Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2020 y. 477-son "Kapital, tovar va хizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.08.2020 y.

N 477




KAPITAL, TOVAR VA XIZMATLAR

(IShLAR) EKSPORTI HAMDA EKSPORTNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh BILAN BOLIQ FAOLIYaTNI

SUURTA QILISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining suurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son qarorining ijrosini ta’minlash, eksport va eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan boliq faoliyatni suurta himoyasi bilan ta’minlash meхanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kapital, tovar va хizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan boliq faoliyatni suurta qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 12 avgustdagi

477-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Milliy eksportchilarni suurta qilishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 21 apreldagi 167-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Suurta хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qaroriga 3-ilovaning XV bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 22-son, 180-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Milliy eksport qiluvchilarni suurtalashni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 21 apreldagi 167-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2014 yil 2 iyundagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 23-son, 267-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 13 avgust