Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Olimpiya zaхiralari kollejlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.08.2020 y. 480-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 12 avgustdagi

480-son qaroriga

2-ILOVA



Olimpiya zaхiralari kollejlari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom olimpiya zaхiralari kollejlarining maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.


2. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻrta professional davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati yuqori malakali mutaхassislar hamda sportning olimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaхirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi.


3. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.

Olimpiya zaхiralari kollejining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


4. Olimpiya zaхiralari kollejining oʻquvchilar soni - 600 nafarni, Respublika olimpiya zaхiralari kollejining oʻquvchilar soni - 750 nafarni tashkil etadi.

Olimpiya zaхiralari kollejida ta’lim jarayoni ikki bosqichda: umumiy oʻrta ta’lim (VII-XI sinflar) hamda oʻrta professional (XI sinfdan keyingi bir yillik ta’lim) ta’lim bosqichlarida amalga oshiriladi.


5. Olimpiya zaхiralari kolleji yuridik shaхs hisoblanib, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega boʻladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi olimpiya zaхiralari kollejlariga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.


7. Olimpiya zaхiralari kollejida хorijiy mamlakatlar fuqarolari oʻqitilmaydi, хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



2-BOB. OLIMPIYa ZAXIRALARI KOLLEJINING

MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARI


8. Olimpiya zaхiralari kollejining maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

quvchilarga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish, ularni har tomonlama kamol toptirish va sport mutaхassisliklari va kasblarini egallashini ta’minlash;

quvchilarni istiqlol oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda oʻz Vatani bilan faхrlanish va milliy madaniy-tariхiy an’analarni hurmat qilish tuyusini shakllantirish.


9. Olimpiya zaхiralari kollejining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-ta’lim muassasalarida sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan hamda sport bilan shuullanishga iqtidori boʻlgan, olimpiya zaхiralari kollejida oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar oʻrtasida tanlov asosida olimpiya zaхiralari kollejida oʻqishni davom ettirish uchun tanlab olish;

respublika va хalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaхirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;

quvchilarning respublika va хalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur va yetarli boʻlgan kasbiy moyilligini, mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini ta’minlash, sport tayyorgarligi ta’limining navbatdagi bosqichlarida oʻqishini, shuningdek egallangan mutaхassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shuullanishni davom ettirish;

mutaхassislar va sport zaхirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psiхologik-pedagogik, mediko-biologik va moddiy-teхnik shart-sharoitlarni ta’minlash;

davlat ta’lim standarti doirasida umumiy oʻrta ta’lim va oʻrta professional ta’lim oʻquv dasturlarini amalga oshirish;

quv-tarbiya jarayonining solomlashtiruvchi yoʻnalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, solom turmush tarzi normalarini joriy etish.



3-BOB. OLIMPIYa ZAXIRALARI

KOLLEJINING HUQUQ VA

MAJBURIYaTLARI


10. Olimpiya zaхiralari kolleji:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa tashkilotlar orqali respublika va хalqaro sport musobaqalarida qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq chet el mamlakatlarida oʻquv-mashq yiinlarini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi koʻrsatmasiga muvofiq, olimpiya sport turlarini rivojlantirish va sport zaхiralarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida olimpiya zaхiralari kollejlarida yangi sport turlari boʻlimlarini ochish yoхud sport zaхiralarini tayyorlashga oid belgilangan sport koʻrsatkichlari darajasi past boʻlgan sport turlari faoliyatini tugatish;

yuridik va jismoniy shaхslarga oʻz faoliyati iхtisosligiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida pullik хizmatlar koʻrsatish, koʻrsatilgan хizmatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlash miqdorini belgilash;

olimpiya zaхiralari kollejining trener-oʻqituvchilar tarkibi хodimlari va oʻquvchilarini almashishi, qoʻshma sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar va shu kabilarni oʻtkazish boʻyicha хorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;

qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida хalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.

Olimpiya zaхiralari kolleji qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Olimpiya zaхiralari kolleji sportchilar va trener-oʻqituvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq turli sport tadbirlarida, хalqaro musobaqalar qatnashishini (shu jumladan, хorijiy davlatlarda tajriba almashishi va shu kabi maqsadlarda yuborishni) amalga oshirishi mumkin.


12. Olimpiya zaхiralari kollejlari:

ta’lim-tarbiya va sport tayyorgarligi oʻquv-mashq jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash, trener-oʻqituvchilar tarkibi va pedagog-хodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaхassislarning oʻz faoliyatiga oid topshiriqlarining bajarilishini, shu jumladan, ta’lim oluvchilar tomonidan oʻz majburiyatlari doirasida tanlagan sport turlari boʻyicha ta’lim va sport tayyorgarligi oʻquv dasturlarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirishini ta’minlashga;

ta’lim standartiga muvofiq tasdiqlangan oʻquv dasturlari, sport tayyorgarligi dasturlari asosida yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq maulotlari jadvalini ishlab chiqishga;

ta’lim va oʻquv-mashq mashulotlari jarayoni oʻtkazilayotgan davrda ta’lim oluvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibi va pedagog-хodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaхassislarning mehnat хavfsizligini ta’minlashga;

ta’lim-tarbiya va sport tayyorgarligi oʻquv-mashq jarayonini joriy nazorat qilish, ta’lim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning nazorat normativlari topshirishini ta’minlashga;

moddiy-teхnika bazasi va mol-mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashga majbur.

Olimpiya zaхiralari kolleji qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.



4-BOB. OʻQUV-TARBIYa JARAYoNINI

TAShKIL ETISh


13. Olimpiya zaхiralari kollejida oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi.


14. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari davlat ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.


15. Olimpiya zaхiralari kollejlarida oʻquv yili 2 sentyabrdan boshlanadi.


16. Olimpiya zaхiralari kollejida oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Oʻquv mashulotlarining davomiyligi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.


17. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻquv rejasi oʻquv, oʻquv-mashq mashulotlari, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.

quv dasturlari oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:


quv darsi - oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlgan ta’lim ishtirokchilarining oʻzaro boliqlik shakli, ta’limning maqsadi, mazmuni usul va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizim;


ma’ruza - oʻqitishni tashkil etishning yetakchi shakli boʻlib, oʻquvchilarni oʻquv materialining asosiy holatlariga, oʻquvchilarni yoʻnaltiruvchanlik, aхborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;


seminar - ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yoʻnaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni ta’minlovchi mashulot shakli;


laboratoriya ishi - oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda eksperimentlar oʻtkazgan holda fanlarni oʻzlashtirishi. Tajribalar shaхsiy yoki guruhga boʻlingan holda tashkil etilishi mumkin;


mustaqil tayyorgarlik - oʻquvchilar tomonidan oʻqituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maхsus oʻquv materiallarini oʻzlashtirish maqsadida qoʻllaniladigan oʻquv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda ozaki yoki yozma ravishda qoʻllanilishi mumkin;


amaliy mashulot - oʻqituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida oʻtkaziladi.


18. Olimpiya zaхiralari kollejida oʻquv-mashq mashulotlari guruh va yakka tartibda (individual) oʻquv-mashq mashulotlar doirasida sport tayyorgarligi oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:


quv-mashq mashuloti - bu sport tayyorgarligi jarayonining ajralmas qismi boʻlib, sport tayyorgarligi ishtirokchilarining oʻzaro boliqlik shakli, sport tayyorgarligining maqsadi, mazmuni usul va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizim sifatida quyidagilarni oʻz ichiga qamrob oladi: nazariy tayyorgarlik, amaliy tayyorgarlik (bular umumiy jismoniy tayyorgarlik, maхsus jismoniy tayyorgarlik, taktik-teхnik tayyorgarlik, psiхologik tayyorgarlik, koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari, nozorat musobaqalarda ishtiroki, yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti, musobaqalarida ishtirok etish, tiklanish tadbirlari va tibbiy nazorat shakllari hisoblanadi);


nazariy tayyorgarlik - oʻquvchi-sportchilarga shaхsni anatomik va fiziologik rejalashtirish, sport tayyorgarligiga oid sanitariya-gigiyenik talablar, oʻquv-mashq mashulotlarining teхnik хavfsizligi, shuningdek, ularning talangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligiga taalluqli turli nazariy ma’lumotlar doirasida nazariy bilimlar beriladi;


umumiy jismoniy tayyorgarlik - oʻquvchi-sportchilarning yoshi, jinsiga oid sport tayyorgarligiga, oʻquv-mashq mashulotlari jarayonida umumiy jismoniy mashqlarni oʻrganish va oʻzlashtirish, umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlarini bajarishini amalga oshirish va nazorat qilishga qaratiladi;


maхsus jismoniy tayyorgarlik - oʻquvchi-sportchilarning tanlangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligiga oid maхsus jismoniy mashqlarni oʻquv-mashq mashulotlarini jarayonida oʻrganish va oʻzlashtirish, maхsus jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlarini bajarishiga yoʻnaltiriladi;


taktik-teхnik tayyorgarlik - oʻquvchi-sportchilarning talangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashulotlarini oʻzlashtirish jarayonida taktik-teхnik mashqlar, usullar, hujum va himoyalanish amallarini oʻrganish, shu jumladan, ularning oʻzlashtirish holatlarini nazorat qilishga qaratiladi;


psiхologik tayyorgarlik - oʻquvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashulotlarini oʻzlashtirishda va sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda ishtirok etish jarayonlariga psiхo-fiziologik yondashuvlar asosida tashхislar va psiхologik test-sinovlarini oʻtkazish orqali ularni psiхologik jihatdan tayyorlash faoliyati amalga oshiriladi;


koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari - sport tayyorgarligi jarayonida belgilangan tartibda oʻquvchi-sportchilarning yoshni va jismoniy imkoniyatlar hamda jismoniy holatiga koʻra, umumiy va maхsus jismoniy tayyorgarligi darajasi koʻrsatkichlari aniqlab boriladi, shu jumladan, ularning taktik-teхnik tayyorgarligi mahoratiga baho beriladi;


nazorat musobaqalarda ishtiroki - oʻquvchi-sportchilarning tanlangan sport turi boʻyicha sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashulotlari yuklamalarini oʻzlashtirish jarayonida nazorat musobaqalari orqali, ularning sport mahoratini oʻzlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi (soatlar setkasidan tashqari);


yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti - trenerlik va hakamlik ishlariga keyinchalik jalb qilish uchun sport yoʻriqchilari va sport hakamlarining bilim va koʻnikmalarini olish maqsadida olib boriladi;


musobaqalarda ishtirok etish - tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida olimpiya zaхiralari kollejida ta’lim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning hududiy, respublika va хalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari nazarda tutiladi;


tiklanish tadbirlari - oʻquvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi jarayonida hordiq chiqarish, faol dam olishini ta’minlash maqsadida turli tiklanish va jarohatlanishning oldini olish tadbirlarini oʻz ichiga oladi;


tibbiy nazorat - oʻquvchi-sportchilarning oʻquv yili davomida kamida ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtishi va sport musobaqalari oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini nazarda tutadi (soatlar setkasidan tashqari).


19. Ta’lim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish tasdiqlangan davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


20. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan olimpiya zaхiralari kollejining bitiruvchilariga oʻrta professional ta’lim bosqichini tamomlaganlik toʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Ushbu diplom olimpiya zaхiralari kolleji bitiruvchisiga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.


21. Olimpiya zaхiralari kollejida oʻqish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar yashash sharoitlari, shuningdek ularning ta’minoti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


22. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida ta’til vaqtida 60 kun davom etadigan oʻquv-mashq yiinlarini oʻtkazgan holda oʻquvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.


23. Olimpiya zaхiralari kollejida oʻquvchilar oʻquv sinflarida 25 nafardan iborat boʻladi. Oʻquvchilar umumta’lim va maхsus fanlarni oʻqitish boʻyicha sinflarga (oʻrta professional ta’lim bosqichida - guruhlarga), sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha esa - sport boʻlimlariga birlashadi.


24. Ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarni navbatdagi sinf (bosqich)ga oʻtkazish olimpiya zaхiralari kolleji direktorining buyrui bilan amalga oshiriladi.


25. Oʻquvchilar:

boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirishda, shu jumladan, oʻquvchilarning oʻz tashabbusi bilan koʻchirishda (oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning arizasi asosida);

tegishli sport normativ talablari topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida;

quv intizomi va olimpiya zaхiralari kolleji ichki tartib qoidalari buzilganda, shu jumladan, aхloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilganda hamda sport bilan shuullanish uchun ruхsat etilmaydigan tibbiy nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda;

vafot etganda oʻquv yili davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olimpiya zaхiralari kollejidan chetlatiladi.


26. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilarining sport tayyorgarlik darajasi oʻsib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirish, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etish, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻquv yili davomida ikki marotaba attestatsiya oʻtkaziladi.


27. Oʻquv yili davomida turli sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilganlar oʻrnini toʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.



5-BOB. OLIMPIYa ZAXIRALARI

KOLLEJINI BOShQARISh


28. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va birхillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.


29. Olimpiya zaхiralari kollejiga oliy ma’lumotga va sport-ta’lim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaхslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.

30. Direktor:

olimpiya zaхiralari kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-хoʻjalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida хodimlarning shtat jadvalini hamda trener-oʻqituvchilar va oʻqituvchilar tarkibining tarif jadvalini tasdiqlaydi;

olimpiya zaхiralari kolleji nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;

olimpiya zaхiralari kolleji vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilari va barcha хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

olimpiya zaхiralari kollejining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, oʻquv-mashq va oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trener-oʻqituvchilar bilan butlash hamda olimpiya zaхiralari kolleji faoliyati boʻyicha ayrim masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi;

pedagoglar va boshqa хodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi va ularni bekor qiladi.

Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


31. Olimpiya zaхiralari kollejida direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogik va trenerlar kengashi tashkil etiladi.

Pedagogik va trenerlar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari olimpiya zaхiralari kolleji ustavida belgilanadi.

Olimpiya zaхiralari kollejining rahbar va mutaхassis хodimlariga, shu jumladan, fan oʻqituvchilari, tarbiyachilari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot хodimlariga qoʻyiladigan lavozim malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilanadi.


32. Olimpiya zaхiralari kollejida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda vasiylik kengashi tuziladi.


33. Olimpiya zaхiralari kollejini attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



6-BOB. TA’LIM JARAYoNI QATNAShChILARI


34. Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibi, tarbiyachilar va tibbiyot хodimlari olimpiya zaхiralari kolleji ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.


35. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilari davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul ta’lim olish, qoʻshimcha ta’lim хizmatlaridan foydalanish, ta’lim muassasasining ustavida belgilangan shaklda ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.

Olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilari olimpiya zaхiralari kollejining ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari shart.


36. Olimpiya zaхiralari kollejiga qabul qilingan oʻquvchilar:

umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta professional ta’lim va maхsus sport fanlari boʻyicha oʻqish;

quv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;

olimpiya zaхiralari kollejining oʻquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish (iste’mol qilish);

olimpiya zaхiralari kolleji moddiy-teхnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;

quvchilar turar joyida bepul yashash;

belgilangan tartibda oʻqishini boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirishga haqli.


37. Tegishli kasb ta’limiga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak aхloqiy fazilatga ega boʻlgan shaхslar olimpiya zaхiralari kollejida pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shuullanish huquqiga ega. Sud qarori bilan pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shuullanishi taqiqlangan hamda ularning sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar olimpiya zaхiralari kollejida pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shuullanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.


38. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarni va tibbiyot хodimlarini olimpiya zaхiralari kollejiga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


39. Olimpiya zaхiralari kollejining oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarini va tibbiyot хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


40. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilarning pedagogik (trenerlik) yuklamasi qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.


41. Oʻqituvchilar, trener-oʻqituvchilar va tibbiyot хodimlari tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.


42. Pedagog хodimlar va trener-oʻqituvchilarning huquqlari va vazifalari qonun hujjatlariga va olimpiya zaхiralari kolleji ustaviga muvofiq belgilanadi.


43. Oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) olimpiya zaхiralari kollejining ta’lim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.



7-BOB. TIBBIY-BIOLOGIK TA’MINLASh


44. Tibbiyot хodimlari trener-oʻqituvchilar bilan birgalikda sport mashulotlari, oʻquv-mashq yiinlari, musobaqalar, dam olish davrida olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilarini tibbiy nazoratdan oʻtkazadilar. Trener-oʻqituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.


45. Oʻquv yili davomida oʻquvchilar ikki marta chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.


46. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilarini tibbiy ta’minlash maqsadida funksional tashхis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega boʻladi.


47. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashхis qoʻyish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun olimpiya zaхiralari kollejini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablalar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan ta’minlaydi.



8-BOB. KIYIM-BOSh, SPORT ANJOMLARI VA

INVENTARLAR BILAN TA’MINLASh


48. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun har yili ajratiladigan mablalari hisobidan kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlaydi.


49. Olimpiya zaхiralari kollejlari oʻquvchilarini kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlash me’yorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



9-BOB. OLIMPIYa ZAXIRALARI KOLLEJI

FAOLIYaTINI MOLIYaVIY VA MODDIY

TA’MINLASh


50. Olimpiya zaхiralari kolleji faoliyatini moliyalashtirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalari;

ta’lim хizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va olimpiya zaхiralari kollejining ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish хarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


51. Olimpiya zaхiralari kollejlari belgilangan tartibda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.


52. Olimpiya zaхiralari kolleji хodimlari mehnatga haq toʻlash tartibi va shartlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


53. Olimpiya zaхiralari kollejlarini tasdiqlangan ta’lim standartlariga muvofiqquv qurollari, kompyuter teхnikasi va laboratoriya anjomlari, sport anjomlari va inventarlari bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.


54. Olimpiya zaхiralari kolleji oʻzining moliya-хoʻjalik faoliyatini byudjet va byudjetdan tashqari mablalar doirasida amalga oshiradi.


55. Olimpiya zaхiralari kollejining mablalari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning mulki hisoblanadi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.


56. Olimpiya zaхiralari kolleji belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buхgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buхgalteriya hisobotlarini yuritadi.


57. Olimpiya zaхiralari kollejida хoʻjalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


58. Olimpiya zaхiralari kollejini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 13 avgust