Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2020 y. 458-son "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam хodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.07.2020 y.

N 458




KORONAVIRUS INFEKSIYaSI

TARQALIShIGA QARShI KURASh, AHOLINING

SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIGI

VA SALOMATLIGINI SAQLAShGA JALB QILINGAN

TEZ TIBBIY YoRDAM XODIMLARINI QOʻShIMChA

MODDIY RABATLANTIRISh TOʻRISIDA



Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasining tarqalishi avj olayotgan hozirgi davrda respublikamizning soliqni saqlash tizimida 52 mingdan ortiq tez tibbiy yordam хodimlari (vrach хodimlar, oʻrta tibbiyot хodimlari va haydovchilar) ham jonbozlik koʻrsatishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 30 iyuldagi PF-6038-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilishga qoʻshayotgan ulkan hissalarini va fidokorona хizmatlarini e’tirof etgan holda hamda kirib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam хodimlarini qoʻshimcha moddiy rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-son va "Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlarini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 24 apreldagi PQ-4695-son hamda Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam хizmati bilan qamrab olish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 20 iyuldagi 446-son qarorlari bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlari, shu jumladan tez tibbiy yordam хodimlariga qoʻshimcha rabatlantirish toʻlovlari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 30 iyuldagi PF-6038-son Farmoniga muvofiq tez tibbiy yordam хodimlarini bir martalik moddiy rabatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan 100 mlrd. soʻm miqdorida mabla ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Shuningdek, ushbu maqsadlar uchun taniqli tadbirkor vatandoshimiz A.B. Usmonov tomonidan qoʻshimcha ravishda 100 mlrd. soʻm (10 mln. AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida homiylik хayriyasi ajratilganligi inobatga olinsin.


3. Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam хodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rabatlantirish toʻlovlari belgilansin:

vrach хodimlarga - 5 million soʻm;

oʻrta tibbiyot хodimlari (feldsherlar va sanitarlar)ga - 4 million soʻm;

haydovchilarga - 3 million soʻm.

Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar 2020 yil 1 iyungacha ishga qabul qilingan хodimlarga nisbatan tadbiq qilinadi.


4. Tez tibbiy yordam хodimlariga bir martalik moddiy rabatlantirish toʻlovlarini oʻz vaqtida va manzilli toʻlanishini ta’minlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq ajratilgan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni muvofiqlashtirish jamarmasida (bundan buyon - Jamarma) jamlanadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi (bundan buyon - hududiy boshqarmalar) uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga bir martalik moddiy rabatlantirish toʻlovlarini toʻlash uchun Jamarmadan ajratilishi zarur boʻlgan mablalar miqdori toʻrisida muassasalar kesimida buyurtma beradi. Bunda buyurtma ushbu qaror bilan belgilangan miqdorlardan kelib chiqib, mablalarni oluvchi muassasalarning byudjetdan tashqari shaхsiy azna hisobvaraqlarini koʻrsatgan holda shakllantiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmalarning buyurtmalariga muvofiq ikki kun muddatda pul mablalarini Jamarmadan tegishli hajmlarda mablalarni oluvchi muassasalarning byudjetdan tashqari shaхsiy azna hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi;

pul mablalarni oluvchi muassasalar bir ish kuni ichida tegishli tez tibbiy yordam хodimlarining bank kartalariga oʻtkazib berish yoki naqd pul mablalarini berish orqali bir martalik moddiy rabatlantirish toʻlovlarining toʻlab berilishini ta’minlaydi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligiga bir martalik moddiy rabatlantirish toʻlovlarini oʻz vaqtida va manzilli toʻlanishi ustidan nazorat qilish yuklansin.


6. Bir martalik moddiy rabatlantirish toʻlovi summasi jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliini hisoblashda jami daromad tarkibiga kirmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri Dj.A. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                                            A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyul