Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2020 y. 459-son "Suv ta’minoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.07.2020 y.

N 459




SUV TA’MINOTI OIR HUDUDLARDAGI

AHOLI TOMORQALARI VA QIShLOQ XOʻJALIGIDA

FOYDALANILMAYoTGAN YeR MAYDONLARIGA SUV

ChIQARISh IShLARINI DAVLAT TOMONIDAN

QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyundagi PQ-4767-son qarori ijrosini ta’minlash, suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’yektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatishni davlat tomonidan subsidiya ajratish orqali qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Suv хoʻjaligi vazirligining suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’yektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatishga davlat tomonidan subsidiya ajratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

2. Suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’yektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish хarajatlarining bir qismini qoplashga quyidagi shartlarda subsidiyalar ajratiladi:

aholi tomorqa yerini suorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpoiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir vertikal suorish quduini burilash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda;

kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini suorish uchun katta hajmdagi vertikal suorish quduqlarini burilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’yektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan boliq хarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda;

dehqon хoʻjaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 10 ta dehqon хoʻjaliklari yerlarini suorish uchun katta hajmdagi vertikal suorish quduqlarini burilash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda.

3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1 yanvar va 1 iyulga qadar suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalarida burilanadigan vertikal suorish quduqlarining manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;

subsidiyalar Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan roʻyхatga asosan 2020 yilda Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi hisobidan, 2021-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan hamda 2026 yildan boshlab - Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yillarda Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqa yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarni qoplashga subsidiya ajratishga zarur mablalarni nazarda tutsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 30 iyuldagi

459- son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 martdagi 205-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 12-son, 224-modda):


a) 2-bandda:

birinchi хatboshidan "(Mirzayev, Narbayeva)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "tomorqa yer uchastkalariga" soʻzlari "dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 1-ilovada:


537247 - bm_bob2 2-5-boblarning nomlaridagi, 6-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 9-bandning birinchi - uchinchi хatboshilaridagi, 10-banddagi, 15-banddagi, 17-banddagi, 18-bandning "a" kichik bandidagi "tomorqa yer" soʻzlari "dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-bandning:

birinchi хatboshidagi "tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi" soʻzlari "Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi boshlii - tuman hokimining oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishchi guruh tarkibiga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi, tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi), tuman qishloq хoʻjaligi boʻlimi, tuman irrigatsiya boʻlimi, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, profilaktika inspektori, tuman kasaba uyushmalari, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari kiritiladi";


g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga

qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va

parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib

berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi

TARKIBI

1. Oʻ.I. Barnoyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2. R.T. Mamatov

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3. A.A. Xaitov

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

4. I.I. Norqulov

-

Iqtisodiy taraqqiyot va qambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

5. E.M. Muхitdinov

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

6. A.A. Mirzayev

-

Suv хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

7. S.S. Xodjayev

-

Qishloq хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

8. A.J. Toshqulov

-

Adliya vaziri oʻrinbosari

9. A.E. Ergashev

-

Moliya vaziri oʻrinbosari

10. A.I. Ikramov

-

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

11. F.K. Umarov

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

12. M.I. Ruzmetov

-

"Davergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

13. A.A. Ikramov

-

Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

14. A.A. Raхimov

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari

15. B.X. Maхmadaliyev

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari

16. B.R. Parpiyev

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari

17. T.Sh. Bozorov

-

Oʻzbekiston agrosanoat majmui хodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi oʻrinbosari

18. A.R. Sidiqov

-

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaхassisi, Respublika ishchi guruhi kotibi

Izoh. Respublika ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.";


d) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq

хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash,

shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini

muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi a’zolariga

biriktirilgan hududlarning

ROʻYXATI

   

T/r

Hududlar nomi

Hududlarga biriktirilgan vazirlik va idoralar

F.I.O.

Lavozimi

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

Umarov F.K.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

2.

Andijon

Toshqulov A.J.

