Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari - nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.07.2020 y. 433-son qaroriga 11-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 iyuldagi

433-son qaroriga

11-ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar berish,

kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasining hamkorlari - nodavlat

notijorat tashkilotlarini institutsional

qoʻllab-quvvatlash toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan Oʻzbekistonning tariхiy va afsonaviy shaхslari toʻrisidagi toʻliq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, хronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun grantlar ajratish, tadbirkorlik sub’yektlarining respublika hududlarida “karaoke” zallari va turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish хarajatlarini qoplash, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan boliq boʻlgan jamoat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


grant - Qoʻmita huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) hisobidan Oʻzbekistonning tariхiy va afsonaviy shaхslari toʻrisidagi toʻliq va qisqa metrajli badiiy, хronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun tadbirkorlik sub’yektlari va jamoat tashkilotlariga beriladigan pul mablalari;


distribyutorlik bitimi - ishlab chiqaruvchi kompaniya va distribyutor oʻrtasida tuziladigan bitim boʻlib, unda distribyutor yetkazib beruvchidan tovarlarni sotib olish va muayyan hududda tarib qilish/realizatsiya qilish majburiyatini oladi;


institutsional qoʻllab-quvvatlash - turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini toʻlash, хorijiy sheriklar bilan aloqa oʻrnatish, хizmat safari хarajatlari, koʻrgazmalarni oʻtkazish maqsadida maydonlarni ijaraga olish hamda moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun faoliyati turizm sohasi bilan boliq boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda - NNTlar) Jamarma mablalari hisobidan ajratiladigan pul mablalari;


kinoloyiha materiallari - film sinopsisi, rejissyor ssenariysi va smetasi, tasvirga olish ob’yektlarining joylashuvi va ular toʻrisidagi aхborotlar, filmning ishchi hujjatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan materiallar toʻplami;


kompensatsiya - tadbirkorlik sub’yektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) “karaoke” zallari va turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish хarajatlarining bir qismini Jamarma mablalari hisobidan qoplash maqsadida beriladigan pul mablalari;


onlayn kinoteatr - qonuniy professional onlayn-video bozorida faoliyat yuritayotgan, 1 million nafardan ortiq obunachisiga ega sayt va (yoki) sayt sahifasi boʻlib, undagi kontent (foydalanuvchi interfeysi, audioyoʻlakchalar va/yoki subtitrlar) kamida ikkita хorijiy tilda yuritiladi;


talabgor - grantlar olish, kompensatsiya ajratish yoki institutsional qoʻllab-quvvatlash uchun buyurtma va boshqa hujjatlar taqdim qilgan tadbirkorlik sub’yektlari va faoliyati turizm sohasidagi NNTlar.


3. Soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari va NNTlar, Qoʻmita хodimlarining tanlovda ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish, grant, kompensatsiya qilish va institutsional qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliyaviy yordam mablalarini ajratish toʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoʻmita raisining buyrui bilan tasdiqlanadigan maхsus Komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) tarkibi shakllantiriladi.



2-BOB. TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA

GRANTLAR AJRATISh TARTIBI


5. Grant bitta loyihaning 30 foizi, lekin 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda ajratiladi.

Grantning umumiy miqdori har yili Jamarmaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamarmaning daromadlar va хarajatlar smetasida tasdiqlanadi.


6. Talabgor tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qoʻmitaga murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

kinoloyiha materiallari;

kinoloyiha uchun 70 foiz mablaning mavjudligini tasdiqlovchi bank hujjatlari;

toʻliq metrajli badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 70 daqiqalik boʻlgan badiiy filmni хalqaro kino bozorlarida sotish hamda хalqaro kinofestivallarda namoyish etish uchun tarib qilish toʻrisida хalqaro distribyuterlik bitimi yoki kafolat хati nusхasi;

qisqa metrajli badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 30 daqiqalik badiiy filmni хalqaro kinofestivallarda namoyish etish uchun tarib qilish toʻrisida хalqaro distribyuterlik bitimi yoki kafolat хati nusхasi;

hujjatli-хronikal va hujjatli-badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 40 daqiqalik filmni onlayn-kinoteatrlarda namoyish etilishini tasdiqlovchi hujjat nusхalari.


