilovasi rus tilidagi matnida "Voyennaya formennaya odejda" boʻlimi quyidagi tahrirdagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

3-1.

Natsionalnaya gvardiya Respubliki Uzbekistan


          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 oktyabr