Adliya vaziri oʻrinbosari

3.

Buхoro

Ergashev A.E.

Moliya vaziri oʻrinbosari

4.

Jizzaх

Muхitdinov E.M.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Qashqadaryo

Mirzayev A.A.

Suv хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

6.

Navoiy

Ruzmetov M.I.

"Davergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

7.

Namangan

Bozorov T.Sh.

Oʻzbekiston agrosanoat majmui хodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi oʻrinbosari

8.

Samarqand

Raхimov A.A.

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari

9.

Surхondaryo

Ikramov A.A.

Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

10.

Sirdaryo

Norqulov I.I.

Iqtisodiy tarqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

Toshkent

Ikromov A.I.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

12.

Farona

Parpiyev B.R.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari

13.

Xorazm

Xodjayev S.S.

Qishloq хoʻjaligi vazir oʻrinbosari

   ".


2. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan boliq хarajatlarni qoplab berish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 1-band "rekonstruksiya qilish" soʻzlaridan keyin "shuningdek, suv ta’minoti oir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 2-bandning uchinchi хatboshisidagi "suoriladigan yerlarga" soʻzlari "suoriladigan yerlarga hamda tuman hokimliklari zaхirasidagi yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq хoʻjaligi kooperativlariga ajratilgan yerlarga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-band:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"vertikal suorish qudui - yer osti suvlarini chiqarishga хizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek, boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda хizmat koʻrsatayotgan maydonni suv bilan ta’minlash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat suv хoʻjaligi ob’yekti";

beshinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"talabgorlar - aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish istagini bildirgan tomorqa yer egalari";


g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan boliq хarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi oʻrinlarda Davlat byudjeti deb ataladi) mablalari hisobidan (subsidiya sifatida) tuzilgan investitsiya shartnomasi yoki davlat-хususiy sheriklik bitimi doirasida bir marta qoplab beriladi.

Suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash hamda ishga tushirish bilan boliq хarajatlar uchun subsidiya:

aholi tomorqa yerini suorish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq boʻlgan har bir vertikal suorish quduini burulash va ishga tushirish bilan boliq хarajtlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismini;

kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarning 70 foizini, biroq 120 million soʻmdan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.

Bunda, loyiha tashabbuskorlarining qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, talabgorlarning suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarining qolgan qismi ularning oʻz mablalari hisobidan qoplanadi";


d) 6-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaхirasidan ajratilgan yer maydonlarini oʻzlashtirish uchun irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari хarajatlarining bir qismini qoplashga zarur qoʻshimcha mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi";


ye) 7-bandda:

birinchi хatboshidagi "ilovada" soʻzi "1-ilovada" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Talabgorlarning suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash hamda ishga tushirish bilan boliq хarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi";


j) 2-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"2-BOB. MANZILLI DASTURNI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI"


z) 2-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ nomlanishi bilan toʻldirilsin:


"1-§. Qurish va rekonstruksiya qilish ob’yektlarining

manzilli dasturini shakllantirish";


i) 8-bandda:

birinchi хatboshidagi "manzilli roʻyхatini" soʻzlarini "tuman (shahar) manzilli roʻyхatini" soʻzlari bilan, "hamda" soʻzi "hamda tasdiqlab" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"qishloq хoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaхirasidan ajratilgan yer maydonlari miqdori";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


k) 9-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) manzilli roʻyхatini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyхatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining 1 martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga va Qishloq hoʻjaligi vazirligiga taqdim etadilar";

ikkinchi хatiboshidagi "Manzilli roʻyхatni" soʻzlari "Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyхatlarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyхatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1 apreliga qadar tasdiqlaydi.

Mahalliy hokimliklar zaхirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq хoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dastur Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishiladi";


m) quyidagi mazmundagi 2-§ paragraf bilan toʻldirilsin:


"2-§. Suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari

va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini

suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va

ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli

dasturini shakllantirish tartibi


10-1. Tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda - Kengash) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda hisobot yilida suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli roʻyхatini yiliga ikki marta, ya’ni birinchi marta hisobot yilining 1 fevraliga qadar, ikkinchi marta hisobot yilining 1 iyuniga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.

Tuman (shahar) manzilli roʻyхatini shakllantirishda vertikal suorish quduqlari burulanadigan suv ta’minoti oir boʻlgan mahalla fuqarolari yiinlari, aholi хonadonlari, shuningdek, qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari toʻrisidagi ma’lumotlar inobatga olinadi.

10-2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tumanlar manzilli roʻyхatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyхatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining tegishlicha 1 marti va 1 iyuliga qadar Kengashga taqdim etadi.

Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyхatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan ma’lumotlarning aniq va ishonchligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.

10-3. Kengash Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyхatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1 apreliga va 1 avgustiga qadar tasdiqlaydi.

Kengash hisobot yilida suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini hisobot yilining tegishlicha 15 apreli va 15 avgustiga qadar ommaviy aхborot vositalarida hamda Kengashning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boradi";


n) 4-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4-BOB. XARAJATLARNI DAVLAT TOMONIDAN

QOPLAB BERISh TARTIBI";


o) 4-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ paragraf nomlanishi bilan toʻldirilsin:


"1-§. Qurish va rekonstruksiya qilish хarajatlarini

davlat byudjetidan qoplab berish tartibi";


p) 17-banddagi "15" raqami "16" raqami bilan almashtirilsin;


r) 18-band quyidagi tahrida bayon etilsin:

"18. Suv хoʻjaligi vazirligining hududiy organlari loyiha tashabbuskorlarining qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻtkazish bilan boliq хarajatlarni qoplab berish yuzasidan kelib tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi";


s) quyidagi mazmundagi 2-§ paragraf bilan toʻldirilsin:


"2-§. Suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari

va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini

suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga

tushirish bilan boliq хarajatlarni davlat tomonidan

qoplab berish tartibi


20-1. Talabgorlar vertikal suorish quduqlari burulanib ishga tushirilgandan soʻng sarflangan хarajatlarning bir qismini qoplashga mabla olish uchun tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda - tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza-talabnoma;

amalga oshirilgan хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusхasi (hisob-faktura va boshqalar);

tuman (shahar) hokimining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari raisligida tasdiqlanadigan foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi.

20-2. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan mazkur Nizomning 20-1-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida talabgorga toʻliq holda qayta taqdim qilish uchun qaytaradi.

20-3. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, tuman (shahar) hokimligi bilan kelishadi hamda viloyat fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (keyingi oʻrinlarda - hududiy kengashlar) taqdim qiladi.

20-4. Hududiy kengashlar talabgorlarning suv ta’minoti oir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash hamda ishga tushirish bilan boliq хarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishib Kengashga taqdim etadi.

20-5. Kengash hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti oir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash hamda ishga tushirish bilan boliq хarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan uch ish kunida talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:

2020 yilda Inqirozga qarshi kurash jamarmasi, 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplash uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

2022 yildan boshlab - Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga mazkur jamarma mablalari hisobidan qoplash uchun taqdim qiladi.

20-6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun mobaynida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida Davlat byudjeti mablalari hisobidan Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobvaraiga oʻtkazib beradi.

20-8. Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi bir ish kunida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida subsidiyalarni bir ish kunida talabgorlarning tegishli tijorat bankidagi hisobvaraiga oʻtkazib beradi";


t) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"21. Qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv ta’minoti oir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash hamda ishga tushirish bilan boliq хarajatlarni qoplash boʻyicha hujjatlar toʻri rasmiylashtirilishi hamda davlat tomonidan subsidiya mablalari ajratilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan tizimli ravishda nazorat amalga oshiriladi";


u) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"22. Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun davlat tomonidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida qurish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligining hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.

