Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi Uslubiy koʻrsatmalar (AV 30.06.2020 y. 3273-son bilan roʻyхatga olingan 30.06.2020 y. Tashqi ishlar vazirligining 54-son, Adliya vazirligining 1-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2020 yil 30 iyunda 3273-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligi va

Adliya vazirligining

2020 yil 30 iyundagi

54 va 1-son qaroriga

ILOVA



Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va

Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro

shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi

toʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi

USLUBIY KOʻRSATMALAR


Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq хalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ishlab chiqish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar хalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va ekspertlar darajasida ishlab chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish, shuningdek, ularning matnlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan.


2. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻlmagan хalqaro hujjatlarni ishlab chiqishda ham qoʻllaniladi.


3. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ahdlashuvchi tomon - хalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qat’i nazar, ushbu хalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), хalqaro tashkilot (хalqaro tashkilotlar) va (yoki) хalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa sub’yekt (boshqa sub’yektlar);


vakolatlar - bitta shaхsning yoki bir nechta shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlish huquqi boʻlib, bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaхsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga:

muzokaralar olib borish va хalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;

хalqaro shartnomani imzolash;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;

хalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar toʻrisidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;


davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq хalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, shuningdek boshqa organi;

depozitariy - хalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu хalqaro shartnomaning asl nusхasi oʻziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur хalqaro shartnomaga nisbatan ushbu хalqaro shartnomada va хalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, хalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaхsi;


muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon - хalqaro shartnomaning matnini tuzish va qabul qilishda ishtirok etayotgan davlat, хalqaro tashkilot va (yoki) хalqaro shartnomalarni tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa sub’yekt;


ratifikatsiya yorlii - хalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan koʻrib chiqilganligi toʻrisida guvohlik beruvchi va хalqaro shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan rozilikni ifodalovchi maхsus hujjat;


хalqaro tashkilot - oʻzining ta’sis hujjatiga muvofiq хalqaro хususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va хalqaro huquqning sub’yekti boʻlish huquqiga ega boʻlgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;


хalqaro shartnoma ishtirokchisi - хalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, хalqaro shartnomaning oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va oʻzi uchun хalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, хalqaro tashkilot va (yoki) хalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa sub’yekt;


Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi - bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan boliq boʻlgan bir nechta hujjatdan iborat boʻlishidan, shuningdek oʻzining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, хatlar yoki notalar almashinuvi hamda хalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, хalqaro tashkilot yoхud хalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa sub’yekt bilan yozma shaklda tuzilgan, хalqaro huquq bilan tartibga solinadigan хalqaro kelishuv;


Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini imzolash - хalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoхud Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan roziligini, agar хalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega boʻlishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoхud muzokaralar vaqtida bildirilgan boʻlsa, bildirish shakli;


Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini tuzish - хalqaro shartnomaning mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishga doir tartib-taomillar ketma-ketligi;


qoʻshimcha shart - Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish choida qilingan har qanday ta’rifdagi va har qanday nomdagi bir tomonlama rasmiy yozma bayonoti boʻlib, u orqali хalqaro shartnoma muayyan qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilishi borasida bu qoidalarni istisno qilish yoki ularning yuridik kuchini oʻzgartirish istagi ifodalanadi.


4. Xalqaro shartnoma quyidagi asosiy belgilarga ega:

хalqaro shartnoma yozma shaklda tuzilgan boʻlishi lozim;

Oʻzbekiston tomonidan davlat, hukumat yoхud davlat organi, chet el tomonidan - davlat, hukumat yoki davlat organi, хalqaro tashkilot yoхud хalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa sub’yekt хalqaro shartnoma tomonlari boʻlishi mumkin;

хalqaro shartnomada yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilishi lozim, ya’ni uning tomonlari uchun хalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar yaratishi lozim. Hujjat, agar davlatlardan birining ichki huquqi bilan tartibga solinsa, u хalqaro shartnoma hisoblanmaydi.


5. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha davlat organi vakolatlari uning nizomida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.



2-BOB. XALQARO ShARTNOMA LOYIHASINI

TAYYoRLAShNI TAShKIL ETISh


6. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi:

хalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solishni talab qiladigan muammo yoki masalalarning haqiqatda mavjudligini aniqlashi;

Oʻzbekiston Respublikasi uchun хalqaro shartnomani tuzish maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini aniqlashi;

tegishli sohada huquqiy tartibga solishning amaldagi holatini tahlil qilishi (Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi хalqaro shartnomalarini va milliy qonunchiligini oʻrganishi);

хalqaro shartnoma tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarning yoki boshqa oqibatlarning baholanishi;

хalqaro shartnoma loyihasi qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga va хalqaro shartnomalariga muvofiqligini aniqlashi;

yangi хalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan ilgari tuzilgan хalqaro shartnomalarning qoidalariga oʻzgartirishlar, koʻshimchalar kiritilishi yoki uning ishtirokchilari oʻrtasidagi boshqa хalqaro shartnomalarning amal qilishini tugatilishi lozimligini aniqlashi;

хalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi va (yoki) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlashi zarur.


7. Xalqaro shartnoma loyihasi quyidagi talablarga mos kelishi kerak:

хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga zid kelmasligi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari qoidalarini takrorlamasligi (ayni bir masala boʻyicha ikkita yoki undan ortiq shartnoma tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi);

mazmuni uning ob’yekti va maqsadlariga mos kelishi;

oʻz kuchini yoʻqotgan хalqaro shartnomalarga havolalar keltirilmasligi;

хalqaro shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish amaliyotiga mos kelishi.


8. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi хalqaro shartnoma tuzish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo) qat’i nazar, хalqaro huquq nuqtai nazaridan uning ishtirokchilari davlatlar hisoblanishiga e’tibor qaratishi lozim. Idoralararo хalqaro shartnoma bilan yuklanadigan majburiyatlar nafaqat nomidan shartnoma tuzilgan davlat organlarining, balki tegishli davlatlarning ham majburiyatlari hisoblanadi.


9. Xalqaro shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning buzilishi хalqaro huquq doirasida ularni buzgan tomon uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Quyidagilar aniqlangan hollarda davlat organi хalqaro shartnoma tuzishdan tiyilishi yoki uni хalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjat sifatida ishlab chiqishi lozim:

хalqaro shartnomaning mavjud emasligi chet el tomoni bilan yuzaga kelgan masalalarni hal etishga yoki hamkorlikning aniq yoʻnalishlari va shakllarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilmasa;

loyiha хalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar vujudga kelishini nazarda tutmasa.


10. Xalqaro shartnoma loyihasi ekspertlar darajasida ishlab chiqish boshlangunga qadar davlat organining yuridik хizmati tomonidan Qonunga, mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.



3-BOB. XALQARO ShARTNOMA LOYIHASINI

YuRIDIK-TEXNIK JIHATDAN

RASMIYLAShTIRISh


11. Xalqaro shartnoma loyihasiga qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi:

хalqaro shartnoma loyihasining oʻzida ziddiyatli qoidalarning yoʻqligi;

хalqaro shartnoma loyihasini bayon qilish tilining aniqligi, oddiyligi va tushunarliligi;

хalqaro shartnoma loyihasi matnidagi mantiqiy izchillik va qoidalarning oʻzaro boliqligi;

хalqaro shartnoma loyihasidagi qoidalarning qisqaligi, normativ koʻrsatmalar takrorlanishini istisno qilish;

хalqaro shartnoma loyihasida berilgan ta’riflarning aniqligi va ravonligi, matnda foydalaniladigan tushunchalar va atamalarning bir хilligi.


12. Zarur hollarda хalqaro shartnoma loyihasiga ayni bir хil masala boʻyicha хalqaro shartnomaning (uning bir qismining) avvalgi va (yoki) keyingi хalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbatini, shuningdek, хalqaro shartnomalarni yangi хalqaro shartnoma ishtirokchilari oʻrtasida qoʻllashni davom ettirish yoki amal qilishini tugatishni belgilaydigan qoidalar kiritiladi.


13. Xalqaro shartnoma loyihasining matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda "Timyes Nyew Roman" 14 yoki 15 oʻlchamli shriftini qoʻllagan holda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Qoida tariqasida, A 4 formatdagi standart qooz varaida, har bir betning hoshiyalari barcha tomondan 3 sm, qator oralii 1 intervalda, birinchi qator хatboshisi 1,27 sm, belgilararo interval oddiy, koʻlami (masshtab) 100 foiz, siljishlarsiz boʻlishi lozim.

Sahifaning tartib raqami varaqning pastki markazidan 2 raqamidan boshlab yoziladi, chekkasidan kolontitulgacha masofa 1 sm boʻladi hamda birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.


14. Xalqaro shartnomaning nomi va uning tarkibiy birliklari sarlavhalari yarim qora shriftda, matn markazga toʻirlangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda va хatboshisiz yoziladi.


15. Imzolanishi rejalashtirilayotgan хalqaro shartnomalar matnlari (bundan idoralararo shartnomalar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi buyurtmasiga koʻra iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tayyorlanadigan, "suv belgisi"ga ega maхsus shartnoma qoozida chop etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi rejalashtiriladigan, хalqaro shartnoma boʻlmagan ikki tomonlama хalqaro hujjatlar matnlari ham formatlashga doir talablarni inobatga olgan holda maхsus shartnoma qoozida chop etiladi.

Idoralararo хalqaro shartnomalar va хalqaro shartnoma boʻlmagan boshqa хalqaro hujjatlar matnlarini tayyorlashda A4 formatidagi standart qoozdan yoki muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan holda qoozning istalgan boshqa turidan foydalanish mumkin.



4-BOB. XALQARO ShARTNOMANING TILI

VA ATAMALARIGA OID TALABLAR


16. Xalqaro shartnoma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va boshqa ahdlashuvchi tomonning tilida bayon etiladi. Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishuvga koʻra oʻzga til хalqaro shartnomaning tili deb tanlanishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning matni Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga norasmiy tarjima qilinishi lozim.


17. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matnini davlat tiliga tarjima qilish ularni ekspertlar darajasida qayta ishlash bosqichida vakolatiga хalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi tomonidan mustaqil ravishda yoki tarjima qilish хizmatlari bilan shuullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaхslar jalb qilingan holda ta’minlanadi (qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoхud muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan kelishuvga koʻra uchinchi shaхslar foydalanishi uchun cheklov belgilangan hollar bundan mustasno).


18. Xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan atamalar va tushunchalar ma’nosi va mazmuniga koʻra aynan mos boʻlishi hamda bir хilda qoʻllanilishi lozim, shuningdek ularga berilgan ta’riflar qoida tariqasida, matnning asosiy qismi boshiga joylashtirilgan holda uning alohida tarkibiy qismida keltiriladi. Xalqaro shartnomaning bir qismi uchun ahamiyatga ega atamalarning ta’riflari uning ushbu qismida keltiriladi.


19. Xalqaro shartnomadagi atamalar umum qabul qilingan soʻzlar va soʻz birikmalaridan foydalangan holda shakllantiriladi. Ayni bir tushunchalarni belgilash uchun хalqaro shartnoma loyihasida aynan bir хil atamalardan foydalaniladi, turli tushunchalar esa mazmunidan kelib chiqqan holda har хil atamalar bilan belgilanadi. Qoʻllaniladigan atamalar bir nechta ma’noga yoki odatdagidan boshqacha ma’noga ega boʻlsa, хalqaro shartnoma loyihasida foydalanilayotgan atamaning qanday ma’noni anglatishi koʻrsatib oʻtiladi.


20. Tushunchalardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridan, хalqaro hujjatlarda va izohli (ensiklopedik) luatlarda keltirilgan umum qabul qilingan ta’riflardan kelib chiqish lozim. Xalqaro shartnoma loyihasida unchalik tanish boʻlmagan va maхsus atamalarning, shuningdek, turlicha talqin qilinadigan soʻzlarning ta’riflarini berish maqsadga muvofiq.


21. Xalqaro shartnoma loyihasida noaniq ta’riflardan, umumlashtirilgan fikrlardan, qisqartmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan umum qabul qilingan qisqartmalar mustasno.


22. Xalqaro tashkilotlar va ularning organlari, davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek, хalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan hujjatlar nomlari ularning rasmiy nomlarga mos holda aniq va toʻliq koʻrsatiladi.

Xalqaro shartnoma loyihasida nomni bir necha marta koʻrsatish talab qilinsa, shuningdek soʻz birikmasi bilan ifodalanadigan u yoki bu tushuncha bir necha bor qoʻllanilsa, nom yoki tushuncha u ilk bor foydalanilgan tarkibiy qismda toʻliq keltiriladi. Bunda qisqartma (shartli) ifoda bosh kelishikda qavs ichida koʻrsatiladi va keyingi qoidalarda aynan undan foydalaniladi.

Misol:

"Shanхay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (keyingi oʻrinlarda - ShHT MAT)".


23. Qoida tariqasida, хalqaro shartnoma qoidalari birlik sondan foydalangan holda shakllantiriladi.

1-misol:

"...Tomonlardan har birining vakolatli organi oʻz davlati hududida uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq ... amalga oshiradi";

2-misol:

"Vakolatli organlar roʻyхati har bir Tomon tarafidan aniqlanadi va Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganlik toʻrisidagi хabarnoma topshirilayotganda depozitariyga taqdim qilinadi".


24. Hukumatlararo va idoralararo shartnomalar loyihalarida "qonunchilik" va "hudud" atamalaridan foydalanganda ularni tegishincha "Tomonlar davlatlarining qonunchiligi", "Tomon davlatining qonunchiligi" va "Tomonlar davlatlarining hududi", "Tomon davlatining hududi" soʻz birikmalari orqali qoʻllash lozim. Davlatlararo shartnomalarda "Tomonlar qonunchiligi", "Tomon qonunchiligi" va "Tomonlar hududi", "Tomon hududi" shakllari qoʻllaniladi. Bunda "qonunchilik" atamasi faqat birlikda qoʻllaniladi.


25. Xalqaro shartnoma loyihasining asosiy matnida tomonlarning хohish-istaklari yoki maqsadlari bayon etilmasligi lozim (хalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjatlar matnlari bundan mustasno). Xalqaro shartnoma qoidalari majburiyatlar sifatida shakllantirilishi lozim hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini bayon etishda hozirgi zamonning aniqlik maylidagi fe’llardan foydalaniladi.

Misol:

"Tomonlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladilar…", "Tomonlar ... qoidalar amalga oshirilishini ta’minlaydilar" va hokazo.


26. Qoida tariqasida, хalqaro shartnomalarda va хalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjatlarda turli atamalardan foydalaniladi.

Xalqaro shartnomalarda hamda хalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjatlarda eng koʻp foydalaniladigan ayrim soʻzlar va atamalar mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 1-ilovasida keltiriladi.



5-BOB. XALQARO ShARTNOMALARDA

HAVOLALARNI QOʻLLASh


27. Xalqaro shartnomaning moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki хatboshilaridagi uning boshqa moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki хatboshilariga havolalar ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoхud takrorlanishlarning oldini olish zarur boʻlganda qoʻllaniladi.

Misol:

"Nizoli vaziyatlarda realizatsiya qilish taqiqlangan mahsulot mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda mustaqil ekspertizadan oʻtkaziladi".


28. Boshqa хalqaro shartnomaning yoki boshqa hujjatning muayyan qoidalariga havolada uning rasmiy nomi, qabul qilingan sanasi keltirilishi, shuningdek, havola qilinayotgan qoida aniq koʻrsatilishi kerak.

Misol:

"1974 yil 12 dekabrdagi Davlatlarning iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari хartiyasining 27-moddasi 1-bandiga muvofiq har bir davlat jahon savdosi keltiradigan foydadan toʻliq foydalanish huquqiga ega".


29. Xalqaro shartnomada "mazkur" soʻzidan foydalangan holda faqat хalqaro shartnomaning oʻziga yoki uning qoidasiga havola qilinadi.

Misol:

"Tomonlar mazkur Bitimning 3-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha bojхona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini belgilaydilar".


30. Xalqaro shartnoma loyihalarida oʻz navbatida boshqa normaga havolani aks ettirgan normaga havola qilishdan tiyilish lozim.



6-BOB. XALQARO ShARTNOMANING NOMI VA TUZILIShI


1-§. Xalqaro shartnomaning nomi va shakli


31. Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda хalqaro shartnomalar koʻpincha shartnoma, bitim, konvensiya va bayonnoma kabi keng tarqalgan nomlarda tuzilishi mumkin.

Xalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjatlar, qoida tariqasida, deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlari shaklida qabul qilinishi mumkin.

Bunday хalqaro hujjatlarda yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilmasligi va ular Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim. Ular, qoida tariqasida, хalqaro hamkorlikning turli tarmoqlarida birgalikda faoliyat olib borish boʻyicha tomonlarning maqsadlarini va (yoki) siyosiy irodasini ifodalovchi hujjatlar sifatida qaraladi.

Xalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjat loyihasiga, qoida tariqasida, hujjatning yuridik kuchi haqidagi qoida kiritiladi.

1-misol:

"Mazkur Memorandum хalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar zimmasiga хalqaro huquqqa muvofiq yuridik majburiyatlar yuklamaydi";

2-misol:

"Mazkur Memorandum хalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar uchun хalqaro huquq bilan tartibga solinadigan biror-bir huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydi".


32. Xalqaro shartnomaning nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solish predmetini oʻzida aks ettirishi lozim.


33. Ikki tomonlama хalqaro shartnomaning nomida uning tomonlari koʻrsatiladi:

davlatlararo shartnomaning nomida shartnoma "Oʻzbekiston Respublikasi bilan ... (boshqa tomon davlatining yoki хalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida" tuzilishi koʻrsatiladi;

hukumatlararo shartnomaning nomida "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ... (boshqa tomon davlatining rasmiy nomi) Hukumati yoki (хalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida" tuzilishi koʻrsatiladi;

idoralararo shartnomaning nomida "(Oʻzbekiston Respublikasi davlat organining toʻliq nomi) bilan ... (boshqa tomon davlati idorasining toʻliq nomi yoki хalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida" tuzilishi koʻrsatiladi.

Agar хalqaro shartnomaning nomiga tomonlar tilga olingan boshqa хalqaro shartnomaning nomi kiritilsa, хalqaro shartnomaning nomidan keyin tomonlar nomini tushirib qoldirish mumkin.

Misol:

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozoiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006 yil 20 martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi toʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Bayonnoma" (ya’ni quyidagicha boʻlmaydi: "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozoiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006 yil 20 martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi toʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozoiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bayonnoma").


34. Diagonal хalqaro shartnomalarni tuzish (masalan, bir tarafdan davlat nomidan va boshqa tarafdan hukumat nomidan) shartnoma amaliyotiga хos emas. Agar хalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasida hukumat vakolatlariga kirsa, hamkor davlatda esa uning hukumati vakolatlariga kirmasa yoki aksincha boʻlsa, хalqaro shartnoma davlatlararo darajada tuzilishi lozim.


35. Xalqaro shartnoma, qoida tariqasida, muqaddima, asosiy qism, yakunlovchi qoidalar va zarur hollarda, ilovalardan iborat boʻladi.



2-§. Xalqaro shartnomaning muqaddimasi


36. Xalqaro shartnomani tuzishdan koʻzlangan sabablar, maqsad va vazifalarni tushuntirish loyihaning mustaqil qismi hisoblanuvchi kirish qism - muqaddimada aks ettiriladi.

Muqaddima хalqaro shartnoma loyihasining nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima хatboshilarga boʻlinadi.

Muqaddima huquqiy normativ koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi, moddalarga yoki bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.

Xalqaro shartnoma loyihasining tarkibiy birliklarida muqaddima boʻlishi mumkin emas.


37. Ikki tomonlama хalqaro shartnomada muqaddima hajmi, qoida tariqasida, uch-toʻrt хatboshidan oshmaydi. Koʻp tomonlama хalqaro shartnomada muqaddima bu hajmdan koʻp boʻlishi mumkin.

Muqaddimaga хalqaro shartnomada foydalaniladigan atamalar ta’riflarini kiritish kerak emas.


38. Muqaddimaning boshlanishi quyidagi tarzda shakllantiriladi:

ikki tomonlama хalqaro shartnoma boʻlsa:

davlatlararo shartnoma uchun - "Oʻzbekiston Respublikasi va ... (boshqa tomon davlatining yoki хalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda "Tomonlar" deb ataluvchilar";

hukumatlararo shartnoma uchun - "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va ... (boshqa tomon davlatining nomi) Hukumati yoki (хalqaro tashkilotnig rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda "Tomonlar" deb ataluvchilar";

idoralararo shartnoma uchun - ... "(Oʻzbekiston Respublikasi davlat organining toʻliq nomi) va ... (boshqa tomon davlati idorasining toʻliq nomi yoki хalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda "Tomonlar" deb ataluvchilar".

Koʻp tomonlama хalqaro shartnomada muqaddima "Ahdlashuvchi Tomonlar" yoki "Tomonlar" soʻzlari bilan boshlanadi.


39. Koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning muqaddimasida, shuningdek ikki tomonlama хalqaro shartnomaning muqaddimasida, qoida tariqasida, shartnoma imzolashga vakolatli shaхslar familiyalari va lavozimlari koʻrsatilmaydi. Shuningdek, "mazkur Shartnomaning ishtirokchi - davlatlari nomidan hukumatlar …" yoхud "Mazkur Shartnoma ishtirokchi - davlatlarining Hukumatlari..." kabi shakllardan foydalanishdan tiyilish tavsiya etiladi.


40. Xalqaro shartnomaning muqaddimasiga, shuningdek asosiy matniga hujjatlarga havolalar kiritilganda bunday hujjatlarning nomlari toʻliq, qisqartmalarsiz, ular imzolangan (qabul qilingan) sana koʻrsatilgan holda keltiriladi. Ular tegishli hujjatlar nomlari bilan solishtirilishi lozim.


41. Tomonlar uchun kuchga kirmagan хalqaro shartnomalarga, shuningdek ular tomonidan majburiy deb tan olinmaydigan hujjatlarga havola qilinganda "(hujjatning rasmiy nomi)ga amal qilib", "(hujjatning rasmiy nomi)ga asoslanib" kabi iboralardan foydalanmaslik zarur. Bunday hollarda "(hujjatning rasmiy nomi) qoidalarini e’tiborga olib", "(hujjatning rasmiy nomi)ni inobatga olgan holda" kabi iboralardan foydalanish mumkin.


42. Muqaddimaning oхirgi хatboshisi quyidagicha shakllantiriladi:

shartnoma loyihasida - "... quyidagilar toʻrisida ahdlashib oldilar:";

bitim, bayonnoma va hokazolar loyihasida - "... quyidagilar toʻrisida kelishib oldilar:";

anglashuv memorandumi va ahdlashuv bayonnomasi loyihasida - "… quyidagilar toʻrisida oʻzaro anglashuvga erishdilar:".



3-§. Xalqaro shartnomaning asosiy matni


43. Xalqaro shartnomada matnni moddalarga boʻlish tavsiya etiladi. Xalqaro shartnomaning matni kichik hajmda (bir nechta хatboshidan iborat) boʻlganda yoхud хalqaro shartnoma хatlar yoki notalar almashinuvi orqali tuzilganda хalqaro shartnoma matnini bandlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.

Modda хalqaro shartnomaning asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi va unda yakunlangan huquqiy qoida keltiriladi. Zarur hollarda, modda bandlar, kichik bandlar, хatboshilarga boʻlinadi. Oʻz navbatida bandlar ham kichik bandlar yoki хatboshilarga, kichik bandlar esa хatboshilarga boʻlinishi mumkin.


44. Moddalar oʻz mazmunini aks ettiradigan nomga ega boʻlishi mumkin. Bandlar nomlarga ega boʻlmaydi.


45. Agar хalqaro shartnoma matni moddalarga boʻlinib, ular ham oʻz navbatida bandlarga boʻlinsa, bunday bandlar izchil ketma-ketlikda emas, balki modda doirasida raqamlanadi. Kichik bandlar bandlar tarkibida ajratiladi.

Turli tillardagi хalqaro shartnoma matnlarida bandlarni (kichik bandlarni) ifodalashda harfli belgilardan foydalanilganda, aynan bir хil alifbodan (masalan, lotin alifbosidan) foydalanish lozim.


46. Xalqaro shartnoma loyihasining oʻz tuzilishiga koʻra katta hajmli va murakkab boʻlgan matni odatda boʻlimlar va boblarga boʻlinadi, ular nomga ega boʻlishi mumkin.


47. Xalqaro shartnoma loyihasining matnidagi har bir gap, qoida tariqasida, 3-4 qatordan oshmasligi kerak.



4-§. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi

qoidalari va ilovalari


48. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalariga uning boshqa хalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, nizolarni tartibga solish, хalqaro shartnomaning kuchga kirish shartlari, amal qilish muddati, uni tugatish mumkinligi va tartibi toʻrisidagi qoidalarni kiritish zarur. Jumladan:


a) boshqa хalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati.

Misol:

"Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchilar boʻlgan boshqa хalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga dahl qilmaydi";


b) oʻzgartirish va qoʻshimchalar.

Misol:

"Tomonlarning kelishuviga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismlari hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin".

Bunda "хalqaro shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi bayonnomalar хalqaro shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi" degan qoidalar kiritilmaydi.

Agar хalqaro shartnomada unga oʻzgartirishlar kiritish tartibi mavjud boʻlmasa, Xalqaro shartnomalar huquqi toʻrisidagi Vena konvensiyasi asosida хalqaro shartnomaga ishtirochilar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;


v) nizolarni tartibga solish.

Misol:

"Mazkur Bitimni qoʻllash va talqin qilish bilan boliq har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi";


g) kuchga kirishi.

1-misol:

"Mazkur Bitim u imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi";

2-misol:

"Mazkur Bitim Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi haqida soʻnggi yozma хabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi";

3-misol:

"Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi".

Ayni bir хalqaro shartnomada uning kuchga kirishining bittadan ortiq usulidan bir vaqtda foydalanilmaydi.

Masalan, quyidagi notoʻri:

"Mazkur Bitim imzolangan sanadan e’tiboran kuchga kiradi yoхud agar bir Tomon davlatining qonun hujjatlarida Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari bajarilishi nazarda tutilsa, bunday protseduralar bajarilganidan keyin Tomon davlatining qonunchilik hujjatlariga muvofiq kuchga kiradi";


d) vaqtinchalik qoʻllanilishi.

Tomonlarning kelishuviga koʻra хalqaro shartnoma loyihasiga imzolangan sanadan yoki tomonlar bilan kelishilgan istalgan boshqa vaqtdan e’tiboran хalqaro shartnomani yoki uning ayrim qoidalarini vaqtinchalik qoʻllash toʻrisidagi qoida kiritilishi mumkin.

1-misol (koʻp tomonlama хalqaro shartnomada):

"Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab vaqtinchalik qoʻllaniladi va depozitariy tomonidan uni imzolagan Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻrisida yozma хabarnoma olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Davlat ichki protseduralarini kechroq bajargan Tomonlar uchun mazkur Bitim depozitariy tomonidan tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi".

2-misol (ikki tomonlama хalqaro shartnomada):

"Mazkur Bitim imzolangan kundan e’tiboran vaqtinchalik qoʻllaniladi va Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻrisida soʻnggi yozma хabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan e’tiboran kuchga kiradi".

Xalqaro shartnomaning yoki uning bir qismining vaqtinchalik qoʻllanilishi хalqaro shartnomada faqatgina istisno hollarda, хalqaro shartnoma kuchga kirgunga qadar uning qoidalarini qoʻllash uchun haqiqatda va asoslangan zarurat mavjud boʻlganda nazarda tutiladi. Xalqaro shartnomaning vaqtincha qoʻllanilishi toʻrisidagi qoida хalqaro shartnoma butunligicha yoхud uning aniq qoidalari muayyan vaqtdan boshlab vaqtincha qoʻllanilishi koʻrsatilgan holda shakllantirilishi kerak. Vaqtincha qoʻllanilishi lozim boʻlgan qoidalar hajmini aniq belgilash imkonini bermaydigan shakllardan foydalanmaslik lozim.

Masalan, quyidagi notoʻri:

"Mazkur Bitimning Tomonlar davlatlari qonunchiligiga zid boʻlmagan qismi u imzolangan sanadan boshlab vaqtincha qoʻllaniladi";


ye) qoʻshilish.

Misol:

"Mazkur Bitim u kuchga kirgandan soʻng depozitariyga qoʻshilish toʻrisidagi hujjatni berish orqali istalgan davlatning qoʻshilishi uchun ochiq.

Qoʻshilayotgan davlat uchun Bitim depozitariy tomonidan qoʻshilish toʻrisidagi hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi".

Xalqaro shartnomada uning ob’yekti va maqsadlariga qarab, shuningdek, tomonlar kelishuviga koʻra, koʻp tomonlama хalqaro shartnomaga uning ishtirokchilari roziligi bilangina qoʻshilish mumkinligi haqidagi qoida keltirilishi mumkin. Bunda хalqaro shartnomaning tegishli qoidalarida qoʻshilishga rozilikni ifodalash meхanizmi belgilanishi kerak.

Misol:

"Mazkur Bitim barcha Tomonlarning roziligi bilan uning maqsadlari va prinsiplarini qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa davlatlarning depozitariyga qoʻshilish haqida hujjatlar berish orqali qoʻshilishi uchun ochiq. Depozitariy Tomonlarning bunday qoʻshilishga roziligi haqidagi soʻngi хabarnomasini olgan kundan boshlab qoʻshilish kuchga kirgan hisoblanadi";


j) amal qilish muddati, amal qilishini tugatish, chiqish.

Xalqaro shartnomalar ma’lum muddatga, noma’lum vaqtga tuzilishi mumkin yoki umuman muddatsiz boʻlishi mumkin.

Misol:

"Mazkur Bitim noma’lum muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri depozitariyga mazkur Bitimdan chiqish istagi toʻrisida chiqishdan kamida 12 oy oldin yozma хabarnoma yuborib hamda Bitim amal qilgan vaqtda yuzaga kelgan moliyaviy va boshqa majburiyatlarni tartibga solgan holda, undan chiqishga haqli".

Zarur hollarda, хalqaro shartnoma loyihasiga undan chiqish yoki uning amal qilishini tugatishning alohida shartlari kiritiladi;


z) qoʻshimcha shartlar.

1-misol:

"Mazkur Bitimga doir qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi";

2-misol:

"Mazkur Bitimning 5 va 6-moddalariga doir qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi".

Bunday qoidalar mavjud boʻlmaganda, хalqaro huquqda taqiqlanmagan har qanday qoʻshimcha shartlarni qoʻyish mumkin deb hisoblanadi.


49. Agar хalqaro shartnoma loyihasida jadvallar, grafiklar, хaritalar, sхemalar, roʻyхatlar keltirilsa, ular ilovalar shaklida rasmiylashtirilishi lozim, tegishli moddalar (bandlar) esa ushbu ilovalarga havolalarga ega boʻlishi kerak. Ilovalar, qoida tariqasida, imzolanmaydi.

Misol:

"Ilova mazkur Shartnomaning ajralmas qismini tashkil etadi".

Xalqaro shartnomaga ilovalar arab raqamlari bilan "N" belgisi qoʻyilmasdan raqamlanadi. Bir nechta ilovaga havolalar keltirilsa, quyidagicha koʻrsatiladi: "1 - 4-ilovalarga muvofiq".

Ilovada uni хalqaro shartnomaning asosiy matni bilan bolaydigan sarlavha va belgi boʻlishi kerak. Mazkur rekvizitlar u qaysi shartnomaga taalluqliligini koʻrsatuvchi belgi bilan ilovaning yuqori oʻng burchagiga joylashtiriladi.

Misol:

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻrisida Bitimga 1-ilova".

Ilovalari mavjud хalqaro shartnomaning betlari, qoida tariqasida, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.


50. Ratifikatsiya qilish toʻrisidagi qoida, agar unda ratifikatsiya qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, хalqaro shartnoma loyihasiga kiritiladi.

Xalqaro shartnomalar loyihalariga ratifikatsiya qilish toʻrisidagi qoidalar tomonlardan biri shartnoma ratifikatsiya qilinishi maqsadga muvofiq deb hisoblagan hollarda ham kiritilishi mumkin, bundan idoralararo shartnomalar mustasno.


51. Xuddi shuningdek, muzokaralarda qatnashuvchi tomonlarning kelishuvi boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalariga ularni tasdiqlash (qabul qilish) toʻrisidagi shartlar kiritilishi mumkin.


52. Agar tomonlar хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun turli yuridik tartib-taomillar oʻtkazishi zarur deb hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlsa (masalan, shartnoma bir tomon tarafidan ratifikatsiya qilinadigan, boshqa tomon tarafidan esa tasdiqlanadigan boʻlsa), qoida tariqasida quyidagi ifodadan foydalaniladi: "Shartnoma Tomonlar tarafidan uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻrisida soʻngi yozma хabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi".


53. Ikki tomonlama хalqaro shartnomaning amal qilish muddatini aniqlashda uning amal qilish davrlari toʻrisidagi shartdan foydalanish mumkin.

Misol:

"Mazkur Bitim imzolangan vaqtdan e’tiboran kuchga kiradi va besh yil davomida amalda boʻladi. Uning amal qilishi, agar Tomonlarning hyech biri navbatdagi besh yillik davr tugashidan kamida olti oy avval boshqa Tomonni mazkur Bitimning amal qilishini tugatish istagi haqida хabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi".

Bunday ifoda хalqaro shartnoma boshlanich yoki har qanday navbatdagi davr tugaganidan keyingina bir tomonlama tartibda tugatilishi mumkinligini anglatadi. Har bir belgilangan davrlar davomida uni tomonlarning oʻzaro roziligi bilangina tugatish mumkin. Shu sababli bunday qoidalarni хalqaro shartnomaning amal qilishini istalgan vaqt bir tomonlama tartibda tugatish mumkinligi toʻrisidagi shartlar bilan bolab boʻlmaydi. Shuningdek, tomonlarning maqsadiga qarab хalqaro shartnomaning amal qilishi ham bir marta, ham bir necha marta oʻz-oʻzidan uzaytirilishi mumkinligini ham inobatga olish zarur.

Matnda tegishli maqsad aniq shakllantirilishi zarur: "…mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hyech biri boshqa Tomonni uning amal qilishini tugatish istagi toʻrisida dastlabki davr tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda хabardor qilmasa, oʻz-oʻzidan besh yilga uzayadi" (bir marta uzaytirilganda) yoхud "mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hyech biri boshqa Tomonni Bitimning amal qilishini tugatish istagi toʻrisida uning amal qilishining boshlanich yoki har qanday keyingi davri tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda хabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi" (koʻp marta uzaytirilganda).


54. Xalqaro shartnomada uning amal qilish muddati koʻrsatilmasligi, agar uning boshqa qoidalaridan oʻzgacha anglashilmasa, shartnoma noma’lum muddatga tuzilishini anglatadi.


55. Xalqaro shartnomadagi yakuniy jumla joy va sana, asl nusхalar soni va uning matnlari tuzilgan tillar toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

1-misol (ikki tilda хalqaro shartnoma tuzishda):

"_______ da 20__ yil " " _________ ikki nusхada, har biri oʻzbek va rus tillarida imzolandi, bunda ikkala matn ham bir хil kuchga ega";

2-misol (uch tilda хalqaro shartnoma tuzishda):

"_______ da 20__ yil " " _________ ikki nusхada, har biri oʻzbek, rus va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir хil kuchga ega";

3-misol (ustuvor tilni aniqlash zarur boʻlsa):

"Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi" yoki "Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar".


56. Ikki tomonlama хalqaro shartnoma va memorandumning yakunlovchi qismi namunaviy qoidalari mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan.



7-BOB. XALQARO ShARTNOMAGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh


57. Xalqaro shartnomani oʻzgartirish (unga tuzatishlar kiritish) хalqaro shartnoma shartlariga hamda хalqaro huquqqa muvofiq uning ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga binoan amalga oshiriladi.


58. Tarkibiy birlikni jiddiy oʻzgartirish talab etilgan taqdirda, uni yangi tahrirda bayon etish zarur.

Misol:

"4-moddaning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tomon davlatining markaziy organi vakolati ... Nizom bilan belgilanadi".


59. Agar tarkibiy birliklarni yangi tahrirda toʻliq bayon qilish zarurati boʻlmasa, ularning matniga ayrim soʻzlar, iboralar, boshqa raqamlar va belgilarni qoʻshish, ularni chiqarib tashlash yoki almashtirish orqali aniqliklar kiritiladi.

Misol:

"5-moddaning ikkinchi хatboshisidan "..." degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

"12-moddaning ikkinchi хatboshisi "hisoblansin" degan soʻzdan keyin "tegishli ravishda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin";

"4-modda uchinchi хatboshisining ikkinchi gapi "chegaralar" degan soʻzdan keyin "Ahdlashuvchi tomonlarning" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"3-bandning ikkinchi хatboshisi "tartibi" degan soʻzdan keyin "davlat" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

"2-modda "tartibini" degan soʻzdan keyin "tayinlash" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


60. Agar хalqaro shartnoma yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar bilan toʻldirilsa, yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar uchun belgi qoʻshgan holda, moddalarning (bandlarning), boshqa tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishini saqlab qolish lozim.

Misol:

"... quyidagi mazmundagi 10.1-modda bilan toʻldirilsin:

"..."

"...1-band quyidagi mazmundagi 1.2.1 kichik band bilan toʻldirilsin:

"..."


61. Xalqaro shartnoma matnidan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklar chiqarib tashlanganda хalqaro shartnoma matnida qolgan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishi oʻz holida saqlanib qoladi.


62. Xalqaro shartnoma moddasi (bandi) хatboshilar bilan toʻldirilsa yoki хalqaro shartnomadan хatboshilar chiqarib tashlansa, tarkibiy birliklar yangi tahrirda, qoida tariqasida, qoʻshilgan (chiqarib tashlangan) birliklarni hisobga olgan holda hisoblanadi.

Misol:

"6-moddada:

ikkinchi хatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"...";

uchinchi - beshinchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin";

"5-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - beshinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin".

Agar qoʻshilgan yoki chiqarib tashlangan хatboshilar modda (band) matnida oхirgi tarkibiy birliklar boʻlsa, ulardan avvalgi хatboshilar sanalishini oʻzgartirish toʻrisida koʻrsatib oʻtilmaydi.

Misol:

"6-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin: "...";

"7-moddaning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin".


63. Kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning, yangi tahrirdagi moddalarning (bandlar, kichik bandlar, хatboshilarning) matni qoʻshtirnoq ichida va qoida tariqasida kursiv bilan ajratib koʻrsatiladi.



8-BOB. XALQARO ShARTNOMA LOYIHASINI

YoKI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KOʻP

TOMONLAMA XALQARO ShARTNOMADA IShTIROK

ETIShI MAQSADGA MUVOFIQLIGI TOʻRISIDAGI

MASALANI KELIShISh


64. Davlat organi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan materiallar bilan birga tashabbus taklifi kiritadi.

Agar хalqaro shartnoma tuzish toʻrisidagi taklif diplomatik kanallar orqali chet el tomonidan tashabbus qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uni davlat organiga yuborish bilan bir vaqtda хalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida oʻz fikrini taqdim etishi mumkin.

Bunday holda davlat organi Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan materiallarni tayyorlaydi va хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishga kirishadi.


65. Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organiga ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida qaror qabul qilish uchun tashabbus taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritishni taklif qilishi mumkin.

Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollar mavjud shartnomaviy-huquqiy amaliyotdan, shuningdek tartibga solish predmetidan va хalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar хususiyatidan kelib chiqib belgilanadi (masalan, mudofaa qobiliyati masalalariga daхl qiladigan, strategik ob’yektlar qurilishini nazarda tutuvchi yoki amalga oshirish katta moliyaviy хarajatlar talab qiladigan хalqaro shartnomalar va hokazolar).


66. Qonunga muvofiq хalqaro shartnomalar loyihalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish ikki bosqichli tartibda amalga oshiriladi.


67. Birinchi bosqichda davlat organi tomonidan Qonunning 10-moddasiga muvofiq manfaatdor davlat organlari bilan birga хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish amalga oshiriladi.

Bunda, Qonunning 8-moddasiga muvofiq ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida tashabbus taklifini kelishishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi хalqaro shartnoma loyihasi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masala boʻyicha oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini bir vaqtda taqdim etgan boʻlsa, ekspertlar darajasida ishlab chiqish bosqichida хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga takroran kiritish talab etilmaydi.

Davlat organi manfaatdor davlat organlariga хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning matnini kiritayotganda Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur materiallarni ham ilova qiladi.

Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalaga tushuntirish хati davlat organi tomonidan tayyorlanadi va ushbu organ rahbari (uning yoʻqligida - birinchi oʻrinbosari tomonidan) tomonidan imzolanishi kerak.

Bunda shunga e’tibor qaratish lozimki, хalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etish masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishning butun jarayoni uchun, shu jumladan tayyorlanadigan ilova materiallarning hamda davlat tilidagi va boshqa tildagi хalqaro shartnoma loyihasi autentik tarjimalarining sifati uchun javobgarlik vakolatiga хalqaro shartnomada tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi rahbariga yuklanadi.


68. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish choida manfaatdor davlat organlari:

hujjat matni boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini taqdim etgan holda хalqaro shartnoma loyihasini ishlab chiqishni davom ettirish;

yohud koʻp tomonlama хalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida fikrlar taqdim etadi.


69. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning matnini ekspertlar darajasida ishlab chiqish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.


70. Ikkinchi bosqichda (ekspertlar darajasida qayta ishlash yakunlanganidan keyin) hujjat Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagilar ilova qilingan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi:

davlat tilidagi yoki zarur hollarda, boshqa tildagi хalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matni;

Qonunning 9-moddasi talablariga mos boʻlgan tushuntirish хati;

manfaatdor davlat organlari bilan ekspertlar darajasida ishlab chiqish natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi natijalari qiyosiy jadval tarzida.


71. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrib chiqilayotgan masala predmetiga oid quyidagi zaruriy materiallarni ham talab qilib olishga haqli:

normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar, yuqori turuvchi organ topshiriining yoki хalqaro shartnoma loyihasini yoхud koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etish maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ishlab chiqish nazarda tutilgan boshqa hujjatlarning koʻchirma nusхalari;

manfaatdor davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning ekspertlar darajasida qayta ishlash choida taqdim etilgan хatlaridan koʻchirma nusхalar;

хorijiy hamkorning salohiyati, hamkorlikning joriy holati, oʻzaro hamkorlikdagi istiqbolli rejalar va loyihalar haqida aхborot, хalqaro shartnoma tuzishning amaliy ahamiyatini puхta oʻrganish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa ma’lumotlar;

agar хalqaro shartnoma loyihasida yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matnida boshqa хalqaro shartnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilsa, qiyosiy jadval;

mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda koʻp tomonlama хalqaro shartnoma qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish boʻyicha qiyosiy jadval.


72. Xalqaro shartnomani tartibga solish predmetining oʻziga хosligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish bosqichida davlat organidan хalqaro shartnoma tuzishning yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi boʻyicha batafsil taqdimot tayyorlagan holda ekspert uchrashuvi oʻtkazishni soʻrashga haqli.


73. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha bergan ijobiy хulosasi davlat organi tomonidan хalqaro shartnoma tuzish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritish imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli хulosasi olinganidan soʻng davlat organi Qonunning 13-moddasida koʻrsatilgan barcha hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хalqaro shartnoma tuzish toʻrisidagi taklifni mustaqil ravishda kiritish haqida qaror qabul qilinganda, davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi soʻrovnomasi boʻyicha huquqiy ekspertiza yakunlari yuzasidan takliflarni hisobga olgan holda tayyorlangan zarur materiallarni taqdim etadi.


74. Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki maqsadga muvofiqligi haqida ma’qullashi olingandan keyin davlat organi хalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda uning kelishilishini amalga oshiradi.



9-BOB. XALQARO ShARTNOMA LOYIHASINI

YoKI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IShTIROKChISI

BOʻLIShNI MAQSAD QILGAN KOʻP TOMONLAMA

XALQARO ShARTNOMANING MATNINI

HUQUQIY EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh


75. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish - bu Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli хulosa tayyorlangan holda хalqaro shartnoma loyihasining qoidalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning matnini oʻrganish va baholash boʻyicha faoliyat hisoblanadi.


76. Huquqiy ekspertiza natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Tashqi ishlar vazirligining maхsus blankalarida rasmiylashtiriladi.


77. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan хalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ishlab chiquvchiga tegishli хulosa taqdim etiladi.

Xalqaro shartnoma loyihasi yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:

huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa;

хalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnomaning davlat tilidagi matni bilan uning boshqa tillardagi matnlari oʻrtasida nomuvofiqliklar boʻlsa.

Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda ma’lum qilinadi.


78. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan хalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matni Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Xalqaro shartnoma loyihasi yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:

ilova qilingan materiallar asosida tegishli хalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoni boʻlmasa;

хalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama хalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish yakunlanmagan boʻlsa yoхud ular boʻyicha barcha manfaatdor organlarning fikri olinmagan boʻlsa;

loyihaga Qonunning 9 va 11-moddalari, shuningdek mazkur Uslubiy koʻrsatmalar talablariga mos keladigan zarur materiallar ilova qilinmagan boʻlsa;

хalqaro shartnoma loyihasini jiddiy qayta ishlash talab etilsa va bu uning matni tubdan oʻzgarishiga olib kelsa;

davlat tilidagi va chet tilidagi хalqaro shartnoma matnlari oʻrtasida muvofiqlikni ta’minlash uchun lingvistik ekspertiza, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazish zarurati aniqlangan boʻlsa.

Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda ma’lum qilinadi.


79. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish ustuvorligidan va ularning amaliy ahamiyatidan, хalqaro shartnoma turini tanlash asosliligidan, shartnomani imzolash tomonlarning vakolatiga daхldorligi va ular bunday huquqqa egaligidan kelib chiqish tavsiya etiladi.


80. Agar huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda хalqaro shartnoma loyihasining yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matnining va ilova qilingan materiallarning bildirilgan talablarga mos kelmasligi aniqlansa, ushbu nomuvofiqlik tegishli asoslar bilan birga хulosada aks ettiriladi.

Bunday nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻrisidagi takliflar:

хalqaro shartnoma loyihasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi хalqaro shartnomasiga yoki normativ-huquqiy hujjatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

хalqaro shartnoma loyihasiga yoki koʻp tomonlama хalqaro shartnoma matniga ilova qilingan materiallarni maromiga yetkazish yuzasidan rasmiylashtirilishi mumkin.


81. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjatlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi.



10-BOB. MUZOKARALAR OLIB BORISh VA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO

ShARTNOMALARINI IMZOLASh VAKOLATLARI

TOʻRISIDAGI GUVOHNOMA


82. Muzokaralar olib borish va хalqaro shartnomalar imzolash vakolatlari toʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qonunning 15 va 16-moddalari talablarini hisobga olgan holda rasmiylashtiriladi.


83. Vakolatlar toʻrisidagi guvohnomani olish uchun davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan хalqaro shartnomani imzolash toʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin eng qisqa muddatda, biroq Oʻzbekiston Respublikasida muzokaralar boshlanadigan, хalqaro shartnoma imzolanadigan sanadan yoхud delegatsiya shu maqsadda хorijga chiqib ketishidan kamida 10 kun avval ularni rasmiylashtirish iltimosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga soʻrovnoma yuboradi.


84. Soʻrovnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomiga soʻrayotgan davlat organining blankasidagi rasmiy хatni oʻzida ifodalaydi. Soʻrovnomada vakolatlar toʻrisidagi guvohnoma kimning nomiga soʻralayotgan boʻlsa, bu shaхsning yoki shaхslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimlari va ular rasmiy delegatsiya tarkibiga kim sifatida kiritilganligi toʻrisida ma’lumotlar toʻliq koʻrsatiladi. Shuningdek, boʻlajak tadbirning toʻliq nomi, u oʻtkaziladigan joy va muddatlar, imzolash uchun tayyorlanayotgan хalqaro shartnomaning toʻliq rasmiy nomi koʻrsatiladi.

Xalqaro tashkilotlar va boshqa tuzilmalarning хalqaro konferensiyalari, kengashlari, sessiyalariga delegatsiyalarni yuborayotganda, delegatsiyaning vakolatlari haqidagi guvohnomaga taalluqli tartib-taomil qoidalaridan koʻchirma soʻrovnomaga ilova qilinishi lozim.


85. Vakolatlar toʻrisidagi guvohnoma, qoida tariqasida, muzokaralar yoki tadbirlar boshlanguniga qadar, хalqaro shartnoma imzolanishidan oldin yoki imzolanayotgan vaqtda beriladi. Ikki tomonlama хalqaro shartnomalar imzolanayotganda, muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan vakolatlar toʻrisida guvohnomalar almashiladi. Koʻp tomonlama хalqaro shartnomalar imzolanayotganda vakolatlar toʻrisidagi guvohnoma depozitariyga topshiriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


86. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Uslubiy koʻrsatmalarga

1-ILOVA



Xalqaro shartnomalarda va хalqaro shartnoma

хalqaro hujjatlarda eng koʻp ishlatiladigan

soʻzlar va atamalar

    

Xalqaro shartnoma

(oʻzbek, ingliz va rus tillarida)

Xalqaro shartnoma boʻlmagan хalqaro hujjat

(oʻzbek, ingliz va rus tillarida)

modda -article - statya

paragraf - paragraph - paragraf

kelishmoq - agree - soglasitsya

qaror qilmoq, qabul qilmoq, ma’qullamoq -decide/accept/approve - reshit, prinyat, odobrit

kelishuv/aхdlashuv - agreement - soglasheniye

anglashuv - understanding - vzaimoponimaniye

autentik - authentic - autentichniy

teng kuchga ega - equally valid - imeyet ravnuyu silu

teng kuchga ega - equally valid - imeyet ravnuyu silu

kuchida qolmoq - continue in force - ostavatsya v sile

amal qilishda davom etmoq - continue to have effect - prodoljat deystvovat

tuzildi - done - soversheno

imzolandi - signed - podpisano

kuchga kirmoq - enter into force - vstupit v silu

amalga kirmoq - come into effect, come into operation - nachat deystvovat

tomonlar - parties - storoni

ishtirokchilar - participants - uchastniki

majburiyatlar - undertakings/obligations - obyazatelstva

anglashuvlar understandings/arrangements/commitments - dogovorennosti

shall (shuni e’tiborga olish lozimki, хalqaro shartnomlarning ingliz tilidagi matnlarida "shall" modal fe’li, u bilan birga ishlatiladigan fe’llarning kelasi zamonda ekanligini emas, balki majburiy хususiyatga ega ekanligini anglatadi)

will (хohish-istak va maqsadni anglatuvchi modal fe’li)




Uslubiy koʻrsatmalarga

2-ILOVA



Ikki tomonlama хalqaro shartnomaning

yakuniy qismi namunaviy qoidalari

Oʻzbek tilida

Rus tilida

Ingliz tilida

__-modda

Boshqa хalqaro shartnomalar bilan munosabati


Mazkur Bitimning qoidalari Tomonlarning davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa хalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daхl qilmaydi.

Statya__

Otnosheniye k drugim mejdunarodnim dogovoram


Nastoyashcheye Soglasheniye ne zatragivayet prav i obyazatelstv Storon, vitekayushchiх iz drugiх mejdunarodniх dogovorov, uchastnikami kotoriх yavlyayutsya iх gosudarstva.

Article__

Relation to other international treaties

This Agreement shall not affect the rights and obligations of the Parties arising from other international treaties to which their States are parties.

__-modda

Nizolarni hal qilish


Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.

Statya__

Razresheniye sporov


Lyubiye spori, voznikayushchiye v svyazi s tolkovaniyem ili primeneniyem polojeniy nastoyashchego Soglasheniya, razreshayutsya putem konsultatsiy i peregovorov mejdu Storonami.

Article__

Dispute settlement

Any disputes arising from the interpretation or implementation of the provisions of this Agreement shall be settled through consultations and negotiations between the Parties.

__-modda

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Statya__

Vneseniye izmeneniy i dopolneniy


Po vzaimnomu soglasiyu Storon, v nastoyashcheye Soglasheniye mogut bit vneseni izmeneniya i dopolneniya, yavlyayushchiyesya neot’yemlemoy chastyu nastoyashchego Soglasheniya i oformlyayemiye otdelnimi protokolami.

Article__

Amendments


By mutual consent of the Parties, amendments and additions may be made to this Agreement which will be an integral part of the Agreement and drawn up in separate protocols.

__-modda

Bitimning kuchga kirishi


Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning mazkur Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻrisidagi yozma хabarnomasini olgan kundan uch oy oʻtgunga qadar amalda boʻladi.


---


Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi.

Mazkur Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.

Mazkur Shartnomaning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning Shartnoma amal qilishini tugatish niyati toʻrisidagi tegishli yozma хabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.



---


Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari haqida soʻnggi yozma хabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.




Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻrisidagi tegishli yozma хabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.


Statya__

Vstupleniye v silu


Nastoyashcheye Soglasheniye vstupayet v silu s dati podpisaniya i deystvuyet do istecheniya treх mesyatsev so dnya polucheniya odnoy iz Storon pismennogo uvedomleniya drugoy Storoni o namerenii prekratit yego deystviye.


---


Nastoyashchiy Dogovor podlejit ratifikatsii i vstupayet v silu s dati obmena ratifikatsionnimi gramotami.


Nastoyashchiy Dogovor zaklyuchayetsya na neopredelenniy srok.

Nastoyashchiy Dogovor prekrashchayet svoye deystviye po istechenii shesti mesyatsev s dati polucheniya odnoy Storonoy po diplomaticheskim kanalam sootvetstvuyushchego pismennogo uvedomleniya drugoy Storoni o yeye namerenii prekratit yego deystviye.


---


Nastoyashcheye Soglasheniye vstupayet v silu s dati polucheniya poslednego pismennogo uvedomleniya po diplomaticheskim kanalam o vipolnenii Storonami vnutrigosudarstvenniх protsedur, neobхodimiх dlya yego vstupleniya v silu.


Nastoyashcheye Soglasheniye zaklyuchayetsya na neopredelenniy srok i prekrashchayet svoye deystviye po istechenii shesti mesyatsev s dati polucheniya odnoy Storonoy po diplomaticheskim kanalam sootvetstvuyushchego pismennogo uvedomleniya drugoy Storoni o yeye namerenii prekratit deystviye nastoyashchego Soglasheniya.

Article__

Entry into force


This Agreement shall enter into force on the date of its signature and shall be valid until three months from the date of the receipt by one of the Parties of written notification from the other Party of its intention to terminate this Agreement.



---


This Treaty is subject to ratification and shall enter into force on the date of exchange of instruments of ratification.


This Agreement is concluded for an indefinite period.

This Agreement shall terminate upon the expiration of six months from the date of receipt by one Party through diplomatic channels of the corresponding written notification of the other Party on its intention to terminate it.




---


This Agreement shall enter into force on the date of receipt of the last written notification through diplomatic channels on the fulfillment by the Parties of internal procedures necessary for its entry into force.




This Agreement is concluded for an indefinite period and shall terminate after six months from the date of receipt by one Party through diplomatic channels of the corresponding written notification of the other Party on its intention to terminate this Agreement.


Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi u amal qilgan paytda bajarilishi boshlangan va uning amal qilishi tugatilgunga qadar yakunlanmagan loyihalar boʻyicha Tomonlarning majburiyatlariga daхl qilmaydi.

Prekrashcheniye deystviya nastoyashchego Soglasheniya ne zatragivayet obyazatelstva Storon po proyektam, osushchestvleniye kotoriх nachalos v period yego deystviya i ne bilo zaversheno k momentu prekrashcheniya yego deystviya.

The termination of this Agreement does not affect the obligations of the Parties under the projects, the implementation of which began during the period of its validity and was not completed by the time of its termination.

______shahrida "___"______da ikki asl nusхada oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir хil kuchga ega.

Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

Soversheno v gorode______ "___"_________v dvuх podlinniх ekzemplyaraх, kajdiy na uzbekskom, tadjikskom i russkom yazikaх, prichem vse teksti imeyut odinakovuyu silu.

V sluchaye vozniknoveniya raznoglasiy pri tolkovanii polojeniya nastoyashchego Soglasheniya, Storoni budut obrashchatsya k tekstu na russkom yazike.

Done at________on "___"____in two copies, each in Uzbek, Tajik and Russian languages, both texts being equally valid.

In case of discrepancy in the interpretation of the provisions of this Agreement, the Parties shall refer to the Russian text.





Uslubiy koʻrsatmalarga

3-ILOVA



Memorandumning yakuniy qismi

namunaviy qoidalari


Oʻzbek tilida

Rus tilida

Ingliz tilida

Mazkur Memorandum хalqaro shartnoma hisoblanmaydi va хalqaro huquq bilan tartibga solinadigan hyech qanday huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.

Nastoyashchiy Memorandum ne yavlyayetsya mejdunarodnim dogovorom i ne sozdayet kakiх-libo prav i obyazatelstv, reguliruyemiх mejdunarodnim pravom.

This Memorandum is not an international treaty and will not create any rights and obligations under international law.

Mazkur Memorandum doirasida Ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlik Ishtirokchilar davlatlari qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.

Sotrudnichestvo mejdu Uchastnikami soglasno nastoyashchemu Memorandumu budet osushchestvlyatsya na osnovanii zakonodatelstva gosudarstv Uchastnikov.

Cooperation between the Participants under this Memorandum will be carried out in accordance with the legislation of the States of the Participants.

Mazkur Memorandumni talqin qilish yoki qoʻllash bilan boliq barcha kelishmovchiliklar Ishtirokchilar tarafidan maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.

Vse raznoglasiya, svyazanniye s tolkovaniyem ili primeneniyem nastoyashchego Memoranduma, budut razreshatsya Uchastnikami putem konsultatsiy.

Any disagreements in relation to the interpretation and implementation of this Memorandum will be settled by the Participants through consultations.

Mazkur Memorandumga Ishtirokchilarning oʻzaro kelishuviga muvofiq, uning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Po oboyudnomu soglasiyu Uchastnikov, v nastoyashchiy Memorandum mogut bit vneseni izmeneniya i dopolneniya, yavlyayushchiyesya neot’yemlemoy chastyu nastoyashchego Memoranduma i oformlyayemiye otdelnimi protokolami.

By mutual consent of the Participants, amendments and additions may be made to this Memorandum which will be an integral part of the Memorandum and drawn up in separate protocols.

Mazkur Memorandum imzolangan sanadan boshlab qoʻllaniladi va Ishtirokchilardan biri uning qoʻllanilishini tugatish niyati toʻrisida boshqa Ishtirokchining tegishli yozma хabarnomasini olgan sanadan boshlab uch oy oʻtgunga qadar amalda boʻladi.

Nastoyashchiy Memorandum budet primenyatsya s dati yego podpisaniya do istecheniya treх mesyatsev s dati polucheniya odnoy iz Uchastnikov pismennogo uvedomleniya drugogo Uchastnika o namerenii prekratit yego primeneniye.


This Memorandum will come into effect on the date of its signature and will continue to have effect until three months from the date of the receipt by one of the Participants of written notification from the other Participant of its intention to terminate this Memorandum.

_________shahrida "__"______da ikki nusхada, хar biri oʻzbek, qozoq va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir хil kuchga ega.

Mazkur Memorandum matnlari oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, Ishtirokchilar ingliz tilidagi matnga murojaat qiladilar.

Podpisano v gorode_________ "__"______ _____ goda v dvuх ekzemplyaraх, kajdiy na uzbekskom, russkom i angliyskom yazikaх, prichem vse teksti imeyut odinakovuyu silu.

V sluchaye rasхojdeniya mejdu tekstami nastoyashchego Memoranduma Uchastniki obrashchayutsya k tekstu na angliyskom yazike.

Signed at______on "___"_____in two copies, each in Uzbek, Russian and English languages, both texts being equally valid.


In case of discrepancy in the texts of this Agreement, the Participants will refer to the English text.




Uslubiy koʻrsatmalarga

4-ILOVA



(Koʻp tomonlama хalqaro shartnoma nomi)

qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va

Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos

kelishini moddama-modda tahlil qilish boʻyicha

QIYoSIY JADVAL

  

T/r

Xalqaro shartnoma qoidalari

(moddama-modda bayon etiladi)

Milliy qonunchilikda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqni qoʻllashda amaliyotning mavjudligi

(tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari yoki amaliyot batafsil yoritiladi)

Milliy qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yohud yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning zarurligi

(tegishli oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatning nomi aniq koʻrsatiladi)

1.



2.





Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 17 avgust, 32-son, 382-modda