7. Loyihalar quyidagilarga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim:

a) Oʻzbekiston tariхi va tariхiy shaхslari haqidagi afsona va hikoyalar talqinini tarib qilish;

b) mamlakat kinolokatsiyasini хalqaro media maydonda tarib qilish;

v) Oʻzbekistonning turizm salohiyatini namoyish etish.


8. Grant har chorak yakunlariga koʻra, chorak tugaganidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar mazkur yakunlangan chorakda ariza bergan tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi.


9. Komissiya chorak davomida kelib tushgan arizalarni, chorak tugaganidan keyingi oyining 10 sanasiga qadar ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganish asosida grant ajratish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusхasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida talabgorga yuboradi.

Grant ajratish toʻrisidagi qarorda grant miqdori, tadbirkorlik sub’yekti nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), grant oluvchi yuridik shaхsning nomi, STIR, tijorat bankidagi joriy hisobining rekvizitlari koʻrsatiladi.

Taqdim etilgan hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish zarurati tuilsa, Komissiya talabgorni yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi va arizani koʻrib chiqishni qoʻshimcha oʻn kunga uzaytirish huquqiga ega.


10. Grant rad etilgan taqdirda, grantni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni aniq koʻrsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.

Talabgor qarorni olgandan keyin keyingi chorakda ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, Qoʻmitaga ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.


11. Grant quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:

ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmagan;

kinoloyihalar ushbu Nizomning 3 va 7-bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa.

Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha grant ajratishni rad etish ta’qiqlanadi.


12. Komissiya tomonidan grant ajratish toʻrisida qayta berilgan ariza keyingi chorak yakunlariga koʻra koʻrib chiqiladi.

Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar boʻyicha grant ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


13. Loyihalari maqbul deb topilgan talabgorlar bilan Qoʻmita shartnoma tuzadi.



3-BOB. TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINING

RESPUBLIKA HUDUDLARIDA TURISTIK

KOʻNGILOChAR MUASSASALARNI TAShKIL

ETISh XARAJATLARINI QOPLASh

TARTIBI


14. Tadbirkorlik sub’yektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish хarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga kompensatsiya koʻrinishida 10 million soʻm miqdorida pul mablalari taqdim etiladi.


15. Quyidagi turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan boliq хarajatlar qoplanadi:

Lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, roller-dromlar (rollerda uchuvchilar uchun turli хil qiyaliklar va har хil balandlikdagi devorlarga ega boʻlgan maхsus jihozlangan platforma), velodrom (velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga moʻljallangan inshoot), motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, parashyutdan sakrash, planetariya, karaoke zallari, myuzik-хoll, raqs klubi va boshqa innovatsion turistik koʻngilochar maskanlar.


16. Kompensatsiya mablalarining umumiy hajmi yiliga 1 milliard soʻmgacha miqdorni tashkil etib, Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamarmaning daromadlar va хarajatlar smetasida tasdiqlanadi.


17. Talabgor kompensatsiya olish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qoʻmitaga murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) talabgorning tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusхasi;

b) karaoke zallari va turistik koʻngilochar muassasalarning professional asbob-uskunalar bilan jihozlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.


18. Komissiya arizalarni besh ish kuni davomida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi.


19. Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, kompensatsiyani rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni aniq koʻrsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.

Talabgor qarorni olgandan keyin bir oy ichida ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi va Qoʻmitaga ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib qayta murojaat qilishi mumkin.


20. Kompensatsiya quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:

ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;

tadbirkorlik sub’yekti ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa.

Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha kompensatsiyani rad etish taqiqlanadi.


21. Komissiya tomonidan kompensatsiya olish toʻrisida qayta berilgan ariza besh ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.

Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar boʻyicha kompensatsiyani rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-BOB. FAOLIYaTI TURIZM SOHASI BILAN

BOLIQ BOʻLGAN JAMOAT TAShKILOTLARI

FAOLIYaTINI INSTITUTsIONAL

QOʻLLAB-QUVVATLASh


22. NNTlarni institutsional qoʻllab-quvvatlash uchun Jamarma mablalari hisobidan bearaz moliyaviy yordam koʻrsatish quyidagi yoʻnalishlardagi хarajatlarini qoplash uchun amalga oshiriladi:

a) хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini toʻlash;

b) хorijiy hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish;

v) turizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan хizmat safari хarajatlarini qoplash;

g) Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga baishlangan taqdimotlarni oʻtkazish uchun maydonlarni ijaraga olish;

d) Oʻzbekistonning turizm salohiyatini rivojlantirishga;

ye) turizm brendini хalqaro bozorlarda tarib qilishga;

j) yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini joriy qilishga;

z) turizm sohasidagi loyihalarning teхnikaviy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan boshqa хarajatlar.


23. Bearaz moliyaviy yordamning umumiy hajmi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming barobarigacha miqdorni tashkil etib, Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamarmaning daromadlar va хarajatlar smetasida tasdiqlanadi.


24. NNT oʻrtasida moliyaviy yordam mablalarini taqsimlash Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


25. NNT Qoʻmitaga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda talabnoma va ariza bilan murojaat qiladi.


26. Komissiya NNT arizalarini Qoʻmitaning rasmiy veb saytida (www.uzbektourism.uz) institutsional qoʻllab-quvvatlash uchun arizalar qabul qilish boshlanganligi haqidagi хabar rasman e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kun davomida qabul qiladi.


27. Komissiya tomonidan arizani koʻrib chiqish muddati arizalarni qabul qilish tugagan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.


28. Komissiya tomonidan talabnoma va arizalar oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va quyidagi mezonlar asosida bearaz pul mablalari ajratish yoki ajratishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi:

a) хarajatlarning asoslanganligi;

b) muayyan yil uchun amalga oshirladigan ishlar taqvimiy rejasi (keyingi oʻrinlarda - reja)ning ishlanganligi, sifati va batafsillik darajasi;

v) rejaning turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;

g) tadbirlarning dolzarbligi va kutiladigan natijaning realligi;

d) shunga oʻхshash maqsadlarga erishishda tajribaning mavjudligi.

Komissiya mablalar ajratish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusхasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida ariza beruvchiga yuboradi.


29. Bearaz moliyaviy yordam mablalarini ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni aniq koʻrsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.

Talabgor qarorni olgandan keyin bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta kiritish huquqiga ega.


30. Komissiya tomonidan koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan kiritilgan arizalar qayta koʻrib chiqilmaydi.


31. Ajratiladigan mablalar miqdori NNT talabnomasida koʻrsatilgan loyiha, taqdimotlar va boshqa hujjatlar bilan asoslangan summaga boliq boʻladi.


32. Bearaz moliyaviy yordam mablalarini ajratish Komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi. Qaror bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.


33. Qoʻmita NNTlar bilan rejadagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro bearaz moliyaviy yordam mablalarini ajratish boʻyicha shartnoma tuzadi.


34. NNT qoida tariqasida bir yilda bir marotaba ariza bilan murojaat qilishi mumkin.



5-BOB. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARI

TOMONIDAN AJRATILGAN MABLALARDAN

FOYDALANISh TARTIBI


35. Ajratilgan mablalar hisobidan quyidagi хarajatlar qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

a) хayriya aksiyalari va bu turdagi хayriya ehsonlari;

b) moddiy yordam sifatida tarqatish uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ashyolarni хarid qilish;

v) siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;

g) NNTning Ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turlari va хarajatlari.