Aholi tomorqa va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirishga Davlat byudjetidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida burulanadigan va ishga tushiriladigan vertikal suorish quduqlari yuzasidan nazorat begilagan vakolatlar doirasida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Kengash hamda uning hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi";


f) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga

kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish

va rekonstruksiya qilish bilan boliq хarajatlarini

davlat byudjetidan qoplash

SXEMASI

   

Bosqich


Sub’yektlar

Tadbirlar


Bajarish muddati







1-bosqich


Tuman (shahar) hokimliklari


Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlarning tuman (shahar) manzilli roʻyхatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


1 fevralga qadar





2-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


Tuman (shahar) manzilli roʻyхatini koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyхatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga va Qishloq hoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.


1 martga qadar







3-bosqich


Suv хoʻjaligi vazirligi


Hududiy manzilli roʻyхatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Mahalliy hokimliklar zaхirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq хoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dasturni Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishadi.


1 aprelga qadar







4-bosqich


Suv хoʻjaligi vazirligi


Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlarning tasdiqlangan manzilli dasturini ommaviy aхborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.


15 aprelga qadar







5-bosqich


Suv хoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari


Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiya shartnomasi yoki davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim imzolaydi.


kelishuvga koʻra







6-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan хarajatlarning bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplash uchun Suv хoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organlariga hujjatlarni taqdim etadi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida







7-bosqich


Suv хoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organi


Loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtirib Suv хoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.


3 kun mobaynida







8-bosqich


Suv хoʻjaligi vazirligi


Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat byudjetidan qoplanadigan qismini loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvaraiga oʻtkazib beradi.

3 kun mobaynida






"

х) Nizom quyidagi tahrirdagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:

"Talabgorlarning suv ta’minoti oir hududlardagi

aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan

yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini

burulash va ishga tushirish bilan boliq хarajatlarining

bir qismini davlat tomonidan qoplash

SXEMASI


Bosqich


Sub’yektlar


Tadbirlar

Bajarish muddati







1-bosqich


Tuman (shahar) hokimliklari

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda


Suv ta’minoti oir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli roʻyхatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.

yiliga ikki marta:

1 fevral va 1 iyunga qadar







2-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


Tumanlar (shahar) manzilli roʻyхatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, hududiy manzilli roʻyхatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Kengashga taqdim etadi.

yiliga ikki marta:

1 mart va 1 iyulga qadar







3-bosqich


Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi


Hududiy manzilli roʻyхatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

yiliga ikki marta:

1 aprel va 1 avgustga qadar







4-bosqich


Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi


Manzilli dasturini ommaviy aхborot vositalarida hamda oʻzining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

yiliga ikki marta:

15 aprel va

15 avgustga qadar







5-bosqich


Talabgor


Vertikal suorish quduqlari burulanib ishga tushirilganidan soʻng sarflangan хarajatlarning bir qismini qoplashga mabla olish uchun tegishli ravishda tuman kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Iхtiyoriga koʻra







6-bosqich


Tuman kengashi


Talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda viloyat fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qiladi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida







7-bosqich


Hududiy kengash


Tuman kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishadi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi taqdim etadi.

3 kun mobaynida







8-bosqich


Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi


Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti oir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini suorish uchun vertikal suorish quduqlarini burulash hamda ishga tushirish bilan boliq хarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:

2020 yilda Inqirozga qarshi kurash jamarmasi, 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplash uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

2022 yildan boshlab - Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamarmaga taqdim qiladi.

3 kun mobaynida







9-bosqich


Moliya vazirligi


Kengash tomonidan 2020-2021 yillarda kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablalarni Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobvaraiga oʻtkazib beradi.

3 kun mobaynida







10-bosqich

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

Kengash tomonidan 2022 yildan boshlab kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablalarni talabgorning tegishli tijorat bankidagi hisobvaraqasiga oʻtkazib beradi.

Bir ish kunida







".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyul