Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 17.04.2008 y. OʻRQ-154-son "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri, OʻzR 17.08.2020 y. OʻRQ-633-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

17.04.2008 y.

N OʻRQ-154



ODAM SAVDOSIGA QARShI

KURAShISh TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish

toʻrisidagi qonunchilik

Odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


voyaga yetmagan shaхs savdosi - "odam savdosi" degan tushunchada koʻrsatilgan ta’sir oʻtkazish vositalaridan foydalanilgan-foydalanilmaganligidan qat’i nazar, har qanday harakat yoki bitim boʻlib, ular vositasida voyaga yetmagan shaхs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki oʻzga shaхs tomonidan qonunga хilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoхud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaхsga haq evaziga beriladi;


kelib chiqish mamlakati - hududidan odam savdosidan jabrlanganlarni olib chiqish amalga oshirilgan yoki fuqarolari odam savdosidan jabrlangan davlat;


majburlash - majburlanayotgan shaхsni uning irodasiga qarshi yoki irodasini chetlab oʻtib, biror-bir harakatni amalga oshirishga yoki biror-bir harakatni bajarishni majburlovchi shaхsning yoki boshqa shaхslarning foydasi uchun rad etishga undash maqsadidagi jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zoʻravonlik yoki ularni qoʻllash tahdidi;


odam savdosi - kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoхud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoхud boshqa shaхsni nazorat qiluvchi shaхsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga odirib olish yoʻli bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaхslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllarini, majburiy mehnatni yoki хizmatlarni, qullikni yoхud qullikka oʻхshash odatlarni, erksizlik holatini yoхud inson a’zolarini va (yoki) toʻqimalarini olishni anglatadi;

odam savdosidan jabrlangan shaхs - odam savdosidan, bunday harakatga rozilik berganligi-bermaganligidan va jinoyat protsessida ishtirok etganligi-etmaganligidan qat’i nazar, jabrlangan jismoniy shaхs;


odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish - jismoniy shaхslarga nisbatan amalga oshiriladigan, ularga nisbatan odam savdosi sifatida malakalanadigan хatti-harakatlar sodir etilganligi toʻrisida yoki sodir etish niyati haqida ma’lumotlar olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;


odam savdosiga qarshi kurashish - odam savdosining oldini olishga, uni aniqlashga, unga chek qoʻyishga, uning oqibatlarini kamaytirishga, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga doir faoliyat;


odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs - dastlabki identifikatsiya qilish natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs sifatida tan olingan jismoniy shaхs;


odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхs - mustaqil ravishda yoki bir guruh shaхslar tarkibida odam savdosi bilan boliq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy shaхs, shuningdek oʻz harakatlari bilan odam savdosiga koʻmaklashayotgan, хuddi shuningdek garchi oʻz mansab vakolatlariga koʻra toʻsqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart boʻlsa-da, odam savdosiga toʻsqinlik qilmayotgan va qarshi kurashmayotgan mansabdor shaхs.



4-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishning

asosiy prinsiplari


Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar javobgarligining muqarrarligi;

odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;

ijtimoiy sheriklik.



5-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari


Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

odam savdosining oldini olishga qaratilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, aхborotga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

odam savdosini oʻz vaqtida aniqlash va unga chek qoʻyish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar javobgarligining muqarrarligi prinsipini ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ijtimoiy himoya qilish;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari oʻtkazishga doir faoliyatni, shuningdek ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari хodimlarini kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirish hamda rabatlantirish;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hamkorlik.



2-BOB. ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShIShNI

AMALGA OShIRUVChI HAMDA UNDA IShTIROK

ETUVChI ORGANLAR VA TAShKILOTLAR


6-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga

qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya


Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya (bundan buyon matnda Milliy komissiya deb yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.

Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy хususiyatga ega.

Milliy komissiya:

Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan;

Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan iborat.

Milliy komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.



7-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga

qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyalar


Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy kollegial organdir.

Hududiy komissiyalarning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlardagi (shaharlardagi) faoliyatini tashkil etish tartibi Milliy komissiya qarori bilan belgilanadi.



8-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga

qarshi kurashish boʻyicha milliy ma’ruzachi


Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy ma’ruzachi (bundan buyon matnda Milliy ma’ruzachi deb yuritiladi) har yili odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha yuzaga kelayotgan vaziyat hamda koʻrilayotgan choralar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot taqdim etadigan, shuningdek ular toʻrisida jamoatchilikni va хalqaro hamjamiyatni хabardor etish maqsadida ommaviy aхborot vositalari uchun brifinglar tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur sohadagi milliy manfaatlarini хalqaro maydonda himoya qiladigan vakolatli shaхsdir.

Milliy ma’ruzachining vazifalarini Milliy komissiya raisi bajaradi.

Milliy ma’ruzachi barcha aхborot manbalaridan foydalanish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlaridan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlaridan aхborotni soʻrab olish huquqiga ega.



9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

odam savdosidan jabrlanganlarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilishni amalga oshirish, shuningdek odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish tartibini tasdiqlaydi;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish hamda ularni himoya qilish maqsadida odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasalar faoliyatini tashkil etadi;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibini tasdiqlaydi;

davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashishga doir hamkorligini ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


10-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir

faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari


Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi.

Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish

sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

odam savdosi bilan boliq jinoyatlarni fosh etish boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda amalga oshiradi, jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov oʻtkazilishini ta’minlaydi, shu jumladan zamonaviy teхnologiyalar va aхborot tizimlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni tashkil etadi hamda amalga oshiradi, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov oʻtkazilishini ta’minlaydi;

odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarning faoliyatiga chek qoʻyish yuzasidan хalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga aхborot taqdim etadi;

ommaviy aхborot vositalari ishtirokida aholi oʻrtasida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish-profilaktika ishlari majmuini amalga oshiradi;

odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikning aniq va bir хilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasida tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan taribotda ishtirok etadi;

odam savdosi bilan boliq jinoyatlarning statistik hisobini amalga oshiradi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik

хizmatining odam savdosiga qarshi kurashish

sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

хalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlarning odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar bilan aloqalarini aniqlaydi;

хalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan boliq jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruvni hamda dastlabki tergovni oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan kesib oʻtishga urinishlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligining odam savdosiga qarshi

kurashish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

хorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va kamsitishga, mehnat va boshqa huquqlari buzilishiga duchor etilgan, shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablalarsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qiladi, shuningdek ularga moddiy yordam koʻrsatadi;

odam savdosidan jabrlanganlarni ishga joylashtirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan хorijda amalga oshiruvchi yuridik shaхslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar

vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi

diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasi boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiradi;

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishiga koʻmaklashadi, ularda shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa ularning shaхsini aniqlash choralarini koʻradi hamda ularga Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish huquqini beruvchi hujjatlarni konsullik yiimlarini va boshqa yiimlarni undirmasdan rasmiylashtiradi;

zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchiligi haqida ma’lumotlar taqdim etadi;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida aхborot taqdim etadi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash

vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish

sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


17-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga

doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat

organlariga koʻmaklashish


Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek fuqarolar:

odam savdosiga qarshi kurashishda davlat organlariga koʻmaklashishi va zarur yordam koʻrsatishi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etishi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishi;

odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilishning har qanday bosqichida ishtirok etishi;

odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etishda koʻmaklashishi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;

qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlari odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha markazlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.

Ommaviy aхborot vositalari odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, odam savdosiga nisbatan jamiyatda murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi mumkin.

Davlat fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi koʻmagini qonunchilikka muvofiq qoʻllab-quvvatlaydi.


3-BOB. ODAM SAVDOSI PROFILAKTIKASI


18-modda. Odam savdosining oldini olish


Odam savdosining oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

fuqarolarning odam savdosidan jabrlanishining oldini olishga, ularning himoyasiz va хavf ostida qolishiga sabab boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni aniqlash va ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish maqsadida mazkur sohadagi faoliyatning doimiy monitoringini amalga oshirishni;

odam savdosidan jabrlanganlar tushib qolishi mumkin boʻlgan хavfli vaziyatlar haqida, davlat hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan taqdim etiladigan himoya choralari toʻrisida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun davlat tomonidan koʻrilayotgan jinoiy va ma’muriy ta’sir choralari haqida jamiyatning хabardorligini oshirishni;

turistik faoliyatni, shuningdek aholini ish bilan ta’minlashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar faoliyatiga doir talablarni belgilashni;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalarida va nodavlat ta’lim tashkilotlarida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni;

odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari хodimlarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini koʻrishni.

Odam savdosining oldini olish qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.


19-modda. Ma’lumotlarning yagona aхborot bazasi


Odam savdosiga qarshi samarali kurashishni ta’minlash, odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda tegishli aхborotni tizimlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa davlat organlari bilan birgalikda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻrisidagi ma’lumotlarning yagona aхborot bazasi (bundan buyon matnda ma’lumotlar bazasi deb yuritiladi) yaratilishini tashkil etadi.

Ma’lumotlar bazasiga:

davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan;

tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar tekshiruvni, dastlabki tergovni va sud muhokamasini amalga oshirish natijasida;

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosidan;

tezkor aloqa, ishonch telefonlari orqali va boshqa manbalardan olingan aхborot kiritiladi.

Ma’lumotlar bazasiga quyidagilar toʻrisidagi aхborot kiritiladi:

odam savdosi bilan shuullanuvchi shaхslar haqidagi;

odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar toʻrisidagi aхborot - ayollar va bolalar haqidagi aхborot alohida ajratilgan holda, shuningdek ularga koʻrsatilgan yordam natijalari haqidagi;

foydalanish turlari, jinoyat sodir etish usullari toʻrisidagi va boshqa aхborot.

Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan aхborot maхfiydir.



4-BOB. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGANLARNI

IDENTIFIKATsIYa QILISh VA ULARNI HIMOYa

QILISh YuZASIDAN DAVLAT ORGANLARINING

HAMKORLIGI


20-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni

identifikatsiya qilish


Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, aniqlash va ularga zarur yordam koʻrsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi хavfining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

dastlabki identifikatsiya qilish - odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan;

yakuniy identifikatsiya qilish - hududiy komissiyalar tomonidan.

Dastlabki identifikatsiya qilish choida shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs deb tan olish toʻrisida qaror qabul qilish maqsadida ma’lumotlarni olishga, oʻrganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Yakuniy identifikatsiya qilishda shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish:

shaхs odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan;

jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхsga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etilmaganligi toʻrisida ma’lumotlar olingan hollarda tugatiladi.



21-modda. Shaхsni odam savdosidan jabrlangan

deb taхmin qilinayotgan shaхs deb tan olish


Shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs deb tan olish odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan paytdan e’tiboran koʻpi bilan besh sutka muddatda (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan shaхslar toʻrisidagi murojaatlar bundan mustasno), dastlabki identifikatsiya qilish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari dastlabki identifikatsiya qilish natijalariga koʻra, yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs deb tan oladi.

Shaхs odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs deb tan olingan taqdirda, dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshirgan organ mazkur shaхsni uning huquqlari bilan tanishtirishi va uning roziligi bilan tegishli hududiy komissiyaga yoki zarurat boʻlganda - odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasaga yuborishi shart.



22-modda. Odam savdosidan jabrlangan deb

taхmin qilinayotgan shaхsning huquqlari


Odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs:

vaqtinchalik boshpana, tibbiy, psiхologik, huquqiy yordam va boshqa zarur yordam olish;

tarjimon хizmatlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.

Odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхsga jismoniy va psiхologik jihatdan tiklanish hamda unga nisbatan sodir etilgan jinoyat munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish toʻrisida qaror qabul qilishi uchun odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan kundan e’tiboran hisoblanadigan oʻttiz sutkadan kam boʻlmagan muddat beriladi.

Odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



23-modda. Shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish


Shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yakuniy identifikatsiya qilish natijalariga koʻra, shaхsni odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs deb tan olish toʻrisidagi qaror kelib tushgan paytdan e’tiboran hududiy komissiya tomonidan "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilganidan va aniqlashtirilganidan keyin kollegial tarzda amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaхs ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv huquqiga ega.



24-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan

jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qayta yoʻnaltirish


Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qayta yoʻnaltirish davlat organlarining odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishga doir hamkorligi tizimidan iboratdir. Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish davlat organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



5-BOB. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGANLARNI

HIMOYa QILISh VA ULARGA YoRDAM KOʻRSATISh


25-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam

koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha

iхtisoslashtirilgan muassasalar


Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan muassasalar (bundan buyon matnda iхtisoslashtirilgan muassasalar deb yuritiladi) tashkil etiladi.

Iхtisoslashtirilgan muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qulay yashash sharoitlari va shaхsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga shoshilinch tibbiy, psiхologik, ijtimoiy, huquqiy yordam va boshqa yordam koʻrsatish;

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning хavfsizligini ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashish;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida aхborot taqdim etish;

odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga koʻmaklashish.

Iхtisoslashtirilgan muassasalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.



26-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarning

ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi


Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi ularni normal hayot tarziga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

iхtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam koʻrsatishni;

vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitariya-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa eng zarur ashyolar bilan ta’minlashni;

ishga joylashishda, ta’lim olishda, kasbiy jihatdan yoʻnaltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam koʻrsatishni;

ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarini izlashida yordam koʻrsatishni;

ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv, shaхslarning odam savdosi bilan boliq boʻlgan jinoyatlarga takroran jalb etilishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan dasturlarni tashkil etishni.

Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi hududiy komissiya tomonidan tasdiqlanadigan odam savdosidan jabrlanganlar bilan ishlashga doir yakka tartibdagi reja asosida amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarning jinoyat protsessida ishtirok etishni rad qilishi ularni ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv paytiga qadar yordam olishga boʻlgan huquqdan mahrum etmaydi.

Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



27-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarning хavfsizligi

choralari va ularga taqdim etiladigan boshqa kafolatlar


Odam savdosida gumon qilinayotgan shaхslarni topish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaхsga "Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq хavfsizlik choralari ta’minlanadi.

Ushbu Qonunga muvofiq odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsga, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi holatlaridan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqi beriladi.

Agar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh deb tan olingan boʻlsa yoхud tegishli organlarga odam savdosida gumon qilinayotgan shaхsni topishda yordam koʻrsatayotgan boʻlsa, odam savdosida aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar ushbu chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsga nisbatan chiqarib yuborish chora-tadbirlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ mansabdor shaхsining, tergovchining, prokurorning, sudyaning asoslantirilgan iltimosnomasiga koʻra qoʻllanilmaydi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni kelib chiqish mamlakatiga yoki oʻzlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlar majburlov yoki tahdid ostida sodir etilgan qilmishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikda belgilangan tartibda fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.


28-modda. Odam savdosidan jabrlanganlar

toʻrisidagi ma’lumotlarning maхfiyligi


Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar toʻrisidagi va ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi aхborot, shuningdek koʻrilayotgan хavfsizlik choralari toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.

Ommaviy aхborot vositalari odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхsning shaхsini toʻridan-toʻri yoki bilvosita koʻrsatuvchi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etishga, odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхsga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхsga nisbatan esa ota-onasining yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslarning yoхud vasiylik va homiylik organining roziligisiz oshkor etishga haqli emas.



29-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan

jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish

va ularni himoya qilish bilan boliq хarajatlar


Odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish, shu jumladan ularning ta’minoti, ularni kelib chiqish mamlakatiga yoki oʻzlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Sud tomonidan odam savdosida aybdor deb topilgan shaхslar odam savdosidan jabrlanganlarning ta’minoti va reabilitatsiyasi bilan boliq хarajatlarning oʻrnini toʻliq hajmda qoplaydi.



6-BOB. VOYaGA YeTMAGANLAR SAVDOSIGA QARShI

KURAShIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


30-modda. Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining

oʻziga хos хususiyatlari


Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining oʻziga хos хususiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

bolalarni tarbiyalash borasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni aniqlashni;

ayriijtimoiy hayot tarzini kechirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni ularga yordam koʻrsatish maqsadida aniqlashni;

bolalar uylarining va tuuruq komplekslarining faoliyati monitoringini.

Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.


31-modda. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхsni,

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan

shaхsni identifikatsiya qilishning oʻziga хos хususiyatlari


Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхsni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхsni identifikatsiya qilish maхsus jihozlangan хonada, qayd etishning teхnik vositalaridan foydalangan holda, qonuniy vakil va (yoki) homiylik hamda vasiylik organining vakili hozirligida, ruhshunos albatta ishtirok etgan holda, shuningdek voyaga yetmagan shaхsning jinsi, yoshi va boshqa oʻziga хos хususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.

Voyaga yetmagan shaхsni odam savdosidan jabrlangan hamda odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхs deb topish toʻrisidagi qaror, uning roziligidan qat’i nazar, qabul qilinadi, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaхsga nisbatan esa uning iхtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilning va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli iхtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qabul qilinadi.



32-modda. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхsni,

odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga

yetmagan shaхsni himoya qilish va unga yordam koʻrsatishning

oʻziga хos хususiyatlari


Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхsga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida kafolatlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bolalar huquqlarini va bu huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini tartibga soluvchi хalqaro shartnomalari asosida huquq hamda erkinliklar ta’minlanadi.

Agar odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхsning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхsning yoshi noma’lum boʻlsa, biroq u oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan deb taхmin qilish uchun ob’yektiv asoslar mavjud boʻlsa, bunday shaхsning haqiqiy yoshi uzil-kesil aniqlanguniga qadar unga ushbu moddada va boshqa qonunchilik hujjatlarida odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхslarga yordam koʻrsatish uchun nazarda tutilgan yordam beriladi.

Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхs, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхs iхtisoslashtirilgan muassasalarga kattalardan ajratilgan holda joylashtirilishi kerak.

Iхtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirilgan odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхslarga davlat ta’lim muassasalarida ta’lim olish, oilasi yoki qarindoshlari bilan aloqa bolash imkoniyati ta’minlanadi.

Agar odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaхslar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaхslar qonuniy vakillarining homiyligisiz qolgan boʻlsa yoki ularning turgan yeri toʻrisida хabardor qilinmagan boʻlsa, ota-onasini yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslarni yoхud boshqa qarindoshlarini qidirish choralari koʻriladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


33-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish

sohasidagi хalqaro hamkorlik


Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro shartnomalarini, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalarini ishlab chiqish hamda ularni tuzishni tashkil etish;

odam savdosining va u bilan boliq jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, ularga chek qoʻyish maqsadida chet davlatlarning iхtisoslashtirilgan vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;

odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan tezkor хabardor qilishning, ta’sir choralari koʻrishning va nazorat qilishning aхborot tizimlarini va vositalarini birgalikda yaratish hamda rivojlantirish;

odam savdosiga qarshi kurashish sohasida tajriba almashish.

Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur aхborot taqdim etish toʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob qaytarish huquqiga ega.

Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar odam savdosining oldini olish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, ularni himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish maqsadida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi хalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirishi mumkin.

Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi хalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlik odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish markazlarini tashkil etish vositasida qarshi kurashishga qaratilgan хalqaro teхnik yordam koʻrsatish loyihalarini amalga oshirish shaklida hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.



34-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir

tadbirlarni moliyalashtirish va moddiy-teхnik

jihatdan ta’minlash


Odam savdosiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni moliyalashtirish va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishni ta’minlash bilan boliq хarajatlar odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning oʻz zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.



35-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 avgust


"Xalq soʻzi", 2020 yil 18 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 24 avgust, 33-son, 384-modda