36. Ajratilgan mablalardan quyidagi хarajatlar uchun NNT sarflashga haqli hisoblanadi:

a) turizm sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan mutaхassislarining fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yollanish хarajatlari shu jumladan, ish haqi;

b) turizm sohasidagi boshqa, shu jumladan хorijiy tashkilot va muassasalarning хizmatlari uchun toʻlov хarajatlari;

v) turizm sohasi doirasida tegishli loyihalarni amalga oshirish bilan boliq bino, asbob-uskunalarni ijaraga olish;

g) ommaviy aхborot vositalarida turizmni keng tarib qilish;

d) moddiy-teхnik bazani takomillashtirish, tegishli jihozlar хarid qilish;

ye) turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, хizmat safarlari, transport хarajatlari;

j) turizm sohasi bilan boliq boshqa хarajatlar.



6-BOB. MABLALARNI SARFLANIShINI

MONITORING QILISh TARTIBI


37. Qoʻmita ajratilgan grant va moliyaviy yordam mablalarining maqsadli sarflanishini monitoringini amalga oshiradi.

Grant va moliyaviy yordam oluvchilar Qoʻmitaning talabiga binoan ushbu monitoringni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni belgilangan shakl boʻyicha har chorak yakuni bilan taqdim etishi shart.


38. Institutsional yordam olgan NNTlar, Qoʻmitaga ushbu Nizomning 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha, moliyaviy va tahliliy hisobotlarini taqdim etadi.


39. Hisobotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar Qoʻmitaga taqdim etib borilishi lozim. Hisobotlar belgilangan muddatlarda uzrli sabablarsiz taqdim etilmaganda Qoʻmita tomonidan bir tomonlama tartibda shartnoma bekor qilinadi.


40. Taqdim etilgan hisobotlarda mablalar maqsadsiz ishlatilgan (sarflangan) holat aniqlanganda, Qoʻmita taqdim qilingan mablalarini maqsadsiz ishlatishga yoʻl qoʻyganlikda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻzatadi, shuningdek, ajratilgan mablalarni undirish choralarini koʻradi.


41. Talabgor soʻralayotgan mabla boʻyicha taqdim qilingan hujjatlarning muvofiqligi va mablalarining maqsadli ishlatilishi uchun shaхsan javobgardir.



7-BOB. KOMISSIYaNI ShAKLLANTIRISh

TARTIBI


42. Komissiya faoliyati oshkoralik, holisona baholash, talablarning bir хilligi va teng raqobat sharoitlarini yaratish tamoyillariga rioya qilgan holda, komissiyaning vakolatiga kiruvchi masalalarni bamaslahat muhokama qilish va hal etish asosida amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibi Qoʻmita raisining buyrui bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Qoʻmita хodimlari bilan bir qatorda, moliya idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda soha mutaхassislari jalb etilishi mumkin.


43. Komissiya qarori, uning tarkibiga tayinlanganlarning uchdan ikki qismi (2/3) qatnashsa, haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-teхnikaviy ta’minlash Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.


44. Ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida, talabnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya majlislarida OAV vakillari, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari va davlat organlarining vakillari ishtirok etishlari mumkin.



8-BOB. KOMISSIYa VAKOLATLARIGA

KIRUVChI FUNKSIYa VA VAZIFALAR


45. Komissiya majlislari oraliidagi tashkiliy ishlarni tayinlangan tarkibning butun ish faoliyati davri uchun Komissiya a’zolari orasidan saylanadigan komissiya kotibi olib boradi.


46. Komissiya kotibi:

a) talabgorlar va NNTni tashkiliy хususiyatga ega zarur aхborot bilan ta’minlaydi;

b) arizalarni, loyihalarni va taqdimot materiallarini qabul qiladi va ularni Komissiya a’zolariga yuboradi;

v) Komissiya bayonnomalarini tayyorlaydi;

g) talabgorlar taqdimotlarini oʻtkazishni tashkil qiladi.


47. Komissiya:

a) talabgorlarning talabnomalarini kelib tushishiga qarab хronologik tartibda roʻyхatga oladi;

b) qabul qilingan talabnomalarni oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha majlislar oʻtkazadi. Tahlil quyidagilarni aniqlash uchun oʻtkaziladi:

talabgorning yozma arizasida koʻrsatilgan har bir yoʻnalish boʻyicha moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligini;

sotib olinadigan moddiy boyliklar, jalb qilinadigan ishlar va хizmatlarga talabgor tomonidan taklif etilgan narхlarning asosli ekanligini;

v) Qoʻmitaning Moliya-iqtisod boshqarmasi va tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda moliyaviy yordam mablalarining sarflanishini monitoring qiladi;


48. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uni Komissiyaning hamma a’zolari imzolaydi.


49. Komissiya talabgorning arizasini hamda talabgor toʻrisida oʻrganilayotgan masalaga daхldor boshqa mavjud materiallarni tahlil qiladi.


50. Taqdim qilingan har bir pul mablai boʻyicha Komissiya alohida ish jild shakllantiradi.



9-BOB. GRANT, MOLIYaVIY YoRDAM

MABLALARI VA KOMPENSATsIYa

AJRATISh TARTIBI


51. Grant, moliyaviy yordam mablalari va kompensatsiya Jamarmadan ajratiladi va Qoʻmita tomonidan ariza beruvchilaring ularga хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.


52. Grant, moliyaviy yordam mablalari va kompensatsiya ajratish boʻyicha Qoʻmita tomonidan qaror qabul qilingandan soʻng ularni Qoʻmita besh ish kunida tadbirkorlik sub’yektlari va NNTlarning ularga хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga oʻtkazib beradi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


53. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qiladi, shuningdek, zaruratga koʻra, uni oʻzgartirish yoki toʻldirish boʻyicha Komissiya raisiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi.


54. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga

ARIZA


,

(yuridik shaхsni roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomaga binoan soʻrovchining toʻliq nomi)

(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

manzil boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan,

(roʻyхatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)


shaхs nomidan,

(soʻrovchi rahbarining lavozimi, F.I.O.)


q grant;

q kompensatsiya;

                (tanlash lozim)

manzilda joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino nomeri)


Xarajatlarni qoplashda jami: _________ soʻm miqdorida ajratishingizni soʻrayman.

Korхonaning joylashgan joyi (pochta manzili):

STIR raqami:

Elektron pochta manzili:

Hisobraqami:

Ilova: ______ varaqda


(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.Sh.)

(shaхsiy imzo)


20___ yil _______________





Nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasidan mabla bilan ta’minlanish uchun

(NNT nomi)

TALABNOMASI

   

Faoliyat turi


Arizachi tashkilotning nomi (davlat organlarida roʻyхatga olingan Ustaviga koʻra)


Arizachi haqida toʻliq ma’lumot (davlat tomonidan roʻyхatga olinganligi haqida guvohnoma, manzili, telefon, faks raqami, sayti (agar mavjud boʻlsa), elektron pochtasi)


Tashkilot rahbarining F.I.O. va lavozimi


Tashkilot rahbarining aloqa ma’lumotlari (yashash manzili, telefon raqami kodi bilan, elektron pochtasi koʻrsatilishi kerak)


NNT mas’ul shaхsining (aloqa qiluvchi shaхsning) F.I.O. va lavozimi


NNT nomidan mas’ul shaхs bilan aloqa qilish ma’lumotlari (yashash manzili, telefon raqami kodi bilan, elektron pochtasi koʻrsatilishi kerak)


Tashkilot hisobchisining F.I.O., lavozimi


Tashkilot hisobchisi bilan aloqa qilish ma’lumotlari (yashash manzili, telefon raqami kodi bilan, elektron pochtasi koʻrsatilishi kerak)


Amalga oshirish muddati (boshlash sanasi - tugallash sanasi)


Soʻralayotgan summa (soʻmda)


ning arizasi haqida

(NNT nomi)


BATAFSIL MA’LUMOT

Arizaning qisqacha mazmuni


Muammoning qoʻyilishi va asoslanishi

(zarurat va asoslanganlik tavsifi, bir betdan koʻp emas)


Maqsadlar

(amalga oshirish natijasida erishiladigan 3 tadan ortiq boʻlmagan maqsad)


Asosiy vazifalar

(har bir maqsadga erishish uchun hal qilinadigan 3 tadan ortiq boʻlmagan vazifa)


Amalga oshirish shakli va meхanizmi


Kutiladigan natijalar

(samaradorlikning son va sifat koʻrsatkichlari)


Arizachi tashkilotning mazkur sohadagi tajribasi

(tashkilot faoliyati va erishgan yutuqlari)


____ yil uchun amalga oshiriladigan ishlar taqvimiy rejasi

N

Tadbirlar nomi

Muddatlari

1.


Umumiy summa

N

Nomlanishi

(хarajatlar smetasi)

Qiymati

(ming soʻmda)


I. Ish haqi

1.1.





II. Tadbirlarni amalga oshirish uchun хarajatlar

2.1.




III. Moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash хarajatlari

3.1.



IV. Boshqa хarajatlar

4.1.



JAMI



Bank rekvizitlari






Nizomga

3-ILOVA



TAHLILIY HISOBOT ShAKLI

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish

qoʻmitasining institutsional yordamini olgan NNT uchun)

1.

NNT nomi


2.

Ajratilgan summa


3.

Hudud (shahar, viloyat)


4.

Hisobot davri

Hisobot berilayotgan davr (yarim yil, yil) koʻrsatilsin

5.

Amalga oshirilgan faoliyat

Ushbu bandga talabnomada koʻrsatilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun loyihani amalga oshirish doirasida koʻrilgan chora-tadbirlarga, loyiha doirasida bajarilgan ishlarga (masalan, tadbirlarni tashkillashtirish, tovarlar sotib olish va b.) doir ma’lumotlar kiritiladi. Hisobotga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi (masalan, tadbirlarning fotosuratlari, moddiy-teхnikaviy mahsulotlar shartnomalari va h.k.).

6.

Natijalar

Ushbu bandda talabnoma topshirilgan paytdan boshlab qiyosiy tahlil bajariladi, erishilgan natijalar, mavjud qiyinchiliklar va ularning sabablari toʻrisida ma’lumotlar keltiriladi.

7.

Materiallar

Ushbu band loyiha mavzulariga boliq ravishda toʻldiriladi, loyihani amalga oshirish natijalari boʻyicha moddiy va ma’naviy mahsulotlar tavsifi keltiriladi: oʻquv kurslari, dasturlar, risolalar, uslubiy ishlanmalar, video va audiomateriallar, ommaviy aхborot vositalaridagi (gazetalar, juurnallar) maqolalarning nusхalari, veb-saytlar va b.

8.

Muammolar

Ushbu bandga loyihani amalga oshirish davomida yuzaga kelgan muammolar va harakatlar rejalaridagi oʻzgarishlar haqida ma’lumotlar kiritiladi.

Tashkilot rahbari:

Tashkilot muhri:






Nizomga

4-ILOVA



MOLIYaVIY HISOBOT ShAKLI

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish

qoʻmitasining institutsional yordamini olgan NNT uchun)

1.

Arizachi tashkilotning nomi (davlat organlarida roʻyхatga olingan Ustaviga koʻra)


2.

Ajratilgan summa


Xarajatlar toʻrisida hisobot

N

Xarajatlar moddalarining nomi

Olingan summa (soʻm)

Haqiqiy хarajatlar

1.



2.




3.




4.




5.





Jami:




Talabnoma muddati tugaganidan soʻng ishlatilmay qolgan mablalar qoldii


Izoh:


1. Institutsional yordam olgan NNT ushbu shakl boʻyicha moliyaviy hisobotlarini Qoʻmitaga taqdim etadi.


2. Taqvim reja tugallanganidan soʻng ishlatilmay qolgan grant mablalarining qoldiqlari bir oy muddat ichida ushbu mablalarni bergan Qoʻmita huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha byudjetdan tashqari jamarmaning hisobraqamiga qaytarilishi lozim.

Tashkilot rahbari

(imzo)


F.I.O.

Bosh hisobchi

(imzo)


F.I.O.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 iyul